Qora taxt
- Men hech nima qilmadim , hech kimga yomonlik qilish ham niyatim yoʻq shunchaki ketmoqchiman , iltimos menga ruxsat bering - Amaya yigitning ulkan tanasidan qoʻrqib ortga qadam tashlashda davom etdi.
- Ketish ? Shu ahvoldami ? - Jungkook sekin kema oynasi uchun oʻrnatilgan pardani ochdi , tashqaridan esa kemani butunligicha oʻrab olgan dengiz ichki va ustki mavjudotlari koʻrinib turardi.
Ular ancha yillardan beri shu okeanda hayot kechiradi, oʻta vahshiy va jirkanch maxluqlar, shu vaqtgacha Jungkookdan boshqa hech kim ularni qoʻlga oʻrgata olgan emas. Kattaligi har hil baʼzilari oddiy odamdek boʻsa baʼzilarining oʻlchami ikki kemadan ham katta boʻladi. Ularning qoʻlidan hech kim sogʻ chiqmasligi aniq edi.
Tashqarida turgan maxluqlarni koʻrib Amayaning koʻzlari kattalashdi. Qoʻllari qaltirab nima qilishni bilmay turardi.
- Hozir kemadan tushamiz va men seni ularga yangi kanizak deb tanishtiraman , shuni unutma men qirolman , qirollik ichida qadamingni oʻylab bos.
Kema toʻxtaganidan soʻng, meni olib ketish uchun kelishdi , hech birini yuziga qarashni istamay shunchaki ortlaridan yurdim , men va yana uch toʻrt kishi Jungkookning ortidan ketardik , qirol saroyigacha ot aravalarda ketdik , bu yer menga biroz noqulay , deyarli ayol kishi yoʻq yolgʻiz oʻzim edim , egnimdgi kiyimlar ham rasvosi chiqgan , oʻq tekgan yaramni kecha boʻgʻlagan edik lekin jin urgur qattiq azob beryabdi, vanihoyat qirol saroyiga kirar ekanmiz meni old eshikdan emas orqa tomondan olib kirishdi , shunisiga ham rahmat hammaning eʼtiborida boʻlish istagim ham yoʻq edi. Biroz vaqtdan soʻng Meni chiroyli yigit qarshi oldi lekin negadir bu chiroyiga yarashmagan jiddiylik bor edi unda.
- Sizni ichki saroy boshqaruvchisi yoniga olib boraman , nima qilish kerak , nega bu yerda siz hammasini u tushuntirib beradi - meni kelganimdan beri ilk marotaba sizlagan inson u boʻldi nazarimda. Yoshi kattaroq boʻlgan ayol yoniga bordimu ,oʻsha hushbichim yigit bu yerni tark etdi.
- Avvval yuvinib , keyin honamga bor qizlar senga yordamlashadi. - shunday dediyu ortimdagi ikki qizga koʻzlari bilan ishora qildi ular esa meni qayergadir boshlab borishdi.
Saroyda yurar ekanman , shuni tushundimki bu yigit juda boyga oʻhshaydi , aslini olganda u qirol boʻlsa davlat xazinasi ham unga tegishli , saroy ham butunligicha minimalistik uslubda oʻta did bilan qurilgan ekan. Qizlar uchun ajratilgan bino biroz oltin va qaymoq rang, ammo yoʻlakning narigi tomoni butunligicha qora koʻrinyabdi , ammo u tomonga borib koʻrganim ham yoʻq. Menimcha ruxsat berishmasa ham kerak.
Issiq vannadan chiqdim menga toza kiyim berishdi , sochlarimni quritishga yordamlashishdi ammo ohirida oʻsha ayolni eshigi tagiga olib kelishdiyu bu yerdan izlarini ham koʻrsatmay yoʻqolib qolishdi. Bir necha daqiqa eshik tagida kiraymi yoʻqmi deya turdim , ammo kirmaslik uchun hech qanday sabab koʻrmadim shunday ekan eshikni bir ikki sekin taqillatib ochdim.
- Kel bu yerga oʻtir - ichkariga kirganimda meni qoʻlida chamadon boʻlgan ayol qarshi oldi.
- Nega Qirol Jungkook seni bu yerga olib keldi bilasanmi - shunchaki yoʻq degan manoda bosh silkib qoʻydim holos. Chunki chindan nega bu yerdaligimni anglab ulgurmagandim.
- Sen suyukli kanizak uchun tanlab olinding seni shaxsan qirolning oʻzlari olib keldi , bunday baxt hammaga ham berilmagan. Bu sandiq ichida kerakli narsalar tungi kiyim , bezanish uchun atir upa yana taqinchoqlar bor har vaqt tayyor tur seni qirol yoniga har vaqt chaqirib qolishlari mumkin , toza ozoda yur , baland gapirma baland kulma , mayin ovozda gapirishni oʻrgan , harakatlaring nozik boʻlsin , sendan toza va nozik hushboy hidlar kelsin agar Qirolning aqlini oʻgʻirlay olsang. Manashu koʻrayotgan saroying honimi boʻlasan. Yoshsan bir qultum suvdek yoqimli husning bor seni , ilk koʻrganimda buni tushungandim, hozirda saroy honimi Semiya u biroz takabbur oʻziga bino qoʻygan qiz ammo hali shaxzoda ato etib ulgurganich yoʻq shunday ekan senda hali imkon bor , senga maslaxatim qirol yonida aslo takabbur boʻlma , unga takabbur honimchalar yoqmaydi. Lekin sodda ham boʻlma, soddalikdan hech qanday manfaat topmaysan. - bu ayolning gaplariga biroz tushingandek boʻldim , demak men qirolni koʻnglini olishim va unga shaxzoda tugib berishim kerakmi ? Shu yoshdaya ?
Bu yerda tirik qolishning oʻzi mushkul ishdek koʻrinmoqda. Saroy ichida qirolga talash qizlar orasida ham katta bir jang ketadi. Lekin nega aynan meni tanladi ekan , qiziq... Menga alohida hona berishibdi boshqa qizlar esa barchasi bir qavatda umumiy honada yotishadi.
Kechgi soat 20:00 oraligʻida eshik taqilladi hali uhlashga ulgurmagandim, bu yerda ajoyib ramantik kitoblar bor bu kecha barchasini koʻrib chiqish istagim baribot boʻldi. Oʻrnimdan turib honaga kim kirishini kutib turdim , sal avvalgi ayol va ortidan ikki yordamchi qiz.
- Tayyorlan qirol yotogʻiga kirasan. - nima ? Qirol yotogʻiga ? Miyymda tinmay shu soʻz aylanib huddi miyym blok boʻlib qolgandek tuyuldi.
- Nega turibsan tayyorlan, senga qizlar yordam berishdi.
Bu ayol honani tark etdiyu ikki qiz meni kiyimlarimni yechishni boshldi.
- Qoʻllaringni ol toza tungi kiyim kiygizishimiz kerak , ishimizni ogʻirlashtirma. - ularning bu gapidan soʻng changallab olgan qoʻllarimni oldim.
- Sening sochlaring tim qora , yana birinchi kechang , eng mos rang oq va biroz momiq pardek mato, manabu boʻladi - ikki qiz ikki yonimdan turib bir nimalar deyishdi hech qaysi gapiga tushinolmdim, bu tilda boʻlgan bilimim biroz ozlik qildi nazarimda. Barcha ishlarini tugatib soʻngida hushboʻy suyuqlikni boʻynimga qoʻlimning ikki yoniga hatto sochimga ham surtishdi , hech qachon bunday ozoda boʻlmagandim menimcha.
Ortimda ikki qiz bizga yana ikki erkak ham qoʻshilishdi , boshid aytib oʻtgan qora devorlar bilan oʻralgan qoʻrqinchli hududga yetib keldik , atrof butkul jim jit , hatto qoʻriqchilarga ham javob berib yuborishgan , qirol eshigi yoniga kelganimizda qarshimdagi eshik ochilib boshiga kichik maxsus qalpoqcha kiyib olgan ayol chiqdi.
- Marhamat kirishingiz mumkin , ular sizni kutybdi. - ayol boshini egib ichkariga kuzatib qoʻyishdi. Eshikdan bir qadam kirdim va ortimdan eshik yopildi , eshik ortidagi ovoz hali ham eshitilib turardi.
- Saroyning bu qismida bu kecha hech kim boʻlmasin, Qirol shuni hohlayabdi , qoʻriqlash hizmati ham tashqi tomondan himoya qilsin. - nega ular ketishi kerak oʻzi ? , tushunmadim.
Kirgan honam butunligicha qora rangdan iborat edi. Bu yerda faqat men oq rangda tovlanib turaman , endi tushundim ular nega aynan oq rangni tanlashganini. Koʻzlarimni bir yumib ochdimda , hona ichiga bir qadam tashladim. Bu hona boshqalarnikiga qaraganda kattaroq va toq rangda edi ammo keyin koʻrgan narsam , hona toʻrida bir tana taxt ustida oʻtirardi. Bu kimligi ayon , Jeon Jungkook. Kichik qadamlar bilan yaqinlashdim nima qilishni bilmay avval egilib hurmat ehtirom bildirdi , menga shunday qilishimni uqtirishgandi.
- Kel - Ulkan taxtda oʻtirgan yigit , bir tizzasig ishora qilib chaqirdi. Demak shunday qilishim kerak ekan , yoniga borib biroz ikkilanib turdim uning oyoqlariga oʻtirish noqulay edi men uchun. Menimcha u ham buni tushundimi , tezlik bilan qoʻlim va belimdan tortib tizzasiga oʻtqizdi.
Author:
Jungkook qizning bir tutam sochini olib quloqlari ortiga oʻtqizdi.
- Sendan hushboʻy hid kelyabdi . - Jungkook gaplarini tugatgach egilib qizning boʻyni va ochiq koʻksiga boshini qoʻyib chuqur nafas oldi.
- Meni ular shunday tayyorlashdi - Tutilib chiqgan qizning past ovozi Yigitga hush yoqardi.
- Jangdan soʻng charchoqlarni chiqarish kerak.
- Issiq vanna qilib uhlash eng yaxshi dam olish boʻladi , menga ishoning hozir boshqa narsalar ortiqcha - uni bu nopok ishdan qaytarmoqchi boʻldimmi , fikrini oʻzgrtirishni niyat qilgandim.
- Uhlash va vanna ham boʻladi , lekin undan avval... - u gapini tugatmasdan boshqa narsa taklif qilmoqchi boʻldim qarshimdagi stolga sharbat yoki viski bilmadim qaysi biri ularni taklif qildim.
- Chanqadim nimadir ichsak boʻlmaydimi - Iltijo bilan sekin soʻragan savolimga u tushinqiramy qaradi ammo rozi boʻldi.
- Ikki shishdan ortiq ichib hushingdan ayrilsang mendan emas - uning gapiga kulishim kerak edimi bilmadim , sekin jilmayib qoʻydim , oʻrnimdan turib biroz yengillashdim , ikki idish va bir shisha oldim. Qaytib yana uning tizzalariga joylashdim.
Hayajondanmi yoki asabdan bir finjon sharbatni bir nafasda ichib yurganimni sezmay qolibman lekin keyin shuni bildimki bu sharbat emas qandaydir achchiq spirtli ichimlik. Buni angladimu achchiq tamidan yuzim burishdi.
- Yana hohlaysanmi ? Quyib beray - nima u atay qilyabdimi ? Meni buni icholmasligimni bildi.
U yana finjonga ichimlik quyib berdi , avvalgi finjondan keyin boshim aylanishga ulgirgandi lekin bunisi ortiqcha menimcha , agar u tutgan finjonni ichmayman deb qaytarsam meni qatl qildiradimi ? Shuni deb o'lamanmi , qòlidan ichimlik quyilgan finjonni oldim va bir ikki hópladim menimcha mening kónglim ayniyabdi , hona kózim oldida aylana boshladi nimalar bólyabdi ózi , isib ketyabman , bu kiyim ham ortiqchadek , qóllarim ham ózimga boysinmayabdi. Menimcha bu ichimlik yomon tasir qildi.
- Vay bu bolani qarang , buncha yoqimtoysan kimning óģlisan ? - Amaya Jungkookning ikki yuzini qóllariga olib yaqin kela boshladi.
- Bolalarni yahshi kórasanmi ? - yigitning bergan savolidan song Amaya Jungkookning yuzini bir ikki siladi.
- Albattada , yuzlari mayin va yoqimtoy bóladi , ehhh - Amaya butkul Jungkookga suyanib oldi. Uning mastligi kózlarin kór qilib nima qilyotganini anglashga qarshilik qilardi.
- Bola yasaymiz desam seni qilayotgan ishingni qara - Jungkook Amayaga óziga óhshab javob berishda davom etdi.
- Bola yasaymiz? Qanday qilib ? Shunday qilsak boladimi ? - qizning qiqirlab kulishi yigitni bir soniya jim qolishiga sababchi bóldi.