June 20

Cruel Game 2 | FINAL

CRUEL GAME 2

18 - Qism | Yakun

- Xoʻsh manzilni aniqladingmi??) jimin ombordan shoshilib chiqdi va uni kutib turgan 10 mashidan biriga mindi.

- Ha hozir in hva koʻchasidan oʻtishyapti va 6ta mashina ularni taqib qilyapti.

- Qoyil kelin singlimiz 1oy ichida juda koʻp muammolarga duch keldi u chindan ham juda omadli) jimin jungkookga qarab kuldi.

- Taehyung allaqachon samolyotda 7 soat ichida yetib keladi) jungkook mashina haydarkan gapirdi.

- kelishi shart emasdi oʻzimiz hal qilardik)

- hech qanday imkon yoʻq agarda temi bilan nimadir notoʻgʻri boʻlsa uni hech kim toʻxta olmaydi.

- demak bugun juda ajoyib voqealar boʻladi shekilli)

Oradan 10 daqiqa oʻtgach jungkook va jiminning odamlari yunsining mashinasiga yetib kelishdi. Katta yoʻlda 10dan ortiq mashinalar toʻxtab yoʻlni toʻqishdi.

- Temi nima qilamiz?) yunsi yoʻlni toʻsgan mashinalarni tanimadi shu sababli biroz ikkilanib qoldi.

- Toʻxta bular taehyungning odamlari biz qutqarildik!!)

- oh? Biznikilarmi?? Qutqarildik!!!) yunsi quvonchdan chiyillagancha mashina rulini ikki bor urdi.

Mashina toʻxtagach jungkook jimin va 20ga yaqin odamlar mashinadan tushib temi garovga olgan erkakni oʻz mashinalariga olib ketishdi.

- Anavilarni ham tutinglar bittasi ham qochib ketmasin!) jungkook qaramaqarshi tomonda toʻxtab turgan 6mashinaga qarab ishora qildi.

- Yo xudo chindan ham tirik qoldimmi? Hozir nechanchi asir oʻzi??? Nega odamlar bemalol qurol olib yurishibdi?) yunsi temiga suyanib shikoyat qildi.

- qurol hozirgi kunda shunchaki aksesuar boʻlib qolgan yaxshi qiz) jimin belidagi qurolni chiqarib qoʻlida aylantirdi.

- Haligi taehyungga qoʻngʻiroq qilib bera olasizlarni 2daqiqa oldin telefon quvvati tugadi.)

- Albatta hozir. Ayni paytda u havoda boʻlsa kerak) jimin choʻntagidan telefonini chiqararkan javob berdi.

- Havoda??)

- Ha u koreaga qaytyapti charti reys orqali.)

- men sababli boʻlsa buning hojati yoʻq edi. Ahir hech qayerim tirnalgani ham yoʻq.)

- Nima ham qila olardik ahir bu Kim Taehyung unga hech birimizni gapimiz oʻtmaydi.

Ertasi kuni.

- Xoʻsh ish beruvchi kimligini aniqladingmi?) Taehyung mehmonxonada oʻtirib jimindan soʻradi.

- Ha eshitsang hayron qolishing aniq buyurtmachi seni sevimli xodiming Nabi xonim ekan. Senga nechi bor aytdim oʻshani yaqin saqlama deb mana oqibati!) jimin taehyungni koyimoqchidek gapirdi.

- 1yarim oy oldingi voqeada ham u aybdor boʻlganmi?)

- Ha aynan u!! U temiga dori berib uni xonasiga begona erkakni kiritgan!)

- Xoʻsh endi qanday yoʻl tutmoqchisan?) boshidan beri jim turgan jungkook nihoyat suhbatga aralashdi.

- Shunchaki yoʻq qiling undan hech qanday iz qolishini istamayman.)

- Havotir olma biz doim ishimizni mukammal qilamiz!)

4 oydan soʻng.........

- Xoʻsh qayergacha qochmoqchi eding? ) yigit qarshisida qoʻrquvdan qaltirayotgan qizga qarab sovuq ohangda soʻradi.

- Men, Men...) qiz soʻzlarni tugatmasidan yigit stolga baland ovozda zarba berdi.

- Nimani oʻylaganding aa?? 4 yoshli bolani oldingda aeroportga yugurdingmi?? Kamida qorningda 5oylik homila bilan!!!) Taehyung temini ancha sezilib qolgan qorniga koʻz tashladi.

- ........ ) qiz gapirmadi nigohini pastga qaratgancha unsiz yigʻlardi.

- JIN URSIN NEGA JIMSAN??? Nega qochding? Shu aqling bilan mendan yashirina olaman deb oʻyladingmi? Xotinim 4yoshli Oʻgʻlim va hali tugʻilmagan farzandimni olib qochsayu men jim turishimni kutganmiding?)

- Jin ursin Kim Taehyung Kim aytdi meni qochaman deb????? Biz shunchaki yunsi bilan pusanga bormoqchi edi!)

- Ammo men ruhsat bermadim shundaymi??? Rad javobini olib ham oʻz bilganingni qilding! Shu ahvolda samolyotga chiqmoqchimiding?? )

- Ahvolimga nima qilibdi? Shifokordan ruhsat oldim 8oylikdagina samolyotda sayohat qilish mumkin emasligini aytdi!)

- Men bilan bahslashma!! )

- Sen men bilan bahslashma!!! Doim shundaysan meni hech qayerga chiqarmaysan uyda dala qoʻriqchisiga aylanganman! 2oy oldin ishdan tatil oldim bu ketishda zerikishdan oʻlaman!!!!) temi ohiri chidolmay yigʻlab yubordi. Taehyung qarshisidagi titrab yigʻlayotgan qizni koʻrib ogʻir hoʻrsindi.

3 yarim oy oldin ular temi yana bir bor homilador ekanligini bilib olishdi xullas oʻsha dori berish voqeasida temi homilador boʻlgan.

Quvonchli habarni eshitgan taehyung darhol temiga munosabatlarini boshidan boshlashni taklif qildi. Temi deyarli 1oy oʻyladi nihoyat rozi boʻldi shundan soʻng ular haqiqiy oilaga aylanishdi.

Temining qorni kundan kunga kattalashib borarkan taehyungning tashvishi ham ortdi.

- Nega oʻzi sen bilan barchasini boshidan boshlashga rozi boʻldim????? Oʻsha kuniyoq ajrashish hujjatini yuzinga uloqtirishim kerak edi jin ursin!) temi jahl bilan gapirdi va ortiq tik turolmay divanga oʻtirdi. 5oylik homila u qadar katta boʻlmasada qiz 20daqiqadan ortiq tik oyoqda turolmas tez charchab qolardi.

Taehyung chuqur nafas oldi va jahl bilan yuzini yelpiyotgan qizga qaradi.

- Yaxshi kechir men nohaq edim gʻazablanma. )

- Doim meni gʻazablantirib ohirida 2ogʻiz soʻz bilan qutilib qolasan men esa bir necha yuzlab asab tolalarimni yoʻqotaman yaqinda jinni xonaga joylashmasam boʻldi!)

- Hop doim men aybdor boʻlganman afsusdaman. Kel biroz tinchilan ertangi gender party haqida oʻyla. Bunday holatda ertaga qanday qilib bazimda ishtirok etasan.

- mana yana bu ham seni aybing bola jinsini aniqlash ziyofatini 2haftadan soʻng uyishtirmoqchi edim atayin ertaga uyishtiryapsan barchasi pusanga ketmasligim uchun shundaymi?)

- Yaxshi barcha gaping rost hammasi meni gʻoyam edi va bundan pushaymonman xoʻsh endi meni kechirasanmi??) taehyung yana bir bor temi bilan murosaga kelishga harakat qiladi yaqin kunlar davomida qizning tez oʻzgaradigan kayfiyatiga koʻnikib qolgandi.

- men bogʻga chiqaman miro bilan biroz oʻynaymiz balki shunda asablarim tinchilanar)

- Bogʻ?? Ahir endi bahorni boshi hali kun sovuq uy ichida oʻynasangiz boʻlmaydi..) taehyung gapirarkan unga oʻqrayib qaragan qizni koʻrib toʻxtadi.

- Yaxshi yaxshi bogʻda sayr qil ammo issiq kiyinishni unutma! Yoʻlakda ehtiyot boʻlib yur 2 kun oldin yogʻgan yomgʻir hali qurigani yoʻq)

- Men yosh bola emasman!)

- ishonching komilmi?)

- KIM TAEHYUNG!!!)

- yaxshi yaxshi kechir) temi ortiq taehyung bilan janjallashishni istamay xonadan chiqib ketdi.

Ertasi kuni KMT kompaniyasi ofisida.

- Janob kim bu ohirgi hujjatlar) kotib gu hujjatlarni taehyunga uzatdi. Taehyung hujjatga biroz koʻz tashladi va xato yoʻqligini tekshirgach imzo chekdi.

- Bugungi tadbir uchun hammasi tayyormi?)

- ha janob barchasi deyarli tayyor. Kim xonim tadbir kimlar qasrida boʻlishini istagani uchun dekoratsiya bilan shugʻullanadiganlarni oʻsha yerga yubordim kechgacha barchasi tayyor boʻladi.

- barchasi ishonchlimi? Ishni mukammal bajardingmi?)

- Albatta janob kimlar qasriga kirgan har qanday odamni obdon tekshiruvdan oʻtkazyapmiz tadbir munosabati bilan qoʻriqchilarni ham koʻpaytirdik.

- Yaxshi etiborli boʻl)

- Hop janob. Ketsam boʻladimi? Tadbirda rejalashtirilishi kerak boʻlgan ishlar bor edi)

- Ha kotib gu haligi....)

- Eshitaman janob? ) kotib gu biroz xijolat boʻlayotgan xoʻjayiniga qaradi va masalani darxol tushundi.

- Oh tadbirda koʻrsatiladigan rangni aytishimni hohlaysizmi? Koʻk yoki pushti ekanligini?)

- bu koʻk emas shundaymi?)

- Janob kim chindan ham bilishni hohlaysizmi?)

- unut agarda bundan temi habar topsa yana katta muammo chiqadi shu sababli tadbirda bilib olganim yaxshi. Sen ketaver.

- Hop janob) kotib gu biroz egilib tazim qildida xonadan chiqib ketdi.

Taehyung kompyuteri ekranidagi allaqanday statistika yozuvlariga koʻz tashladi ammo hayoli umuman boshqa tomonda edi.

- Pushti boʻlishi kerak! Ha bu qiz!) taehyung oʻziga oʻzi gʻoʻldiradi negadir qizli boʻlishini tasavvur qilganida ich ichidan quvondi ortiq bu zerikarli ofisda qolishni istamay kompaniyadan chiqib ketdi.

Kechki payt.

Bazim u qadar katta emas faqatgina eng yaqin insonlar chaqirilgan edi. Bazim boshlandi va taehyung bilan temi mehmonlarni kutib olishdi. Taehyung temidan 1qadam ham uzoqlashmadi hatto temi uni ketishga majbur qilganida ham.

Va nihoyat tadbirning asosiy qismi yetib keldi yani bola jinsini aniqlash. Taehyung va temi chiroyli yasalgan sahnada turishdi va ortga sanashni boshlashdi.

1...........2..........3

Birdan portlash ovozi yangradi va ostomga har tomondan rang otildi.

Koʻk.....................

Barcha qarsak chalib tabriklashni boshladi barcha bahtli ammo taehyung emas.....

Taehyungning nigohida Hayrat afsus va qaygʻu bor edi holos..

Bazim tugaganidan soʻng.

Mehmonxona sovgʻalar bilan toʻlgan taehyung barcha sovgʻalarni xizmatchilar ochib tartiblashadi deganida temi qarshi boʻldi natijada soat allaqachon tungi 12dan oʻtdi ammo mehmonxona markazida 5kishi oʻtirib sovgʻalarni ochishardi.

- ohhho bu oltin shaxmat doskasini janob min berdi shundaymi judda qimmatli sovgʻa) jimin sof oltindan yasalgan donalari qora boʻlgan shaxmat taxtasiga qarab gapirdi.

- Temiyaaa bu sovgʻalar hali beri tugamaydi ) yunsi charchagan qoʻllarini harakatga keltirib shikoyat qildi.

- Toʻgʻri hali sovgʻalar koʻp bularni ertaga tongacha ham saralayolmaymiz) jungkook yunsini gapini maqulladi.

Ular birin ketin shikoyat qilisharkan temi umuman ularga e'tibor bermadi.

- Taehyung nega kayfiyating yoʻq?) jimin qoʻlidagi kichik poyezdni ushlab hayolga choʻmgan taehyungga qaradi.

- Chindan tadbir paytida ham janob kimning kayfiyati yoʻq edi.)

- Taehyung?) temi savol nazarida taega qaradi.

- Hech nima emas shunchaki hayolga berilibman)

- yoki ikkinchisi ham oʻgʻil boʻlganidan hafamisan?? TOPDIMMM!!! ahahahhaa bunisi ham oʻgʻil boʻlgani uchun kayfiyating yoʻq!) taehyungning oʻzgargan yuzini koʻrgan jimin gaplari rost ekanligiga amin boʻlib yanada dadilroq gapirdi.

- Taehyung bu rostmi? Chindan ham bola jinsi oʻgʻil boʻlganidan hafamisan??) temi qoshlarini chimirdi.

- Yoʻq albatta yoʻq u mening farzandim uni yaxshi koʻraman ammoo qiz farzand kutgandim)

- KIM TAEHYUNG!!!! Agarda oʻgʻlimni hafa qiladigan boʻlsan seni maydalayman !!)

- temi nega tezda gʻazablanasan?? Tasavvur qil yoqimtoy qizaloq doim senga mehribon boʻladi yoqimli ovozda Dada oyi deb chaqiradi.)

- Oʻgʻil farzand ham yomon emas ahr merosxoʻr boʻladi)

- qiz ham merosxoʻr boʻlaveradi. Oʻgʻildan nima foyda turgan bitgani muammo namuna sifatida miro)

- Miroga nima qilibdi unaqa odobli bola dunyoda yoʻq!)

- haaa dunyoda u faqat seni yaxshi koʻradi men ham senga yaqinlashtirmaydi?? Oʻsha oʻgʻlimning sharofati bilan oʻz xotinim bilan vaqt oʻtkazolmayman)

- Miro hali kichik unga ona kerak!)

- Menga ham xotinim kerak!!! Ona va oʻgʻilning baxtli juftligini koʻrib jahlim chiqadi ahr!!!)

- mendan nima istaysan? )

- qiz kerak menga!! Otasini yaxshi koʻradigan qiz hohlayman)

- Buni iloji yoʻq!! U allaqachon oʻgʻil bola!) temi qorniga ishora qilib baqirdi.

- Yaxshi ammo 1yildan soʻngchi??? Qiz farzand uchun harakat qilamizmi? ) taehyung ovozini pasaytirib temiga yaqinlashdi.

- Nima meni inkubator deb oʻylaysanmi? Har yil bitta bola tugʻadigan yoshim 26da 26 !!!! Bu yosh ona boʻlish uchun juda erta ammo menda allaqachon 2ta bor 3chisiga sogʻligim dosh bermaydi!)

- Oʻzim senga gʻamxoʻrlik qilaman doim qoʻlimda koʻtarib yuraman evaziga atiga bitta yoqimtoy qiz istayman)

- Yoʻq!! 2tasi yetadi)

- yetmaydi)

- unday boʻlsa yana 5ta xotin olib ulardan ham 2tadan bola ortir va butun boshli futbol jamoasini yigʻ!) temi jahl bilan ortiga oʻgirildida mehmonxonadan chiqib ketdi.

- Men uni ortidan boraman) yunsi shoshib oʻrnidan turdi va temini ortidan ketdi.

Taehyung butun tanasini divanga tashlab chuqur hoʻrsindi.

- Taehyungaaaa shukur qilsangchi senda allaqachon 2ta oʻgʻil va sevimli rafiqang bor biz esa hali ham boʻydoqmiz) jimin biroz hasad bilan piching qildi va jungkookni yelkasiga qoqdi.

- Oʻzing uchun javob ber) jungkook jiminni qoʻlini yelkasidan uloqtirdi. Uni javobini eshitgach taehyung va jimin Hayrat bilan jungkookga qarashdi.

- Nima? Meni sevgan qizim bor va u allaqachon 3oyli bolamni tanasida koʻtarib yuribdi) bu soʻzlardan soʻng taehyung va jiminning nigohi yanada kattalashdi.

- JIN URSIN!!!!! JEON JUNGKOOK QANDAY KALTAFAXIM INSONSAN??? BIZGA DOʻSTMISAN OʻZI?? SEVGAN QIZING BOR VA ULLAQACHON XOMILADOR BIZGA QACHON AYTMOQCHI EDING?? FARZANDINGNI TOʻYIDAMI???) Jimin jahl bilan oʻrnidan turib baqirdi.

- baqirishni bas qil mana aytdimku)

- Yo xudo sendek doʻstdan dushman afzal yaramas koʻzimga koʻrinma)

- jimin boʻldi qil. Jungkook qizni biz bilan qachon tanishtirasan? )

- 1oydan soʻng tugʻilgan kuni sizlarni ham chaqiraman oʻsha vaqtda koʻrasiz

- Yaxshi. Muhimi baxtli boʻl)

- aysh nima endi orangizda faqat men boʻydoq bechoramanmi???? YOʻQ bunaqasi ketmaydi kelin singlimga aytaman menga ham oʻziga oʻxshagan qiz topib bersin yolgʻiz yurish jonga tegdi.

- Temini bezovta qilma xotin senga kerak oʻzing izla!)

- Qizgʻanchiq 26 yildan beri sen bilan doʻstmiz menga shu gaplarni aytishga uyalmaysanmi?

- Yoʻq nega uyalishim kerak??)

- Sen!!! Mayli kim taehyung xudoyim senga 10ta oʻgʻildan soʻng qiz farzand bersin amin!) jiminni soʻzlari tugar tugamas taehyung divan ustidagi yostiqni unga uloqtirdi.

- Park jimin meni gʻazablantirma yoʻqsa bu dunyodan uylanmay koʻz yumasan!)

- Hoh qoʻrqaman deb oʻylaysanmi??? Yoʻq! Hali hammaning xotiningdan chiroyliroq qiz topaman 5ta qizim boʻladi senlar esa butun Umir zerikarli oʻgʻillaring bilan Umir oʻtkazasiz! ) bu gal jungkook ham jiminning orqasidan quvishni boshladi.

Uch yigit toʻyguncha bir birini kaltaklab boʻlgach jimin va jungkook oʻz uylariga ketishdi taehyung esa tepa qavatga yotoqxonasiga kirdi,

- Yunsi ketdimi?) yotoqxonada faqatgina temini oʻzini koʻrib taehyung soʻradi.

- Ha ketdi.) temi ancha jahlidan tushgan edi ustidagi shoyi halatini yechdida oddiy shoyi tungi kiyimda koʻrpa orasiga kirdi.

Taehyung ham ust boshini oʻzgartirdi dush qabul qilgach kun davomidagi charchoq biroz yengillashdi. Uy kiyimida dushdan chiqdi yotoqqa temini yoniga yotdi.

- Taehyung rostan ham uni yomon koʻrasanmi?? ) temi birdan taehyung tomon burildi va hafa ohangda savol berdi.

- nima? Yoʻq albatta ahr u sen va mening sevgimiz mevasi nega uni yomon koʻrishim mumkin shunchaki bir oʻgʻlimiz bor ikkinchisi qiz boʻlishini istagandim ammo bu bizning qoʻlimizda emas)

- yaxshi kelajakda kichik oʻgʻlimizga yomon munosabatda boʻlma!)

- Yaxshi unga doim yaxshi gapiraman)

Nihoyat temi biroz tinchilandi soʻng taehyungning quchogʻiga kirdi oʻzi uchun doimiy yostiqqa aylanishga ulgurgan erining koʻksiga boshini qoʻydi.

- Taehyung nega oʻtmishing haqida gapirmaysan? Jimin jungkook hatto akam ham sen haqingda bilishadi ammo men hech nimani bilmayman)

- bu juda uzun hikoya)

- Uyqim kelmayapti aytib ber)

- yaxshi. Oʻtmishim 8 yoshimgaqadar rang barang edi. Oilada men otam onam va 3yoshli singlim edik. Onam uy bekasi otam esa mahalliy jurnalist edi. Hayotimiz boylarniki singari hashamatli boʻlmasada 4kishilik oilamiz baxtli edi toki otam janob kang ning jirkanch ishlaridan habar topmagunicha. Ota juda vijdonli inson eda oʻsha kangning qilmishlarini fosh qilmoqchi boʻldi kang esa evaziga pul boylik vada qildi ammo mening Ahmoq otam unga boʻysunmadi. Qishning sovuq kunlaridan birida oyim meni doʻkonga qand olish uchun yubordi singli qandni juda yoqtirardi. Doʻkondan qaytayotganimda alanga koʻrindi yaqinroq borganimda esa uyim yonayotganini koʻrdim. Oʻshanda 8 yoshda edim uy ichidan ota onamning chinqirigʻi eshitilardi ammo yaqin borolmadim atrofni kangning odamlari oʻrab olishgan edi. Hech kim yordamga kelmadi barcha qoʻshnilarimiz hech nima boʻlmagandek oilalari bilan ovqatlanishardi.

Balki..... Balki oʻshanda darxt ortiga yashirinmay ota onamning yoniga yugirishim kerakmidi.. Ular bilan birgalikda oʻlishim kerakmidi....

- Yoʻq bunday dema taehyung oʻlimni tilinga olma iltimos) taehyung temiga muhabbatga toʻla koʻzlar bilan qaradi va uni peshonasidan oʻpdi.

- oʻsha kang barchasi uchun 10 barobar qilib javob berdi.)

- xoʻsh janob kanga nima boʻldi.

- Biznesidan ayrildi pulsiz koʻchada qoldi qoradoriga mukkasidan ketgan kenja narisaiga dori uchun pul topib berolmagani uchun oʻz nabirasi qoʻlida ayanchli oʻlim topdi. Namjoonga keladigan boʻlsak unga tegmadim u hozir italyada Yangi hayot boshlagan egizak farzandi bor.

- namjoon uchun hursandman) temi janob kang va vansik haqida hech nima demadi u ularga achinmadi ular haqida eshitganida hech nima his qilmadi.

Taehyung quchogʻidagi qizga qarab allaqanday hotirjamlikni his qildi. Uning hayoti ayni shu daqiqadan boshlandi qisqa muddatdan soʻng yana bir kishiga koʻpayadigan 3kishilik kichkina oilasi uchun u barchasiga tayyor edi. Balki temi uni chin qalbidan sevmas ammo hayotining soʻnggi kunigacha uni qalbini zabt etishga tayyor......

🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔣Hikoya biz uchun tugadi ammo temi va taehyung uchun emas qahramonlarimizni hali koʻplab baxtli kunlar kutmoqda taehyung kun kelib qiz farzandli boʻladimi yoki yoʻq buni balki reaksiya shaklida kichik qilib yozarman....