March 3, 2025

Sengacha... (Gul yuzligim Robiya...)

— Toʻgʻri bizni , "meni" tashlab ketding... Ammo menga tugallanmas baxt va Iymon nurini hadya qilib ketding gul yuzligim... 🍃

«Sengacha.... »

Usmon... — Turkiyadagi mashhur toʻdaning boshi edi... Ota onasi ilmli, ziyoli insonlar boʻlsada Usmon bunday ota onaga loyiq boʻla olmadi. Turkiya koʻchalarini, qora dengiz atrofidagi hududni boshqargan bu yigit, oʻz soʻzidan oʻzgasini haq deb bila olmasdi... Ota onasi qarib qolgan, Usmon ularning 14 yil deganda tilab olgan oʻgʻli edi... Balki shungadir bolaligidan aytgani muhayyo qilingan bolakay, katta boʻlib umuman oʻzgacha inson boʻlib oʻsdi... U uchun jinoyat, sudxoʻrlik, kerak boʻlsa qotillik oddiy ish edi...

Tunlarini bedor koʻchada oʻtkazgan Usmon , tongga yaqin uyiga kirib keldi... Uy odatda boʻsh boʻlardi, u yolgʻiz yashardi, chunki otasi "seni haromdan kelgan uyingda Qurʼon oʻqishni ep koʻrmayman " degandi... Usmon ota onasini yomon koʻrmasdi ammo hech qachon ularga quloq solish haqida ham oʻylab koʻrolmasdi... Shunday qilib uyiga mast holatda kirib kelgan yigit, oshxona chiroqlari yoniq ekanini koʻrdi... Qoʻliga eshik yonidagi kichik kiyim ilgichni olgan Usmon asta eshikni ochdi... Ichkarida esa yuzlaridan nur yogʻilib turgan ayol kuyib pishib ovqat tayyorlardi..

Oyi? — Usmon qoʻlidagini yerga qoʻyib ichkariga kirdi.

Oʻgʻlim — yuzida nafis tabassumi bilan oʻgʻliga yuzlangan onaxon, oʻgʻlini quchdi.

Sogʻinib ketdimku bolam... Nega kelmay qoʻyding ? — oʻgʻlini toʻyib quchgan onaxon savol berdi.

Oyi... Ishlarim koʻpayib ketdi... Uni ustiga borsam doim otam boʻlmagʻur gaplari bilan boshimni ogʻritadi... — aytayotgan gaplari onasini qanchalik ranjitishini oʻylamagan Usmon borini aytdi.

Otang haqida unday dema ! U seni oʻylagani uchun shunday qiladi bolam..! Tushun biz ham bir kun oʻlsak ortimizdan Qurʼon tilovat qilib qolishingni... Jannatlarda bizga toj kiydiradigan farzand boʻlishingni istaymiz... Usmon roziyallohu anhu kabi jasur,iymonli boʻl deya senga Usmon deb ism qoʻydik... Sen boʻlsa... — onasini gapini boʻldi Usmon.

Oyi! Men mana shu dunyoni oʻzida sizlarga toj kiydira olaman ! Oʻtgan kuni ham uyingizga pul yubordim... Otam olmabdilarku ! — qattiq ovozda gapirdi Usmon

Otang ham men ham harom luqmaga muhtoj emasmiz, senga ham harom luqma bermadik ! — nuroniy yuzidan yoshlar oqa boshladi... — otangni yuragi huruj qildi... U hozir kasalxonada... Oʻgʻlim... Ertaga biz oʻlsak gorimizda tinch yotishimizni istasang bir ish qil...

Otamni ahvoli ogirmi? — ming yomon soʻzlasa ham, quloq solmasa ham, koʻnglini bir chetida ota onasi haqida qaygʻurishga yetadigan mehr bor edi Usmonda.

Doktorlar agar bu holat yana qaytalansa oxiri yomon tugashi mumkin deyishdi... — Roʻmolini bir chetida koʻz yoshlarini artgan onaxon gapirdi.

Oʻgʻlim... Jon bolam... Otangni bir doʻstini ayoli beva qolgan... Uni 4 qizi bor , qizlari allaqachon uzatadigan yoshda... — gaplarini extiyotkorlik bilan tanlagan onaizor gapida davom etdi...

Ularni biriga uylansang... Oʻgʻlim... Yetimni boshini silash savob, zora shu savobli ishingdan soʻng Allohim senga ham hidoyat bersa... — onasi oʻgʻlini koʻzlariga qaragancha uni javobini kutardi...


Bu paytda Robiya bomdod namozi uchun tahorat olardi ... Ha demay azon aytilishini oʻylab, tahoratni mufassal qilib olgan Robiya roʻmolini oʻragancha oʻzi tikkan joynamozini solib, azon aytilguncha salovat aytib oʻtirardi...

~~~~
Usmon — Otam katta bir shifoxonaning bosh shifokori edi, oyim ustoz boʻlganlar ammo keyinchalik uy bekasi boʻlib qolgan ekanlar... Men oilada yagona farzand edim, ogʻzimdan chiqqani zum oʻtmay muhayyo qilinar, hech kim istaklarimga qarshi chiqmasdi, keyinchalik oʻz bankimni ochdim. Bank ishi doim ham halol boʻlmagani uchun otam qarshilik qildilar ammo men istadimmi demak oʻsha ish boʻlishi shart... Men oʻz yoʻlimdan ketdim... Foizga qarz berishlar, qarzlarni undirish uchun kerak boʻlsa odamni mayib qilish hatto jonini olish men uchun hech narsa boʻlmay qolgandi...

Onasini qistovi bilan "bilganingizni qiling" deya uylanishga rozi boʻlgan Usmon bu kelayotgan rafiqasi uni hayotini umuman oʻzgartirib yuborishini bilmasdi...

Robiya — Uyimizga yana sovchilar kelishdi... Bu safar oyimning dugonasi aytishlaricha otasi otam bilan yaqin doʻst boʻlgan yigitdan ekan... Mehmonlar yoniga shirinlik va choyni qoʻyib, ular bilan salomlashdim... Elif xonim (Usmonni onasi) juda nurli ayol ekanlar...

Shunaqayam shirin qiz boʻladimi mashaAlloh Sumayya... Qiz emas farishta tuqqan ekansanku — Elif xonim uyalibgina xonadan chiqib ketgan Robiyaga ishora qildi.

Raxmat Elif... Ammo bu qizim haqida aytsam u juda ilmga chanqoq qiz boʻldi... Oʻz oʻqishlari uchun joynamoz, roʻmollar, yostiq gʻiloflar tikib sotadi... Allohim mehribon... Oʻzi rizqimizni berib turibdi... Qur'on tafsir qilishni oʻrgandi, hozir hifz va fiqh ilmini oʻrganishni boshlagan... — Sumayya xonim odatga koʻra qizi haqida gapirdi.

Sumayya bilasan, oilamizni moliyaviy sharoiti joyida men oʻgʻlim bilan gaplashaman... U kerakli barcha sharoitni qiladi... — Elif xonim Robiyani onasini koʻnglini xotirjam qildikuya ammo oʻziniki sira hotirjam emasdi... Elif xonim qoʻrqardi bir goʻzal qizni hayotini barbod qilib qoʻysachi ? Usmon bu nikohni qabul qilmasachi dedi...

Kichik qilib oʻtkazilgan toʻy marosimidan soʻng, hamma uy uyiga tarqaldi... Uyda faqat Usmon va Robiya qolgandi...
Toʻydan oldin ham bir birini koʻrmagan yangi kelin kuyovni biri hayajonlansa biri pinagini ham buzmay xona eshigini ochib ichkariga kirib keldi...

Usmon — hira yoritilgan yotoqxonamga kirdim... Yotoq ustida yuzini oppoq yopinchiq bilan toʻsgancha bugun meni ham rasman ham sharan rafiqam boʻlgan qiz oʻtirardi... Yotoq yoniga yaqin kelib borarkanman uni titrayotgani aniq sezilib turardi , hali qoʻlim tegmasidan qaltirayotgan qizni endi koʻrishim edi... Sekinlik bilan roʻmolni tepaga koʻtardim... Birinchi marta bir ayolni koʻrib tilim aylanmay qoldi... U juda goʻzal edi... Koʻzlarini yerga qaratgancha jim oʻtirardi... Unga tikilib turishim uni hayajonlantirgani aniq, battar titray boshladi... Birdan oʻrnimdan turdim...

Yotib uxla — shu gaplarni aytgan Usmon biror soʻz aytmay xonadan chiqib ketdi...

Robiya — tushunmay qoldim... Uni yuziga ham qarashga jurʼatim yetmadi... Ammo u menga uzoq tikilib turdi... Keyin 2 ogʻiz soʻz aytib chiqib ketdi... Nega ?

Tez oʻrnidan turib oynaga qaragan Robiya yuzini uyoq buyoqqa burib yaxshilab tikildi...

Unga shunchalik hunuk koʻrindimmi ? — oʻziga oʻzi homush pichirlagan qiz qayta yotoqqa bordi, roʻmolini yechib, kiyimlarini yengillatdi va uxlashga harakat qildi... Ammo boʻlmasdi... Birinchi tunni oʻzida eridan befarqlikni olgan qiz oʻzini rad etilgan deya hisoblardi...

Hovliga chiqqan Usmon hozir qilgan ahmoqligidan soʻng oʻz oʻzini koyirdi...

Ahmoq ! Tayyor janon seni yotogʻingda kutsayu sen oʻzingni olasan! — Usmon sigara tutatgancha kostyumini qoʻliga olib uydan chiqib ketdi...

Xotinini uyda yolgʻiz qoldirgan yigit tunni koʻchada oʻtkazdi... Doimgi aysh ishrat bilan albatta...
***

Usmon — doimgidek tongga yaqin uyimga qaytim, biroz mast edim ammo oʻzimni bilar darajada edi... Uyga kirishim bilan qandaydir shirin hid dimogʻimga urildi... Oshxonaga bordim, u yerda Robiya uyoq buyoqqa jon sarak yugurib nonushta tayyorlardi... Eshik romiga suyangancha uni biroz kuzatdim.

ishiga halaqt berib oldiga tushib qolayotgan roʻmolini har zamonda ortga tashlagan qiz oʻyga botgancha quymoq pishirardi...

Uyda hizmatchi bor bilmaganmiding ? — birdan gapirgan Usmon qizni uchib tushishiga miyigʻida kulib qoʻydi...

A-assalamu alaykum... — koʻzini yerdan uzmagan qiz qarshisidagi eriga salom berdi.

Va alaykum assalam. — Usmon yana unga tikilib qoldi...

Usmon — oyim toʻydan oldin hadeb kelinim ilm oʻrganadi ishlarga vaqti yoʻq deyaverganidan majburan haftalik hizmatchini doimiy ishga olgandim... Ammo tushunmadim nega u hozir uxlamasdan erta sahardan nonushta tayyorlayapti? Yo menga oʻzini yaxshi koʻrsatmoqchimi ?!

Nonushta tayyor... — qaynagan choyni damlash barobarida gapirdi Robiya

Qornim toʻq... Men uxlayman meni bezovta qilma... — sovuq ohangda gapirib eshik tomon ketarkan birdan ortga Robiya oʻgirildi...

Usmon — negadir chiqib ketayotgan joyimda ortga qaradim, u yigʻlayotgandi koʻzidan koʻz yoshlari tomayotganini koʻrdim... Ichimda nimadir uzildi goʻyo... Bu qizda nimadir borki meni odatiy tabiatimga qarshi chiqishga undayapti! Va bu meni jahlimni chiqarardi...!

Ortga qaytib stolga oʻtirgan Usmon telefonini chiqarib titkilay boshladi.

Kasalmisan ? — qiz yanoqlaridagi koʻz yoshlarini berkitishga urinib yengi bilan artib tashlarkan Usmon savol berdi...

Robiya boshini yoʻq maʼnosida silkitdi.

Telefonni zarb bilan stolga qoʻygan Usmon ovozini balanlashtirgancha sovuq ohangda dedi :

Isming Robiya shundaymi ? Qara Robiya yaxshilab eshit! Chunki qayta takrorlab oʻtirmayman ! Endi rafiqam ekansan, meni qoidalarimga amal qilasan ! Men qachon senga savol bersam tilingni ishlatib javob ber ! Tushunalimi ?

Robiya birdan qilingan bu qattiq ovoz va sovuq muomaladan qoʻrqib ketdi...

H-ha... Tushundim... — qoʻlida tutib turgan choynak qaltiroq qoʻllarda titrardi...

Yaxshi... Hozir oyogʻinga issiq choyni toʻkasan. Stolga qoʻy. — Usmon titrab toʻkilay deb turgan choynakka ishora qildi.

Robiya oʻzini yigʻib choynakni olib kelib stolga qoʻydi... Joyida jim yerga qaragancha turardi...

Robiya — bomdod namozini oʻqib, chiroyli kiyinib tayyorlangandim... Oʻtgan tundagi voqealarga koʻz yumib erim uchun nonushta tayyorlagandim... Balki hammasi yaxshi boʻlar , kech oʻzimda ayb tinmay titradim dedim... Ammo u kelib bor umidimni ham parchalab tashladi... Shuncha urinib tayyorlagan nonushtamga koʻz ham tashlab qoʻymadi hatto...

Toʻy shunchalik tez boʻlib ketgandiki, hech kim hech narsani anglay olmay qolgandi... Uchrashuv kuni esa Usmon ishlarim bor deb Rossiyaga uchib ketdi... Robiya avvaliga bu nikohga qarshi boʻldi ammo onasini rayiga qarshi chiqa olmasdi... Endi esa endi koʻrib turgan, u deyarli tanimaydigan eri birinchi kundan unga sovuq muomala bilan baqirib turibdi...

Menga qarachi... — bosh egik turgan qizga qarab gapirdi.

Asta boshini koʻtargan Robiya birinchi bor aniq va yaqindan Usmonni yuzini koʻrib turgandi...

Robiya — Men endi aniq tarzda uni yuzini koʻrdim... Boʻyi mendan uch barobar baland... Katta jussali erkak qarshimda turardi... Qora sochli, biroz oʻziga yarashgan soqoli bor ekan... Qosh koʻzlari qora...

Deyarli 1 daqiqa eriga tikilib qolgan Robiya koʻzini olib qochdi...

Turmushini birinchi kuni mana shunday boshlangandi ularni...

Robiya — Kunlar oʻtib borardi... Toʻyimizga 1 hafta boʻldi... Ammo Usmon mana shu bir haftani 4 kunidagina uyga keldi... Kelgandayam biz gaplashmasdik, u uyga kelib faqat uxlardi, yoki telefonini titkilab yotoq ustida oʻtirardi... Uyga tunda kirib kelsa hatto yotoqqa yonimga yotib uxlamasdi... Va bu meni qattiq hafa qilardi... Namozlarimda , duolarimda Allohim menga toʻgʻri yoʻl koʻrsatishini soʻrab duo qilardim...
~~

Ha oyijonim... Albatta yaxshiman... Ha.. ha baxtliman ona, onajon nega yigʻlaysiz ? Kuyovingiz mehribon... Ha menga yaxshi muomalada... — Onasiga tinmay yolgʻon boʻlsada baxtli ekanini aytgan Robiya koʻziga quyilib kelayotgan yoshlarni chiqarmaslikka urinardi... — yoʻq hali bunga ruxsat soʻramadim... Bular juda band ekanlar... Bugun kelsalar soʻrayman... Hoʻp oyijon singillarimga salom ayting

Telefonni oʻchirgan Robiya koʻz yoshlariga erk berdi...

~~

Usmon — toʻsatdan uni gaplarini eshitib qoldim... Tinmay baxtliman derdi... Meni iymonli rafiqam shu joyida yolgʻon gapirgandi... U men bilan baxtli emas... Uyda kameralar bor, uyda boʻlmagan vaqtim kuzatardim, u tez uy ishlarini oʻzi qilib qoʻyardi... Boʻlishi bilan tez yo qur'on oʻqirdi yoki namoz... Har kuni meni uyga keladi deb kechki ovqat tayyorlardi buni bilardim ammo bormasdim, u kelgandan keyin oʻz uyimda begonadek boʻlib qoldim, huddi u farishtayu men iblisdek edim... Men hech qachon bir ayolni yonimda "pok" holida saqlamagandim... Asliga olib u men shu paytgacha birga boʻlgan qizlar orasida eng oʻzgachasi edi...

Men bugun uni yonimga , yotoqqa chaqiraman !
(Qizla bu birga boʻlaman deganini sal qogʻozga oʻralgan varianti)

Usmon shularni oʻylab uyiga yoʻl oldi...

Uyda esa Robiya bugun Usmon kelsa u bilan gaplashishini va ruxsat soʻrashni oʻylab oʻzini shunga tayyorlardi... Usmon doim sovuq boʻlganidan Robiya hecham unga koʻp gapira olmas, koʻziga tik boqa olmasdi...

Robiya umid bilan yana kechki ovqatni tayyorladi... Erini kutib eshikdan koʻz uzmasdi...

Kutilmaganda eshik ochilib Usmon kirib keldi... Tez oʻrnidan turgan Robiya gaplarini topa olmay qoldi...

Assalamu alaykum — salom berdi Robiya.

Va alaykum assalam — Usmon hotirjam qadamlar bilan ichkariga kirdi...

Stolga oʻtirgan Usmon Robiyani biroz kuzatib turardi...

O-ovqat tayyor hozir suzaman. — ovqatni suzayotgan Robiya, oʻzini "namuncha qoʻrqasan bu sen ering" derdi ...

Qani oʻtir... — biroz yumshoqroq ohangda gapirgan Usmon rafiqasiga oldidagi stulni ochib berdi... Eriga itoat bilan oʻtirgan qiz uni gapirishini kutib turardi...

Sekin qoʻllarini Robiyani qoʻliga bosgan Usmon gap boshladi:

Robiya... Balki haqiqiy er xotin sifatida yashashni boshlash vaqti kelgandir...?

Robiya — u qoʻlimga qoʻlini qoʻyganida tanamga tok urgandek boʻldi... Qoʻlimni tortib olaman deganimda esa qoʻlimni qattiq siqqani sabab uddalay olmadim... Bu birinchi bor erkak kishi bilan shu darajada yaqin boʻlishim edi...

Nega hadeb titrayverasan ? Seni zoʻrlayapmanmi yigʻlashga tayyor turasan ?! Hali ham shunchaki qoʻlingni ushladim! — tez qoʻlini tortib olgan Usmon gʻazablanganidan stolga zarb bilan urdi...

Usmon — gʻazablanganim Robiyani pokligi , uyalishidan emasdi... Men u kabi ilmli, iymonli qizni koʻrmagandim aslida bu meni aybim edi... Uni titragan, qoʻrqqan koʻzlariga qarab ich ichimdan oʻzimni yomon koʻrib ketdim, unga shunchalik ahamiyatli boʻlishimdan oʻzim nafratlanib ketardim... Robiyaga uylanganimdan beri Na oʻzim unga yaqinlashdim va na boshqa qizlarni yotogʻimga qoʻydim... Bu men uchun umuman begona his edi...

M-men... Kechiring... — Robiya erini gʻazablanganini koʻrib yigʻlab yubordi...

Robiya eshit... Mayli shunchalik istamas ekansan... Boshidan boshlaymiz hoʻpmi? Birinchisiga men bilan bir yotogʻda uxlashga koʻnik... Qoʻlingdan keladimi ? — Usmon peshonasino asabiy silab iloji boricha bosiq gapirishga urinardi...

Robiya koʻz yoshlarini artib bosh silkidi...

Robiya senga nima degandim ! — qoshlari chimirilgan Usmon asabiy gapirdi.

H-hop tushundim... — past ovozda gapirdi Robiya...

~~~

Tungi soat 2:40...

Usmon birdan uygʻonib ketdi... Koʻzlarini ocharkan yonida Robiya yoʻq edi...

Oʻrnidan turgan Usmon deraza oldiga yaqinlashdi... Tashqarida erkak kishini ovozi va qizni qiqirlab kulishi eshitilardi... Usmonni maksimal darajada gʻazab egalladi... Otilib tashqariga chiqib ketdi va...


Davomi bor....

Assalamu alaykum asallarim...
Hikoya haqida fikrlar kutib qolaman...

Hikoyani koʻp qismlarini hayotda oʻzim koʻrgan voqealar asosida yozdim. Sizlarga yoqadi degan umiddaman ☺️
Muallif : Muslima (Asuka)

Kanal : @Vinslandiya 🍃🫀