November 7

Peradox

« Our Peradox »

2- Qism [ Okean qoidasi ]

- Men hech nima qilmadim , hech kimga yomonlik qilish ham niyatim yoʻq shunchaki ketmoqchiman , iltimos menga ruxsat bering - Amaya yigitning ulkan tanasidan qoʻrqib ortga qadam tashlashda davom etdi.

- Ketish ? Shu ahvoldami ? - Jungkook sekin kema oynasi uchun oʻrnatilgan pardani ochdi , tashqaridan esa kemani butunligicha oʻrab olgan dengiz ichki va ustki mavjudotlari koʻrinib turardi.

Ular ancha yillardan beri shu okeanda hayot kechiradi, oʻta vahshiy va jirkanch maxluqlar, shu vaqtgacha Jungkookdan boshqa hech kim ularni qoʻlga oʻrgata olgan emas. Kattaligi har hil baʼzilari oddiy odamdek boʻsa baʼzilarining oʻlchami ikki kemadan ham katta boʻladi. Ularning qoʻlidan hech kim sogʻ chiqmasligi aniq edi.

Tashqarida turgan maxluqlarni koʻrib Amayaning koʻzlari kattalashdi. Qoʻllari qaltirab nima qilishni bilmay turardi.

- Hozir kemadan tushamiz va men seni ularga yangi kanizak deb tanishtiraman , shuni unutma men qirolman , qirollik ichida qadamingni oʻylab bos.

Amayaʼs pov:

Kema toʻxtaganidan soʻng, meni olib ketish uchun kelishdi , hech birini yuziga qarashni istamay shunchaki ortlaridan yurdim , men va yana uch toʻrt kishi Jungkookning ortidan ketardik , qirol saroyigacha ot aravalarda ketdik bu yer menga biroz noqulay deyarli ayol kishi yoʻq yolgʻiz oʻzim edim , egnimdgi kiyimlar ham rasvosi chiqgan , oʻt tekgan yaramni kecha boʻgʻlagan edik lekin jin urgur qattiq azob beryabdi, vanihoyat qirol saroyiga kirar ekanmiz meni old eshikdan emas orqa tomondan olib kirishdi , shunisiga ham rahmat hammaning eʼtiborida boʻlish istagim ham yoʻq edi. Meni chiroyli yigit qarshi oldi lekin negadir bu chiroyiga yarashmagan jiddiylik bor edi unda.

- Sizni ichki saroy boshqaruvchisi yoniga olib boraman , nima qilish kerak , nega bu yerda siz hammasini u tushuntirib beradi - meni kelganimdan beri ilk marotaba sizlagan inson u boʻldi nazarimda. Yoshi kattaroq boʻlgan ayol yoniga bordimu ,oʻsha hushbichim yigit bu yerni tark etdi.

- Avvval yuvinib , keyin honamga bor qizlar senga yordamlashadi. - shunday dediyu ortimdagi ikki qizga koʻzlari bilan ishora qildi ular esa meni qayergadir boshlab borishdi.

Saroyda yurar ekanman , shuni tushundimki bu yigit juda boyga oʻhshaydi , aslini olganda u qirol boʻlsa davlat xazinasi ham unga tegishli , saroy ham butunligicha minimalistik uslubda oʻta did bilan qurilgan ekan. Qizlar uchun ajratilgan bino biroz oltin va qaymoq rang, ammo yoʻlakning narigi tomoni butunligicha qora koʻrinyabdi , ammo u tomonga borib koʻrganim ha yoʻq.