October 9

ILK MUHABBAT 15-qism

​Kechki soat 20:30 lar atrofi. Eshik jiringladi. Nina borib eshikni ochdi, u yerda Teo turar edi.
​Nina: Bu yerda nima qilyapsan?
Teo: Lily qayerda, bilmaysanmi?
Nina: Yoʻq.
Teo: Nega, ahir uni dugonasisan-ku? Bir necha kundan beri universitetga kelmayapti ham.
Nina: Bilmayman. "Mendan xavotir olmanglar, men ketdim, keyinroq qaytib kelaman", deb aytgan edi.
​Teo hech narsa demadi. Nina endi eshikni yopmoqchi edi, Teo yana gapirdi:
​Teo: Nima, JK bilan orani uzdingizlarmi?
Nina: Ha.
Teo: Nega?
Nina: Uning aslida kim va qanaqa ekanini bildim. Qizlardan faqat foydalanib, bir tun oʻtkazar ekan. Men bilan ham shunday qilmoqchi boʻlgandir.
Teo: Toʻgʻri, u shunday... Lekin u seni chin dildan sevib qolgan edi. Hattoki u birinchi marotaba sendan boʻsa olayotganini koʻrdim. U koʻp qizlar bilan birga boʻlgan, lekin birinchi marotaba senga iliq va samimiy boʻldi, shunday munosabatda boʻldi.
​Teo telefonini olib chiqdi va unga bitta videoni koʻrsatdi. Unda kecha JK juda mast boʻlgani, Ninani sogʻingani va uni juda sevishini aytgani tasvirlangan edi.
​Teo: "Mastlik — xostlik", deyishadi.
Nina: U meni rostdan ham sevarmidi?
Teo: Ha.
Nina: U hozir qayerda?
Teo: Uyda.
​Nina tezda poyabzalini kiyib, eshikni yopdi-yu ketib qoldi. Toʻgʻri yigitlar turadigan binoga bordi. Tezda ichkariga kirib, liftga mindi va kerakli qavat tugmasini bosdi. Liftdan tushib, yigitlar yashaydigan uyning eshigini taqillatdi, qoʻngʻiroqni chalib, eshik tutqichini bosib ochishga harakat qildi. JK shovqindan tezda eshikni ochdi va u yerda Ninani koʻrdi. Nina eshik ochilishi bilanoq uni darrov quchdi.
​Nina: Meni... Meni kechir, iltimos!
​JK nima qilishni bilmay turardi. Nina sekin uning quchogʻidan chiqdi.
​Nina: Toʻgʻri, xato qildim, seni eshitmadim. Kechagi koʻrgan narsang uchun afsusdaman... Iltimos, meni kechir, oʻtinib soʻrayman! Men sensiz yashay olmayman. Wooga keladigan boʻlsak, u doʻstim, u bilan sevishmaymiz. Shunchaki bu oʻyin edi, seni oʻzimdan uzoqlashtirish uchun qilgan edim. Iltimos, meni kechir!
​Nina bu gaplarni koʻzlarida yosh bilan, shoshilib gapirdi.
​JK: Boʻldi, boʻldi, tinchlan. Men hali senga hech narsa demadim, tinchlan, boʻldi.
Nina: Meni kechir, iltimos... — u yigʻlay boshladi.
JK: Mayli, kechirdim. Lekin sen yigʻlama, xoʻpmi? Tinchlan, jim.
​JK Ninaning koʻzyoshlarini artdi va bagʻriga bosdi, sochini silab hidladi. Nina biroz uni quchoqlab turdi va unga qaradi:
​Nina: Rostdan kechirdingmi?
JK: Ishonishing uchun nima qilay?
Nina: Shunchaki meni bagʻringga bos.
​JK uni yanada mahkamroq quchdi. Nina uning bagʻrida turib gapirdi:
​Nina: Bundan keyin hech qachon xiyonat qilma, iltimos. Men bunga chiday olmayman.
JK: Sen ham mendan oʻzingni uzoqlashtirishga urinma va uzoqlashtirish uchun boshqa yigitlardan foydalanma.
Nina: Mayli, va'da beraman.
​Nina uning yuziga qaradi va jimjiloq barmogʻini uzatdi. JK ham unga jimjiloq barmogʻini uzatdi. Ular shu tarzda va'dalashishdi.
​Erta tong. Teo ertalab uyidan chiqib ketdi va Lily borishi mumkin boʻlgan joylarni qarab chiqdi, lekin u hech qayerda yoʻq edi. Bugun dam olish kuni edi, shunda unga bitta gʻoya keldi: u ertaga universitetga borib, Lilyning sinf rahbaridan u haqida biladimi-yoʻqmi, soʻrab koʻrishga qaror qildi.


​Ertasi kuni, universitet.
​Teo: Salom, ustoz!
Ustoz: Salom, Teo! Nimadir boʻldimi?
Teo: Sizdan bir narsani soʻramoqchi edim.
Ustoz: Nima ekan?
Teo: Siz mobodo Lilyni bilmaysizmi?
Ustoz: Bilaman. Qanday bilmasligim mumkin, buni deyarli yarim universitet biladi-ku.
Teo: U qayerda?
Ustoz: U Busanda.
Teo: Nega u yerda?
Ustoz: Busandagi bitta universitetda butun universitetlararo bellashuv boʻlyapti, shunga ketdi bizning universitetimizdan.
Teo: Haa, bu yaxshi. Qachon kelishini bilmaysizmi?
Ustoz: 1 oydan keyin.
Teo: 1 oydan keyin?! — Teo hayron qoldi.
Ustoz: Ha, biror narsa boʻldimi?
Teo: Yoʻq, oʻzim shunchaki... Mayli, men ketdim.

​Teo tezda ketdi va toʻgʻri vokzalga borib, Busanga poyezd chiptasini oldi. Baxtiga oxirgisi qolgan ekan va u 10 daqiqadan keyin kelar edi.
​10 daqiqa tezda oʻtib ketdi, lekin Teo uchun 10 soat oʻtgandek boʻldi. Boshqa yoʻlovchilar tushib boʻlishi bilan Teo poyezdga mindi, oʻz vagoniga oʻtib, boʻsh joyga oʻtirdi. Oradan bir necha soat oʻtib, nihoyat u Busanga yetib keldi. U tezda poyezddan tushdi, har yoqqa alanglay boshladi va chiqish yoʻli tomon yurdi.
​Vokzaldan chiqib, oʻsha universitetni qidira boshladi. Hammadan qaysi universitetda bellashuv boʻlayotganini soʻrardi, lekin birortasidan aniq javob ola olmadi. Bitta universitet oldidagi kafe yonidan oʻtib ketayotganida, birdan bir yigit bilan noutbukda nimadir qilib oʻtirgan Lilyni koʻrib qoldi va xursand boʻlib ketdi.
​Sekin ichkariga kirdi, u yerdan biroz nariroqdagi stolga oʻtirdi. Ularni kiprik qoqmasdan kuzata boshladi.
​Lily: Qara, buni bu yoqqa qoʻyish kerak, bu rasmni esa buning yaniga qoʻyish kerak. Bularga esa biroz rang berish kerak va... — u oʻylanib qoldi.
Jimin: Har xil shriftlardan foydalanish kerak.
Lily: Ha, ha, toʻgʻri! Shuni aytmoqchi edim.
Jimin: Qanaqa shriftdan foydalanamiz?
Lily: Mana bu yaxshi. Biroz boʻrtib turadi va harflarga juda ham boʻrttirilmagan naqsh berilgan. Oddiy ham emas, juda naqshdor ham emas.
Jimin: Demak, shundan foydalanamiz... Hoy, men ketishim kerak!
Lily: Biror narsa boʻldimi?
Jimin: Ertaga tugʻilgan kunimni nishonlash uchun sevgilim bu yerga kelibdi. Mening bu yerdan keta olmasligimni bilib... Balki biz bilan birga nishonlarsan?
Lily: Yoʻq, sizlar yaxshi oʻtkazaveringlar. Hozir esa boraqol, qiz bolani kuttirish odobdan emas. Men esa biroz ishlab, keyin ketaman.
Jimin: Mayli, xayr, ertagacha!
Lily: Mayli.
​Jimin narsalarini yigʻib tezda ketdi. Lily kulgancha yana noutbukda nimalarnidir qilishda davom etdi. Nariroqdagi stolda oʻtirgan Teo esa uning yoniga kelib oʻtirdi. Lily noutbukidan koʻzini uzmay javob berdi:
​Lily: Biror narsangni unutdingmi? (U Jimin deb oʻylagan edi).
Teo: Ha, unutdim.
​Lily birdan Teoning ovozini eshitib, quloqlariga ishonmadi va tepaga qaradi. Birdan unga tikilib turgan Teoni koʻrdi.
​Lily: Bu yerda nima qilyapsan?
Teo: Seni izlab keldim.
Lily: Bu yerda ekanimni kim aytdi?
Teo: Sinf rahbaring.
Lily: La'nati...
​Lily tezda narsalarini yigʻib u yerdan ketmoqchi boʻldi. Endi ketish uchun bir qadam tashlaganida, Teo uning bilagidan ushlab qoldi.
​Lily: Qoʻyib yubor!
Teo: Mayli, qoʻyib yuboraman, lekin meni 5 daqiqa eshit!
​Lily uning koʻziga qarab turar ekan, nima deyishni bilmas edi:
​Lily: ...Mayli, faqat 5 daqiqa.
Teo: Rahmat!
​Lily va Teo stolga oʻtirishdi. Lily taymerni yoqib qoʻydi:
​Lily: Endi esa gapir.
Teo: Men oʻsha kuni butkul oʻzimda emas edim, bu uchun uzr soʻrayman.
Lily: Bu uchun uzr soʻragansan.
Teo: Bilaman, uzr soʻraganman... Lekin gapni nimadan boshlashni bilmayapman. Xullas, men sen aytgandek doʻst boʻlishni xohlamayman, men sevishganlar boʻlishimizni xohlayman!
Lily: Lekin men xohlamasam-chi?
Teo: Agar xohlamasang, menga bitta imkon ber, men buni oqlayman!
Lily: Agar sevishgan boʻlish taklifingni qabul qilsam-chi?
​Teo hayron qoldi.
​Lily: Vaqt ketyapti, gapir.
Teo: Unda biz eng baxtli sevishganlar boʻlamiz!
​Oradan 3 daqiqalik sukunat choʻkdi.
​Lily: Unda men roziman.
Teo: Nima?
Lily: Sevishganlar boʻlishga roziman, — u kuldi.
Teo: Yolgʻon gapirmayapsanmi?
Lily: Nega yolgʻon gapiraman? Lekin bitta shartim bor.
Teo: Xohlagan shartingni ayt!
Lily: Meni rostdan ham baxtli qilishing kerak va menga xiyonat qilmasliging kerak.
Teo: Hech qachon! Hech qachon senga xiyonat qilmayman va seni eng baxtli qiz qilaman!
​Birdan taymer ovozi chiqdi.
​Teo: Demak, menga ajratilgan vaqt tugadi...
Lily: Yoʻq, u endi boshlandi!
​Teo uni bagʻriga bosdi.
​Teo: Men seni sevaman!
Lily: Men ham.
​Lily uning quchogʻidan chiqdi:

​Lily: Lekin hozir universitetda dars vaqti, sen bu yerda nima qilyapsan?
Teo: Shunchaki seni bu yerda ekaningni eshitib, shu yerga keldim.
​Birdan Lilyga qoʻngʻiroq boʻldi, bu Jimindan edi.
​Lily: Eshitaman, Jimin.
Jimin: Lily, bugunga ham biz uchun dars qoʻyilibdi, shunga men hozir boraman. Universitetda koʻrishamiz.
Lily: Yoʻq, men oʻzim eplayman. Sen qiz bolani yolgʻiz qoldirma. Seni ustoz yoki direktor soʻrasa, biror bahona topaman.
Jimin: Rahmat!
Lily: Qachon dars boshlanar ekan?
Jimin: Yarim soatdan keyin.
Lily: Mayli, men boraman, xayr.
​Qoʻngʻiroq tugadi.
​Teo: Nima boʻldi, qanaqa dars?
Lily: Yoʻlda aytaman, yuraqol.
​Ular kafedan chiqishdi.
​Lily: Xullas, bu yerda bitta ustozning ham darsi bor edi. Bitta yigit ikkalamizga uning darsini ham oʻtishimizni aytishgan, bu shartlardan biri. Bugun darsimiz yoʻq edi, lekin bugunga ham dars qoʻyishibdi.
Teo: Demak, ustoz boʻlibsan-da?
Lily kuldi:
Lily: Ha.
​Ular universitetga kelishdi.
​Lily: Endi ketishing mumkin.
Teo: Yoʻq, shu yerda kutaman.
Lily: Nega?
Teo: Shunchaki.
Lily: Mayli, unda ichkarida oʻrindiq bor, oʻtirib tur.
Teo: Mayli.
​Ular darvozadan ichkariga kirishdi. Teo universitet bogʻidagi oʻrindiqqa oʻtirdi. Lily esa ichkariga kirishi bilan direktorni koʻrib qoldi.
​Lily: Salom, direktor! — u boshini biroz egdi.
Direktor: Salom, qizaloq. Menimcha, sen boshqa universitetdan musobaqa uchun kelgan qizsan, shunaqami?
Lily: Ha.
Direktor: Hozir nima qilyapsan?
Lily: Bugun bizga dars yoʻq edi, lekin yana dars qoʻyilibdi. Buni eshitib tezda keldim.
Direktor: Yana bitta odam yoʻqmi?
Lily: Bor, lekin uning tobida qochib qolgani uchun shifoxonaga ketdi. Menimcha, bu yerni havosi boshqacha tuyulgan, Seulning havosi boshqacha edi.
Direktor: Ha, mayli, yaxshi boʻlib ketsin.
​Direktor tashqariga chiqqanda oʻrindiqda oʻtirgan Teoni koʻrib qoldi:
​Direktor: Nima, bolalar darsdan qochadigan boʻlishibdimi?
​Lily sinfxona tomon qarab ketayotib orqasiga qaradi. Direktor Teoni nazarda tutayotganini tushundi va uning yoniga bordi:
​Lily: U yigitni aytayotgan boʻlsangiz, u mening doʻstim. U bu universitetdan emas, Seuldan kelgan. Darsim tugaguncha kutib turishini aytdim.
Direktor: Sevgan yigiting, shundaymi?
​Lily jim qoldi, direktor esa kuldi:
​Direktor: Eh, yoshlar-a, yoshlar... Mayli, u qayerda oʻqigan yoki oʻqiyapti?
Lily: Men bilan bitta universitetda oʻqiydi. U tasviriylik (rasm) fakultetida oʻqiydi.
Direktor: Sen-chi?
Lily: Dizaynerlik.
Direktor: Senga qaysi dars berildi?
Lily: Rasm darsi.
Direktor: Unda u yigitni ham olib kir. Baribir yonindagi odam yoʻq ekan, senga yordam beradi.
Lily: Shunday qilsa boʻladimi?
Direktor: Ba'zida ba'zi qoidalarga amal qilmasdan yashasa ham boʻladi.
​Lily uning nima demoqchi ekanini tushundi va boshini egib rahmat aytdi.
​Lily: Rahmat sizga, siz juda yaxshi odamsiz!
Direktor: Boraqol.
​Lily tezda Teoning yoniga bordi, direktor esa kulib qoldi.
​Teo: Nima boʻldi, darsing bekor qilindimi?
Lily: Qara, bu yerning direktori juda mehribon ekan. Menga darsni bir oʻzim emas, sen bilan oʻtishimni aytdi!
Teo: Rostdanmi?
Lily: Ha! Qani, kettik, darsga ham kech qoldik.
​Ular tezda ichkariga kirishdi. Sinfga Lilyning bir oʻzi kirib bordi, oʻquvchilar hayron qolishdi va bitta qiz gapirdi:
​Qiz: Ustoz, yoningizdagi chiroyli yigit qayerda? U kelmaydimi?
​Lily biroz gʻamgin tortdi:
​Lily: Ha, kelmas ekan. Chunki sevgan qizi bu yerga kelibdi, uchrashuvga ketdi.
​Barcha qizlar uning sevgan qizi borligidan "uff" tortishdi.
​Lily: ...Lekin men sizlarga undan ham chiroyli yigitni olib keldim!
Qiz: Rostdanmi?
Lily: Ha, lekin bir narsani bilinglar: uning ham sevgan qizi bor ekan. U juda yomon va vahshiy ekan. Men u bilan koʻrishgan edim, meni u yigitning yonida koʻrib oʻldirib qoʻyay degan edi.
Yigit: Shu darajada vahshiy qizlar ham bor ekanmi?
Lily: Bor ekan, men ham hayron qoldim.

Qiz: Ustoz, qani, uni chaqiring!
Lily: Kirabera qol.
​Birdan eshik ochilib, bitta koʻrkam, boʻyi uzun yigit kirib keldi. Hamma qizlarning koʻzi unda edi. U yigit Lilyning yonida turdi.
​Teo: Salom, bolalar! Mening ismim Kim Taehyung.
​Lily unga sekin qaradi. Unining yonida Lily Teoning bolasidek koʻrinardi — Lilyning boʻyi juda past edi. Lily qaddini tik tutdi, lekin bu foyda bermadi. Lily sekin unga pichirladi:
​Lily: Sening boʻying juda uzun, terak!
​Teo kuldi.
​Lily: Qani, bolalar, bugun nima chizamiz? Xoʻsh, sizlar tanlanglar-chi!
Qiz: Ustoz, u yigitni chizsak-chi? — u Teoni koʻrsatdi.
Lily: Mayli.


Sizlar bilan Jiwoo boʻldi.