November 11

Black Code

Yelkamga ortilgan bir gunoh eding ,
Toʻkilib ketma deb qilmasdim tovba.

5 Qism

Ulkan bino va ikki hayot yollari birlashgan to'rt inson. Kechagi tun hech kim uchun baxtli o'tmadi , kechasi bilan yolg'izlikda o'ylari ichini yegan Merry bir tomon bo'lsa , tongacha ko'ziga uyqu kelmay vujudidagi o'q og'rig'i bilan kurashib kelgan Teahyung bir tomon edi. Ammo Jungkook bu kecha bir o'lib tirildi. U huddi qo'llari va oyoqlari kesilgan chorasiz insonga bir kechada aylanib ulgurgandi , qo'lidan hech narsa kelmaslik uni tobora yeb bitirardi , tuni bilan ochiq osmonga qarab o'ylari bilan bolgan uchun hayollarini jamlashga 1 tun ham yetmagandek edi. U hali barchasini o'ylab olganicha yo'q.

< Kim Teahyung honadoni , tongi soat 7 >

Har doyimgidek Kim Teahyung ulkan mehmonxonada kun tartibiga aylanishga ulgurgan yumishini gazeta o'qishni boshlab yuborgan. Tepa qavatdan kelayotgan qadam tovushlari sabab boshini ko'tardi. Jungkook zinalardan birma bir tushib yumshoq mebelga otirdi.

- Qanaqasiga bunday kundan keyin hech nima bo'lmagandek gazeta o'qib o'tirolasan ? Senga baribirmi ?

- Aynan nima ? - bir ko'zini ukasiga tashlagan Teahyung yana qayta yangiliklarni o'qishda davom etdi.

- Kecha bir o'limdan qolding , uni ustiga mendagi vaziyatlar , hammasi chalkash - so'nggi gapidan so'ng Jungkook boshini ortga tashladi.

- Tuni bilan o'yladim , Jungkook buni bilishi kerakmi yoki yo'q - Teahyung ning gapidan so'ng Jungkook boshini ko'tarib bor etiborini unga qaratdi.

- Tepadagi qiz - qo'li bilan ikkinchi qavatni ko'rsatdi - sen Italiadan uni deb kelding shundaymi ? Otam menga vasiyat qilgan o'sha qiz qanday ulg'ayibdi deya kelgansan , otam senga unga uylan demagandi uni munosib yigitga uzat o'zing ko'z quloq bo'l degandi. - Teahyung ning shoshilmay bir maromda aytagotgan gaplarini Jungkook bo'lmay eshitardi.

- Otam bu so'zlari bilan kimni nazarda tutganini ikkimiz ham bilamiz. - Jungkook nimanidir eslagandek ishonch bilan gapirdi.

- Sen o'zligingni yo'qotyabsan , men avvalgi qoni qaynoq bolani endi ko'rmayabman. - Teahyung unga nimanidir tushintirmoqchi bo'lib gapirdi.

- Menimcha o'zligimni u bilan endi topyabman. Bundan oldin hech qachon bunday vaziyatga tushmaganman , hech qachon bu darajada chorasiz qolmaganman , shu kungacha hech qachon kimnidir o'zimdan ortiq ko'rmaganman.

- Asosiy mavzu bu emasdi , men senga boshqa narsani aytmoqchi edim bu gapdan so'ng ham bu qizni avvalgidek qabul qilasanmi yo'qmi bu menga qorong'u , aslini olganda u qiz haqiqiy Ryuu oilasi farzandi emas , malumotlar, ota onasi , uy joylari barchasi o'zgartirilgan. Haqiqiy Ryuu oilasi farzandini manzilini esa hech kim bilmaydi. - Teahyung ohirgi gapidan so'ng ko'zlarini bir ikki yumib ochdi. Chunki u bilardi haqiqiy Ryuu oilasi qizini , nafaqat tanir edi balki uni o'z insoniga ham aylantirishga ulgurgan.

Jungkook bir necha daqiqa tushinqiramay turdi.

- Bo'lishi mumkin emas , u Ryuu Amaya edi aniq u. Hatolik ketmagan. - Jungkook haqiqatni inkor etishga harakat qilardi.

- Endi bu senga bog'liq , maslaxatim asl Ryuu oilasining qizini ahtarma baribir topa olmaysan. Vaqting ketgani qoladi holos - Teahyung endi o'rnidan turib ketayotgan edi...

- Qayerdan bilasan ? Uni topa olmasligimni nega bunchalik ishonch bilan aytyabsan ? - Jungkook Teahyungda qandaydir shubhali narsa sezdimi jiddiylik bilan savol berdi

- Men seni akangman, sendan ko'proq narsalardan habardorman - Teahyung nigohlarini uyning uyoq buyog'iga olib o'tdiyu ortiga o'girilib ikkinchi qavatga olib o'tuvchi zinalardan ko'tarilishni boshladi.

Teahyung's pov:
U buni bilishi kerak edi , ana endi unga uylanish yoki uylanmaslikni o'zi hal qiladi. Lekin haqiqiy Ryuu oilasi farzandi "Ryuu Merry" haqida hech qachon bilmaydi toki mening murdam tuproq ichiga kirmaguncha.

- 3 oy eng qisqa muddat janob , agar kuchli qaramlik kuzatilmasa tuzalib ketish ehtimoli yuqori.

- U hali yosh endi 18 ga to'lgan , kuchli dorilarga tanasi va ruhiyati chidolmasligi mumkin .

- Janob u ikki marotaba narkotika qabul qilgan , bu eng og'ir do'za edi narkotikaga chidagan tana dorilarga chidaydi , lekin nazoratga olamiz dorilar tekshiriladi.

- Men 3 oy bu shaxarda bo'lmayman , oylik to'lov 10 barobar to'lanadi muhimi u tuzalishi kerak. Kerak bo'lsa barchasini unutsin lekin uni ruxi sog'ayishi kerak - Jungkook bosh shifokorga so'zlarini tushintirishga urindi.

- Hammasi yahshi bo'ladi har bir bemor biz uchun muhim , bor kuchimiz bilan harakat qilamiz - doktir barchasini tushintirib bo'lgandan so'ng imzo qo'yish kerak bo'lgan hujjatlarni Jungkookga uzatdi. Birma bir qog'ozlarni o'qib imzo qo'yib bo'lgan yigit hujjatlarni qaytib uzatdi. Qo'l siqishib kelishuvni yakunlashgandan so'ng Jungkook honani tark etish uchun eshik tomon qayrildi.

- Ohirgi bor hayrlashmaysizmi ? Ya'ni bemor bilan ohirgi suhbat hohlaysizmi demoqchiman. - Jungkook doktirning gapidan so'ng hamshira bilan Amaya joylashgan palataga bordi.

Shifoxona eshigi ochilib oq halatda yotoqga hiyol o'tirgan qiz siymosi ko'rindi. Amayaning ko'zlari tagi qoraygan qo'llaridagi qaltiroq esa to'xtamasdi , Jungkookning eshikdan kirib kelishini sezdiyu o'rnidan shoshilib turdi.

- Jungkook , men nega bu yerdaman ? Qachon ketamiz ? - Amaya Jungkookning qo'llaridan ushlab ko'zida yosh bilan gapira boshladi.

- Davolanasan , keyin o'zim seni olib ketaman - Amayaning qo'llarini kafti orasiga olar ekan javkb berdi Jungkook.

- Lekin men kasal emasmanku , men soglomman ahir - qiz hech nimaga qaramasdan kasalligini inkor etishda davom etardi.

- Amaya menga qara , ko'zlarimga qara - Jungkook qizning yuzini kaftlari orasiga oldi - Ko'ryabsanmi hatto bir daqiqa ham bitta joyga qarab turolmayabsan , qo'llaring oyoqlaring qaltirayabdi , tez olib ketaman bu yerda qoldirmayman.

- Lekin meni kutubxonam bor edi kichik olamim u nima bo'ldi , YO'Q YO'Q uni yoqib guborishdi yoqib yuborishdi - Jungkookning qollaridan chiqib hona burchagiga o'tirib olgan qiz oldi va orqaga tebranib faqat bitta so'zni takrorlardi.

- Yoqib yuborishdi , yoqib yuborishdi , kitoblarim yondi , mening kichik dunyoyimni yoqishdi hammasini yondirishdi , yondirishdi , gullarim yondi , oq moychechaklarim yondi , sevimli kitoblarim yondi hammasi kul bo'ldi , men ko'rdim hammasini ko'rdim - qizning aqli zaiflarga hos qilayotgan harakatlariga Jungkook hayrat bilan qarab turardi chunki Amaya faqat narkotika qabul qilgandi.

- HAMSHIRA ! HAMSHIRA - Jungkook palataga yordamchi hamshirani chaqira boshladi. Biroz vaqtdan so'ng honaga ikki oq halatdagi qiz kirib Amayani ikki qo'lidan ushlab yotoqga yotqizishga harakat qilardi.

- Qo'yib yuboring men ketishim kerak , unday qilamng yo'q men kasal emasman YO'Q - Jungkook honada ortiq qolishga sabab topolmagach palatadan chiqib ketdi , ortidan esa hali ham qizning iltijolari kelib turardi.

- Qo'yib yuboring iltimos , men kasal emasman dedimku ahir , iltimos bunday qilmang ukol qilmang kerak emas.

Jungkook's pov:

Italiyaga birinchi reys bilanoq uchib ketdim , qay holatda ketdim-u qanday ketyabman , Koreadagi 2 hafta italiyadagi 10 yildan ko'proq og'ir o'tdi nazarimda. Uning iltimos qilib chinqirishlari hali hanuz qulog'im tagida , men uni hayotini tamom qildim hammasi meni deb bo'ldi , nafaqat kutubxonasi kulga aylandi uning hayoti ham yonib kulga aylanmoqda , 18 yoshida narkotikaga qarshi kasalxonada davolanishni hech kim orzu qilmagan albatta.

U Ryuu ham emas , lekin men bu u bo'lib chiqishini istardim , men vujudim bilan uni hohlaganim rost. Lekin vaqt kerak men uchun ham u uchun ham menimcha Italiyada mening hali bir necha yillarim bor. Kelgusi 3 4 yil ichida Koreaga yana qaytmasligim aniq edi.

- Teahyung chamadonlar tayyor ekan , siznikichi ? Yordamlashishimni istaysizm ? - qizning hursandchilik bilan bergan savoliga Teahyung u kutganidek javob qaytarmadi.

- Shart emas hizmatchilar qilishadi. - qisqa va lo'nda javob Merryga yetdi.

- U yer issiqmi ? Yoki sovuq ? Samalyotda ketamiz to'g'rimi ? Bu mening birinchi parvozim , qo'rqinchli emas deb umid qilaman. - Merry Teahyung ning yonida o'tirib nimalarnidir so'zlardi ammo Teahyung ning hayoli umuman boshqa narsada.

- Merry mashinaga chiqishimiz kerak. - uning gapidan so'ng ikkisi ham mashinalarga joylashishdi va aeraport tomon yo'l olishdi.

Merry's pov:

Teahyung yo'l boyi boshini planshetdan kotarmadi , ahir bu mening ilk parvozim edi , shunchaki uni menga hamroh bolishini istagandim , parvoz uzoq davom etmadi menimcha 3 soat. Samalyot yerga tushar ekan bu yerda biznj yana bir mashina kutib turardi. Ahir bu Kim Teahyung rejalarsiz yurmaydi.

Mashinda deyarli 15 daqiqa yurib ulkan plyajga yetib keldik , mashina eshigi ochilishi bilan bizni ulkan okean va qushlarning mayin chug'irlashi qarshi oldi. Men ilgari hech qachon okean yoki dengizda bo'lmaganman , ularni doyim televizor yoki suratlar orqali ko'rardim. Mana endi uni hayotda ko'rar ekanman bundan unimli foydalanish kerak edi.

Oyoq kiyimlarimni yechib dengiz bo'yidagi mayin sariq qumlar ustiga yugurdim , men butun vujudim bilan bu atmasferani his qilardim ammo birozdan so'ng belimdan tutgan qo'llar meni biroz cho'chitdi.

Merry

Bu Teahyung edi sekin meni o'zi tomon tortdi.

- Sekinroq , yiqilishing mumkin. - uning jiddiy aytgan so'zlariga ko'p ham e'tibor bermadim menga hozir bu manzara ko'proq muhimroq edi.

- Bunday yugirishda dengizga tushib ketasan. - u hali ham belimdan qo'lini olmagan holda gapirdi.

- Men bunga qarshi emasdim - unga hazil tariqasida kulib javob berdim.

- Meni vasvasaga solma Merry - biroz egilib bergan javobidan u emas men hayajonga tushayotganimni angladim , shu onda dengiz mavjlanishi qushlarning uchishi butunlay barchasi so'ndi.

Bizning qoladigan uyimiz dengizning ortasida joylashgan u yerdagi oynalardan butun dengizning manzarasini ko'rsangiz bo'ladi bu uchun Teahyung ga rahmat.

Men bu sayohatdan butunlay mamnun edim toki bu ish sodir bo'lmagunicha....

5 - Qism tamom , fikringizni qoldirishni unutmang.

| Malumot o'rnida aytib o'tishim kerakki Jungkook va Amayaning hikoyasi shu joyida tugadi davomini boshqa alohida ff qilib yozishga qaror qildim , bu ff tugagach uning premyerasi bo'ladi 🍷 |