February 27, 2025

𝐂𝐀𝐑𝐍𝐀𝐆𝐄

𝟏𝟐_𝐟𝐫𝐚𝐠𝐦𝐞𝐧𝐭

𝐘𝐨𝐨𝐧𝐠𝐢 𝐧𝐢𝐡𝐨𝐲𝐚𝐭 𝐀𝐮𝐫𝐢𝐧𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐭𝐮𝐫𝐠𝐚𝐧 𝐣𝐨𝐲𝐢𝐧𝐢 𝐚𝐧𝐢𝐪𝐥𝐚𝐝𝐢. 𝐒𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝐜𝐡𝐞𝐭𝐢𝐝𝐚𝐠𝐢 𝐡𝐚𝐬𝐡𝐚𝐦𝐚𝐭𝐥𝐢 𝐯𝐢𝐥𝐥𝐚. 𝐔 𝐤𝐨‘𝐜𝐡𝐚 𝐛𝐮𝐫𝐜𝐡𝐚𝐠𝐢𝐝𝐚 𝐭𝐮𝐫𝐢𝐛, 𝐛𝐢𝐧𝐨𝐠𝐚 𝐭𝐢𝐤𝐢𝐥𝐝𝐢.

— 𝐈𝐜𝐡𝐤𝐚𝐫𝐢𝐠𝐚 𝐪𝐚𝐧𝐝𝐚𝐲 𝐤𝐢𝐫𝐢𝐬𝐡 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤? — 𝐝𝐞𝐝𝐢 𝐮 𝐩𝐚𝐬𝐭 𝐨𝐯𝐨𝐳𝐝𝐚.

𝐋𝐞𝐨 𝐲𝐨𝐧𝐢𝐝𝐚 𝐭𝐮𝐫𝐢𝐛, 𝐨𝐠‘𝐢𝐫 𝐧𝐚𝐟𝐚𝐬 𝐨𝐥𝐝𝐢.

— 𝐁𝐮 𝐲𝐞𝐫𝐠𝐚 𝐬𝐡𝐮𝐧𝐜𝐡𝐚𝐤𝐢 𝐤𝐢𝐫𝐢𝐛 𝐛𝐨‘𝐥𝐦𝐚𝐲𝐝𝐢. 𝐇𝐢𝐦𝐨𝐲𝐚 𝐭𝐢𝐳𝐢𝐦𝐢 𝐣𝐮𝐝𝐚 𝐤𝐮𝐜𝐡𝐥𝐢. 𝐀𝐠𝐚𝐫 𝐛𝐨𝐫𝐬𝐚𝐧𝐠, 𝐬𝐞𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐨‘𝐥𝐠𝐚𝐧𝐢 𝐲𝐨 𝐲𝐚𝐱𝐬𝐡𝐢 𝐪𝐚𝐦𝐚𝐥𝐠𝐚𝐧𝐢 𝐪𝐨𝐥𝐚𝐫.

𝐘𝐨𝐨𝐧𝐠𝐢 𝐥𝐚𝐛𝐥𝐚𝐫𝐢𝐧𝐢 𝐭𝐢𝐬𝐡𝐥𝐚𝐝𝐢.

— 𝐔𝐧𝐝𝐚 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚 𝐲𝐨‘𝐥 𝐭𝐨𝐩𝐢𝐬𝐡𝐢𝐦𝐢𝐳 𝐤𝐞𝐫𝐚𝐤.

𝐋𝐞𝐨 𝐜𝐡𝐨‘𝐧𝐭𝐚𝐠𝐢𝐝𝐚𝐧 𝐧𝐢𝐦𝐚𝐧𝐢𝐝𝐢𝐫 𝐨𝐥𝐢𝐛 𝐜𝐡𝐢𝐪𝐝𝐢. 𝐁𝐮 𝐤𝐢𝐜𝐡𝐢𝐤 𝐟𝐥𝐞𝐬𝐡𝐤𝐚 𝐞𝐝𝐢.

— 𝐌𝐚𝐧𝐚 𝐛𝐮 𝐲𝐞𝐫𝐝𝐚 𝐇𝐲𝐮𝐧 𝐒𝐮𝐧𝐠 𝐡𝐚𝐪𝐢𝐝𝐚 𝐣𝐮𝐝𝐚 𝐤𝐨‘𝐩 𝐦𝐚’𝐥𝐮𝐦𝐨𝐭 𝐛𝐨𝐫. 𝐀𝐠𝐚𝐫 𝐀𝐮𝐫𝐢𝐧𝐠𝐚 𝐤𝐨‘𝐫𝐬𝐚𝐭𝐢𝐛, 𝐮𝐧𝐢𝐧𝐠 𝐤𝐢𝐦𝐥𝐢𝐠𝐢𝐧𝐢 𝐢𝐬𝐛𝐨𝐭𝐥𝐚𝐬𝐚𝐧𝐠, 𝐛𝐚𝐥𝐤𝐢 𝐱𝐨𝐭𝐢𝐫𝐚𝐥𝐚𝐫𝐢 𝐭𝐞𝐳𝐫𝐨𝐪 𝐭𝐢𝐤𝐥𝐚𝐧𝐚 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐲𝐝𝐢.

𝐘𝐨𝐨𝐧𝐠𝐢 𝐟𝐥𝐞𝐬𝐡𝐤𝐚𝐧𝐢 𝐨𝐥𝐝𝐢 𝐯𝐚 𝐜𝐡𝐮𝐪𝐮𝐫 𝐧𝐚𝐟𝐚𝐬 𝐨𝐥𝐝𝐢.

— 𝐔𝐧𝐝𝐚 𝐛𝐢𝐳 𝐤𝐮𝐭𝐦𝐚𝐲𝐦𝐢𝐳. 𝐌𝐞𝐧 𝐮𝐧𝐢 𝐭𝐨𝐩𝐚𝐦𝐚𝐧.

𝐋𝐞𝐨 𝐮𝐧𝐠𝐚 𝐬𝐡𝐮𝐛𝐡𝐚 𝐛𝐢𝐥𝐚𝐧 𝐪𝐚𝐫𝐚𝐝𝐢.

— 𝐘𝐨𝐨𝐧𝐠𝐢… 𝐭𝐚𝐲𝐲𝐨𝐫 𝐛𝐨‘𝐥. 𝐂𝐡𝐮𝐧𝐤𝐢 𝐀𝐮𝐫𝐢𝐧 𝐞𝐧𝐝𝐢 𝐨𝐥𝐝𝐢𝐧𝐠𝐢 𝐀𝐮𝐫𝐢𝐧 𝐞𝐦𝐚𝐬.

Yoongi bir necha soat ichida villa ichiga yashirincha kirishga muvaffaq bo‘ldi. U zinapoyalardan yurib, yotoqxona tomon yo‘l oldi. Agar Aurin shu yerdaligini bilsa, balki hammasini eslab qolardi…

Eshikni sekin ochdi. Ichkarida Aurin oynaga qarab turgan edi.

— Aurin… — uning ovozi shivirlash kabi chiqdi.

Aurin birdan orqasiga o‘girildi. Uning ko‘zlarida kutilmagan ifoda bor edi.

— Sen… kimsan?

Yoongi yuragiga pichoq urilgandek his qildi.

— Meni eslamaysanmi?

Aurin unga sinchkovlik bilan qaradi. Uning ichida qandaydir notanish hislar uyg‘onardi, ammo ularni tushunmasdi.

— Men seni tanimayman, — dedi u ohista.

Yoongi sekin oldinga yurdi.

— Bu rost emas. Ular senga bir narsalar qilishgan. Men seni qutqarish uchun keldim.

Aurin bir qadam orqaga chekindi. Uning yuzida ishonchsizlik ifodasi bor edi.

— Men qutqarilishga muhtoj emasman.

Yoongi yuragi g‘ash bo‘lib, unga yaqinlashdi.

— Aurin, sen men uchun muhim odamsan. Biz birga edik… Men seni sevaman.

Aurinning nafas olishi og‘irlashdi. Uning yuragi nimadir eslayotgandek tez urardi, lekin miya bu narsani qabul qilishdan bosh tortardi.

— Yo‘q… men Hyun Sung’ga tegishliman, — dedi u past ovozda.

Shu payt ortidan sovuq ovoz eshitildi:

— Shunday ekan, nega u bilan gaplashyapsan?

Yoongi birdan orqaga o‘girildi. Hyun Sung eshik oldida turardi.

— Afsus, Yoongi. Lekin u endi seniki emas, — dedi u jilmayib.

Yoongi mushtlarini mahkam tugdi.

— Men uni senga tashlab ketmayman!

Hyun Sung kulimsiradi va yonidan to‘pponcha chiqardi.

— Unda ko‘raylik-chi, qanchaga bardosh bera olasan?

Aurin esa joyidan qimirlamay turardi. Ichida nimadir buzilayotgandek edi, lekin nima ekanligini anglab yetmasdi…

Xona ichida og‘ir sukunat hukm surardi. Yoongi va Hyun Sung bir-biriga tikilib turishar, orasidagi ziddiyat havoni bosib turardi. Aurin esa hamon qimirlamay turardi, lekin yuragi g‘alati g‘ash tortardi.

Nima uchun bu odam meni bunchalik hayrat bilan kuzatyapti? Uning nigohida g‘azab, og‘riq va nimadir… sevgi bormi?

Hyun Sung og‘ir nafas olib, to‘pponchani yo‘naltirdi.

— Yoongi, sen juda kech kelding. Aurin endi meniki.

Yoongi jahl bilan oldinga qadam tashladi.

— U seniki emas! Uni qanday qilib o‘zingga bog‘lading?

Hyun Sung jilmaydi.

— Sen hali tushunmadingmi? U o‘z xohishi bilan men bilan. Agar shubhan bo‘lsa, undan so‘ra.

Yoongi asta Auringa qaradi.

— Aurin… shuni ayt. Agar bu rost bo‘lsa, agar sen uni chindan ham tanlasang, men ketaman.

Aurin yuragini siqayotgan hisdan qutulishga harakat qildi. Nima uchun bu odamning ovozi yuragimni ezadi?

— Men…

U og‘ir yutindi.

— Men Hyun Sung’ni tanlayman.

Yoongi ichidan bir narsa uzilgandek bo‘ldi. Yo‘q, bu mumkin emas…

Hyun Sung yana kulimsiradi.

— Eshitdingmi? Endi sen ortga qaytishing mumkin.

Yoongi bir necha soniya sukut saqladi. Keyin esa lablarini mahkam qisib, Auringa bir qadam yaqinlashdi.

— Agar shunday bo‘lsa… — u chuqur nafas oldi, ko‘zlarida og‘riq yonardi. — Necha marta uni quchoqlading? Necha marta unga mehr berishingni aytding?

Aurin beixtiyor bosh chayqadi.

— Bu ahamiyatsiz.

— Men uchun ahamiyatli! — Yoongi ovozini ko‘tardi.

Hyun Sungning yuzi o‘zgardi.

— Sen haddan oshyapsan.

Aurin esa birdan yuragidagi g‘alati og‘riqdan boshi aylanib ketdi. U ko‘kragini mahkam ushlab, chuqur nafas oldi. Miyasi ichida qandaydir lavhalar chaqnay boshladi.

— Yoq… bu nima? — u og‘riqdan ingrab yubordi.

Hyun Sung darhol unga yaqinlashdi.

— Aurin, hammasi joyida! Menga qara!

Aurin esa yo‘qotilgan xotiralari bilan kurashayotgan edi. Baxtli kunlar, qorong‘u tunlar, janglar, mehr va og‘riq… va Yoongi.

U birdan ko‘zlarini ochdi.

— Yoongi…

Yoongi umid bilan unga qaradi.

— Esladingmi?

Aurin ko‘zlarini yumib, yana boshi aylanib ketdi. Ammo bir narsa aniq edi: uning yuragi allaqachon qaror chiqargandi.

Hyun Sung uning belidan ushladi.

— Aurin, men seni bu azobdan qutqaraman. Sen mendan ketmaysan.

Aurin asta unga qaradi. Uning nigohi o‘zgarib borayotgan edi. Nimani tanlashi kerak?

Aurinning nafasi qisilib borayotgandi. Ichidagi tuyg‘ular to‘zg‘igan, xotiralari esa allaqanday tuman orasida yiltillayotgan edi. Yoongi, Hyun Sung… men kimman? Qayerga qarashim kerak?

Yoongi umid bilan unga yaqinlashdi.

— Aurin, menga qaragin. — Uning ovozi yumshoq, lekin qattiq titrayotgan edi. — Esladingmi? Bizni, bizning o‘tmishimizni?

Aurin uning nigohiga tikilib qoldi. Yuragi qattiq urib ketdi, lekin… nimadir yetishmayotgandi. U Hyun Sung tomon o‘girildi.

Hyun Sung o‘zini juda xotirjam tutayotgan edi. Uning yuzida mayin tabassum, lekin ko‘zlarida qandaydir sovuq g‘alaba aks etardi.

— Aurin hech narsani eslay olmaydi, Yoongi. U hozir men bilan va shunday bo‘lib qoladi.

Aurin asta ko‘zlarini yumdi. Yoongi bilan o‘tgan kunlari — ular birga qochishgan, birga jang qilishgan, birga kulishgan. Lekin… bu xotiralar nimadandir yiroqday edi.

— Yo‘q… — u shivirladi. — Men hech narsani eslay olmayman.

Yoongi shu joyning o‘zida qotib qoldi. U chuqur nafas oldi, keyin xuddi o‘zini yo‘qotgandek bosh chayqadi.

— Bunga ishonmayman. Hyun Sung seni qandaydir tarzda manipulyatsiya qildi. U seni o‘ziga tobe qildi, shundaymi?

Aurin asta qadam tashlab, Hyun Sung yoniga bordi.

— Meni majburlayotgan hech kim yo‘q, Yoongi. — U orqaga qadam tashladi. — Men o‘zim xohlagan narsani tanlayapman.

Hyun Sung tabassum qilib, uning qo‘lidan ushladi.

— Ko‘rdingmi? U o‘z yo‘lini tanladi. Endi ortga yo‘l yo‘q.

Yoongi bir necha soniya sukut saqladi. So‘ng asta o‘girildi.

— Mayli… — Uning ovozi past, sovuq va ezilgan edi. — Agar bu shunday bo‘lsa… men endi ortiq yo‘limni kesib o‘tma.

Aurin nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin tiliga so‘z kelmadi.

Yoongi ortiga qaramay, yo‘lida davom etdi. Uning ichidan qandaydir bo‘shliq o‘tib ketdi. Bu haqiqat bo‘lishi mumkin emas. Aurin uni shunchaki tashlab keta olmaydi…

Hyun Sung esa mamnun jilmaydi. Endi hammasi uning qo‘lida.

Yoongi xonadan chiqqach, yuragi bo‘g‘ilib ketdi. Nafasi qisilib, qo‘llari qaltirardi. Bu haqiqat emas… bo‘lishi mumkin emas! U devorga tirsagi bilan suyandi va ko‘zlarini yumdi.

— Qanday qilib? — u past ovozda shivirladi.

O‘sha Aurin qayerga ketdi? U bilan kechgan kunlari, shafqatsiz dunyoda bir-birini qo‘llab-quvvatlagan damlari, ishonchi, qarashlari... Hammasi yo‘qoldimi?

Lekin ichida qandaydir shubha bor edi. Bu shunchaki xotirani yo‘qotish emas. Bu narsa ataylab amalga oshirilgan!

U chuqur nafas olib, orqasiga qaytmoqchi bo‘ldi, lekin birdan birov yo‘lini to‘sdi.

— Yoongi, sen juda xavfli o‘yin o‘ynayapsan.

Yoongi boshini ko‘tardi. Qarshisida qora kiyimdagi notanish odam turardi. U boshini past egib, yuzini yashirgan, lekin ovozidan bu oddiy odam emasligini bilish mumkin edi.

— Sen kimsan? — Yoongi uning ovozidan sezilarli darajada ehtiyot bo‘ldi.

— Bu hozircha ahamiyatsiz. Muhimi shuki, agar Aurinni qaytarishni istasang, unda o‘zingga eng yaqin bo‘lgan odamlarni ham tekshirishing kerak.

— Nima? — Yoongi nigohini toraytirib, unga tikildi.

— Hyun Sung o‘zingcha katta dushmaning deb o‘ylaysanmi? Yo‘q… bu shunchaki yuzadagi muammo.

— Demak, sen mendan nimanidir yashiryapsan.

— Balki. — Odam jilmaygandek bo‘ldi. — Lekin hozircha men faqat shuni aytaman: senga eng ishonchli deb bilgan odamlaringning ichida ham xoin bor. Aurinning qanday qilib o‘zgarib ketganini o‘ylab ko‘r…

Yoongi unga bir qadam yaqinlashdi.

— Agar bu rost bo‘lsa, nega menga buni aytyapsan?

— Chunki men ham Hyun Sung’dan nafratlanaman.

Notanish odam hech qanday iz qoldirmay yo‘qoldi. Yoongi esa joyidan qimirlamay, atrofga qaradi. Yuragi shiddat bilan urayotgan edi.

— Kim? Kim meni sotdi?

Ichidan g‘azab va shubha ko‘tarildi. Endi u faqat Aurinni emas, balki haqiqatni ham izlashga majbur edi.

Yoongi kecha-yu kunduz o‘ziga berayotgan yagona savol shu edi: kim uni sotdi?

Aurin qanday qilib shunchalik o‘zgarib ketdi? Qanday qilib u uni unutdi? Va eng asosiysi, qanday qilib Hyun Sung shunchalik qudratga ega bo‘ldi?

Yoongi bunga javob topish uchun faqat bitta yo‘l borligini tushundi. U yanada kuchli bo‘lishi kerak edi. Shunday kuchli bo‘lishi kerakki, hech kim unga to‘sqinlik qila olmasin.

Buning uchun esa u uzoq vaqt oldin eshitgan, lekin hech qachon uchrashmagan odamni topishga majbur edi.

Jungkook.

Bu ism qorong‘u dunyoda pichirlab aytilar, lekin hech kim uni ko‘rmagan, hech kim u bilan bevosita ishlamagan. Jungkook — soya ichidagi shoh. U qora bozorda deyarli Hyun Sung bilan teng edi, lekin u hech qachon ortiqcha harakat qilmagan, doimo orqada turgan va to‘g‘ri daqiqada hujum qilgan.

Yoongi buni bilar edi.

Shu sabab u o‘z odamlari orqali sirli odamga xabar yo‘lladi. Bir necha kun o‘tgach, javob keldi.

"Agar uchrashmoqchi bo‘lsang, oldingdan chiqaman. Lekin hozircha kut."

Yoongi sabrsizlik bilan kutdi. Nihoyat, oradan bir hafta o‘tgach, unga sirli xabar keldi:

"Soat 00:00, eski port. Yolg‘iz kel."

U shubhalanib o‘tirmadi. Shu kechada, shiddat bilan yo‘lga tushdi.

Eski port — qorong‘u, jimjit va xavfli joy. Yoongi ehtiyotkorlik bilan yurdi, atrofni kuzatdi. To‘satdan uning orqasidan qadam tovushlari eshitildi. U darrov orqasiga burildi.

Shu lahzada zulmat ichidan bir odam paydo bo‘ldi. U qora kiyimda, uzun palto kiygan, yuzining yarmiga kapyushon tushib turgan edi.

— Demak, bu sensan? — Yoongi sovuqqonlik bilan so‘z qotdi.

Odam jilmaydi, lekin nigohi sirli va o‘tkir edi.

— Sen ham meni uzoq vaqt qidirgansan, Yoongi.

Yoongi yuragini bosdi. Demak, bu odam haqiqatan ham Jungkook edi.

— Menga kuch kerak.

— Nima uchun? Hyun Sung seni shunchalik tor-mor qilganmi?

— Bu o‘yin tugamadi. Men hamon tirikman.

Jungkook kuldi.

— Men senga yordam bera olaman. Lekin buning uchun o‘z qoidalarim bor.

— Qanday qoidalar?

Jungkook unga yaqinroq keldi.

— Menga shunchaki sherik emas, haqiqiy ittifoqchi kerak. Agar bu o‘yinga kiradigan bo‘lsang, ortga yo‘l yo‘q.

Yoongi ortga qaramaslikka allaqachon qaror qilgan edi.

— Men tayyorman.

Jungkook sekin bosh irg‘adi.

— Unday bo‘lsa, sen bilan kelishuv tuzamiz.

U qo‘lini cho‘zdi. Yoongi ham unga qo‘lini uzatdi.

Bu lahzada taqdir chizig‘i o‘zgardi. Endi Yoongi yolg‘iz emasdi. Endi u Hyun Sungga tenglashish uchun kerakli kuchga ega bo‘lish yo‘lida edi.

Shartnoma imzolangandan so‘ng, Jungkook yo‘q bo‘lib qolgandek bo‘ldi. Yoongi portdagi qorong‘u suvga tikilib, chuqur o‘yga toldi. Bu o‘yin endi yanada kattalashmoqda.

Bir necha daqiqa ichida Jungkook yana qaytib keldi. Ammo bu safar u yolg‘iz emas edi.

Uning yonida bir qiz bor edi. Qora charm kurtka, qalin etiklar, uzoq sochlari ozgina jingalak. Lekin eng muhimi — uning nigohi edi. Qattiq, sovuq, har qanday vaziyatga tayyor… lekin chuqurda nimadir yashiringan.

Yoongi uni tanimasa-da, bir qarashda qanchalik muhim shaxs ekanligini tushundi.

— Yoongi, tanish, bu Gongju.

Qiz qiziqsinib Yoongiga tikildi, lekin hech qanday jilmayish yoki do‘stona munosabat bildirmadi.

— Jungkook, bu odam sen aytgancha kuchlimi? — so‘radi Gongju beparvo ohangda.

Jungkook kulib qo‘ydi.

— Hali ko‘rasan. Lekin biz unga ishonamiz.

Gongju biroz sukut saqladi, so‘ngra Yoongiga yondashdi.

— Agar biz bilan bo‘lishni istasang, demak, sen ham o‘tmishingdan voz kechishga tayyor bo‘lishing kerak.

Bu so‘zlar Yoongiga og‘ir botdi. Chunki u o‘tmishini hech qachon unutolmaydi. U Aurinni unuta oladimi? Yo‘q… hech qachon.

Shu payt Jungkook Gongjuni o‘ziga tortdi. Ular bir-biriga juda yaqin turishardi.

— Tinchlan, Gongju. Bu odam bizga dushman emas.

Gongju unga tikilib turdi, keyin o‘girilib ketdi.

Yoongi esa… bu manzaraga termulib qoldi. Ular o‘rtasidagi rishtani ko‘rib, beixtiyor Aurin bilan bo‘lgan kunlarini esladi. Aurin ham uni xuddi shunday nigoh bilan kuzatgan, himoya qilgan, yonida bo‘lgan…

Ammo hozir Aurin boshqa birov bilan, boshqa dunyoda… va u endi boshqa odam.

Jungkook esa, Yoongining xayollarini buzib, xotirjamlik bilan gap boshladi:

— Bu shunchaki boshlanishi, Yoongi. Hali oldinda ko‘p ishlar bor.

Yoongi asta bosh irg‘adi.

— Men tayyorman.

Jungkook Yoongiga tikildi, so‘ng Gongjuga qaradi.

— Biz hozircha bu yerda uzoq qololmaymiz. Joyni o‘zgartirishimiz kerak.

— Qayerga boramiz? — so‘radi Yoongi.

Jungkook kulib qo‘ydi.

— Sen hali ham shunday savollar berasanmi? Sen bilan biz bir tomondamiz, lekin unutmaki, men baribir o‘z qoidalarim bilan harakat qilaman.

Gongju hech qanday izoh bermasdan, o‘girilib mashina tomon yurdi. Yoongi esa ichidan qanchalik bosim his qilmasin, bu ittifoq hozir unga kerak ekanini tushundi.

Uchovlon shahar chekkasidagi katta, ammo tashlandiq ko‘rinishdagi binoga yetib kelishdi. Ichkarida esa mutlaqo boshqa dunyo bor edi. Eshik ochilishi bilan, maxsus jihozlangan xonalar, nazorat panellari, kameralarga ulangan ekranlar Yoongining diqqatini tortdi.

— Bu joy… — sekin shipshidi u.

— Bu mening hududim, — javob berdi Jungkook. — Sen hozir mening dunyomga kelding. Endi faqat oldinga yurish kerak.

Yoongi atrofga razm solib turar ekan, Gongju unga yaqinlashdi.

— Jungkook senga ishonishimni xohlayapti, lekin men hali bunga tayyor emasman.

— Bu meni qiziqtirmaydi, — sovuq ohangda javob qaytardi Yoongi.

Gongju unga bir lahza qarab turdi, so‘ngra kulib qo‘ydi.

— Haqiqatanmi? Unda, demak, kelishib olishimiz kerak bo‘ladi.

Jungkook ularning yoniga kelib, barchasini to‘xtatdi.

— Biz hozircha o‘zaro to‘qnashuv haqida o‘ylamaymiz. Men seni bu yerga chaqirdim, Yoongi, chunki sen xuddi biz kabi — yo‘qotadigan hech narsasi qolmagan odamga aylangansan.

Yoongi bir lahza sukut saqladi. Chunki bu gap haqiqat edi. U endi hech narsaga ega emasdi.

Lekin shunda Gongju kutilmaganda unga yana tikildi va sekin so‘zladi:

— Rostdan ham yo‘qotadigan hech narsa qoldingmi?

Yoongi bir lahza hayratda qoldi. Bu so‘zlarning ortida nimadir bor edi.

Yoongi Gongjuning sovuq nigohiga tikilib qoldi. Bu ayol nimani bilardi? Nega u shunday ishonch bilan gapirayotgan edi?

— Menga o‘ylashga vaqt kerak, — nihoyat, zo‘rg‘a gapirdi u.

Gongju bir lahza jilmaymadi, so‘ng undan uzoqlashdi. Jungkook esa hech narsa demadi, lekin uning nigohidagi teranlik va shubha yo‘qolmadi.

— Xo‘p, vaqt olasan, — dedi u sokin. — Lekin uzoq emas. Bizda shoshilinch ish bor.


Shu paytda binodan tashqarida, qorong‘u ko‘chada, ikki odam pana joydan kuzatib turardi. Ularning yuzlari niqob bilan berkitilgan, faqat ko‘zlarida xatarli o‘ylar aks etardi.

— Ular shu yerda ekan, — shivirladı biri. — Qanday harakat qilamiz?

— Boshliq hali buyruq bermadi, — deb javob qaytardi ikkinchisi. — Lekin tayyor tur. Har qanday holatga.

Bular kimlar edi? Nega ular Jungkook, Yoongi va Gongjuni kuzatishardi?


Bino ichida, nazorat xonasida, Jungkook ekranga tikilib, aqlini jamladi. U shu yerda hokim edi. Bu joy uning hududi, uning qoidalariga bo‘ysungan makon edi.

— Bizga kimdir qarab turibdi, — deb yuzaki gap tashladi Gongju.

Jungkook bir zumda o‘rnidan turib, monitorga yaqinlashdi. Ek­randa ko‘chada shubhali soyalar ko‘rindi.

— Mehmonlarimiz bor, — dedi u hech qanday hayratsiz.

— Demak, vaqt keldi, — sokin gapirdi Yoongi.

Gongju yana ilk bor o‘ziga xos jilmaydi. — Rostdan ham senda yo‘qotadigan hech narsa qolmaganmi, Yoongi?

Bu gaplar, bu vaziyat... Hammasi nimagadir tayyorgarlik edi. Va hech kim hozir haqiqiy xavf qayerdan kelayotganini bilmasdi.Jungkook bir lahza jim turdi. Uning nigohi ekrandan ajralmagan holda, miyasi tez ishlardi. Hamma narsani rejalashtirib qo‘ygandek tuyulardi, lekin tashqarida sodir bo‘layotgan voqealar unga yoqmadi.

— Yoongi, Gongju, — u nihoyat gapirdi. — Tayyor turing. Agar ular bir qadam noto‘g‘ri tashlasa, harakatga o‘tamiz.

— Sen ularning kimligini bilasanmi? — so‘radi Gongju, qurollar saqlanadigan shkaf tomon yurarkan.

— Yo‘q, — qisqa javob berdi Jungkook. — Lekin bu muhim emas. Kim bo‘lishidan qat’i nazar, bu yerga ruxsatimizsiz kelganlar dushman hisoblanadi.

— Balki ular shunchaki kuzatuvchilardir? — deya yengilgina istehzo bilan kulib qo‘ydi Yoongi.

— Balki, — dedi Jungkook sovuq ohangda. — Lekin shunday bo‘lsa ham, ular bizni ko‘rishdi. Demak, bu joy endi xavfsiz emas.


Tashqarida niqobli odamlar hali ham joyidan qimirlamasdi. Ularning biri qo‘lidagi qurilmaga qarab, biroz o‘ylab turdi, keyin boshqa tomonga ishora qildi.

— Bizni ko‘rishdi, — dedi u sokin ohangda.

— Bilaman, — javob qaytardi sherigi. — Lekin buyruq hali yo‘q.

— Unda, hech bo‘lmaganda, signal yuboramizmi?

Bir lahza sukunat cho‘kdi. Keyin ikkinchi odam sekin bosh irg‘adi.

— Ha.

U qo‘lidagi kichik qurilmadagi tugmachani bosdi. Shu zahoti barmoqlarining orasida qizg‘ish chiroq yonib o‘chdi. Bu oddiy signal edi — lekin kim uchundir aniq chaqiriq.


Ichkarida Gongju bu yorug‘likni birinchi bo‘lib payqadi.

— Jungkook, — u astagina shivirlagancha deraza yoniga bordi. — Ular signal yubordi.

Jungkook hech qanday hayrat ifoda etmadi. Go‘yo kutgan holatdek, faqat yelka qisdi.

— Demak, do‘stlari keladi. Unda, biz ham tayyor bo‘lamiz.

Yoongi bir qarashda o‘zini osoyishta tutayotgan edi, lekin ichida nimadir titrardi. U bu joyga ishonmagan, bu odamlar bilan birga bo‘lishni ham istamagandi. Lekin hozir, qandaydir sirli tahdid ostida, boshqa tanlovi qolmagandek edi.

Gongju esa shunchaki jilmaydi.

— Agar jang bo‘lsa, men zerikmayman, — dedi u hazil aralash.

Jungkook esa hali ham sovuqqon edi.

— Bu endi shunchaki kuzatuv emas, — past ovozda g‘udrandi u. — Bu odamlar nimadir kutyapti. Katta narsa...

Va u haq edi. Chunki atrofdagi sukunatning ichida, shaharning uzoq burchagida, kimdir o‘qni to‘ldirib, hozir bo‘layotgan narsaga qarab jilmayayotgan edi.

Oylayotgandirsizlar shunarsiz manosiz bolib ketdi deb. Yoongi har safar Aurinnin oldiga borganda uni tanimayapti deb, chunki har safar Hyun Sung Auringa hotirasini pasaytiruvshi dori beradi Aurin Yoongi oylayveradi lekin korganda eslolmaydi shunday boladi.




















#𝐀𝐮𝐫𝐢𝐧_𝐌𝐨𝐫𝐫𝐢𝐬𝐨𝐧 - «𝐂𝐫𝐞𝐚𝐭𝐞 𝐮𝐧𝐟𝐨𝐫𝐠𝐞𝐭𝐭𝐚𝐛𝐥𝐞 𝐦𝐞𝐦𝐨𝐫𝐢𝐞𝐬 𝐰𝐢𝐭𝐡 𝐮𝐬». . .
@𝐦𝐞𝐦𝐨𝐫𝐚𝐛𝐥𝐞_𝐟𝐚𝐧𝐟𝐢𝐜𝐬