Black Code
Yelkamga ortilgan bir gunoh eding ,
Toʻkilib ketma deb qilmasdim tovba.
- Yana bir marta - vaqt oʻrishini bildirib turgan soat miliga qarab turgan Jungkook bu safar naqt 67 chi marotaba boʻlajak rafiqasining oʻlgani haqidagi bayonotni tinglayabdi.
- Kecha tunda soat 21:30 lar atrofida....
- Yetarli!!!! - Jungkookni oʻshqirgan ovozidan choʻchigan yordamchi, bir ikki qadam ortga tisarildi. Oʻng qoʻlida magnit tosh va undan koʻzini uzmay oʻylanib turgan Jungkook endi nima qilishi haqida bosh qotirardi.
- U oʻlmagan , oʻlolmaydi men unga oʻlishga ruxsat bermagandim. Mashinani tayyorlang uning kutubxonasiga boramiz. - uning buyrugʻini eshitgan yigit shoshilgan koʻyi , honani tark etdi.
Oradan deyarli 30 daqiqa oʻtdi va Jungkook oʻsha kulga aylangan "Odyssey" kutubxonasi yonginasida turibdi.
- Kameralar ? - Savol berdi Jungkook koynagini yecharkan.
- Tekshirilgan ammo aytarli hech nima topolmadik. Kichik honimning ham hech qanday belgisi yoʻq , na oʻligi yoki tirigi hech biriga tegishli malumotlar yoʻq. Ammo bir narsa shubhali kameralarda muzlatilgan tasvir borga oʻhshaydi yaʼni 20:00 dan 21:00 gacha boʻlgan vaqtda kamera tasvirlarida hech narsa oʻzgarmagan , hatto bir qush ham koʻrinmagan , huddi bir surat 1 soat vaqt qotib turganga oʻhshaydi. Qoʻshimcha qilib aytganda , daraxtlar butalar hammasi yondirilgan , asosiy uyushtirilgan suiqasd jarayonlarida hech qachon bunday holat kuzatmaganmiz, huddiki ular butalar orasidagi chip va kameralarni koʻrgandek hammasini yoqishibdi.
- Bu Italyancha usul , buni koreyaliklar qilmagani aniq , Italiyalik qotillar guruhi ularni "Marco" ning oʻzi tarbiyalagan.
- ular Amayani oʻldirishmagan , meni borishimni kutishyabdi , bu yaqqol sezilib turibdi. Lekin men borolmayman nima deysan Akamni vaqti bormikan ? - Jungkook nigohini Jamesga ( James Jungkookni eng ishongan odami , deyarli kichik ukasidek) olib oʻtdi .
- Menimcha vaqtlari bor , Kim Teahyung aralashar ekan demak jiddiy masala. Ular albatta yordam beradi.
- Teahyung - Merry sekinlik bilan qoʻlida gazeta tutgan yigitni chaqirdi. Unga nigohini olib oʻtgan Teahyung davom etishini kutardi.
- Balki men ketarman , otam uyda yolgʻiz... - pichirlab aytdi Merry.
- Otang ? Qonimni qaynatma iltimos. U senga nima qilganini ikkimiz ham bilamiz.
- Ammo u meni otam. - Merry noilojlik toʻlib toshgan koʻzlari bilan Teahyung ga qaradi.
- Mavzu qayta ochilmaydi va sen uydan chiqmaysan , - gazetani stol ustida qoldirgan Teahyung tepa qavatga koʻtarilish uchun oʻrnidan turdi.
- Agar mana shu eshikdan tashqariga qadam bosgudek boʻlsang , ishon bu Kim Teahyung ni qaytib koʻrmaysan , men seni majburlamadim , tanlov oʻzingda. - Zinadan koʻtarilishga qadam bosgan yigitni eshikdan kirgan qoʻriqchi etiborini tortdi.
- Janob Kim Jeon Jungkook shu yerda.
- Merry honaga , chaqirmagunimcha chiqmaysan - Jungkook kelganini eshitib birinchi qilgan ishi shu boʻlgan Teahyung, ukasi uni koʻrishidan havotirda edimi yoki nimadandir qoʻrqdimi qizni yashirishni maqul topdi.
- Kim Teahyung oʻgay boʻlsada akamsan , maqsadga oʻtaman , mening hayotimda bir qiz bor edi , Italiyadan keliboq uning yoniga bordim ammo tezda oʻrab olmadim , himoyaga olmadim bosim qilmadim uni shoshirib qoʻymoqchi emasdim ammo payt poylayotganlar borligini unutgan ekanman , Italiyaliklar shu yergacha kelishibdi. - Jungkook etibor bilan barchasini Teahyung ga tushintirib berishga harakat qilardi.
- Hoʻsh - Teahyung jiddiyligini saqlagan holda savol berdi , u ni qiziqtirayotgan narsa Jungkook nega aynan Teahyung dan yordam soʻrayabdi.
- Mening bazan Koreyada mavjud emas , Italiyada boʻlganida oʻzim bilardim , baza tuzish uchun deyarli 1 hafta ketadi. Senikidan foydalansak nima deysan.
- Jungkook bu yosh bolalar oʻyini emasligini mendan ham yahshi oʻzing bilasan , 3 ta harbiy baza senga , eplaysanmi ?
- Muommo emas. Eng asosiysi u yerga men emas siz borasiz.
Bu missiya shundan iborat edi , Teahyung ular tomon oʻz guruhi bilan ochiq holatda boradi , Kim Teahyung ning hurmat va eʼtibordan shu tarzda foydalanishadi , Koreyada Mafia guruhlaridan yetakchisi boʻlgan guruh boshligʻi ularni etiborini tortishi aniq edi. Teahyung odamlari bilan ularni chalgʻitadi va urushni boshlab beradi , Jungkook kelguncha bu yerni tozalash kerak edi , Teahyung esa bu ishni mukammallik bilan uddaladi. Bu yerga Jungkook ning oʻzi kelolmasdi ichkariga kirish uchun ishonchli odam kerak edi va buning uchun Teahyung ni tanlashdi. Jungkook bino ichiga kirib Amayani qidirar ekan har bir honani oʻz koʻzlari bilan qidirib chiqardi. Va ohirida bir honaga koʻzi tushdi , eshiklari temirdan boʻlgan qulflangan hona , bir necha oʻq ovozi ammo eshik ochilgani yoʻq shundan soʻng ular portlatuvchi moddadan foydalanishga majbur boʻlishdi. 3 4 soniya va yerga qulagan ulkan darvoza siymosi , ammo ichkaridagi saxna hammaning muzlashiga sababchi boʻldi.
Qorongʻu xona burchagida suv va muz bilan toʻldirilgan vanna hamda ichida yotgan yarim yalongʻoch qiz , Jungkook shoshgan koʻyi Amayaning yoniga bordi uning koʻzlari ochiq lekin hushsiz , majolsiz edi sekin qoʻlini koʻtarib shuni koʻrdik qizga shprist yordamida narkotika yuborishgan. Amayaning butun badani koʻkargan va nimjonlashib qolgandi.
Ikki qoʻliga qizni suvdan olgan Jungkook uni mashina yoniga olib bordi va yorugʻlik tezligida bu yerni tark etdi. U oʻshqirmadi , jaxl qilmadi hech nima demadi , bu esa eng qoʻrqinchlisi , mashina rulini boshqarib ketayotgan haydovchining qoʻllari qaltirashiga sabab boʻlgan bu sukut , uning tishlari bir biriga tegib asabdan qaltirayotgan ovozidan soʻng tugadi.
- Maya... Maya - Jungkook past ovozda qizning kichik jussasini quchar , qoʻllarini bir biriga ishqalab isitishga harakat qilardi. Oʻzi esa tinmay qaltirab faqat Amayaning ismini qisqartmasini tishlari orasida takrorlardi.
U uyga borguncha mana shu holatda oʻtirdi , mashina Teahyung ning uyida toʻxtar ekan , Jungkook qizni qoʻllaridan qoʻymay uy ichiga olib kirdi.
- Janob tepa qavatdan hona tayyorlab qoʻydim - uy hizmatchisi yoʻl koʻrsatdi.
Shovqin sababli honasidan chiqgan Merry pastgi qavatdagi qoʻlida bir qizni koʻtarib kelayotgan yigitga hayron qaradi. Jungkook Amayani tayyorlab qoʻyilgan honaga olib kirar ekan ortidan Merry ham kirdi. Merry eshik yonida hech nimaga tushunmay , Jungkookni tomosha qilardi.
- Janob Kim! Pastdan eshitilgan chinqiriq va Merry shoshilgan koʻyi honadan qanday chiqib zina yoniga turganini sezmay ham qoldi.
- Tea... hyung - lablari orasidan Teahyungning ismi chiqar ekan koʻzlari yoshlandi. Pastgi qavatdagi yumshoq kresloda Kim Teahyung qonli ahvolda oʻtirardi.
Pastgi qavatga kalta koʻylak va yalang oyoqda mayda qadamlar bilan tushgan qiz , yigitning yoniga koʻzida yosh bilan turdi.
- Nima boʻldi... Bu yara , uni davolash kerak ahir - uning harakatlarini koʻz uzmay kuzatayotgan yigitga yaqinlashib gapida davom etdi Merry.
- honanggizga chiqamizmi ? Teahyung keling honaga chiqamiz yaqin orada doktir keladi yaranggizni bogʻlaydi , bu yerda koʻp qon ketyabdi.
- Jungkook koʻrdimi ? - yigitning keskin savolidan Merry shoshib qoldi.
- Seni Jungkook koʻrdimi ? - savoliga oydinlik kiritganday boʻldi Teahyung.
- Anavi yigitmi - qoʻli bilan tepa qavatga ishora qilar ekan gapida davom etdi. - Ha menimcha koʻrdi. Lekin avval yarangizga qaraylik. Agar tezroq... - Teahyung Merryning gaplarini boʻldi.
- Men aytmaguncha honadan chiqma deganmidim ? - jiddiy berilgan savoldan soʻng honadagi hizmatchilar bu yerni tark etishdi.
- Ha... a - uzuq yuluq javob berdi merry.
- Lekin sen ? Nima qilding - vazminlikni umuman yoʻqotmagan yigit savollarini davom ettirdi.
- Mening qarorimni buzadigan darajada muhim ish boʻlgandimiki sen gapga kirmading. - kresloga suyangan Teahyung asabiylikni umuman koʻrsatmasdi u faqat bosim oʻtqazardi.
- oʻzingga kelib olsang gaplashamiz - huddi qorin boʻshligʻida hech qanday muommo yoʻqdek Teahyung tik turgan holda zinadan koʻtarila boshladi.
Pov Merry:
Koʻrsatishni istamasda u azob chekyabdi , qornidagi qon o yoʻq bu jarohat uni yoʻq qiladimi deb qoʻrqaman , qachon u oʻzi va soligʻiga mendan koʻp eʼtibor berishni boshlarkin. Uni bu jaroxatlar emas men tamom qiladigan ahvolga kelibdi. Jarohat beramanmi dorisi ham oʻzim boʻlishim kerak. Lekin bu Kim Teahyung bilan oson boʻlmaydi.
- Koʻp emasmi ? - qoshlari chimirilgan yigit doktorga savollarini bera boshladi.
- Nima desam ekan - koʻzoynagini yechgan qari erkak Jungkook tomon yuzlandi - Anchagina yuborishgan , yana tomirlaridan joʻnatishgan bilagidagi qoraygan tomirlarni koʻryabsizmi ular bu holatga kelishining oʻzi havfli holat , muzli vanna ichidan topdim dedingiz , demak ular qoʻrqishgan , qiz hali yosh ekan , arganizimi narkotikani koʻtara olmagan shuning uchun ham , uni muzli suvga solishgan. Muzli suv qon aylanishini tezlatadi tanani tiriklikga qaytaradi , muz tetiklashtiradi , shundan koʻrinib turibdiki kichik honim oʻlim yoqasidan qaytgan , uni yana hayotga qaytarish va tanani uygʻotish uchun ham muzli suvga solishgan.
Doktirning gaplarini Birma bir taxlil qilayotgan Jungkook u oʻlganda nimalar boʻlishini oʻyladi.
- Ketishingiz mumkin doktir , kelganingiz uchun rahmat yana habarlashamiz - bu shifokor Jungkookning bolalikdagi shifokori boʻlib unga Teahyung ning ham Jungkookning ham hurmati baland.
- Tegmang yoʻq , yoʻq tegmang deyabman hohlamayman - koʻzlari yumilgan qiz , yotoqda yotgan koʻyi alahsiray boshladi.
- Amaya , Amaya! Oʻzingga kel , hammasi yahshi senga hech kim tegmaydi , men borman Mayam kel , hammasi yahshi , hammasi yahshi... - yotoqning chetiga oʻtirgan yigit Amayaning boshini koʻksiga qoʻyib sochlaridan silay boshladi.
- Te... gmang, te... gmang iltimos - Amaya hali ham uzul kesil alahsirashda davom etardi. Unga bu narsani qilishgan odamlar unda kuchli psixalogig travma qoldirishgani yaqqol koʻrinib turardi , qizning hayoti aynan shu voqeadan soʻng butkul izidan chiqib ketishini hech kim bilmasdi na oʻzi na boshqalar
Narkotika normal insonni qisqa fursat ichidan badnom qilish hususiyatiga ega , ammo bu kichik qizda qanday oʻzgarishlar qanday qiyinchiliklar boʻladi , bu bizga nomalum , ammo buning barida oʻzini aybdor deb hisoblab kelayotgan oʻsha mashhur Italiyalik ichki *Jinoyatchi Jeon Jungkook bundan keyingi ishlarga qanday yoʻl tutarkin , buning barchasi nomalumligicha qolmoqda.
Cruel fanfic uchun Amaya tomonidan.
[ ELON: Ushbu ff davomida eng aktiv boʻlgan obunachi uchun #Black_Code ffi tugashi bilan eng aktiv boʻlgan obunachi aniqlanib u uchun butun boshli ff yoziladi ]