He Was My Brother Then My Love 19-qism
Yn bu afsonani eshitib, xuddi bu voqealar u bilan sodir boʻlgandek tuyuldi.
Jk: Bu juda achinarli.
Jk bu afsonani eshitib, bir oz xayol surib qoldi.
Dad: Agar oʻsha sehrgarni shunchaki qoʻyib yubormasdan, uni oʻldirganida, ular tirik qolgan boʻlardi. U ayol boʻlgan voqealarni Qirolichaga yetkazgan edi. Qirolicha esa Stefan va Sarani kuzatish uchun odam yoʻlladi. Agar zidsehrni qoʻllamoqchi boʻlishsa, oʻylab oʻtirmay Sarani oʻldirishini buyurdi. Va shunday ham boʻldi.
Mom: Boʻldi, yaxshi narsalar haqida gaplashaylik.
Yn: Ha, rostdan ham. Buni men boshlab beraman. Dada, ishingiz nima boʻldi?
Dad: Koreyadagi kompaniyamni Lee Yeon oʻzlashtirib olgan. Men bu yerga kelganimda oʻz kompaniyamni ochishga qaror qildim. Bunga Jin ancha qarshilik qildi. "Ishlashingizning keragi yoʻq, oʻzim sizlarga pul yuborib turaman, oʻzingizni uruntirib qoʻymang", deb aytdi. Oʻzing ham bilasan, men boshqalardan yordam olishga oʻrganmaganman, bu menga yoqmaydi, shunga uni rad etdim. Lekin baribir qaysarlik qilib, kompaniyamni ochishga moddiy jihatdan yordam berdi.
Yn: Bu kompaniyangizda ham oldingi ishingizni olib boryapsizmi?
Dad: Bu kompaniyamning mahsulot turlarini ancha kengaytirdim. Sizlarga u yerdagi jarayonlarni ertaga koʻrsataman.
Yn: Qoyil!
•⚪•⚪•⚪•⚪•⚪•⚪•⚪•⚪•⚪•⚪•
Erta tong.
Yn uchun bu tun oxirgi 3 oydagilaridan ancha farq qilar edi. Sababi oʻsha tunlarda Yn sogʻinch, qaygʻu va gʻam bilan uyquga ketar edi. Kecha esa unday emas edi. Uning oilasi, sevgani u bilan va ular sogʻ-omon edi. Lekin 1 inson — u ham boʻlsa opasi Miyani sogʻinar edi va uning taqdiriga achinar edi. Janob Min va Min xonim allaqachon uygʻongan edi. Min xonim xizmatchilarga nonushta tayyorlatar edi. Janob Min esa "jajji qizini" uygʻotish uchun uning xonasiga kirdi. Yn miriqib uxlar edi.
Dad: Tong otdi, uygʻoningsiz, jajji malikam! Sizni buyuk ishlar kutmoqda.
Yn uygʻonib yosh bola singari gerishdi.
Yn: Hayrli tong, dadajon.
Dad: Senga ham, qizalogʻim. Turaqol, nonushta tayyor boʻlib qoldi, Jungkookni ham uygʻot.
Yn: Hoʻp.
Janob Min chiqib ketdi. Yn oʻrnidan turdi. Yuvunib chiqib, kiyimini alishtirdi. Soʻng Jungkookning xonasi tomon bordi. U ichkariga kirganida, Jungkook uxlab yotgan edi. Yn uning oldiga borib, uni biroz kuzatdi.
Yn [pov]:
Naxotki shu kelishgan va yoqimtoy yigit mening yigitim boʻlsa? Uni har koʻrganimda qaytadan sevib qolaman.
U sekin Jungkookning yuzidan oʻpdi. Shunda Jungkookning koʻzlari moshdek ochildi. U uygʻoq edi, oʻzini uyquga solib oʻtirgan edi. Yn choʻchib ketdi va ortga tisarildi.
Jk: Menga bu uygʻotish yoqib qoldi.
Yn: Qanday... oʻzini bilmaganga olib?!
Jk: Kel, kelishib olamiz. Meni har kuni shunday uygʻotasan.
Yn: Buni unuting! — deb eshik tomon yurayotgan edi.
Jk: Yoʻq, bunaqasi ketmaydi.
Jk Ynning ortidan borib, uni quchoqlab oldi.
Jk: Buni qanday qilding, bundaymi...
U sekin Ynning yanoqdan oʻpib qoʻydi. Yn gʻalati boʻlib ketdi.
Yn: Hmmm, bu menga yoqmadi.
Jk: Nega endi?
Yn: Xuddi sevishganlarga oʻxshab qolar ekanmiz va bu yaxshi emas! — deb, uning quchogʻidan chiqib, yugurib chiqib ketdi.
Jk uning ortidan: "UNDA BIZ KIMMIZ?!"
Hamma stol atrofida yigʻilib, nonushta qilishdi. Keyin Janob Min vaʼda qilganidek, ularni kompaniyani koʻrsatishga olib bordi. Jungkookga kompaniya faoliyati yoqib qoldi va shu bahonada Janob Min bilan shartnoma tuzdi. Bu ikki tomon uchun ham rosa foydali edi.
Shunday qilib, 2 hafta ham oʻtdi. Bu vaqt ichida Yn va Jungkook birga ancha joylarni aylanishdi. Va ketadigan kunlari ham keldi. Hamma aeroportga yigʻildi. Yn oyisi bilan quchoqlashib xayrlashar edi, barmogʻi bilan dadasiga "bu yerga keling" degandek chaqirdi. Janob Min ham ularning oldiga kelib, ayoli va qizini bagʻriga bosdi.
Mom: Oʻzingni ehtiyot qil.
Dad: Agar Jungkook seni hafa qilsa, menga ayt, uni oʻzim jazolayman.
Jk: Uni hafa qilib boʻlar edimi? 😄 Qoʻrmang, uni koʻz qorachigʻimdek asrayman.
Shunday qilib, ular xayrlashib ketishdi. Bugun ular Fransiyaga uchib ketishadi. Bu safar Yn qoʻrqmadi, ancha koʻnikib qolgan edi. Ular ancha gaplashib kelishdi. Yn parvoz davomida uxlab ham oldi. Bir necha soatlik parvozdan soʻng samolyot Fransiya aeroportiga qoʻndi. Aeroport tashqarisida ularni maxsus mashina kutib turar edi. Ular mashinaga minib, mehmonxonaga yoʻl olishdi.
Yn: Bu yerda qancha vaqt qolamiz?
Jk: 5 kun.
Yn: Buncha kam!
Jk: Bu kun ichida ancha joyni aylanib bilamiz, vaqt bemalol yetadi. Ishlarim ham koʻpayib ketibti.
Yn: Nima, meni ayblamoqchimisiz? Men sizni majburladimmi, boraylik deb?
Jk: Yoʻq, goʻzalim, unday emas. Men bunday gap aytmadim-ku, sen uncha desang, ham vaqt ajratib bilaman. Ayt, qancha vaqt qolmoqchisan?
Yn: Boʻldi, kerak emas.
Jk: Arazlama, azizam.
Yn: Yoʻq, arazlamadim.
Jk: Malikam, menga qara, mendan hafa olma. Aybimni yuvish uchun nima qilay, ayt?
Yn: Hechnarsa, boʻldi, buni unuting.
Jk Ynning arazlaganini 1-chi marta koʻrishi edi. Yn unga qaramay, derazadan atrofni kuzatib ketar edi.
Jk ikki xonali VIP xonani band qilib qoʻygan edi. Kelib joylashishdi. Soat 18:00 boʻlgan edi, ovqatlanish uchun yaqindagi restoranga borib ovqatlanishdi. Ancha kech boʻlib qolgan edi, ular koʻchada bir oz sayr qilishga qaror qilishdi.
Yn: Rahmat.
Jk: Nega?
Yn: Meni hayotimga kirib kelganingiz uchun, meni sevganingiz uchun. Barchasi uchun rahmat. Sizsiz bu manzaralarni guvohi boʻla olmas edim, balki bu hayotda ham boʻlmas edim. Sizni sevaman.
Yn sekin toʻxtadi, Jk uni bagʻriga bosib:
Jk: Men ham seni sevaman, malikam. Meni ilk va soʻnggi muhabbatimsan. Seni baxtli boʻlishing men uchun barchasidan eng muhimi.
Yn Jkning koʻzlariga qarab: "Rahmat".
Jk: Ana u yerda doʻkon bor ekan, biror narsa xohlaysanmi?
Yn: Hmmm, bodroq olaylik.
Jk: Hoʻp, unda sen meni shu yerda kutib tur.
Yn: Hoʻp.
Jk doʻkonga kirib ketdi. Yn atrofni kuzata boshladi. U juda xursand edi, oʻz sevgilisi bilan Parijda osmon ostida aylanib yuribti, xuddi ertakdagidek. Taxminan 10 daqiqa oʻtdi, Jk chiqmadi. Yn xavotir ola boshladi. U doʻkon tomonga yurayotgan edi, hamki ortidan kimdir uning boshiga qopqora mato kiydirib, mashinaga soldi.
Yn: Kimsizlar, meni qoʻyib yuboringlar! Mendan nima xohlaysizlar?
Nomaʼlum shaxs: Jim ket, boʻlmasa shu yerni oʻzida oʻlasan!
Yn [pov]:
Junkook, sevgilim, qayerdasiz, meni qutqaring!
Yn qayerda ketayotganini va kimning qoʻliga tushganini bilmas edi. Oradan taxminan 15 daqiqa oʻtgandan soʻng mashina toʻxtadi va boyagi odam uni mashinadan tushurib, tortib keta boshladi.
Yn: Meni qayerga olib keldingiz?
Yn hayron edi, chunki atrofda shovqin, odamlarning ovozi va sokin musiqalarning ovozi kelar edi. Boyagi odam toʻxtadi va Ynning boshiga kiyintirilgan matoni oldi. Ynning koʻzi qamashganidan koʻzlarini yumib oldi. Bir ozdan soʻng koʻzlarini ochib, oldiga qaradi. U Efil minorasi oldida turar edi. Qarshisida qizil gilam yozilgan. Yoʻlak atrofi qip-qizil gullar bilan bezatilgan edi. Yoʻlak oxirida bir kelishgan yigit qoʻlida bir dasta atirgullar bilan Ynni mayin jilmayib kutib turar edi. U yigit shunchalar chiroyli ediki, odam undan koʻz uzgisi kelmas edi. Yn bu manzarani koʻrib, koʻzidan yosh oqa boshladi. Yn sekin yoʻlak boʻylab yura boshladi. Oradagi masofa qisqarib borar ekan, ikki tomonning ham qalbida ajoyib xislar toʻlib tosha boshladi. Ular bu ajoyib xislar tufayli hatto atrofda toʻlangan odamlarni ham sezishmadi. Yn xajajondan yigʻlay der edi, axir bu kelishgan yigit uning sevgilisi Jungkook edida!
Yn Jungkookning qarshisiga kelib toʻxtadi.
Jk: Meni kechir, men seni qoʻrqitmoqchi emasdim, shunchaki bu kun esda qolarli, emotsiyaga boy boʻlishini xohladim.
Yn: .....
Jk: Bir qiz menga Parij sevishganlar shahri ekanini va bu shahar unga juda yoqishini, men bilan bu yerga birga kelishni juda xohlashini aytgan edi... Shunday ekan...
Jk choʻntagidan ixcham va juda bejirim qutichani olib, tizzasiga choʻkkaladi va qutini ochdi.
Jk: Men bu ajoyib shaharda seni qoʻlingni soʻrashga qaror qildim. Yn azizam, umringning oxirigacha men bilan, mening sevimli insonim boʻlib yashashga rozimisan?
U juda xayajonlanar edi, buni qoʻllarini kaltirashidan bilib olsa boʻlar edi. Yn hechnarsa deya olmay, koʻz yosh toʻkar edi xolos.
Soʻng:
Yn: Roziman! — dedi va qoʻlini tutdi.
Junkook bu javobni kutgan edi va uzukni olib, Ynning qoʻliga taqdi. Bu oddiy uzuk emas, bu uzuk koʻzi brilliantdan yasalgan "Darry" uzugi edi.
Yn uzukga biroz qarab turdi va Jungkookni quchoqlab oldi. Jungkook ham uni sekin quchdi. Soʻng ikkisi ham bir-biriga termulib qolishdi. Goʻyoki bu yerda tillar emas, koʻzlar soʻzlashar, bir-biriga sevgisini isxor qilar edi. Shunda Jungkook sekin Ynning yuziga yaqinlashib, undan ilk boʻpsasini ola boshladi. Yn ham bu boʻsani javobsiz qoldirmadi. Ikkisi uchun ham vaqt toʻxtatib qolgandek edi. Bu boʻsa mexr, muhabbat va samimiyatga toʻla edi. Bir ozdan soʻng ular boʻsani tugatishdi. Yn Jungkookning yuzlar qopzlariga birin ketin qarar edi. Jungkook uni yana bagʻriga bosib:
Jk: Seni albatta baxtli qilaman.
Yn: Ishonaman.