ILK MUHABBAT 16-qism
Lily: Qani, bolalar, bugun nima chizamiz? Xo‘sh, sizlar tanlanglar-chi!
Qiz: Ustoz, u yigitni chizsak-chi? — U Teoni ko‘rsatdi.
Lily: Mayli.
Teo stol oldiga kelib o‘tirdi. Barchasi rasm chizishga kirishishdi, Lily esa ularni kuzatar edi. Teo esa Lilydan ko‘zini uzmas edi. U qayoqqa o‘tsa, ko‘zlari unda edi. Lily bir yigitning yoniga keldi.
Lily: Bu yerini to‘g‘irla, jag‘iga e’tibor ber.
U Teoga qaradi va unga tikilib turganini ko‘rdi.
Lily: ...A-a... Haligi, tushundingmi?
: Ha, ustoz.
Lily uyalgancha boshqalarning rasmlarini ko‘rishni boshladi va hayron bo‘lib, ularga gapirdi.
Lily: Bolalar, kecha yaxshi rasm chizgan edingiz-ku, bugun nega o‘xshata olmayapsiz?
: Ustoz, qarang, uni chizish juda murakkab ekan. Uning yuz tuzilishi boshqalarnikiga o‘xshamaydi. Bir gap bilan aytganda, juda mukammal.
: Ha, xuddi shunday. Uning sevgan qiziga havasim keldi. Uning sevgan yigitining yuz tuzilishi juda mukammal.
Teo: Ha, u qiz juda baxtli va omadli, — u Lilyga qarab kuldi.
Birdan qo‘ng‘iroq chalindi.
Lily: Ana, qo‘ng‘iroq chalindi. Teo, men yana dars bormi ekan, ko‘rib kelaman.
Teo: Mayli.
Lily chiqib ketdi. Teoning yoniga kitoblarini quchib olgan bir necha qiz keldi.
Teo: Biror savolingiz bormi, qizlar?
: Haligi, ustoz, sizning sevgan qizingiz bormi?
Teo: Ha, shunday.
: Lily ustoz to‘g‘ri gapiribdi-da. U aytgandek, u juda-juda rashkchi va vahshiy, urushqoq qizmi?
Teo: Buni kim aytdi? — U hayron qoldi.
: Lily ustoz aytdi. Nima, yolg‘onmi? Hatto Lily ustozni o‘ldirib qo‘yay degan ekan.
Teo buni eshitib, miyig‘ida kuldi.
Teo: U to‘g‘ri aytibdi. U xuddi shunday, juda rashkchi, hatto o‘zidan ham rashk qiladi.
: Yo Xudoyim! Mayli, ustoz, kuningiz yaxshi o‘tsin.
Teo: Mayli.
Qizlar ketib qoldi. Lily ham keldi. Teo unga tikildi.
Lily: Yana 2 ta dars bor ekan... — Teo hamon unga tikilar edi. — Nega tikilib qolding, gaping bormi?
Teo u tomonga yaqinlasha boshladi.
Lily: Hoy, nima qilyapsan? Biz universitetdamiz, kimdir kelib qoladi...
Teo hamon unga yaqinlashar edi va eshikka tiradi.
Lily: Hoy, ketaqol, nima qilyapsan?
Teo: Xo‘sh, sevgan qizing juda rashkchi, shundaymi?
Lily: Senga buni kim aytdi? O‘quvchilar, shundaymi?
Teo: Xo‘sh, sevgan qizim, bizni shunday ko‘rsa, nima qiladi ekan? Axir u seni bir safar o‘ldirib qo‘yay degan edi.
Lily: Hey, men buni shunchaki aytdim. Bo‘lmasa, ular senga suykalishni boshlaydi, xuddi kecha Jiminning yoniga suykalgandek.
Teo: Nima, bu senga yoqmaydimi? Menga ham yoqmaydi, boshqa yigitlarning senga qarashi.
Lily: Men ularning 1 oylik ustoziman.
Teo: Men esa 1 kunlik ustoziman, har qalay.
Lily: Nima bo‘lsa ham, uzoqlash, bo‘ldi.
Teo: Mayli, lekin oldin... — U yonog‘ini ko‘rsatkich barmog‘i bilan ko‘rsatdi.
Lily kuldi va endi uni yuzidan o‘pmoqchi bo‘lgan edi, Teo tezda u tomonga qayrilib, lablarini bir-birinikiga bosdi. Lilyning ko‘zlari katta-katta bo‘lib ketdi, chunki u Teoni yuzidan o‘pmoqchi edi va Teo o‘girilib qoldi. Lily tezda bo‘sani uzmoqchi edi, Teo esa qarshilik qildi va undan bo‘sa ola boshladi....
Kechki payt
Teo va Lily oziq-ovqat olib kelishdi, chunki Lily hali unga berilgan uyga narsa olib kelmagan edi. Lily narsalarni muzlatkichga joyladi.
Lily: Xo‘sh, nima yeyishni xohlaysan? Tayyorlab beraman.
Teo: Men ham tayyorlashga yordam beraman.
Lily: Mayli.
Oradan ancha vaqt o‘tdi.
Teo va Lily kino ko‘rib o‘tirishar edi. Teoning telefoniga xabar keldi. U tezda o‘qidi va javob qaytarib, telefonni o‘chirdi.
Teo: Lily, turaqol.
Lily: Nima bo‘ldi?
Teo: Ko‘chani aylanib kelmaymizmi?
Lily: Nega, nima bo‘ldi?
Teo: Shunchaki, nafasim qisib ketdi uyda.
Lily: Uxlaydigan vaqt bo‘ldi. Shu payti nafasing qisadimi? Soatga qara, 23:30 bo‘ldi.
Teo: Hechqisi yo‘q, yuraqol. Keyin qaytamiz, yarim soatdan keyin.
Lily: Yo‘q.
Teo: Yuraqol.
Teo uni majburlab ko‘chaga chiqardi.
Lily: Xo‘sh, endi qayerga boramiz?
Teo: Sohil bo‘yiga boramiz. Bu yerdan uzoq emas.
Lily: Mayli, yuraqol.
Ular sohil bo‘yiga borishdi. Yulduzlar juda tiniq ko‘rinar edi, suvning ovozi esa juda yoqimli edi. Ular bir-birining qo‘lini ushlab, u yerda yurishar edi.
Lily: Bu yer menga juda yoqdi.
Teo: Bekor aytmadim-da, aylanishga chiqaylik deb.
Lily unga qarab kuldi. Oradan yarim soatcha vaqt o‘tdi. Ular liftda edilar.
Lily: Kechki payt u yer juda chiroyli bo‘lar ekan.
Teo: Ha, juda ham.
Lift ochildi. Ular uy tomon ketishdi, eshikni ochib, ichkariga kirishdi.
Lily: Teo, chiroqni yoqib yubor.
Teo: Hozir, bir daqiqa...
Birdan oshxona tomondan bittagina nur kela boshladi va sokin ovoz bilan «Tug‘ilgan kuning bilan» degan ovoz eshitila boshladi. Lily tezda oshxona tomon qaradi va qorong‘uda yonib turgan shamlarni ko‘rdi. Ular hamon «Tug‘ilgan kuning bilan» deyishar edi.
Teo: Xo‘sh, tilak tilab, o‘chir.
Lily qo‘llarini birlashtirib oldi va tilak tilab, shamlarni o‘chirdi. Ular tezda chiroqni yoqishdi va qarshisida turgan Jk, Nina va Wooni ko‘rdi.
Lily: Sizlar?
Nina: Ha, biz, Lilim.
Lily: Ninim, o‘zimni!
Ular bir-birini bag‘riga bosishdi va sekin bag‘ridan chiqishdi.
Nina: Tug‘ilgan kuning bilan, Lilim! Bu senga.
Nina unga sovg‘asini berdi.
Woo: Lily, bu senga.
Woo unga qandaydir hujjatlarni berdi.
Lily: Bu qanday hujjatlar?
Woo: Sen bitta kompaniyada dizaynerlik qilishni xohlar eding, esingdami? O‘sha kompaniya seni ishga oldi. Ishni bu yerdan qaytganingdan keyin boshlaysan.
Lily: Nima, rostdanmi? Men juda xursandman!
Lily uni beixtiyor bag‘riga bosdi va sekin undan ajraldi.
Jk: Lily, tug‘ilgan kuning bilan tabriklayman! — U ham o‘z sovg‘asini berdi.
Lily: Rahmat.
Jk: Mayli, biz ham ketaylik-a?
Jk Ninani turtdi.
Nina: Ha, ha, shunaqa, ketaqolaylik.
Lily: Seulga qaytasizlarmi?
Nina: Yo‘q, mehmonxonada tunaymiz.
Lily: Lekin mening uyim bor-ku.
Jk: Yo‘q, yo‘q, sizlar dam oling, biz ketamiz.
Ular uydan chiqib ketishdi. Jk ketishdan oldin Teoga ko‘z qisib qo‘ydi.
Lily: Tushunmadim, nega ular shoshilib ketib qolishdi?
Teo kuldi.
Teo: Bilmayman, kech bo‘lgani uchun, shekilli.
Lily: Haa.
Lily sekin yurishni boshlagan edi, Teo uni to‘xtatdi.
Teo: To‘xta!
Lily: Nima bo‘ldi?
Teo: Ko‘zlaringni yum.
Lily hayron qoldi va ko‘zlarini yumdi. Teo uning orqasiga o‘tib, sekin cho‘ntagidagi qutidan marjonni oldi va uning bo‘yniga osib qo‘yib, yana uning to‘g‘risida turdi.
Teo: Endi ochishing mumkin.
U sekin ko‘zlarini ochdi va bo‘yniga qaradi. Bo‘ynidagi marjonni ko‘rib, juda xursand bo‘ldi.
Lily: Buncha chiroyli bu!
Teo: Yoqdimi?
Lily: Ha, juda ham. Xuddi mening ismimga boshlab olingandek.
Teo: Xuddi ismingga moslangandek.
Teo kuldi va uni bag‘riga bosdi, keyin unga qaradi.
Teo: Xo‘sh, shamni o‘chirish vaqtida nimani tilading?
Lily: Agar aytsam, amalga oshmaydi.
Teo: Agar aytmasang, uni qanday qilib amalga oshiraman?
Lily unga qarab turar ekan, kuldi.
Lily: Biz to abad birga bo‘lishni tiladim...
Teo: Biz albatta to abad birga bo‘lamiz.
Lily: ...Ha, yana men o‘sha mashhur rassom Mr. L (Mister El) bilan ko‘rishishni xohlayman.
Teo: Tez kunda albatta ko‘rishasan.
Lily: Shunday deb o‘ylaysanmi?
Teo: Albatta.
Lily: O‘sha kun kelishi uchun uxlash kerak endi. Uxlaymiz.
Teo: Mayli.
Lily xonasi tomon ketayotgan edi, Teo ham uning ortidan ergashdi. Lily buni sezib, ortiga qaradi.
Lily: Hey, sen bu yerda yotmaysan.
Teo: Nega?
Lily: Yo‘q, yotmaysan.
Lily unga yostiq va yupqa ko‘rpa tutqazdi va eshikni yopdi. U eshikni yana ochdi.
Lily: Xayrli tun.
Teo kuldi va mehmonxonadagi divanga yostiqni qo‘yib, uxlab qoldi.