Chained by fate
Chained by fate Odamlar aevgini gozal deyishadi. Ammo, seni yirtqich sevsa bu gozallik emas...(
"Ba’zan biz dushman deb bilgan insonlar yuragimizga eng yaqin bo‘lib chiqadi. Va ba’zan, biz ishonib kelgan haqiqatlar ham atigi yolg‘on pardasi ekanini anglaymiz. Hayot esa doim bizni kutilmagan burilishlar bilan sinaydi. Ishonch va xiyonat o‘rtasidagi nozik chegara qachon o‘tib ketilishini anglash mushkul...
Sevgi, nafrat, jasorat va qo‘rquv – bularning barchasi hayot yo‘limizda bizni yo‘naltiruvchi yo‘ldoshlar. Ba’zida biz tasodifan uchrashgan odamlar taqdirimizni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Lekin bu uchrashuvlar tasodifmi yoki taqdirning oldindan belgilangan o‘yini?
Kimnidir qalbiga yo‘l topish qiyin, ammo undan chiqish bundan ham mushkul bo‘lishi mumkin. Chunki yurak bir bor qabul qilgan odamni osonlikcha chiqarib yubormaydi..."