Qora Taxt
Yarim tun qarshimdagi stol ustida boʻshagan qadaxlar. Men oʻzimdam jaxlim chiqyabdi Nima qilyabman oʻzi ? Men bunday emasdim. Davlat qonunlarini buzdim , eng muhimi bu emas eng asosiysi buni nima sababdan qildim ? Bir qiz oldida ojiz boʻldimmi ? U hafa boʻlmasin deb hatto davlat qonunlarini chetlab oʻtyabman.
Yarim kechasi soat chamasi tungi 3 ni koʻrsatayotgan bir pallada Jungkook oʻrnidan boshi aylangan koʻyi turib , chiqish eshigi tomon yaqinlashdi. U ancha ichdi hozir esa yetarli darajada mast holatda. Devorni ushlab eshikni ochishlariga buyruq berdi.
Soqchilar uni kuzatib qoʻyish uchun taklif berishganlarida qatʼiyan rad etdi. Yoʻlak boʻylab yurib kichik burilishga keldi , saroy butunligicha jimlik ichida , faqatgina navbatchi soqchilarning saroyni aylanib qoʻriqlab yurgan ovozlari eshitilib turibdi.
Ichki saroy binosiga kirgan Jungkook yoʻlak ohirida bir burchakda joylashgan kichik hona eshigi yonida toʻxtadi , sekin eshikni ochib ichkariga qadam tashladi. Qiz toʻshakda beozor boʻlib hech nimani sezmasdam uhlab yotardi. Lekin koʻzlari tagi qizargan. Kipriklari hoʻllanib qurib qolishga ham ulgurgan.
Jungkook ichkilik taʼsiridan qoʻllari qaltirab qizning tun rangidagi sochlarini yuzidan olib qulogʻi ortiga oʻtqizdi. Koʻzlari qorachigʻi ichida oʻynay boshladi qizning yuzini bir kafti bilan silab tikilib qarashda davom etardi.
- Maya. . . Maya. . . marvaridlar ichra mening moviy marvaridim , pok qalbligim , gul yuzligim , lavand iforligim , qaro sochligim , puchuq burnim , sarvi qomat dilbarim , lablari gʻuncham soʻzlari boʻlim mening faqat mening latofatligim. Sochlaring boʻynimga dor boʻlsinki oʻzimni osay , nozik qoʻllaringda jon beray , sen bilan boʻlsa oʻlim ham goʻzal aslida.
Yigit qaltiragan qoʻllari bilan qizning sochlarini silab yanoqlariga tega boshladi , tartibsiz teginishlardan oʻzini noqulay his qilgan qiz koʻzlarini uyqudan ochdi. Tushinqiramay turgan qiz tezda oʻrnidan turdi. Qarshisidagi yigit nega bu yerdaligini tushina olmay qolgan qiz sochlaridan bir tutam olib quloqlari ortiga oʻtqizdi.
- Qirolimizming umri uzoq boʻlsin - oʻrnidan turib egilib aytgan bu gapidan soʻng qiz vaziyatga biroz tushunishga harakat qildi.
- Bilsam boʻladimi , tashrifingiz boisi nimadan oliy hazrat. - Amaya iloji boricha rasmiy gapirishga harakat qildi.
- Sen bunday emasding , mendan qoʻrqmasding, nima boʻldi - qizning bu mulozamatli harakatlaridan hayron boʻlgan yigit qoshlarini chimirgan holda soʻradi.
- Shunchaki oʻrnimni bilgan holda murojat qilyabman oliy hazrat - Amaya hafa edi , Jungkookning bu kecha unga qilgan adolatsizligidan uning qattiq koʻngli oʻgʻrigandi.
- Amaya. . . Moviy marvaridim , yuzlaring soʻlgʻin - mast holida nima deyayotganidan habari yoʻq Jungkook ochiqchasiga qizga dil izhori qilayotgandi.
- Men unday emasman , oddiy kanizakman , bularga arzimayman oliy hazratim. - qiz koʻzlarini pastga egib bir tekisda gapirardi.
- BAS QIL! OLIY HAZRATIM DEYISHNI TOʻXTAT!!! JIM BOʻLLL CHARCHADIM SOXTA MULOZAMAT SOXTA INTIZOMLARDAN har kuni har kuni bu soʻzlarni eshitaverib qulogʻim qomatga keladi , birgina sen eding menga oddiy odamdek gapirgan birgina sen eding endi sen hammi ??? SEN HAMMI ???
Birdaniga baqirib ketganidan qoʻlidagi idishlarni ham hona chetiga otdi , birin ketin singan idishlar qoʻllarimni kesishga ham ulgurdi , u shu darajada asabiy ediki u devor tomon otayotgan narsalar menga ham uchib kelayotganini bilmasdi.
Oʻzimni ortga oldim , Jungkookning vajohatidan koʻzlarimga yosh toʻplangan , nima qilishni bilmasdim. Uning ovozi sekin pastlashdi qoʻllari qaltiragan , koʻzlari oʻynab turgan yigit shoshilib kelib qoʻlimdan tutdi.
- Me.. men qildimmi , me
. . . n qildimmi ? Qoʻrqma qoʻrqma qizishib ketdim , jaxl qildim , jaxl qildim lekin oʻtib ketadi , doimgidek oʻtib ketadi , doim oʻtib ketgan , yana oʻtib ketadi yana oʻtib ketadi. Sen havotir olma , hammasi yahshi , hammasi yahshi , chuqur nafas olamiz , nafas olamiz yahshi oʻngacha sanaymiz maylimi , maylimi ? - Jungkook Amayani emas koʻproq oʻzini tinchlantirishga urinayotgandek edi.
- 1 , 2 , 3 , 4 4 4 4 ,yoʻq yoʻq bolmayabdi tinchlanolmayabman , boʼlmayabdi , EPLOLMAYABMAN *JIN URSIN BARINI - Jungkook yana oʻrnidan turib stulni honaning boshqa tomoniga tepib yubordi.
- Oliy hazrat - eshik ochib honaga kirgan tabib qoʻlidagi aralashma dorini Jungkookga ichira ketdi , ortida tungi kiyimda turgan ichki saroy bekasi tabibni olib kelgandi.
- Amaya , Amaya u men bilan yursin , men bilan. . . Uhlatuvchi dori qabul qilgan yigitning boshi aylana boshladi. - harbiy askarlar uni honasiga olib ketishdi.
- Clarense honim uning buyrugʻini bajaring , hushsiz boʻlsada u qirol , yana bir gap bu kecha boʻlgan ishlarni yana kimdandir eshitadigan boʻlsam mendan yahshilik kutmang - ichki saroy bekasi Amayaga Jungkookning ortidan borishni aytib uni kuzatib qoʻydi.
Jungkookning honasida hamma narsa qorongʻu , u yotoq oʻrtasida hech narsani his qilmay yotibdi , unga oddiy insonlar uchun qilinadigan dozadan 3 4 barobar koʻproq dori berishdi , uni uhlatish juda qiyin ekan , asabiylashsa umuman boshqa odam boʻladi. Uning yoniga borib qoʻllaridan qoʻlimni oʻtqazib , boshimni yelkasiga qoʻygan koʻyi koʻzlarimni yumdim , chunki uning qoʻllari sovuq edi , koʻz oldimda asabiylikdan qaltiragan barmoqlar hali ham yonimda. Qoʻllarini ushlaganimdan soʻng u menikini qattiqroq tutdi , u uhlamagandi.
Lekin qoʻlimni olmadim , bu safar , bu safar shu holicha qolishni istadim.
6 - Qism Tamom , umid qilamanki sizlarga yoqdi.
@vip_amaya - fanficni tezroq oʻqimoqchilar uchun.