Black Code
Yelkamga ortilgan bir gunoh eding ,
Toʻkilib ketma deb qilmasdim tovba.
Mery's pov:
Barcha buyumlarni joylab bo'lgandan so'ng kechga yaqin tashqariga chiqadigan bo'ldik , to'g'risini aytsam bu yer menga juda yoqdi , umuman olganda men hohlagan atmasfera , hech qanday qurolli odamlarsiz , avvallari qora kiyimli odamlar doim yonimizda edi hozir esa men butunlay erkinman , mayin suv ovozi va bu dengiz yonida joylashgan kichik uy barchasi ajoyib. Men bu yerda umrbod qolishga rozi edim.
- Men tayyorman , biroz kaltaroq bo'lgan oq ko'ylagimni etagini siqgancha Teahyung ning qarshisiga chiqdim.
U hatto qarab ham qo'ymadi , ketishga ishora qilib eshikni ochdi holos , men undan "Bu ko'ylak senga yarashibdi" yoki "bugun chiroyli ko'rinyabsan" degan gaplarni kutmagandim albatta lekin ikki og'iz gap aytish qiyin emasdi menimcha.
Sohilda joylashgan kichik barga piyoda 20 daqiqada yetdik ,yo'l davomidan men ham Teahyung ham butkul jim edi , unga nimadir yoqmayotgani aniq , buni ko'nglim sezyabdi. Bular haqida ko'p ham o'ylashni istamay ichkariga kirdim. U yerda odamlar juda gavjum , bir biri tomon otilayotgan tanalar huddi noqonuniy modda qabul qilib olganga o'hshardi , huddi bu olamda ulardan boshqa hech kim yo'qdek tutishyabdi o'zlarini. Insonlar bunday beandisha ishlarini jamoat joyida qilishlari juda hunik va ko'ngilni aynituvchi bo'lib ko'rinishini qachon anglab yetishadi bilmadim. Ichkariga bir qadam bosgan edim hamki belimni yo'gon qo'llar egalladi , ajablanishga hojat yo'q bu Kim Teahyung ligi aniq. Ko'zimni yon cheti bilan unga qaradim , qoshlari biroz chimirilgan ammo nazoratni yo'qotmay hamma yerni sinchiklab tekshiryabdi. U uchun muhim edi , qanchalik mos keladi yoki yo'q agar u hohlamasa biz hozir bu yerdan chiqib ketamiz lekin agarda u lozim topsa biz bu yerda qolamiz , bu o'zi yoki o'zining biznes olamidagi ancha baland hurmati va havfsizligi uchun emas , bu men uchun edi yani u hamma yerga hech nimani tekshirmay kira oladi biroq men bilan kelganda emas u doim men bilan ikki karra ehtiyotkor , ochig'i bazida tushinmay qolaman biz kimmiz o'zi ? Men va Teahyung ?... Sevishganlar yoki do'stlar emas qarindosh yoki eski tanish ham emas biz butkul begonalarmiz ) U va men eng yaqin begonalarmiz.
- O'zingni noqulay his qilsang ayt , bir maromda takidlangan bu so'zlardan keyin birgalikda ichkariga kirdik. Charm mebelga o'tirar ekanmiz atrofni birma bir o'rgana boshladim , bu yer menga juda qiziq edi , kechalari dengiz yonidagi sohildagi barda dam olish bu juda g'alati eshitiladi shundaymi ? Lekin men uning yonida o'zimni urush ichida ham butunlay havfsiz his qilaman , Kim Teahyung mening hammasidan va hammadan charchagan vaqtim bora oladigan yagona joyim... u meni qabul qiladi , bag'riga bosadi , sochimni silaydi , himoya qiladi eng asosiysi ozor bermaydi yoki ko'rsatayotgan mehri uchun nimadir talab qilmaydi , tashlab ketmaydi , qo'yib yubormaydi u talab qiladigan yagona narsa bu itoat...) men bolaligimdan qilib keladigan narsa itoat ) men otam va akalarimga itoat qilib ulg'ayganman bu juda jirkanch va hunik edi. Lekin Teahyung bilan emas , men unga itoat qilganimda hech qanday yomon narsa his qilmayman , u menga his qildirmaydi , u doim men uchun eng birinchi pog'onada.
Lekin qachondir men undan vos kechishim kerak. U va men ikki turli hil odamlarmiz , unga boshqarish va bo'ysindirish yoqadi lekin men sog'lom munosabatlar tarafdoriman. Uddalay olmayman deb qo'rqaman , qachondir uni tashlab keta olmay qolsamchi deb qo'rqaman... Shu vaqt yonimda o'tirgan bu yigitga ko'z tashladim u bukul tinch edi huddi bu tun ham uning nazoratidadek u hatto shunga ham egalik qilayotrgandek hotirjam edi , men undan ketsam ham u bu hotirjamligini shunday saqlab qola olarmikan ? Qachondir unga aytmasdan bu yerlarni butkul tark etsam ham u shunday jimlikda ko'zlarini hatto pirpiratmay o'tira oladimikin ? Shu vaqt u huddi hayollarimni o'qiyotgandek menga qiya ochilgan ko'zlari bilan qaradi. Men birdan sodir bo'lgan bu nigohlar to'qnashuvidan shoshib qoldimmi tezda yon atrofga qarab o'zimni chalg'itishga harakat qildim.
- Davom et - dedi u bir tekkis tonda.
- Menga sening nigohlaringga egalik qilish yoqadi.
Uning bu gaplaridan keyin ketish fikri haqida yana bir marta o'ylab ko'rishim kerakligini tushundim.
Uning bu gaplaridan keyin ketish fikri haqida yana bir marta o'ylab ko'rishim kerakligini tushundim.
'
Musiqa bir maromida choliner , hamma o'z ishi bilan band edi , Teahyung esa 5 daqiqa oldin yoniga kelgan bir kishi bilan qayergadir ketdi , atrofda hamma o'zini baxtli his qilayabdi balki shunga o'zlarini majburlashyabdi chunki baxt bu ko'rinishda bo'lmaydi. Baxt faqatgina hirs va jinsiy ishtiyoq bilan o'lchanavermaydi , ular shunchaki vaqtlarini chog' o'tkazishmoqchi holos zotan 30 daqiqadan keyin bir birlarini qayta ko'rmasliklarini bilsada huddi hech qachon ajralmaydigandek telbalarcha sevadigandek tutishyabdi o'zlarini. Bu esa naqadar "jirkanch". Ushbu narsalar haqida o'ylar ekanman shu tobdan zerika boshladim. Negadir Teahyung uzoq ko'rinmay qoldi , qiziqishdanmi yoki havotirdan o'rnimdan turib u ketgan yo'lak tomon yura boshladim , u qo'yib ketgan 2 barzangi yigitlar ham ortimdan ergashishdi.
Uzunroq karidor bo'ylab yurar ekanman so'ngiga yetib biroz sekinlashdim. Ortimdan 5 qadam uzoqda menga ergashib kelayotgan yigitlarga qo'lim bilan to'xtash ishorasini qilar ekanman qarshimdagi xona ichida kim va nima haqida suxbat ketayotgani meni qiziqtirayotgandi. Kresloda o'tirgan Teahyungning asabiy surati ko'rindi uning qarshisida esa 1 erkak unga shoshilin nimalarnidir tushintirardi. Yahshiroq eshitish uchun biroz eshik tomon yaqinlashdim.
- Oradan 3 yil o'tdi , janob siz ularga keraksiz , qancha tushuntirsam ham honim tushinishni istamayabdi u boyligingizning yarmini rasmiylashtirishga hujjatlarni allaqachon boshlab yuborgan. - Dedi qo'lida tartibsiz qog'ozlarni ushlab olgan kishi , bunga javoban Teahyung biroz o'ylanib turib keyin so'zga kirdi.
- U mening o'g'limning onasi nima bo'lsa ham aytganini qiling , og'ziga siqganicha qancha pul so'rasa bering zora shu bilan to'ysa , lekin unga qancha bo'lsa ham Kam. - Bir nuqtaga tikilib gapirayotgan Teahyung huddi nimalarnidir eslagandek ko'rindi , go'yoki eski hotiralarni yodga olgandek...
Uning bu gaplari menga yetarli bo'ldi , uning o'g'li va hotini bor... men bu yerda nima qilyabman ? U 3 yil oldin allaqachon uylangan ekan meni esa u bilan tanishganimga endi 1 yarim yil bo'ldi , men nimani kutib uning yonidaman ? O'zimni juda yomon his qilyabman , huddi oilali erkaklarni avraydigan yomon hulqli qizlardek his qilyabman o'zimni. Ortimga o'girilib yana o'sha karidor bo'ylab yura boshladim , miyyamda esa ming hil o'y hayollar. O'zim bilmagan holda yuzimdan birma bir tomchilar toma boshladi. Men bilmagandim ahir ! U oilali ekanidan Habarim yo'q edi ! U hech qachon shaxsiy hayoti haqida gapirmaganini mana endi sababini tushinyabman. Unda yana men bilmagan narsalar juda ko'p...
Tezroq ketishim kerak , u bilan qololmayman , men unday qizlardan emasman , o'zim uchun g'ururim uchun ham undan vaqtida voz kechganim yahshiroq. Yana qayta kelib hech narsa bo'lmagandek joyimga o'tirdim. Atrofimda yana o'sha behayo qiliq qilayotgan men tengi qizlar... ularning yonida esa qizlarning raqsiga mast bo'layotgan qoni qaynoq yigitlar , erkaklar... bu erkaklarning ham nechtasidir uylangan balki farzandi ham bordur, balki hotini hozir uhlamay ularni kutishayitgandir... ko'z yoshlari bilan tonggacha bu qizlarni qarg'ar... asl aybdor bu qizlar emas balki ERKAKLARdir.
Joyimdan turib bar yoniga borib o'tirdim , ayni damda ichimda nimadir yonyabdi uni o'chirish uchun nimadir ichib olmasam bo'lmaydi , eng qizig'i men avval hech ham alkagol ichib ko'rmaganman , bir tomondan bu ham qiziq bo'ladi , kinolarda ko'rardim hamma siqilgan va kayfiyati yo'q vaqti ichishadi. Balki bu menga ham yordam berar.
- Kichik honim nima istaydi - yuzida sho'x tabassum bo'lgan barmen Merry tomon gapirdi.
- Ochig'i bilmayman , men avval hech ichib ko'rmaganman , boshlang'ich nimadir bormi ? - uning gaplaridan keyin yosh barmen sekin kulib unga nimadir tayyorlay boshladi. Bu jarayon taxminan 30 soniya davom etdi holos.
‐ Marhamat sizning qadax - Merry ham unga qarata jilmayib qdaxni
Ikkinchi qadax uchun idishni yana barmenga uzatar ekan yigit bo'shagan idishni yana to'ldirdi. Merry uni olish uchun qo'l uzatgan edi hamki boshqa yo'g'on qo'llar uni to'xtatib qoldi.
- Nima qilyabsan ? - Qo'lidagi qadaxni barmen tomon qattiq ovoz bilan qo'ygan Teahyung Merry tomon qaradi , uning tishlari orasidan chiqayotgan so'zlari qanchalik asabiy ekanidan darak berardi.
- Shunchaki ichmoqchiman - javob berdi Merry ko'zlarini atrofga olib qochib.
- Ichmasligingni bilmaydigan darajada begona emasman - Teahyung ushbu gaplaridan keyin Merry ni qo'lidan ushlab u o'tirgan uzun stuldan tushishiga yordam berdi.
- Hotini va bolasi bor erkak nega meni so'roq qilyabdi ? - jaxl ustida aytilgan bu gap juda ko'p narsani hal qilardi , gapirgan gapi ancha jiddiy ekanini keyinroq anglab yetgan qiz o'ylanib qoldi.
- Bu haqida uyda gaplashamiz - Qizga qayta qaramagan yigit uni bilagidan ushlab tezda bu yerni tark etdi.
• × •
Ular qoladigan uyga yetib kelgandan so'ng Merry hech nima demasdan shoshilgan ko'yi o'z honasiga kirib ketdi. U hozir Teahyung bilan gaplashadigan ahvolda emasdi. Honasiga kirgan qiz birinchi bo'lib ust boshini tungi kiyimga alishtirar ekan tanasi tobora qizib borayotganini his qildi.
- Jin ursin menga nima bo'lyabdi , dush qabul qilmasam bo'lmaydi - til uchida so'kingan Merry javondan sochiq olish uchun oyoq uchida turdi. Ammo shu vaqt hona eshigi ochilib atrofni butkul boshqa atmosfera egalladi.
- Bu qanday muomila ? - savol berdi Teahyung qo'lidagi soatini boshqasi bilan bo'shatar ekan.
- Nima haqida gapiryabsiz ? - o'zini tushunmaganga olgan qiz ikki taraflama bosimga chiday olmayotgandi , bir tarafdan Teahyung ning gaplari ikkinchi tarafdan tanasidagi bu qaynoqlik , u qo'rqayotgan narsa barmen uning ichimligiga nimadir solib qo'yganlik ehtimoloda edi.
- Bardagi muomilang - qizga qadamma qadam yaqinlashayotgan yigit tobora bu honani o'z energiyasi bilan to'ldirardi.
- Hotininggiz va farzandingiz haqida gapirganimmi ? - o'zini eslagandek tutib gapirdi Merry.
- Nima inkor qilasizmi ? Gaplarim yolg'onmidi ? - qayta savol bergandek bo'ldi qiz , hozir ikki tana ham olov ichidadek biri tushuntirish kutsa ikkinchisi hatto bu haqida o'ylamayabdi ham.
- Sen menga , Odamlar orasida , Bu tonda , Yana shaxsiy hayotim haqida ! Gapira olmaysan Merry - ko'rsatkich barmog'ini qiz tomon o'qtab gapirayotgan yigit tobora oradagi masofani qisqartirardi.
- Nima uchun ? Sabab bormi ? - yigitning asablari bilan tobora ko'proq o'ynashgisi kelayogtan qiz bu suxbatni jiddiylashtirdi.
- Men hohlaganim uchun , menimcha yetarli - Merryning ko'zlariga qaragan yigit uning ko'zlari allaqachon yoshlanganini payqadi.
- Yetarli emas! Hech narsa yetarli emas bilasizmi , men bunday munosabat hohlamayman , faqat bir tomonning hohishlari bo'yicha davom etadigan bunday munosabat hohlamayman.
- *Munosabat huh - birdan kula boshlagan qiz hozirgi gaplarini deyarli anglamasdi ham - bizda ahir munosabat degan narsa ham yo'q , bilmadim o'zimni kim deb o'yladim , ming bor uzur Kim Teahyung qayta sizga bunday savollar bermayman , haddimdan oshgan ko'rinaman.
- Merry sabrimni sinama , qandayligimni juda yahshi bilasan - peshonasini qo'li bilan uqalay boshlagan Teahyung tobora asabiylashardi , u qizga ozor berishni , uni hafa qilishni hohlamaydi lekin agar Merry shu ko'rinishda davom etsa Teahyung shuni bilardiki 3 yil oldingi yigit yana qaytadi.
- Honamdan chiqasizmi - Bu janjaldan charchagan Merry barini shu holicha qoldirishni o'yladi.
- Tonggacha o'zingga kelib olasan degan umiddaman.
Yigit shunday sovuq so'zlari bilan honani tark etdi...
Merry's pov:
Negadir o'zimni umuman yomon his qilyabman , isib ketyabman , ichimdan issiqlik chiqayotgandek go'yo. Hammasini unitishga va o'zimni biroz yahshiroq his qildirish uchun vannani muzdek suvga to'ldirdim , muzlatkichdan muz bo'laklarini ham solib ichiga yotdim. Go'yo yordam bergandek bo'ldi , lekin miyyamdagi bu hayollar...
Men uchun ketish eng to'g'ri qaror , balki hato qilayotgandirman balki noto'g'ri o'ylayotgandirman lekim men chiday olmayman bu bosimga kuchim yetmaydi. U meni yopiqligi bilan tamom qiladi , sevaman demaydi lekin sevmayman ham demaydi. Men arosatda qolgandim , shu kungacha uni tashlab ketish uchun sabab qidirdim , mana bugun o'sha sababni o'z quloqlarim bilan eshitdim. Oilali erkak va men ? Yo'q yo'q yo'q aslo! Bu yerda qololmayman.
- Qayerga ? - savol beridi Teahyung hissiz , huddi umuman ajablanmagandek.
- Bilmadim hali bir qarorga kelganimcha yo'q , lekin shuni bilamanki siz yo'q joyga.
- Senda men yo'q joy mavjud emas Merry , men huddi o'lim farishtasidekman yoningdaligim bilinmaydi , ko'rinmaydi lekin his qilasan.
Mana uzoq tanaffusdan so'ng fflar yana chiqa boshladi , o'qib bo'lgan bo'lsangiz izohlarda o'z fikringizni yozib qoldiring iltimos 💞