4 ta dugonalarning sevgi hikoyasi 2-fasl 12-qism
Tg:By Yoongina [Elizabetta]
Yt:Yoongina [Elizabetta]
Snap:Min Yoongina [Fanficer]
Suga Y/N ni mashinaga oʻtqazib, oʻzi ham rulga oʻtirdi. Mashinani oʻt oldirib, uy tomon ketishdi. Uyga kelgach, uni yana koʻtarib oldi va ichkariga — xonasiga yotqizib, yoniga yotdi
Erta tong. Y/N sekin koʻzini ochdi. Boshida va qornining pastida ogʻriq borligini his qildi va nega ogʻriyotganini sezdi. Ustiga-ustak, u kecha ichkilik ham ichgan edi, shuning uchun ham ogʻriyotgan edi. U oʻrnidan turdi, vannaga kirib yuvinib chiqdi, lekin hali ham ogʻriq bor edi. U kiyinib xonadan chiqdi. Suga unga nonushta tayyorlab turgan edi. Y/N Suga ga oʻzini yaxshidek koʻrsatdi:
Y/N: Xayrli tong!
Suga: Senga ham.
Suga uning yoniga keldi, qoʻlini belidan oʻtkazib, undan qisqa boʻsa oldi.
Suga: Qani, oʻtir.
Unga stulni tortib berdi. Y/N oʻtirdi va ikkalasi ham nonushta qilib olishdi. Y/N oʻzini yaxshidek koʻrsatar edi. Nonushtadan soʻng u oʻz mashinasida shifoxonaga ketdi, Suga esa oʻz mashinasida Nyu-Yorkdagi kompaniyasiga bordi.
Hamshira: Doktor Melona, operatsiya xonasi tayyor, sizni kutyapmiz.
Y/N: Hozir boraman.
U operatsiyaga kirishi kerak edi. Tayyorgarlik koʻrib, operatsiyaga kirdi. Operatsiya davomida juda koʻp terladi, yordamchilari uning terini artib turishdi. U oʻzini holsiz his qilardi, lekin operatsiyani toʻxtatmadi. Va nihoyat tugatishdi. Y/N bemorni tikdi va boshqalarga qaradi:
Y/N: Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi.
Y/N niqob ortidan kuldi, boshqalar ham niqob ortidan tabassum qilishdi. Y/N ortiga oʻgirilib, bemorning yonidan bir necha qadam uzoqlashgan edi hamki, birdan boshi aylanib, hushidan ketdi.
Hamshira: Doktor Melona! Doktor Melona!
Ular tezda Y/N ni u yerdan olib chiqishdi va tekshirishdi. Oradan yarim soat oʻtdi. Y/N koʻzini ochdi — tepasida bir nechta hamshira dugonalari turishardi. Y/N ularni koʻrgach, biroz oʻrnidan turdi:
Y/N: Menga nima boʻldi?
Hamshira: Holsizlik... Hozirda ogʻriqlaring ham bor ekan, oʻzingni koʻp urintiribsan, shunga hushingdan ketding.
Y/N koʻzlarini pirpiratdi va atrofga yaxshilab nazar tashladi.
Hamshira: Bosh shifokor uygʻongach uyiga ketsin deb aytdi. Yaxshilab dam olasan ekan.
Y/N: Mayli, rahmat, men yaxshiman. Sizlar ketishingiz mumkin.
Ular boshlarini silkib, palatadan chiqib ketishdi. Y/N telefoniga qaradi — u quvvati tugab oʻchib qolgan edi. U sekin oʻrnidan turib, uyiga ketdi. Uyga boriboq oʻzini divanga tashladi-yu, uxlab qoldi.
Suga Y/N ga koʻp marotaba qoʻngʻiroq qildi, lekin telefoni oʻchirilgan edi. Hozir esa soat 13:30 edi. Suga tezda kompaniyadan chiqib, Y/N ning shifoxonasiga bordi va oʻsha yerdagi hamshira qizdan soʻradi:
Suga: Kechirasiz, doktor Melona qayerdaligini bilmaysizmi?
Hamshira: Doktor Melona operatsiyadan keyin hushidan ketdi. Shuning uchun oʻziga kelgach uyiga ketgandi.
Suga "hushidan ketdi" degan soʻzni eshitishi bilan nima qilishni bilmay qoldi. Hamshira gapini tugatishi bilanoq, ortiga oʻgirilib, Y/N ning uyiga oshiqdi. Eshikdan kirgach, uning poyabzaliga qaradi — ikkalasi ham har yoqda yotardi, sumkasi esa mehmonxonadagi divan ustida edi. Suga tezlik bilan xonaga kirdi va uxlab yotgan Y/N ni koʻrib, biroz oʻziga keldi. Sekinlik bilan uning yoniga borib, polga oʻtirdi va sochini siladi. Qoʻllari qornidan pastini ushlab yotar va peshonasi terlab turgan edi. Suga unga nima boʻlganini sezdi va oʻrnidan turib, oshxonaga borib issiq shoʻrva qila boshladi, shuningdek, uning qorniga issiq suv solilgan qopchani qoʻyib qoʻydi.
Kechki payt. Y/N sekin koʻzini ochdi. Avval derazaga qaradi — quyosh botgan edi. Devorga ilingan soatga qarasa, 20:00 ni koʻrsatardi. Y/N sekin oʻrnidan turib, qornidagi qopchani oldi. Kim qoʻyganiga qiziqib ham oʻtirgani yoʻq — shunchaki masi boʻlmaganidan holsizlanib, "oʻzim qoʻygandirman" deb oʻyladi. Suga hali ham kelmadi deb oʻylab, vannaga kirib ketdi. Yuzini muzday suvda yuvib, ustiga yengil kiyim kiyib xonadan chiqdi-yu, hayron qoldi. Suga allaqachon kelgan, ovqat ham qilib qoʻygan va patnisda endi xonaga kirgizmoqchi boʻlib turgan edi.
Suga: Uygʻondingmi?
Y/N "ha" degandek boshini silkidi. Suga qoʻlidagi patnisni stolga qoʻydi va uni bagʻriga bosdi. Y/N ham unga javoban quchdi.
Suga: Ahvoling yaxshimi? Hech qayering ogʻrimayaptimi?
Y/N: Yoʻq, men yaxshiman.
Suga: Bundan xursandman. Nega oʻzingga qarab dori ichib olmading?
Y/N hech narsa demadi.
Suga: Mayli, oʻtiraqol, ovqatlanib ol.
Suga uni dasturxon atrofiga oʻtqazdi. Y/N indamay, jim ovqatlana boshladi. Suga ham uning yoniga oʻtirdi va uning bunday jim oʻtirganidan hayron boʻldi:
Suga: Nega jimsan? Biror joying ogʻriyaptimi?
Y/N "yoʻq" degandek boshini chayqadi.
Suga: Unda nima boʻldi?
Y/N: Sening oldingda uyatli vaziyatga tushib qoldim...
Suga: Qanaqa uyatli vaziyat?
Y/N yana jim qoldi.
Suga: Agarda men oʻylagan narsani aytayotgan boʻlsang, buning uyatli joyi yoʻq. Bu sening aybing emas va boshqalarning ham aybi emas — bu tabiiy holat. Bundan uyalishing kerak emas.
Suga Y/N ni bagʻriga bosdi:
Suga: Qani, endi ovqatlanib ol, bu senga kuch boʻladi.
Y/N uning bagʻridan chiqdi va unga tabassum bilan qarab, sekin yana ovqatlana boshladi. Bir necha daqiqalik sukunatdan keyin Y/N ning telefoniga SMS keldi. Y/N uni ochib koʻrdi va biroz kulib qoʻydi.
Suga: Seni shu darajada quvontiradigan qanday xabar keldi?
Y/N: "Hardest" guruhi va Elizabetta nomidan yana bitta qotillik...
Suga qoshlarini chimirdi:
Suga: Bu gap qanaqasi ekan?
Y/N: Hmm... Bu galmi? Aytishlaricha, uyishtirilgan avtohalokat.
Suga: Sizlar qanday odamlarni tanlaysizlar va qanday qilib, qanday jazo qoʻllashni muhokama qilasizlar?
Y/N: Qur'a tashlash orqali.
Suga: Butun boshli odamning hayoti bitta qur'a tashlash bilan yakunlanadimi?
Y/N: Ularning hayoti juda oldin yakunlanishi kerak boʻlgan, lekin yakunlanmagan. Biz shunchaki oʻzimizga yoqmagan yoki yomon koʻrgan odamlarni oʻldiryapmiz deb oʻylayapsanmi? — Y/N qoʻlidagi telefonni stolga qoʻydi va unga qaradi. — Yoʻq, aksincha! Biz nechtadir odamlarning goʻzal hayotini barbod qilgan, ba'zilari qarz berib, juda oz muddat bergan va albatta ular qarzni qaytara olishmagach, ustiga 2 baravar pul qoʻshib qaytarishni talab qilgan ablahlar toʻgʻrisida gapiryapmiz. Qaytara olmaganlari uchun ularni oʻldirishgan yoki ayoli va qizlarini olib qoʻyishgan. Ba'zi ablahlar esa oʻzi qarib yotgan boʻlsa ham, 18-19 yoshli qizlarni oʻziga turmushga chiqishga majbur qilgan. Xullas, biz oddiy odamlarni shunchaki tanlamaymiz, bizga ularning oʻzlari murojaat qilishadi.
Suga: Ular sizlarga qanday murojaat qilishadi?
Y/N: Ilova orqali.
Suga: Qanaqa ilova?!
Y/N: "Hardest" nomli ilova.
Suga: Lekin unaqa ilova yoʻq-ku?
Y/N: Biz u ilovani bir marotaba foydalaniladigan qilib qoʻyganmiz. Bu shu tartibda ketadi: masalan, biz hozir roʻyxatdagi odamlarni oʻldirib boʻlamiz, undan keyin esa yana u ilovani yuklab olishlari uchun ochib qoʻyamiz. Ular oʻz sharoitini, kimligini — xullas, hamma ma'lumotni aytishadi. Odamlar ustidan shikoyat qilish 1 oy davom etadi. Barchasi shikoyat qilib boʻlgach, ularga xabar boradi: "Boshqa shikoyat qilmaysizmi?" deb. Ular "yoʻq" yoki "ha" deyishadi. "Ha" deyishsa, yana boshqa birovning ustidan shikoyat qilishadi. "Yoʻq" deyishsa, ilovadan chiqib ketishganidan keyin ilova oʻz-oʻzidan ularning telefonidan oʻchib ketadi. Roppa-rosa 30 kun davom etadi. Ba'zi oylar 29 yoki 28 kun boʻlgani uchun ham 30 kun qilib belgilangan. 30 kun davomida kamida 50 ta shikoyat tushadi, bu safar esa 90 ta tushgan. Biz bularni bajarib boʻlganimizdan keyin Koreyaga qaytishni oʻylayapmiz.
Suga: Qur'a tashlashni qanday qilasizlar?
Y/N: Bitta qutining ichida oʻsha shikoyat qilingan odamlarning ismi boʻladi. Bitta odam tanlanadi. Undan keyin yana bitta qutida jazo turi yozilgan boʻladi va uni tanlaymiz. Kim tushgan boʻlsa, uni oʻsha usul bilan yoʻq qilamiz.
Suga: Sizlar shu paytgacha qanday qilib umuman dalil qoldirmasdan ish qilyapsizlar? Qanday qilib ular sizlarni ushlay olishmayapti?
Y/N: Men biror kimga ishonamanmi?... Qoʻl ostimdagi insonlarning hammasining ma'lumoti mening qoʻlimda. Hattoki oila a'zolari ham... Har birining farzandi va oilasiga moddiy yordam beramiz. Ular qanday qilib bizga xiyonat qiladi? Mobodo xiyonat qilsa ham, oilasini yoʻq qilamiz. Politsiya bizni tuta olmayotganining yana bir sababi — oʻsha politsiya boʻlimidagi va sen bilan ishlagan detektivlarning yarmidan koʻpi menga tegishli.
Suga: Shu jumladan detektiv Min hammi?
Y/N kuldi:
Y/N: Ha!
Suga: Sizlar nega bu ishlarni qilasizlar? Ya'ni boshqalar uchun nega qasos olasizlar?
Y/N: Bu — "Hardest" guruhining an'anasi.
Suga: Qanaqa an'ana?
Y/N: Xullas, menga yetib kelgan ma'lumotlarga koʻra, bundan ancha oldin, taxminan 1900-yillarda — hali mafiyalar mashhur boʻlmagan paytda bitta oddiy oilaning qizi boʻlgan. U bilmasdan bitta mafiyani sevib qoladi. Yigit ham uni sevadi, lekin qizning ota-onasi qarshilik qiladi. Yigitning koʻzlari sevgidan koʻr boʻlib, qizning ota-onasini oʻldiradi va qiz bilan baxtli boʻlmoqchi boʻladi. Lekin qiz bundan xabar topib qoladi va yigit bilan orani uzadi...
Suga: Toʻxta, toʻxta... Bu sening taqdiringmi yoki shunchaki oʻxshashlikmi?
Y/N: U juda oʻxshash, lekin xuddi menikidek emas.
Suga: Davom et-chi.
Y/N: Qiz ota-onasiz adoyi tamom boʻladi, u hali 18 yoshda edi. U qandaydir yoʻl bilan bitta mafiyalar sardori bilan tanishib qoladi. U erkak esa unga yordam beradi va oʻsha yigitdan qasosini oladi. Lekin bu qasosni olish davomida juda koʻp dushmanlar orttiradi. Keyin esa bitta yigit bilan tanishadi, ikkalasi bir boʻlib "Hardest" guruhini kashf qilishadi. Unga yana 2 ta yigitni olishadi — ular 4 kishi boʻlishadi. Oʻz dushmanlarini yoʻqotishadi va bu vaqt davomida mafialikdan vos kechgilari kelmaydi. Shundan soʻng reja tuzishadi. Reja shunday edi: ular bitta joyni sotib olishadi va eshikka katta qilib "Hardest" deb yozib qoʻyishadi. Bu yer nega ochilganini bildirish uchun juda yomon ahvolga tushgan, mafiyalar qurboni boʻlgan hamda birovni deb qiyin ahvolda qolgan oilalarga e'lon tarqatishadi. Bu 30 kun davom etadi. Boshida hech kim ishonmaydi, lekin 29-kuni juda qiynalib ketgan 2 ta qiz ularning yoniga boradi va oʻz muammolarini aytib ketishadi. 30-kun esa ular u yerdan gʻoyib boʻlishadi. Oʻsha ikkala qizning ham ishonchi soʻnadi, lekin 32-kuni, ya'ni ular yoʻqolganining ertasiga, qur'a tashlash orqali kimni oʻldirish kerakligini aniqlashadi va qanday usul bilan yoʻq qilishni hal etib, uni yoʻq qilishadi. Ikkinchi kuni ham narigi qiz shikoyat qilgan odamni yoʻq qilishadi. Ikkala qiz ham xursand boʻladi. Bu qizlar yana oʻziga oʻxshagan qiynalgan odamlarga aytishadi, ular ham oʻsha yerga borishadi, lekin hech kim boʻlmaydi. Keyin ularni topib, yoniga borib shikoyat qilishadi. Oʻsha ikki qizdan boshlab ular mashhur boʻla boshlashadi. Lekin ular mashhur boʻlishgach, 1 yil oʻtib jamoaga ikkinchi boʻlib qoʻshilgan yigit, ya'ni qiz bilan jamoani tuzgan yigit vafot etadi. Oʻsha kundan boshlab ular yoʻq boʻlib qolishadi va 1 yil oʻtgach, boshqa yigit bilan qaytib kelishadi. Ular bir narsaga kelishib olishadi: bu guruh umuman yoʻqolmasligiga, unda faqat 3 ta yigit va 1 ta qiz boʻlishiga, boshqa umuman odam olinmasligiga... Bu guruhga qoʻshilganlar oʻlgunicha shu guruhda qoladi, oʻlganidan keyin bu jamoa 1 yilga yoʻqoladi va yangi odam bilan qaytib keladi. Jamoaning asosiy vazifasi — boshqalar nomidan qasos olish. Biz esa bunday joylardan emas, ilovalardan foydalanadigan boʻldik. Oʻsha qiz esa 40 yoshida kasallik tufayli vafot etadi, butun umrini yolgʻiz oʻtkazib, bor kuchini oʻsha jamoaga sarflaydi. Oʻsha jamoa 1 yil yoʻq boʻlib, yana yangi qiz bilan paydo boʻladi...
Suga: Bu guruhni kashf qilgan qizning ismi kim boʻlgan?
Y/N uning koʻziga tikilib qoldi:
Y/N: Y/N... Mafiya olamida esa Elizabetta.
Suga: Ism ham, taqdirning boshlanishi ham oʻxshash...
Y/N: Ism yoki taqdirning boshlanishi oʻxshash emas, aksincha — qiyofa ham oʻxshash!
Suga: Nima?
Y/N: Bu degani — bu mening birinchi hayotim emas. Deyarli hozirgi hayotimga oʻxshash hayotda oldin ham yashaganman.
Suga: Demak, u senga oʻxshash boʻlgan...
Y/N: Oʻxshash emas, xuddi xuddi mendek boʻlgan! Men mafiya olamiga qoʻshilishimdan oldin Hugh amakim meni koʻrgan va oʻsha qizni menda koʻrgan. Chunki jamoaga bitta a'zo qoʻshilganidan keyin birga rasmga tushishgan. Oʻsha rasmdan Hugh amakim meni koʻrib, hayotimni bilib, mafiya olamiga qoʻshgan. Qoʻshilishimdan 1 yil oldin bitta qiz oʻlgan boʻlgan va ularga bitta qiz kerak edi. Hugh amakim mafiyalar sardori boʻlgani uchun meni taklif qilgan. Ular ham meni koʻrgach hayron qolishdi va hech qanday shart hamda vazifalarsiz taklif qilishgan. Chunki ular oʻsha payti rasmga tushganlaridan keyin: "Bizning toʻrtovimizdan birimizga oʻxshash odam kelajakda tugʻilsa, ularni hech qanday shart va topshiriqlarsiz olinglar", deb aytib ketishgan. Hozirda men bilan birga 4 ta odam hech qanday shart va topshiriqlarsiz olingan.
Suga: Ular kimlar edi?
Y/N: Men, RM, J-Hope, In-Yeop.
Suga: Demak, sizlar qayta tugʻildingiz va yana bitta jamoa boʻldingiz?
Y/N: Ha.
Suga: Nechta oʻldirishingiz kerak boʻlgan odam qoldi?
Y/N: Adashmasam, 80 ta edi.
Suga: Buncha koʻp!
Y/N: Ba'zida oʻldirishimiz kerak boʻlgan odamlarning bir nechtasi birga boʻlishadi, bu paytda qur'adagi qasosdan emas, shunchaki oddiy oʻldirish orqali yoʻq qilamiz.
Suga: Lekin ba'zida ilovalar qayerda ochilganini koʻrsatib turadi-ku, xuddi GPS'ga oʻxshab?
Y/N kula boshladi va oʻzini bosib gapirdi:
Y/N: Biz buyogʻini ham oʻylagan holda Shimoliy Koreya politsiya mahkamasini koʻrsatadigan qilib qoʻyganmiz. U yerda qanchadan-qancha tintuv boʻldi, lekin topa olishmayapti. Shuning uchun ham bizni Shimoliy Koreyadan qidirishyapti.
Suga: Otaboriga balli sizlarga!
Y/N kulib qoʻydi.
Suga: Mayli, mayli... Shuncha gapirding, ovqat ham sovib qoldi.
Y/N: Men toʻygan edim.
Suga: Lekin hech narsa yemading-ku?
Y/N: Ishtaham yoʻq.
Suga: Mayli, unda bularni yigʻishtirib olaman.
Y/N: Men ham yordam beraman, e'tirozlar qabul qilinmaydi!
Ular birgalikda dasturxonni yigʻishtirib olishdi va idishlarni idish yuvish mashinasiga solishdi.
Suga: Uxlashga hali erta, nima qilishni xohlaysan?
Y/N: Kino koʻrishni xohlayman.
Suga: Mayli.
Ular kino uchun janr tanlashdi va birga tomosha qilishdi. Kino oxiriga yetganida Y/N Suganing yelkasiga boshini qoʻyib uxlab qoldi. Suga uni xonaga koʻtarib kirdi va oʻzi ham yoniga yotib, bagʻriga bosgancha uyquga ketdi.