Qora Taxt
Tongdan boshida ogʻriq bilan koʻzlarini ochgan Jungkook kuchli dori tasirida hali vaziyatni toʻliqligicha anglab ulgurmagandi.
Yotoqdan turib pardalarni qoʻli bilan ochdi , pastgi tomon qadam tashlab hona oʻrtasida turgan yumaloq tarzda turgan stol yonida oʻtirib olgan qiz nimalarnidir yerdi. Jungkook tushunolmay yaqinroq borib qaradi hamki bu Amaya edi.
Qoʻllaridan biriga shirinlik ushlab olgan qiz nargi qoʻli bilan qadahni olib olmali sharbatni bir hoʻpladi. Yana qaytib qoʻliga shirinlikni olayotgan vaqtda Jungkook tomogʻini qirdi. Kutilmaganda qilingan bu ishdan shoshib qolgan Amaya yeyayotgan taomiga tiqilib bir ikki yoʻtaldi.
- Shoshmay ye , hech kim olib qoʻymaydi. - tinmasdan yoʻtalayotgan qizning yelkasiga qoʻli bilan bir ikki urgan yigit qizning yoʻtali toʻxtayvermagach qoshlarini chimirdi.
- Amaya , Amaya! Nima boʻldi ? Nafas ol Amaya - qizning qoʻliga sharbat tutgan yigit yoʻtal bosilishini kutardi , lekin boʻlmadi , qizning oʻgʻzida taom yoʻq lekin u yoʻtalishda davom etyabdi.
- Soqchilar , soqchilar tabibni chaqiring - Jungkookning baland ovozda oʻshqirganidan soqchilar nimadir boʻlganini sezishgandi.
- Oliy hazratlari bu kuchli zahar , kimdir sizning taomingizga qoʻshgan lekin bu nonushtani honim tanavvul qilishini bilishmagan. Sizning kuchingiz va tananggizni hisobga olib qoʻshilgan bu zahar dozasi Amaya honimning tanasi uchun juda koʻplik qiladi. Sizni zaharlash uchun ular normal odam qabul qiladigan zahar dozasidan 5 6 barobar koʻproq qoʻshishgan. Lekin koʻrib turibsizki ular oʻljada adashishgan.
Men ziddi zahar berdim , lekin hozir hushsiz yotadilar , koʻzlarini qaytib ochmasliklari ham mumkin hayotini saqlab qolishning eng yahshi usuli bu , Evelnor koʻllariga borib tanani yuvish , bu vaqt tana qayta tiriladi zahar tasirida shol boʻlib qolgan muskullar qayta jonlanadi , yurmayotgan qonlar qayta harakatni boshlaydi.
Ammo eng havflisi u oʻlkalar muz bilan qoplangan , siz dengiz hukmdorisiz lekin u oʻlkaga hech qaysi yoʻl bilan kemalarda borib boʻlmaydi , barcha tomondagi dengiz yoʻllari muzlagan. Yana bir narsa bu muzli koʻl muolajasidan soʻng kichik honimning tanasi issiqlikni his qilolmasligi mumkin , tanasi oqarib hatto yuzida qizillik ham qolmaydi. - Saroy tabibining gaplarini davlat ishidek ikki qulogʻi bilan eshitayotgan yigit , bitta zahar shuncha ishga olib kelganini miyyasiga sigʻdirolmasdi.
- U zahardan bir marta isteʼmol qildi , menga u oʻlkalarga borish muommo boʻlmasligi aniq , lekin uning tanasi bu ishdan keyin qay holatga kelishi meni qoʻrqityabdi.
- Kam ammo katta miqdordan qabul qilgan , bu uni oʻldirmadi ammo tanasida oqayotgan qon sekinlik bilan toʻxtamoqda. Har bir daqiqa gʻanimat.
Tabibning takidlaganlaridan soʻng Jungkook ularga ketishini aytib , pardalari bilan oʻralgan yotoq yoniga borib qalin qoʻllari yordami pardaning bir tomonini koʻtarib ichkariga kirdi.
Qizning sovuq qoʻllarini yuziga olib oʻtar ekan bu qoʻllar kecha tunda olovdek qaynoq boʻlganini esladi , bu kichik qoʻllar oʻtgan tun uning ulkan kafti orasida qanday siqilganini yodiga oldi.
- Qoʻllaring muzlabdi marvaridim , mitti qoʻllaring muzlayabdi. - qizning qoʻllarini qaynoq labiga olib borgan yigit , qoʻllari bilan qizning ustiga par koʻrpani yopdi.
- Otliqlarni tayyorlang Evelnor muzli koʻllari tomon boramiz. 1 oylik safar uchun yetarli oziq ovqat kiyim kechak qurol aslaha yigʻilsin. Lashkarboshi Edinning shaxsan oʻzi bu ish bilan shugʻullanadi.
- Felix Murdeny oʻlkalaridan qaytib saroy ishlarini qoʻliga olsin unga nomimdan hat yuboring , safarga ketayotganim saroy ishlarini unga topshirganimni yozing.
Jungkook's pov:
Kelgunimcha saroyni boshiga qulatmaydi degan umiddaman , lekin undan kutsa boʻladi. Sariq sochlari bilan har kuni qizlarning qoʻynida. Saroyimda ham shu ishlarini qilgudek boʻlsa qoʻl ostidagi kichik yerlarni ham yoʻqotadi.
- Oliy hazrat barchasi tayyor - Yuzidagi tekis chandiq bilan boshqalardan ajralib turadigan lashkarboshi Edin qirolga vaziyatni tushuntirdi.
- Ot aravalar ichi issiqroq boʻlsin , Misr parlaridan tikilgan koʻrpa yostiqlardan qoʻying - hech qachon bunday mayda ishlarga aralashmagan Jeon Jungkook bu gaplari bilan Edinning qoshlari chimirilishiga sababchi boʻldi.
- Menga Bunday qarama Edin , u men uchun oddiy kanizak emas! - yoshlikdan birga oʻsgan doʻstining yuz tuzilishidan nima demoqchi ekanini sezgan Jungkook, soʻzlariga oydinlik kiritdi.
- Buyrugʻingiz bosh ustiga - buyruqlarni olgan Edin qirol honasidan gʻalati yuz ifodasi bilan chiqdi. Uning yuzidagi chandigʻi baland boʻyi , ulkan gavdasi unga oʻziga hos joziba berib turardi. Tabiatdan jiddiy va yovvoyi boʻlgan Edinni hech qachon ayollar qiziqtirmagan , u bolalikdagi doʻsti Jungkookda ham huddi oʻzinikidek fikrlash bor deb oʻylardi , ammo ushbu kunda hammasi oʻzgardi. Uning oʻta kuchli sezgirlik qobilyati bu shunchaki qirol va kanizak oʻrtasidagi munosabat emasligini yahshi bilardi.
Sababi , Jungkook shu kungacha hech qaysi qiz uchun bu darajada eʼtiborli va jonkuyar boʻlmagan , Jungkook oʻzidan ham koʻp Amayani oʻylayotgani barchaga ayon boʻlgandi. Saroyda Jeon Jungkook kanizagi Amaya bilan qishki oʻlkalarga safarga ketayotgani juda tez tarqaldi. Kanizak qizlar orasida Amayani koʻrolmasli , hasad hatto dushmanlik hislari ham paydo boʻlishga ulgurdi. Barchasi uning kasalligi tuzalmasligi uchun duo qila boshlashdi.
Amayaning tuzalishi ularning butkul tamom boʻlishidan darak berardi. Amaya qirolning suyukli kanizagi boʻladi va boshqa kanizaklarga yoʻl bermaydi, ular goʻzaliklarini mana shu saroyning toʻrt devori orasida yoʻqotishadi , boshqa kanizaklar aynan manashundan havotirda edi.
- Hamma tezlashsin , kechgacha Evelnor qirolligida boʻlishimiz kerak , bu yerlarda chodirda tunab boʻlmaydi , sovuqdan oʻlish mumkin. - 7 kun ichida qitʼaning eng sovuq yerlariga yetib kelgan Choson lashkarlari bu izgʻirin sovuqdan qattiq qiynalishardi.
- janob kichik honim nafas olyabdi , bu sovuq taʼsirida lablaridan bugʻ chiqyabdi - issiq ot arava ichiga oʻzining muzlagan yuz ifodasi bilan kirgan Jungkook , qalin va muzlagan qora qoʻlqoplarini shoshib tartibsizlik bilan yechdi.
Qoʻllarini qizning ikki yanogʻiga bosgan yigit muzlikdan qotgan lablari bilan siniq jilmaydi.
- oz qoldi , oz qoldi ozgina chida - qizning peshonasiga oʻzinikini bosgan yigit yengil nafas oldi.