Qora taxt
" Qora taxt bu laʼnatning boshi "
- Erta tongda bosh ogʻriqdan koʻzlarini ochgan qiz hech nimani anglay olmay qoldi.
Qayerdanan oʻzi ? Bu shoxona xona qayer boʻldi ? Menimcha.... Yoʻq boʻlishi mumkinmas men bu ishni qildimmi ? Yoʻq! Mumkin emas , lekin hech qanday ogʻriq hech qanday oʻzgarish yoʻq demak. . . Demak hech nima boʻlmadimi ? Huh. . .
- Vanihoyat uygʻonding , tezroq pastga tush seni ichki saroy boshqaruvchisi tongdan beri kutyabdi. - hizmatchi qizning gaplaridan soʻng Amaya kiyimlarini toʻgʻirlab honadan chiqdi uni tashqarida kutib turgan ikki hizmatchi yashirin yoʻlak orqali ichki saroyga olib kirishdi.
- Nima boʻldi ? Asosiy ish boʻldimi ? - Amayani honasiga olib kirgan katta yoshli ayol savolga tutdi bu oʻsha ichki saroy bekasi edi.
- Qaysi ish ? Siz anavi. . . ni aytayotgan boʻlsangiz menimcha yoʻq boʻlmadi shekilli - qiz oʻylangan holatda , boshini qashib bergan javobidan soʻng beka Chu uni boshini bir turtdi.
- Qanaqa qilib buni ikkilanib aytyabsan ? Bu mavzuda ikkilanib boʻladimi.
- Men chindan bilmayman ishoning , hech narsa esimda yoʻq , tongda uygʻonganimda men yolgʻiz edim - qiz koʻzini katta katta qilib Beka Chu ga nimalarnidir tushuntirmoqchi boʻlardi.
- Hech qanday hatolik qilmaganmiding , yahshilab esla unga notoʻgʻri gap gapirib qoʻymadingmi ? Yoqsa boshing ketadiya
Beka Chu ning gaplaridan soʻng Amaya ikkilanib qoldi.
Amaya's pov:
Chindan boshim ketadimi ? Bu shunchalik osonmi a ? Balki unday boʻlmas , ehh. . . Nima boʻldi a , esla ahmoq qiz esla boshing ketishini hohlamasang eslashing kerak - Amaya honasidagi yotogʻi ustida uyoqdan buyoqqa toʻlgʻonib kechagi tunni eslashga harakat qilardi. Bu holat kechgacha davom etdi , ahiyri qiz qorni ochganini sezdimi tashqariga chiqishga qaror qildi.
Meni hech kim chaqirmadi , menimcha oʻzimni qornimni oʻzim toʻydirishim kerak , oʻzimdan boshqa hech kim meni oʻylamaydi. Tashqariga sekin mayda qadamlar bilan chiqdim , saroy oʻta ulkan qadamlar qancha mayda boʻlmasin marmar polda yurganingizda baribir uning sadosi yoʻlakni qamrab oladi.
- Kechirasiz oshxona qayerda , bu yerda yangi edim biroz qiynalyabman - Yoʻlimdan chiqgan birinchi xizmatchidan yordam soʻradim.
- Hozir oshxonaga kirish mumkin emas , qirol oʻzining dengiz flotidagi jamoasi bilan kechlik qilyabdi. Maslahatim honanggizdan chiqmang , kechki ovqatga tashrif buyurgan odamlarning orasida sogʻi yoʻq deb eshitganman , ular oʻta vahshiy va qoʻrqinchli boʻladi deyishadi. Bu gap qanchalik toʻgʻri bilmadim lekin baribir ular shu vaqtgacha odam oʻldirish zoʻravonlik bilan shugʻullanib kelishgan. Shuning uchun ham ichki saroy yoʻlaklari barcha honalari bosh hamma qizlar bir honaga kirib dengiz qaroqchilari haqida eshitgan mish mishlarini soʻzlab oʻtirishibdi. Menimcha sizning alohida honanggiz bor , yolgʻiz qoʻrqmaysiz degan umiddaman. - bu gʻalati qiz oʻziga oʻhshagan gʻalati gaplarni gapirib tezda bu yerni tark etdi.
Shu gaplarni aytishi shartmidi. . . Endi qanday uhlayman , chindan dengiz qaroqchilari shu darajada qoʻrqinchlimi ularni baʼzilarini ilk kelgan kunimda koʻrgandim ammo ularning yuzlari. . . Hatto eslashni ham istamayman , jirkancha va qoʻrqinchli. Qoʻrqyabman lekin qornim ham och. Ohiri honamga yana qaytdim kitob oʻqimoqchi edim ammo och qoringa bosh ogʻrigʻi turib kitob ham bir chekkada qoldi.
Oradan chamasi 2 soat oʻtdi va men hali ham uhlaganim yoʻq , jin ursin qorin ogʻrigʻini deb koʻzga uyqu ham kelmaydi , eshikni qiya ochib tashqariga qaradim , atrof tinch , deyarli yarim tun boʻlganligi uchun yoʻlaklarni yoritib turuvchi asosiy qandillar shami oʻchirilgan , ularning oʻrniga devorga oʻrnatilgan kichik kichik shamlar yoniq va ular yoʻlakni hiyol yoritib turibdi. Tashqariga qadam bosib chiqdim , mayda qadamlar bilan yoʻlakning burilish qismiga keldim sekin poylab qarshi tomonda hech kim yoʻqligiga amin boʻlganimdan soʻng yana yurishda davom etdim , bu saroy labirintga oʻhshaydi har bir yoʻlak boshqasi bilan ulanib ketgan.
Bir soqchidan yashirinsang boshqasi qarshingdan chiqadi , bulardan yashirinib holdan toydim. Ahiyri oshxonani topdim hamki lekin bu yer zim zimiston edi navbatchi oshpaz esa allaqachon uyquda. Meni bu yerdaligimni sezmadi ham menimcha. Bir ikki narsa olib honamga qaytaman tez boʻlaman , sekin javonlarni ochib yegulik qidira boshladim , yumshoq shekoladli baton non anor sharbati va ikki dona mandarin menimcha bu yetadi ammo bu yerda qovurilgan tovuq ham bor , uni ham oldim hammasini bir sochiq ichiga solib bogʻlab oldim endi borib honamda yesam ham boʻladi.
Kelishdan koʻra qaytish osonroq boʻldi , chunki men endi qaytish yoʻlini bilardim , soqchilarni ham saflanishini bilib oldim hammasi oson oʻtdi , bu dunyo koʻzimga shu darajada chiroyli koʻrinib ketgandiki asti qoʻyaverasiz , honam eshigi oldiga yetganimda eshikni ochib teskari tarafim bilan kirdim chunki tashqarida meni hech kim koʻrib qolmadimi bilishim kerak edi.
Ammo ortimga oʻgirilishimni bilaman shu soniya muzlab qoldim , goʻyo tomirimda qon emas muz donachalari oqayotgandek edi. Ortimda oʻsha qirol shunchaki stulga oʻtirib meni kutib turgandek gʻalati nigohda qarab turibdi.
- Qayerdan kelyabsan ? - yigit oʻtkir nigohlari bilan qarab jiddiy tarzda savol berdi.
- Men. . . Shunchaki aylangani chiqgandim - qoʻlimdagi narsalarni ortimga yashirib javob berdim , ammo titragan ovozim meni sotib qoʻydi.
- Chindanmi ? - bir qoshini koʻtarib savol bergan yigit qizni yolgʻon gapirayotganini sezib turardi.
- Haa albatta - koʻproq jilmayishga harakat qildim , hayajonim yoki asabiylashganimni sezib qolishini istamagandim. Lekin keyin u men tomon turib yaqinlasha boshladi , oramizda bir qadam masofa qolganda toʻxtadi koʻzlari bilan koʻzim ichidan nimadir qidirgandek qaradi goʻyo.
- Mendan qoʻrqmaysanmi ? - Hozir nima deyishim kerak , aslida undan qoʻrqishim kerakmi yoʻqmi ?
- Lekin. . . - u meni gapimni davom etishimni kutardi.
- Lekin ishonaman , sizga ishonaman - nimaga bunday deganimni bilmayman lekin boshqa soʻz topolmadim. U esa qoshlarini chimirib bu javobni kutmagandek turibdi.
- Mana bu nima - o yoʻq bu endi boshqa narsa , u buni qanday koʻrdi oʻzi ,*Jin ursin endi meni taom oʻgʻriligida ayblaydimi ? Ortimda turgan narsalarni qoʻliga oldi.
- Bularni nima qilasan ? - nima deyishim kerak , mexmonlaringizdan qoʻrqib ovqatlanolmadim , men doyim koʻp ovqat yeyman deymanmi ?
- Bu shekoladli baton bu sharbat bu esa tovuq - huddi u bularni nomini bilmaydigandek Birma bir tanishtirdim. Qanday ahmoqman.
- Koʻrib turibman , nega bular bu yerda. - bunday javob berishi aniq edi , nega oʻzi boya qoʻrqmayman dedim oʻylab qarasam men undan yahshigina qoʻrqaman.
- a haa bu manodami , qornim ochgandi biroz yemoqchi edim , yoki saroyda kechqurun taomlanish mumkin emasmi ? Lekin menga bu haqida aytishmadi janob , istasangiz hozir borib joyiga qoʻyib kelaman. - chindan kechadi taomlanish mumkin emasmi , men chindan bilmasdim lekin uning yuzi biroz yorishdi.
- mumkin albatta mumkin. - u sekin ortga qaytib stol ustiga katta sochiqni qoʻydi uni ichida chuqur idishda qovurilgan tovuq va shokoladli non bor edi , uzum sharbati esa qoʻlimda.
- Kelmaysanmi ? Bularni yeyish kerak - u meni chindan yoniga chaqirdimi ? Menimcha shunday. Yoniga borib turdim lekin stulga oʻtirmadim.
- Yeyishing mumkin - Menimcha u chindan hazillashyabdi. Ahir u qirol , qanday qilib uning yonida taomlanaman.
- Hozirmi ? - Bu aniq eng ahmaqona savol boʻldi.
- Ha albatta yoki bularni hafta ohirida yeyishni reja qilganmiding. - Uning hazili kulgili chiqmasada kulib qoʻydim , balki kulmaganimda boshim ketarmidi bilmadim , chunki u qirol.
- yoʻq albatta , hozir yeyman. - stulga oʻtirib idishga sharbat quydim baton nonni kesib bir tishladimu unga qaradim , u ham noqulayligini sezdimi qarshimdagi stulga oʻtirdi.
- Nega , endi ovqatlanyabsan - Yuzida boshqacha qiziquvchanlik bilan savol berdi.
- Menga saroyda mehmonlar bor deyishdi , ular boshqacha qoʻrqinchli ekanmush , men esa tongdan beri taomlanmadim shuning uchun. . .
- Nonushta ? Tushlik ? Nega chiqmading ? - u gʻazablanyabdimi nima yoki menga shunday tuyilyabdimi.
- Men chiqmadim emas ular meni chaqirishmadi - oʻgʻzimda narsa bor ekan gapirishga biroz qiynaldim.
- Demak chaqirishmadi - u oʻylanib qolganda , ikki yanogʻim shishgan koʻyi unga qaradim , oʻgʻzda ovqat toʻla vaqti qirolga bunday qarash tarbiyasizlik boʻlmasmikin? Shu oʻylab tezda sharbat ichib lablarim chekasini artdim.
Lekin meni qovurilgan tovuq yegim kelgandi , stol chetida turgan idishga koʻz tashladim yuzimdan hafaligim koinotdan ham bilinib tursa kerak , koʻzimni qarshimda turgan yigitga olib oʻtdim.
- Kechqurun mumkin emas , ogʻirlik qiladi - gapirmadimdan u meni nima demoqchiligimni tushundi menimcha , lekin men yeyishni istayman , hafa yuz ifodasi bilan bir ikki soniya turdim , menimcha men ahmoqman qirolni yonida ham shunday ish qiladimi , bitta tovuq uchun meni boshimni olmas.
- Faqat ozgina , koʻp emas - ohhh Chindanmi ?
U chindan hazillashmayabdiya , koʻzlarim porlab ketganini menimcha u ham payqadi. Idishni olib qovurilgan tovuqni bir oyogʻini qogʻoz sochiq ushlab oldim , oldimu toʻxtab qoldim
- Xoxlaysizmi - Qoʻlimdagi tovuq oyogʻini unga qarab uzatdim , u bir ikki soniya qarab qoldi keyingi daqiqada biroz egilib sekin tishladi. Qoʻlimni sezmay qoldim chamamda, kipriklarimni bir ikki pirpiratip qoʻlimni endi qaytib olmoqchi edim.
- Buni menga bermadingmi ? - u qoʻlimdagi tovuq oyogʻiga koʻz tashladi.
- Ohh albatta - yuzaki jilmayib unga tutqazdim. Lekin u bir tishlam bilan hammasini paqqos tushirdi , men albatta buni kutmagandim.
Idishdan yana bir tovuq oyogʻini olib likopchamga qoʻydim , qaytib unga qarasam u meni taomimga qarab turibdi. Nima yana istayabdimi ?
- Lekin bunisini berolmayman , chindan berolmayman iltimos bunday qaramang - nega u shunday desam ham qarab turibdi.
- Qanotlari ham bor , aynan oyoqlarini yegingiz keldimi ? - nega u eshitmagandek bunaqa nigoh bilan turibdi.
- Lablaringda narsa bor - egilib qoʻlidagi qogʻoz sochiq bilan labim chekkasini artib yana ortga tisarildi. Bu juda tez sodir boʻldiki hech narsani his qilishga ulgurmadim. Huddi hech narsa boʻlmagandek yana ovqatlanishda davom etdim. Balki hijolat boʻlyotganimni sezib ketishni oʻylar.
- Men asli boshqa ish bilan kelgandim , Erta tongda Martin gʻoriga boramiz , sen ham borishing kerak , ogohlantirib qoʻyishim kerak edi. - Oʻgʻzimdagi ovqatni chaynab boʻlmasimdan u oʻrnidan turdi.
- Aytgancha , koʻp yema qorning ogʻriydi - Bosh irgʻib qoʻydim , u qattiq qadamlari bilan eshik tomon yaqinlashdi turib taʼzim qilishim kerakmidi ? Qanday hayirlashsam boʻladi. Tavakkal qilishga toʻgʻri keldi.
- Hayir , yahshi dam oling - unga jilmayib qoʻl siltadim , menimcha bu samimiy hayirlashuv boʻldi , mening davlatimda hamma shunday hayirlashadi. Lekin u gʻayritabiy narsa koʻrgandek qoshlarini chimirgan koʻyi honani tark etdi. Men ham ishimni tugatib bu taomlanishni muzdek anor sharbati bilan tugatdim. Boʻshagan anor sharbati idishini stol ustiga qattiq qoʻyar ekanman , qornim mendan bugun judayam hursand boʻlganini payqadim.
- Amaya , Amaya tur qani boʻl shu soatgacha ham uhlaydimi odam. - ertalab turishim bilan boshim tepasida yigʻilib olgan bir gala qizlarni koʻrdim.
- Nima nima boʻldi oʻzi , tinchlaning - koʻzlarimni ishqab oʻrnimdan turar ekanman sochlarimni biroz toʻgʻirladim.
- Bizni Martin karnavaliga tanlashibdi , sen asosiy roʻldasan , tongda qirol bilan Martin gʻoriga borishing kerak sen boʻlsa uhlab yotibsan.
- Iltimos shoshmay gapiring , hech qaysi gapingizga tushunganim yoʻq. - ohiri ularga iltimos qilisha majbur boʻldim men chindan tushunmagandim.
- Bizda har yili qishning boshlanishida Martin karnavali boʻladi , unda qirol va uning kanizagi va boshqa qitʼa qirollari shaxzodalari , mansabdor shaxslar kelishadi , yangi shartnomalar imzolashadi ishqilib davlat ishlari , undan soʻng koʻngil xushlik ham boʻladi albatta , undan soʻng eng muhimi har bir davlat oʻzining goʻzalligini ifodalash uchun bir qizni boshqalariga tortiq qilishadi , uni baxolashadi va eng koʻp oʻlpon evaziga sotishadi bori shu , bu safar bu baxti qaro qiz kim boʻladi bunisi nomalum. - Barchasi yahshi edi toki shu ohirgi jumlalarni eshitmagunimcha , huddi oʻsha qiz uchun meni tanlashgandek ichimga gʻalati gʻulgʻula tushdi.
3-Qism tamom! Umid qilamanki sizlarga yoqdi. Fikringizni qoldirishni unutmang darlings.
- Sotildi Albaniya Shaxzodasi Roun Salvador.
- Janob Jeon shunday der ekan , biz albatta rozi boʻlamiz.