March 3, 2025

Sengacha... ( Jannat yuzligim Robiya 🍃🫀)

#Sengacha....

Gul yuzligim Robiya 🍃🫀

Usmon Robiyani qoʻllaridan tutib yotoqxonaga olib bordi... Stol ustida yeyishga tayyor qilib qoʻyilgan ammo yeyilmay qilgan taomlar usti yopiq holicha qolib ketdi...

Robiya — Usmon katta kaftlari orasida meni qoʻlimni tutib ketardi... Qoʻlim uni kaftlari orasida yoʻq boʻlib ketgandek edi goʻyo... Yuragim guppillab urardi... Nazarimdaaa Usmon ham buni eshitardi goʻyo... Uni yuziga qaradim hech qanday emotsiyasiz ketardi...

Xonaga Robiyani olib kirgan Usmon qizni yotoqqa extiyotkorlik bilan oʻtkazdi...

Robiya titrab ketardi... Albatta titraydida... Turmushini birinchi kunidan unga sovuq muomala va eʼtiborsizlikdan oʻzgasini bermagan bahaybat eridan hayiqardi...

Robiya... Ahvoling yaxshimi ? Nega rangin oqarib ketdi ? — Usmon koʻylagini tugmalarini boʻshatarkan oʻzgacha muloyimlik bilan soʻradi...

Robiya men shunchalik maxluqdek koʻrinamanmi nima ? Nega bunaqa titraysan a ? Qoʻrqsang oʻzinga qiyin... — Nima qilishni bilmagan Usmon Robiyaga savol berdi ...

Atrofida barcha ayollar oʻzini unga osonlikcha topshirishiga... Uni atrofida uyalib titrab emas, koʻzlari chaqnab turishiga oʻrgangan Usmon uchun bu gʻalati tuyulardi... Aksiga olib Usmon ham Robiya ham hali qoʻl ushlashdan ortigʻini qilishmadi...

Oʻrnidan turgan Robiya jimgina hammom tarafga yurib ketardi...

Qayoqqa ketyapsan? — Usmon hayron boʻlib soʻradi...

M-men yuvinib olay... Maylimi ? — Robiya Usmon tarafga qaramay soʻradi...

Miyigʻida kulimsirab Robiyani kuzatib turgan Usmon javob qildi... — Albatta... Zora shu bilan xotinjonim tinchlansa ... — hazil aralash kinoyadan soʻng Robiya ikki yanog'i qizarib hammom tarafga ketdi... Va toʻsatdan...:

Aysh... — kiraverishda romga qoqilgan Robiya yerga yiqildi...

Robiya... Yosh bolamisan ? Joningni olaman demadim nega buncha dovdiraysan a ? — Tezda borib rafiqasini yerdan koʻtargan Usmon uni hammom ichiga olib kirdi va vannani chetiga oʻtkazdi...

Chiqavering men yaxshiman... — Boʻlgan voqeadan yanada uyalib ketgan Robiyani oppoq yuzi qirmizi olma kabi boʻlib qolgandi... Usmon bosh silkib tashqariga chiqib ketdi...

Robiya — Toʻgʻri aytdi... Jonimni olmaydiku ... Meni mahramim, nikohli erim boʻlsa... Bu narsalarni Fiqhda ham oʻqigansan nega lapshayasan Robiya ?!

Oʻzini oʻzi koyigan qiz, oʻzini poklab yengil kiyinib hammomdan chiqdi...

Yotoq chetiga faqat bitta shimda koʻksi yalang oʻtirgan Usmonni koʻrib boyagi jasorati qaylargadir uchib ketgan qiz yana qoqilib ketdi...

Bu safar baland ovozda kulib yuborgan Usmon yana kelib rafiqasini dast koʻtardi... Uni yotoqqa joylagan Usmon past ovozda gapirdi...

Shunchaki chuqur nafas ol... Hammasi yaxshi... — Robiyani tinchlantirgan boʻldi Usmon...

~•~•~•~•
Tungi soat 2:40...

Usmon birdan uygʻonib ketdi... Koʻzlarini ocharkan yonida Robiya yoʻq edi...

Oʻrnidan turgan Usmon deraza oldiga yaqinlashdi... Tashqarida erkak kishini ovozi va qizni qiqirlab kulishi eshitilardi... Usmonni maksimal darajada gʻazab egalladi... Otilib tashqariga chiqib ketdi va...

Oyoq kiyimini apil tapil shoshib kiyarkan, mehmonxonadan yigʻi ovozi eshitildi... Usmon eshikka yaqinlashib kelarkan, ichkarida Robiya joynamoz ustida qoʻlini duoga ochgancha yigʻlab bir nimalar deb shivirlardi...

Usmon — bir necha soat oldin yotoqda boʻlgan voqeadan soʻng uyqu aralash Robiya yonimda boʻlmagani sabab miyyamga oʻqdek kelgan fikrdan oʻzimdan jirkanib ketdim... Robiyani bu ibosi niqob emasdi... "U pokiza ! "

Namozini tamomlagan Robiya asta oʻrindan turarkan eshik yonida unga qarab turgan erini koʻrdi...

Yarim kechasi nima qilayotganding ? — bosiq ovozda soʻradi Usmon.

Tahajjud vaqti boʻlgan ekan shunga... — past ovozda gapirdi Robiya ... Uni koʻzlari yigʻi sabab shishib, qizarib ketgandi...

H - haligi meni shifokorga olib boring... Ertalab boʻlishi bilan... — joynamozini mahkam tutgan qiz yig'i aralash gapirdi...

Nega biror joyning ogʻriyaptimi ? — boya uni qiynab qoʻydimi deb qoʻrqib ketdi Usmon... Va birdan u tushundi...

Robiyaga yaqinlashib ikki yelkasidan tutdi...

Robiya qizlik pardasi boʻlmasligi bu seni pok emas degani emas...!

Robiya yigʻidan toʻxtamasdi... — baribir qalbingizga shubha oralaydi...

Bu qiz nega buncha oʻjar a ?! Bilasanmi otam katta shifokor... Men ham kollejni, insitutni med yoʻnalishida oʻqiganman. Aqlim bu narsalarga yetadi. Pokligingni sezishni boshqa yoʻllarini aytsam, oylab yuzimga qarolmay uyalib yurasan keyin. ! — Usmon jahl qilgandek gapirdiyu ammo uni gaplaridan tasalli, ishonchni sezish qiyin emasdi...

(P.s: Bu yerda nima haqida gap ketganini qogʻozga oʻrab tushuntirishga qiynaldim rosti. Hullas meditsinadayam isbotlangan qiz bolada qizlik pardasi tabiiy ravishda boʻlmasligiyam mumkin, bu uni kasal yoki nopok degani boʻlmaydi, va qizni bokira yoki yoʻq ekanini erkak tezda seza oladi... Va buni chuqur tushuntirish hikoyaga mos boʻlmasdi...)

Usmon — Uni tabiiy ravishda bagʻrimga bosdim... Boshini koʻksimga bosgancha piqqilab yigʻlardi... Butun tanasi yigʻidan titrarkan ichimda qanaqadir hisni his qildim... Balki bu himoya hissidir ? Uni rafiqam deya ogʻriqlardan himoya qilgim kelyotgandir...? Odatda onam meni deb yigʻlaganda ichimdan nimadir uzilgandek boʻlardi ammo hecham onamni quchib, tinchlantira olmasdim...

Tushungan boʻlsang bas, yigʻlama endi. Sen hali eringiz qoʻlidan nimalar kelishini bilmaysan... Men faqat biznesmen emas, shifokor, yaxshi jangchiman... Bilasanmi shuni ?

Usmon — hozir qilayotgan ishimga kulgim kelardi... Men yigʻlatishni, koʻngil ogʻritishni ustasi ekanmanu ammo ovutish menga emas ekan... Robiyani tinchlantirib uni yana yotoqqa olib bordim...

Charchansan uxla... — ustiga yopinchiqni yopib, men ham uni yoniga joylashdim...

~•~•~•~•~•

Shu zaylda kunlar oʻtardi... Robiya bilan ancha yaqin boʻlib qoldik... Lekin qachon men uni yoniga yaqin kelsam u darrov hamilyon kabi rangini oʻzgartirib qip qizil pomidordek yuz yasardi... Uni mana shu hayosi meni oʻziga tortaverardi...

Asta sekin koʻchadan yiroq boʻlib uyga shoshadigan boʻlib qoldim... Doimgi qingʻir ishlarimga afsala boʻlmay qoldi... Va bankdagi biznesim asta sekin kasod boʻlib borardi... Bundan qattiq asabiylasha boshladim...

Uyga kelgan Usmon eshikdan kirishi bilan butun uyda yoqimli iforni tuydi ... Xona ichidan Robiyani goʻzal Qur'on tilovat qilayotgan ovozi eshitildi...

Usmon — hatto uyga bir necha metr qolganda ham qattiq asabiy , gʻazabdan yonayotgan edim... Hozir uyga kirsam Robiyani yana sovuq gaplarim bilan dilini ogʻritib qoʻyaman deb oʻylab turgandim... Ammo yoʻq uyga kirishim bilan uni ovozini eshitdim- u ichimdagi gʻazab olovi soʻndi...

Har gal ishdan kelsam u yo namoz oʻqiyotgan, yo dars qilayotgan yoki tilovat qilayotgan boʻlardi...

Bu safar uyga kelganimda u atrofiga bir dunyo kitob, daftarlarni sochib dars qilib oʻtirgan ekan...

Nimalar qilyapsan ? — Usmon Robiyani yoniga oʻtirish barobarida soʻradi ...

Assalamu alaykum, charchamadingizmi ?
Fiqhdan darslarim bor edi , oʻshalarni qilyapman ... — endi eri uchun choy olib kelishga turayotgan qizni Usmon toʻxtatdi...

Chalgʻima davom etaver... — qizni joyiga qaytargan Usmon, kitoblarni koʻrib chiqa boshladi... — bularni hammasi arabchaku... Ularni tushunasanmi ? — kitobning oʻqiy olmay uyoq buyoqqa aylantirgan Usmon savol berdi.

Axa tushunaman, arab, ingiliz tillarini yaxshi bilaman... — koʻzlari chaqnab gapirdi Robiya...

Usmon rafiqasini faxr bilan gapirishiga kulib yubordi...

Fiqh qanday boʻladi olima xonim? — hazl aralash Robiyani sinay boshladi Usmon...

Robiyani boyadan beri dars qilaverib toliqqan koʻzlari porlab ketdi ... Bir chekkadan Fiqh ilmi qanday ekanini eriga aytib berayotgan Robiyani yuzi ayrim masalalarni tushuntirganda qizarib, gaplarida duduqlanib ketardi...

Uni maroq bilan kuzatib, tinglab turgan Usmonni yuzidan jilmayish ketmasdi...

(P.s : Fiqh ilmi tahoratni qanday olish, hayz, nifoq va shunga oʻxshash narsalardan umuman poklanish qanday qilinishini oʻrgatishdan boshlanadi. Va aslida fiqhni erkak ayolga, ayol erkakka oʻrgatishi durust emas, illo er ayoliga, ayol erga oʻrgatishi durustroq boʻladi. Yoʻqsa ayol oʻz jinsidagi ustozdan, erkak oʻz jinsidagi ustozdan oʻrganishi lozim!)

~•~•~•~•

Kunlar tunlarga ulanishda davom etarkan, Usmon asta sekin oʻzgarib borardi... Gunoh va chirkinlik bilan toʻlgan hayotini tark eta boshlagandi ... Bank butunlay kasod boʻlgach, Usmon boshqa bir biznesga kirishdi... Xususiy shifoxona ochdi... Boshlanishidan yaxshi natija bera boshlagan bu biznes Usmonni ota onasiga ham maʼqul keldi...

Usmon va Robiyani turmushiga mana 7 oy boʻldi... 7 oy ichida togʻ joyidan siljisa ajablanadigan darajadagi oʻzgarishlar boʻlib oʻtdi... Robiya 5 oyli homilador... Usmon 4 oydirki, qur'on saboqlarini olyapti... Namozni ham toʻkis ado eta boshladi... Uni birinchi ustozi rafiqasi jannat yuzlisi Robiya boʻldi...

~•~•~•~•

Usmon — Men sevishni, sevilishni oʻrgandim... Robiyam hayotimga kirib kelganida oʻzi bilan mehr, poklik, iymon va halovatni olib keldi... Unga Alloh uchun oshiq boʻldim... Hech qachon qoʻyib yuborishni istamaydigan darajada oshiq boʻldim...

Robiyani istagi bilan dengiz sohiliga borgan Usmon va Robiya, dengizni birga tomosha qilishardi...

Robiya — Allohimga hamdlar boʻlsin men baxtliman... Erim shunaqangi mehribon inson boʻldilarki menga bu dunyoda undan ortiq nemat kerak emasdek edi... Yuragim ostida urayotgan yana bir yurakni his qilarkanman, baxtdan yanada joʻshib ketardim...

Usmon — Robiyamning roʻmoli shamolda hilpirab turardi... Uzun va keng hijobi uni koʻzlarimga bamisoli farishtadek koʻrsatardi... U menga sabr qildi, bariga goʻzal sabr bilan yondashdi .... Meni tashlab ketmadi, iymonsiz ekansan deya meni oʻzidan itarmadi... Aksincha qoʻllarimdan tutib meni iymon tomon, jannat tomon yetakladi meni jannat iforli gulim...

Uyga qaytamizmi ? — Robiyani yelkalaridan oʻz qoʻllarini oʻtkazgan Usmon yoqimli tonda gapirdi ....

~•~•~•~•~•~

Tugʻruq kuni yaqin kelib qolgandi...

Usmon oʻz shifoxonasida shifokor boʻlib ishlayotgandi...

Operatsiyani amalga oshirayotgan Usmonni koʻngli negadir gʻashlanardi... Va nixoyat operatsiya tugab tashqariga chiqqan Usmon yoʻlakda havotir bilan shoshib ketayotgan ota onasini koʻrdi...

Usmon oʻgʻlim! Robiya qizim.. — onasi gapirayotgan bir vaqtda qayerdandir yugurib kelgan Hamshira Usmonga dedi. :

Doktor! Doktor ayolingiz 3 - operatsiya xonasida... Ahvoli yaxshi emas!

Shu onda Usmonni butun tanasini sovuq ter egalladi... Hech kimga qaramay operatsiya xonasi tomon yugurgan Usmon ich ichidan qattiq qoʻrqardi...

Ularga hech narsa qilmasin ...! Yolvoraman Allohim ularga hech narsa qilmasin !

Ammo allaqachon kech edi...

Usmonni yoʻlini toʻsgan shifokorlar bod bod bir gapni takrorlashardi... — janob iltimos! Kira olmaysiz ! Operatsiya tugay deb qoldi... !

Ichkarida xotinim bor! Alloh jazoyingizni bersin! Xotinimni koʻrishim kerak ! — Usmon jon jahti bilan ichkariga kirishga urinardi...

Sanoqli daqiqalar ichida operatsiya tugaganini bildiruvchi chiroq yonib, ichkaridan peshonasi terga botgan doktor chiqib keldi...

Umar... Xotinim... Meni ... Meni rafiqam yaxshimi ?! — Umarni ikki yelkasidan qattiq tutgan Usmon vahima ichida soʻroqladi...

Usmon... Doʻstim... Oʻzingni qoʻlga ol... Bandalik... — arang shu soʻzlarni aytgan Umar Usmonni yelkalaridan tutdi...

Shu onda Usmonni dunyolari quladi... Nafas ololmay qoldi...

Yolgʻon... — karaxt ahvolga tushib qolgan Usmon, xona ichiga kirdi ...

Operatsiya stoli ustida Robiya huddi uxlab yotganday yotardi...

Robiyam... — koʻzlariga yosh quyilgan Usmon Robiyani yuzlariga qoʻllarini qoʻydi... — Jannat yuzligim tur... Hazillashma iltimos... Tur... Uygʻon Robiyam... Uygʻon... Eringni qoʻrqitma... Jannat iforli gulim meni turaqol iltimos...! Yolvoraman Tur !! — Robiyani qattiq bagʻriga bosib yigʻlardi... Yuragi endi urinayotgan sevgilisini uygʻonishiga umid qilib uni chaqirardi...

Usmon — Men birovni hayoti uchun kurashayotgan bir paytda Hayotimning yagona charogʻon yulduzi ikki hayot uchun kurashayotgan ekan .... Doim bagʻrimda issiq taftini xis qilganim rafiqamni tanasi hozir muzlab qolgandi... U meni tashlab ketdi...

Umar ishdalik vaqtida Robiya uyda yolgʻiz qolgandi... Hali tugʻruq uchun belgilangan vaqt kelmagan boʻlsa-da, Robiyani qon bosimi koʻtarilishi , ichki qon ketishi sabab tugʻruq tezlashdi ... Robiya toʻsatdan tutib qolgan dardi sabab yerda yigʻlab yotarkan, uyga kirib kelgan hizmatchi uni koʻrib qoldi... Darhol shifoxonaga yetkazilgan boʻlsada, koʻp qon ketishi, va bola oʻz oʻqiga oʻralib qolgani sabab tugʻruqni qiyin kechishi Robiyani hayotdan koʻz yumishga sabab boʻlgandi...

~•~•~•~•~•~

Usmon — Robiyamni sovuq tuproqqa qoʻygan onim, Allohim meni ham jonimni olsayu Robiyam bilan birga tuproqqa koʻmilsam dedim... Yuragim shu qadar ogʻrirdiki... Tasvirlab berolmayman... Gul yuzligimni ustidan tuproq socharkanmiz ich ichimdan oʻlib borardim... Ruhim u bilan ketgandi... Men Gul yuzligim Robiyamni yoʻqotdim... Diydorimiz oxiratga qoldi...

Ammo u menga bir umrga tatigulik baxt, iymonni va Xafsamni hadya qilib ketdi.... Onasidek goʻzal, jannat iforli qizalogʻim... Huddi onasiga oʻxshardi...

~•~•~•~•~•~

Bugun jannat yuzligim bu olamdan koʻz yumganiga 413 kun-u 4 oy boldi... Undan keyin turmush qurmadim... Robiyamni ifori ketmagan yotogʻimni oʻzgasi bilan tasavvur qila olmadim... Xafsamga ona kerak deyishdi oʻzim ham ona , ham ota boʻldim... Robiyamga hiyonat qila olmadim... Uni butun vujudim bilan Alloh uchun sevdim... Uni oxirgi nafasimgacha unutmadim...

The end.
~•~•~•~•~•

Muallif: Muslima ( Asuka )