April 17, 2025

𝐂𝐀𝐑𝐍𝐀𝐆𝐄

𝟏𝟓-𝐟𝐫𝐚𝐠𝐦𝐞𝐧𝐭

Aurin devorga suyanib, hushyor holatda turgancha Yoongiga qaradi. Nafasi toraygan, yuragi go'yo qafasda urayotgandek edi. Uning ko'zlarida qorong'ulikning o'zi aks etardi — unga qarar ekan, dunyo tobora sovuq va begona tus olib borardi. U ovozini topishga urindi:

— Nega... nega bu yerga olib kelding? Nega men sen bilan bo'lishim kerak?..

Yoongi sekin yurib, uning oldida to'xtadi. Uning yuzi qattiq, lekin g'azabdan emas – ichki iztirob va telbalikdan. U boshini egdi, pichirlab, lekin har bir so'zi xonani titratdi:

— Chunki men seni qaytarish uchun hammasini yo'q qildim. Har bir qadamim seni izlab o‘tdi. Har bir yurishim... har bir qotilligim... faqat seni qaytarish uchun edi.

Yoongi Aurinning yelkasidan mahkam ushladi. Uning barmoqlari muzdek, ko'zlari esa titroq bilan yonardi.

— Men sening xotirangni kim o‘g‘irlaganini o‘ldirdim, Aurin. U senga tegdi, seni mendan tortib oldi. Va men seni yana qaytardim. Sen unutgan bo‘lishing mumkin... lekin men seni unutmadim.

Aurin unga qaramaslikka urinardi, lekin Yoongining ko'zlari, qattiq nafas olishi, va yuragidagi shiddat uni joyiga mixlagandi. U umidsiz bir ovozda so‘radi:

— Sen meni qiynab nima qilmoqchisan? Nima kutyapsan mendan?

Yoongi asta kuldi. Bu kulgi qayg‘u va telbalik aralash bir quvvat edi. U yelkasidan sekin bo'shatdi va orqaga yurdi. Xonaning eshigini ochib, tashqaridagi qorong‘ulikni ko'rsatdi.

— Sen men bilan ketasan. O'zing hohlamasang ham. Chunki bu dunyoda endi faqat men bor, va sen. Xotirang qaytmasa ham, hislaring seni yo'lga boshlaydi. Biz... o'sha eski kechalarga qaytamiz. Sen menga bo'ysunasan, Aurin. Aks holda... biz shu yerda abadiy qolamiz. Shu devorlar ichida... faqat sen va men.

Aurin o'zini yo'qotayotgandek his qildi. Lekin Yoongining ovozida shunday og'irlik bor ediki, u na qarshi chiqa olar, na qochib ketar edi. Tashqarida momaqaldiroq yangradi. Yoongi esa unga tikilib turib, so'nggi so'zlarini aytdi:

— Tanla, Aurin. Bo'ysunish... yoki abadiy menga qamalish.

Aurin boshini chayqadi. Ko'zlarida yosh emas, balki qorong'ulik va alam chaqnardi. Nafasi qisilib, yuragi go'yo ko'kragidan otilib chiqmoqchidek urardi.

— Men... men senga bo'ysunmayman, — dedi u zor zor nafas olib. — Bu... bu telbalik, Yoongi. Sen kim bo'lishingdan qat'i nazar... men senga ergashmayman. Bu sening sevging emas. Bu qamoq!

Yoongi jim turdi. Uning yuzida hech qanday ifoda yo'q edi. Yuragida esa nima yonganini hech kim tushunmasdi. U bir necha soniya qarab turdi, so'ng sekin oldinga yurdi. Aurin orqaga chekinardi, lekin devor ortida joy yo'q edi. Yoongi unga yetib keldi, yuziga sovuq nigoh bilan tikildi va sekin, ammo shiddat bilan shivirladi:

— Demak, sen tanlading.

Shu so'zlar bilan u Aurinning qo'lidan tutib, tortdi. Xonadan chiqib, uzun va qorong'u yo'lakdan uni sudrab olib o'tdi. Qadam tovushlari devorlarni titratdi, Aurinning yuragi esa tobora tez ura boshladi.

— Yoongi, nima qilmoqchisan?! — qichqirdi u.

Yoongi hech nima demadi. Uning harakati sovuq va qattiq edi. Nihoyat, yo'lak oxiridagi og'ir eshik ochildi va ular qorong'u, sovuq xonaga kirdilar. Bu yerda hech qanday nur yo'q, faqat tosh devorlar, zanjirlar va jimlik.

Yoongi uni xonaning o'rtasiga olib bordi va sekin, ammo keskin uni itarib yubordi. Aurin yerga yiqildi, kaftlari muzdek toshga tegdi.

Yoongi uni yuqoridan qarab turdi. Ko'zlarida sovuq, telba bir shavq bor edi.

— Sen o'zing tanlading, Aurin. Bu joy... seni eslatadi. Yolg'izlikni, qorong'ulikni. Faqat mana shu joyda sen kimligingni anglaysan. Qachon yuraging bo'ysunsa, men seni olib ketaman.

Shundan so'ng u eshikni ochdi va ortiq ortiga qaramasdan chiqib ketdi. Qalin eshik qarsillab yopildi, va qorong'ulik yana o'z hukmini surdi.

Aurin qaltirab, devorga suyanib, bir og'iz so'zsiz jim qoldi. Qorong'ulik ichida faqat yuragining dahshatli urushi eshitilardi.

Aurin qorong‘ilik bag‘rida, sovuq devorga suyanib uzoq vaqt jim o‘tirib qoldi. Yuragi hali ham tinmagan, nafaslari notekis edi. Uning atrofida faqat zulmat va sukut — va bu sukut hatto o‘limning o‘zidan ham dahshatliroq tuyulardi. Sovuq tosh pol go‘yo uning terisidan o‘tib, suyaklariga qadar muzlatdi. Ko‘zlari asta-sekin yumildi. Qo‘rquv va holdan toyish unga kuch bermay qo‘ydi... va u tush ko‘rdi.


Tush ichida ham qorong‘ilik hukmron edi. Havoda o‘tkir chirigan narsaning hidi muallaq, yo‘qdek, lekin sezilarli edi. Aurin dimiqib, atrofga qaradi. Tiniq narsa yo‘q, hammasi tuman ichida, hammasi xira, hammasi g‘ira-shira. Ammo birdan... nimadir ko‘ziga tashlandi.

U qarshisida osilgan ikkita siluettni ko‘rdi. Harakat qilmasdi, lekin eng dahshatlisi shuki, ularning tanalari havo tebranishida sekin, jimgina tebranar, sira tinmasdi. Ular balanddan osilgan, oyoqlari havoda, qo‘llari esa tushunarsiz tarzda osilgan edi. Aurin ularning yuzlariga qarashga urindi — lekin ko‘rindi, lekin ko‘rinmadi. Xira, tutunli chehralar, ba’zida tanishdek, ba’zida begona.

U orqaga chekinmoqchi bo‘ldi, lekin oyoqlari yerdan uzilmagandek. Qo‘rquv butun tanasini egalladi. Birdan o‘sha osilgan jasadlarning biri sekin, faqat u eshitadigan shivirlovchi ovozda dedi:

— Sen unutganingni qayta eslaysan, Aurin...

U qichqirmoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmasdi. Uning yuragi yirtilib ketadigandek urardi. Ikkinchi siluett esa asta boshini ko‘tardi, va uning xira yuzida... g‘am va azob soyalari.

— Qachon uyg‘onasan?

Qorong‘ilik qalinlashdi, va to‘satdan u hushini yo‘qotdi.


Aurin muzdek nafas bilan uyg‘ondi. Badani terga belangan, qo‘llari qaltirardi. Hozirgina ko‘rgan tushi ko‘z oldidan ketmasdi, va yuragidagi og‘irlik bo‘g‘ib yuborar darajada kuchli edi. Qorong‘ulik esa hamon atrofini o‘rab turgan, faqat endi... u yolg‘iz emasdek tuyuldi.


Aurin hanuz qaltirayotgan holatda, sovuq toshga suyanib o‘tirardi. Nafasi og‘ir, ter bilan ho‘l sochlari yuziga yopishib ketgan. Ko‘zlari keng ochiq, lekin hech nimani ko‘rmasdi — go‘yo u hali ham o‘sha dahshatli tush ichida edi. Yuragi og‘rirdi, nafas olganda esa go‘yo nimadir ko‘ksini bosib turgandek... U tanasiga botayotgan qo‘rquvni yengishga harakat qilardi, lekin qo‘li bilan og‘zini bexosdan berkitdi — qichqirib yubormaslik uchun.

Shu payt eshik g‘ichirlab ochildi.

Yoongi sekin, sokin qadamlar bilan xonaga kirib keldi. Uning chehrasi hang-mang, ko‘zlari esa qorong‘ulikda yiltirar edi. U bir lahza to‘xtadi. Aurinning holatini ko‘rib, yuragida nimadir chiyillab uzilgandek bo‘ldi.

— Aurin...? — ovozi past, lekin xavotirga to‘la edi.

Aurin unga qaradi, lekin hech nima demadi. Uning ko‘zlarida abgorlik, adashganlik va... chuqur qo‘rquv aks etardi.

Yoongi tezda uning yoniga bordi, tiz cho‘kdi va muloyimlik bilan uning yelkasiga tegdi.

— Nima bo‘ldi? — deya pichirladi u. — Nimadan qo‘rqyapsan?

Aurin javob bermadi. Uning lablari qaltirardi, ko‘zlari esa Yoongining yuziga tikilgan, lekin go‘yo uni tanimayotgandek edi. Yoongi bu nigohda nimanidir anglab, yuragida g‘ashlik his etdi.

U asta Aurinning qo‘lini ushlab, o‘zining sovuq qo‘llari bilan qamrab oldi.

— Men bu yerda... men seni asrayman, — dedi u, lekin so‘zlari qandaydir bo‘sh, samarasiz edi.

Aurin birdan uning qo‘lidan tortib oldi, boshi bilan yerga tikildi. So‘zsiz. U hanuz titrardi. Yoongi esa unga tikilib, chuqur nafas oldi. Bu ko‘zlar, bu qo‘rquv... u bunga sababchi emas, lekin... endi u bunga chek qo‘yishi kerak.

Yoongi ichida alangalanayotgan bir tuyg‘uni his etdi — va bu, nafaqat g‘azab, balki boshqa bir narsa edi. Qasam. Qasamki, u har qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham, uni o‘ziga qaytarib oladi. Har qanday yo‘l bilan.

Yoongi bir zum sukutda turdi. Aurin hanuz titrardi, nigohlari yerga mixlangan, lablari orasidan sekin nafas chiqarar edi. Uni bu holatda yolg‘iz qoldirolmasdi. Yoongi sekin, lekin qat'iy qadamlar bilan unga yaqinlashdi, egilib, Aurinni quchog‘iga oldi.

Aurin qarshilik qilmadi — na kuchi bor edi, na iroda. U yo‘l qo‘ydi. Ammo yuragida yana bir cho‘g‘ paydo bo‘ldi — bu cho‘g‘ ichini kuydirar, lekin uning mazmuni hali unga ayon emasdi.

Yoongi esa unga qarab jim o‘tirdi. So‘ng sekin, silliq qadamlar bilan xona burchagiga yo‘naldi. U yerda qora mato bilan qoplangan katta kreslo turardi — xuddi ko‘hna qasrlarning soyasida qolgan sirli narsadek. U kresloga o‘tirib, Aurinni quchog‘ida mahkam tutdi.

Aurin Yoongining yurak urishini eshitardi, lekin bu urish unga osoyishtalik bermasdi. Qattiq, og‘ir va shiddatli urish edi. U qochmoqchi edi, lekin Yoongining qo‘llari temirdan edi.


— Nega... meni bu yerga olib kelding? — Aurin nihoyat so‘radi, ovozi titragan, kuchsiz, yuragini zirqiratgan.

Yoongi chuqur nafas oldi, boshini pastga egib, uning qulog‘i yaqiniga pichirladi:

— Qachon sen menga bo‘ysunasan? Qachon yuraging faqat menga tegishli bo‘ladi?

Aurin ko‘zlarini yumdi, boshini chayqadi, lekin Yoongi davom etdi:

— Bu yerda... biz yolg‘izmiz. Sen unutsang, men eslataman. Agar bu yerni tark etishni istamasang... hammasini boshidan boshlaymiz. Abadiy birga bo‘lamiz.

Aurin uning ko‘ksiga tiralgan holda sovuqni his qilardi. Bu sovuq tanasidan emas, Yoongining ichidan kelayotgandek edi. Va bu sovuq unga baribir iliq edi. Qanchalik istamasa ham, yuragi allaqachon bu sovuqqa bo‘ysuna boshlagan edi.

Yoongi esa jim o‘tirib, uni yana mahkam quchdi. Qachonki u qochishga urinmasin — bu quchoqdan najot yo‘q edi.

𝐓𝐚𝐬𝐚𝐯𝐯𝐮𝐫 𝐤𝐢𝐯𝐨𝐫𝐚𝐬𝐥𝐚𝐫.

Aurin tishlarini tishlariga bosib, qo‘llarini Yoongining quchog‘idan chiqarmoqchi bo‘ldi. Lekin u beixtiyor yana titradi. Bu sovuq emas edi. Bu — Yoongining ichidan kelayotgan zulmat edi. U endi shunchaki inson emasdi. Uning ichida nimadir sindi. Va Aurin bu siniq bo‘laklar ichida qamalib qolganini his qildi.

Yoongi buni sezdi. Ko‘zlarini yumib, bir lahza sukut saqladi, so‘ng birdan yuzini Aurinning bo‘yniga yaqin olib bordi. Uning nafasi issiq edi, lekin bu iliqlikda o‘t bor edi. Ichkaridagi g‘azab va ishtiyoq uning ovozida yangradi.

— Qancha harakat qilma, Aurin… — u past ovozda shivirladi. — Sen men bilan qolgandaysan. Sen allaqachon menga tegishlisan.

Aurin uni itarishga urindi, lekin Yoongi shunchaki qattiqroq quchdi.

— Yo‘q! — Aurin nafasi bo‘g‘ilib pichirladi. — Sen… sen endigidek emassan…

Yoongi kuldi. Bu kulgi mayin emas, qaltis edi. U lablarini Aurinning qulog‘i yaqiniga olib borib, shivirladi:

— Chunki men endi avvalgidek bo‘lishni xohlamayman. Menga shafqat kerak emas. Menga faqat sen keraksan.

Aurin ko‘zlarini katta ochdi. Yuragi gupillardi. Bu inson u bilgan Yoongi emasdi. Yoki, ehtimol, u hech qachon Yoongini bilmagandir?..

Yoongi ohista uni yana mahkam quchdi. Ular tunda, qop-qorong‘i xonada, jimjitlik ichida qolishdi. Faqat Yoongining yurak urishi eshitilardi. Og‘ir, vahimali, xuddi zulmatning o‘zi kabi.

Aurin beixtiyor ko‘zlarini yumdi. Yuragi har zarbasida yanada qattiqroq urardi. Nafasi qisilardi. Ichidagi qo‘rquv u qachonlardir his qilgan eng chuqur va soxta muhabbatga aralashib ketgan edi. Ammo bu muhabbat emasdi. Bu — egalik edi. Bu — Yoongining o‘zgargan, o‘zgartirilgan, vayron bo‘lgan yuragining aks-sadosi edi.

U shunchaki jim yotdi. Qochishga kuchi yo‘q edi. Yig‘lashga ham. Faqat yuragida, chuqurlarda, bir ozgina umid — u qachonlardir eslab qoladi degan umid — hali so‘nmagandi.

Yoongi esa o‘sha joyda, uni bag‘riga bosgancha, xuddi yo‘qotib qo‘ygan qimmatli narsa qo‘liga qaytganidek, uni hech qo‘yib yubormaslikka ont ichgandek o‘tirardi. Uning ko‘zlari qorong‘ilikka tikilgan, lekin qalbi allaqachon qorong‘ilikka aylanib ulgurgandi.

Bir necha daqiqa o‘tdi. Tashqarida shamol shitirlardi. Xonaning ichi esa g‘oyat jim edi.

— Men... sen bilan bu yerda abadiy qolishni xohlamayman, — dedi nihoyat Aurin, tovushsiz pichirlab. — Men sening sevgining soyasida emas, o‘z haqiqatimda yashashni istayman...

Yoongi hech nima demadi. U faqat sekin boshini ko‘tardi va Auringa tikildi. Ko‘zlarida nimadir titradi — o‘sha eski Yoongining izi, ehtimol. Lekin bu titroq bir zumda yo‘q bo‘ldi. U yana sovuq va jonsiz nigoh bilan qaradi.

— Demak, sen hali ham qarshilik qilmoqchisan, — dedi u, tovushi qattiq va xavotirli tinchlikni parchalardi. — Unda... sen hali ham tushunmading. Men senga bu dunyo qanday ishlashini yana eslataman.

U birdan Aurinni bag‘ridan bo‘shatdi. Uning bilagidan ushlab, sekin o‘rnidan turg‘azdi. Ko‘zlarida bu safar afsus emas edi — bu safar qat’iylik bor edi.

— Men seni yana yo‘qotmayman. Qanday bo‘lmasin.

U Aurinni o‘z orqasidan ergashtirib, xonadan olib chiqdi. Qayerga — noma’lum. Lekin bu yo‘l orqaga emas, chuqurroqqa, zulmatga qarab ketayotgandek edi...

Aurin so‘zsiz yurdi. Yoongi uni qaerga olib borayotganini bilmas edi. Yurak urishi tezlashar, nafas har lahzada og‘irlashar, lekin til jim edi. Nihoyat, ular yana bir eski, chang bosgan xona eshigiga yetishdi. Yoongi eshikni ochdi va uni ichkariga kirgizdi.

Xona qorong‘i, faqat bir chekkasida derazadan tushayotgan xira oy nuri bor edi. Hamma narsa jimgina, muzdek. Yoongi hech narsa demadi. U Auringa qarab bir lahza turdi, so‘ng orqasiga ўгирилди ва эшикни ёпиб, кетди.

Eshik yopilishi bilan xonada og‘ir sukunat qoldi.

Aurin sekin devorga suyanib o‘tirdi. U ko‘zlarini yumdi. Nafas oldi, berdi. Ammo yuragidagi og‘riq kamaymadi. Ichida bir narsa silkinayotgandек. U miyasinинг аstida nimadandir qochayotgan, lekin aynан shu qochayotgan narsаси uni qayta-qayта izlab topayotgan edi.

U birdan charchagan ko‘zlarini ochdi. Xira oy nuri xona ichini yoritib turardi. Har xil shakldagi soya va jimjitlik…

Shunda…

Tungi jimjitlikda ko‘z oldiga yana o‘sha tush keldi. U boshini devorga suyanib, xuddi hushini yo‘qotgandек qotib qoldi.

Atraf to‘liq qorong‘i.

Ammo bu safar u tushda emas edi – bu holat bir necha lahza ichida o‘tkir haqiqatga aylanayotgandек edi.

_

Oldinda – g‘ira-shira, quyuq tumanda – ikki odam osilib turardi.

_

Ammo bu safar ular soyadek emas edi. Ular aniqroq. Ular... tanish.

Aurin yuragini tutdi. Ko‘zlarida yosh chaqnadi. Ko‘kragini nimadir bosdi.

Kim ular? Nega yuragim bu qadar og‘riyapti?

_

Sochlaridan qoni tomayotgan erkak. Yonida – oq libosli, uzun sochli ayol.

_

Aurin nafasini tiya olmadi. Tanasi muzlab ketdi. Yuzlari qorong‘ulikda aniq ko‘rinmas edi, ammo yuragi… tanirdi.

"Otam… onam…" – deb pichirladi u.

Yo‘q… bu yolg‘on. Ularni yo‘qotganimda yosh edim. Bunday eslay olmayman…

Ammo bu... tush emas edi.

Bu – haqiqiy edi.

_

U birdan qichqirib yubordi.

_

– Yo‘q! Yo‘q!

_

Ko‘zlarini ochdi. Nafas olish qiyinlashdi. U titrardi. Qorong‘u xona yana o‘sha qorli tushdek sovuq edi.








**









#𝐀𝐮𝐫𝐢𝐧_𝐌𝐨𝐫𝐫𝐢𝐬𝐨𝐧 - «𝐂𝐫𝐞𝐚𝐭𝐞 𝐮𝐧𝐟𝐨𝐫𝐠𝐞𝐭𝐭𝐚𝐛𝐥𝐞 𝐦𝐞𝐦𝐨𝐫𝐢𝐞𝐬 𝐰𝐢𝐭𝐡 𝐮𝐬». . .
@𝐦𝐞𝐦𝐨𝐫𝐚𝐛𝐥𝐞_𝐟𝐚𝐧𝐟𝐢𝐜𝐬