My darkness
Ep 1 — " my Darkness " by Asuka
~~~
Bu senga yoqdimi ? — qizni bilagini boʻshatmagan holda qarshisidagi narsani qizga koʻrsatgan Jungkook Lillian ni reaksiyani maroq bilan tomosha qilardi.
Lillian— u menga bir qafasni koʻrsatdi... Bejirim bezaklar bilan bezatilgan katta tilla rangli qafas... Oʻshanda his qilgan qoʻrquvimni tugʻilganimdan boshlab mana shu 20 yil ichida umuman his qilmagan edim... Negaki bu qafas "qush" uchun moslashtirilmagan edi....
Bu endi seni yangi uying qushcham — qizni bilagini qoʻyib yuborgan Jungkook Lillianni sochlaridan changallab qafasga tiqdi...
Eshikni qulflash barobarida — endi bagʻrimdan uchib keta olmaysan... Kerak boʻlsa butun umr shu qafasda qolasan sevgilim... — dedi Jungkook, oʻzini telbalarcha tabassumi bilan.
Qiz yigʻlardi... Tanasidagi ogʻriq uni qahshatsada , yuragidagi qoʻrquv uni ovoz chiqarmaslikka undardi...
Hammasi Lillian 1 oy oldin Koreyaga koʻchib kelganidan keyin boshlandi...
Aeroportda telefonda dugonasi bilan gaplashib ketayotgan qiz, atrofga ahamiyat bermay faqat hozir dugonasiga gapirish bilan band edi...
Lillian : Eyy Nora sen ham tushungin ! Oʻqishni shu yerda davom etmasam boʻlmaydi! Oyimga faqat ichkilik boʻlsa bas, men bilan aslo qiziqmaydi ! Yana James meni topsa holimga voy !
Nora : Ahmoq qiz bilasanku u kerak boʻlsa Koreyaga boradi ! — kulib — ha aytgancha men 1 haftada Koreyada boʻlaman... Ungacha meni uyimda yashab turgin ...
Lillian Salom ismim Lillian Ashford. Yoshim 19 da ( 3 haftadan keyin 20 ga to'laman...) ota onam ajrashishgan, men onam bilan yashardim ammo axiyri ozod boʻlgan ekanman ortiq piyonistaga aylangan onam bilan birga yashashni istamay dugonam Norani yoniga Koreyaga koʻchib keldim...
Lillian dugonasi bilan telefonda gaplashishda davom etarkan allaqachon chiqish eshigiga yetib kelgandi va kutilmaganda —
Voy mazur tuting, telefonga chalgʻib qolibman... — Lillian bilmasdan bir erkakka urilib ketdi yerga sochilib ketgan chamadan ichidagi hujjatlar va coffee sabab dogʻ boʻlgan erkakni kostyumi... Lillian asta boshini koʻtararkan bularni birin ketinlikda qarshi olardi... Va oxiri unga oʻqib boʻlmas darajadagi qiyofada qarab turgan erkak...
Lillian — kasofatman ! Jin ursin.... U hozir gʻazabdami yoki koʻngli poklik qilib jim ketadimi....
Lillian taxminlari bilan fol ochish bilan band boʻlib turganda Jungkook unga bir nima uzatdi...
Koftangiz dogʻ boʻlibdi... Oling — Jungkook unga roʻmolcha uzatgancha qizni olishini kutdi...
Lillian hayron qoldi... Koʻrinish millioner ekanini ayon qilib turgab bu erkak hozir boʻlgan hodisa sabab unga baqirishi kamida haqoratli bir ikki soʻz aytib ketishini kutgandi... Asta roʻmolchani undan olib, old qismi coffee dogʻi bilan burkangan koftasini arta ketdi...
Qoʻpolligim uchun uzur... Koreyaga bugun keldim, endigina dugonamdan yoʻlni soʻrash uchun qoʻngʻiroq qilib shunga chalgʻib qolibman... Lillian narsalarini qayta qoʻliga olib biroz bosh irgʻab, uzur soʻradiyu ketdi ...
Hechqisi yoʻq — menejer sochilgan hujjatlarni yoqqanini koʻrib u ham ketishga shaylanda, ikki qadam tashlagandan soʻng aytgancha koʻrishguncha
Ortimdan baland va yoʻgʻon ovozni eshitib hayron oʻgirildim qarasam oʻsha kelishgan erkak menga yuzida gʻalati tabassum bilan "koʻrishguncha dedi" men tushunmaysirab shunchaki bosh silkib yana oʻz yoʻlimda davom etdim... Mm balki u meni keyingi oʻljamdir... — lab chetida kulib qoʻygan qiz taksi tutib Norani manzili tomon ketdi...
Lillian — ha... Men yoshligimdan bir narsa bilan shugʻullanardim qanday qilib soddaroq tushuntirishni bilmayman... Shantaj ha bu meni hayot uchun kurashda eng kuchli qurolim edi... 17 yoshga toʻlishim bilan onam sabab shu kasb bilan shugʻullana boshlagandim... Boy erkaklar va ularni nafsiga oson yengilishi... Ularni aldash unchalik qiyin emasdi pullarini shilib mendan *foydalanmoqchi boʻlishganida ularni dugonam Nora bilan boplab shantaj qilardik... Nora 3 oy oldin Koreyaga keldi hozir oʻqish sabab 10 kunga Amerikaga ketgan ha aytganday men asli Angliyalikman...
Balki oʻshanda soddalikdanmi Jungkookni ham oʻz oʻljamga aylantira olaman deb oʻylagan edim... Ammo aksincha boʻldi..!
15 daqiqalik yoʻldan soʻng koʻp qavatli bino yonida toʻxtagan Taksidan Lillian tushdi va oʻziga kerakli qavatga yoʻl oldi... Norani kvartirasi kichik ammo ikki qiz uchun yetarli darajada shinam...
Kalitni amallab eshik oldidagi qutichadagi yashiringan joyidan olgan Lillian eshikni ochib ichkariga kirdi...
Lillian — Nora nega kalitni bunday oson topsa boʻladigan joyga tashlab ketganiga hayron boʻlgandim ammo bekor qilibman... Chunki uyda oʻgʻirlashga mendan boshqa qimmatliroq narsa yoʻq edi... Uy deyarli bo'sh...!
Dogʻ boʻlgan koftasini yechgan qiz, hozir biroz oldin boʻlgan qisqa toʻqnashuv va oʻsha qarashlarni eslardi...
Demak Jeon Group... — yuzida oʻynoqi tabassum bilan hali yerga tushib ketgan hujjatlarda koʻzi tushgan kompaniya nomini esladi... — Balki CEO ~ birinchi kundan ajoyib ish ! Mmm bemalol oʻqish kontaktlarimni toʻlayman endi.... Albatta ishim oʻxshasa~
Lillian bu yigit aniq havfli emasmi... ? — qahvasini stolga qoʻygan qiz dugonasiga havotirli yuz bilan qarab turardi...
Nega ? — hotirjam kelgan sms larga javob berayotgan qiz, oddiygina savol berdi...
Uni qarashlari... Huddi "hozir seni oʻldiraman" degandek goʻyo... Sovuq va hissiz ... Menimcha uni aldash senga emas... — finjon chetida qolgan lab boʻyogʻini bosh barmogʻi bilan artish barobarida dedi Nora.
Havotir olma... Hammasi yaxshi boʻladi, bu safar ham yordam berasan ~ unda oʻtgan safargidek ishni qoʻllasak boʻladi, qadamida ayollar oʻzini unga tashlab berishadigandek ekan — Kulib — bilasanmi kecha uni univerni oldida uchratib qoldim.
Insitutdan chiqqan Lillian yana uyga doimgi yoʻldan qaytarkan yoʻlini bir hashamat ufirib turgan qop qora mashina toʻsdi... Ichidan tushgan inson esa Lillianni koʻzlari katta katta ochilishiga sabab boʻldi...
S-siz ?! — Lillian hozir koʻrib turgan ishiga hayron qoldi... Qanday ajoyib tasodif!