My darkness
Vanihoyat Jungkook oʻziga muloyim quyoncha emas yovvoyi mushuk topibdida — Taehyung shkafga suyanib oʻsha maʼnodor tabassumi bilan gapirdi.
Vanihoyat? Demak bu zindoniga mendan oldin ham kimdir kelganmi ? — Lillian ahamiyat bermaslikka urindiyu ammo baribir soʻradi...
Kimdir emas ... Kimdirlar ... — qizni hayron boʻlgan ifodasiga qarab — istasang ozroq aytib beraman... Baribir Jungkook meni senga enagalikka yuborgan... Hullas Sonxedan boshlaylik...
***
Nimalar deyapsan qanaqa ajrashish Loren ?! — yigit asabiy baqirardi.
Menga ovozingni koʻtarma qarshingda qandaydir f*oxishang emas, Loren Ernest turibdi. — qiz qaddini tik turgancha yigitga sovuq ohangda dedi.
Loren Ernest? Sen Loren Jonsen ga aylanganingni unutding chogʻi — James asabiylik va qoʻrquvdan ichidagi titroqni bosa olmasdi...
Hujjatlarni imzola... Menga sendek er kerak emas — Loren hujjatlarni yigitga yaqinroq surib oʻsha oʻzgarishsiz sovuq ohangda dedi...
Hech qachon! Men hech qanday sababsiz oilamni buzmayman.! — James nega birdan Loren bunaqa qarorga kelganini tushunmasdi ....
Jamesni har bir ohangi yolgʻondan iborat boʻlgan gaplariga lab chetida istehzoli jilmaydi-da kompyuterni ochib nimanidir izlay boshladi...
James tushunmay qizni kuzatib turarkan birdan kompyuterdan oʻziga tanish boʻlgan ovoz yangray boshladi ....
Sunlii sen bergan roxatni menga kim bera oladi aytgin? Sabr qil sevgilim... Anavi qari tulki oʻlsin... Xotinim bilan ajrashaman... Keyin nima boʻladi bilasanmi ? — qizni oʻziga qaratib — sen Sunlii Jonsen boʻlasan..
James oʻz gaplarini eshitarkan rangi oqarib ketdi, shunday jim boʻlib qolgandiki, hatto ogʻir va tez tez olayotgan nafasini ham aniq eshitilib turardi...
M-men .... Loren bu anglashilmovchilik... Bu ovoz meniki emas ... — James duduqlangancha bu haqiqatni rad eta boshlagach Loren unga kompyuter ekranini qaratdi...
Ekranda James va Sunlii qilgan barcha *jirkanchliklar aniq tasviri bor edi...
Hammasi tugadi. Seni sevganim uchun afsusdaman... Senga ishondim, butun umrimni bagʻishladim... Qulab tushgan biznesing, qoralangan mavqeying uchun ayol kishi bola turib kurashdim, otamni nomidan foydalanding, oʻz kompaniyamni senga berdim... Raxmating shumi ? Barcha qilganlarim evaziga hiyonatni sovgʻa qildingmi ? — Loren boshini tik, magʻrur tutsada koʻzlariga quyilib kelayotgan yoshlarni jilovlay olmasdi... Ha bu ogʻir... Bir tomonlama sevgi, va bir tomonlama manfaatga asoslangan nikohning hiyonat bilan tugashi...
***
Hoʻsh? U qizga nima boʻlgan? — Lillian diqqat bilan Taehyungni tinglardi, yotoq narirog'idagi divanga oʻtirgan Taehyung gap boshladi...
Sonxe oʻrta maktab oʻquvchisi edi adashmasam... Ha ha shunday edi... Bir kuni Jungkook bilan kafeda oʻtirganimizda u dugonalari bilan kirib kelishdi ...
Tan olaman u juda yoqimtoy qiz edi... Ishonaver u kafega kirib kelganidan to chiqib ketguniga qadar Jungkookni eʼtiborini undan chalgʻita olmagandim... Hush muomala, yoqimtoy va kichkina qizaloq... — Taehyung bir nuqtaga qarab qolgancha jim boʻlib qoldi...
Unga nima boʻldi keyin ?! — davomini eshitish uchun sabrsizlanib ketayotgan qiz xunob boʻlib soʻradi...
Taehyung chuqur nafas oldi... U huddi achinayotgandek edi... — Uni taqdiri yaxshilik bilan tugamadi albatta... Jungkook uni ham kuzatdi... Har qadamda... Har soniyada...
Jungkook... Yosh qizchani ham... — Lillian gapini davom eta olmay qoldi...
Nahotki Jungkook yosh qizaloqni ham ayamasa ? Nahotki u uchun bir inson oʻyinchoqdanda past darajada tursa ?
Janob koʻpchilik hamkorlarimiz mahsulot sifati va sotuv pastligidan shikoyat qilishyapti, yangi hamkorlar shartnomalarni bekor qila boshlashdi... Nima qilamiz? — kotib qarshisida ichib harob holga kelib qolgan direktoriga havotir bilan gapirardi....
Bilmayman! Bilmayman jin ursin ! Jin ursin hammasini ! — James allaqachon aqldan ozay deyotgandi... Qoʻlidagi shishani devorga zarb bilan otdi... Polga sochilgan shishalarda yangi butunlay singan harob James Jonsen gavdalanardi...
Hoʻsh soʻng yana kim ? — Lillian allaqachon shok holatida boʻlsa-da oxirigacha hammasini bilishni istardi...
Hoʻsh... Eslab koʻraylikchi... Ha ! Min Kaila ! U mashhur model boʻlishi kutilayotgan qizaloq edi... Uni adashmasam balet maktabida koʻrib qolgan... Ha u talantli nafis qizaloq edi, balerina va boʻlajak model...
Janob Jeon boʻlgan nohushliklar uchun uzur... Va yetkazilgan zararni albatta toʻlaymiz... — Loren Jungkook bilan hamkorlikni asrab qolish uchun muzokara qilishga urinardi.
Oʻylab koʻramiz albatta ... — Jungkookni hayoliga qandaydir fikr keldiyu bu taklifni oʻylab koʻrishni tanladi...
Loren va Jungkook officeda suxbatlashib turisharkan birdan xona eshigi zarb bilan ochilib ichkariga James kirib keldi...
Sen... Bu ablah bilan nima qilyapsan a ?! — James gʻazab bilan Lorenni oldiga yaqinlashdi.
Kompaniyani 60 foizi menga tegishli shunday ekan direktorlikni oʻz qoʻlimga olaman. Seni ulushing zararlarni qoplashga sarflandi. Bu yerda senga joy yoʻq.
Jungkook boʻlayotgan holatni jimgina chetda kuzatib turardi... Uni aralashishi kerak emas chunki senatorning qizi boʻlmish Loren Ernest ham anoyi emas... Har holda hozir koʻzi ochilgan...
Qoʻriqchilar Jamesni tortqilab tashqariga olib chiqib ketishdi... Tashqariga chiqishi bilan mashinasi tomon asabiy, soʻkingancha borgan Jamesni birdan kimdir qattiq zarb bilan boshini ort qismiga urdi...
Hullas roʻyxat soʻngida Laila uni soʻngi kuni bilgan boʻlsang pasti qavatda basseyn bor oʻsha joyda oʻpkasi suvga toʻlguncha saqlanganda boʻlgandi... — Taehyung gaplarini tugatarkan qizga qaradi... Koʻzlari yoshga toʻlgan, hayrat, qoʻrquv sabab qotib qolgan qizni reaksiyasini koʻrgan Taehyung jim boʻlib qoldi...
Demak meni ham taqdirim... Shu uyni bir burchagida kalamushdek oʻlish bilan tugaydimi....?
****
James koʻzlarini arang ocharkan atrof qorongʻu edi... Yagona tushib turgan yoruqlikda bir odamni soyasi koʻrindi... Bu ...— Jeon Jungkook?!