September 8

ILK MUHABBAT 14-qism

Woo Nina dan boʻsa ola boshladi Jk oʻsha joyida qotib qoldi ortiq bunga chiday olmadi va orqasiga qaramay ketib qoldi Woo Jk ni ketganini sezdi va boʻsani uzdi Nina tezda qoʻlli bilan ogʻzini yopdi
Nina:bu...bu nima qilganing?
Woo:Jk kelayotgan edi shunga boʻsa oldim uzur soʻrayman
Nina jim qoldi va qoʻllarini ogʻzidan oldi
Woo:uning koʻziga biz endi rostan ham sevishganlarga oʻxshab koʻrindik bunday buyogʻiga ham shunaqa qilib turamiz u sendan uzoqlashmagunicha
Nina boshini silkidi
Woo:endi uyga yuraqol
Nina va Woo uylariga ketishdi uyga kelgach Woo narsalarini yigʻa boshladi
Nina:qayergadir ketmoqchimisan?
Woo:shunaqaqor bugun yangi uy topdim oʻsha yerga koʻchaman
Nina hech nima demadi oradan yarim soat oʻtdi
Woo:men boldim endi ketaman
Nina:mayli ertagacha koʻrishguncha
Woo uydan chiqib ketdi va oʻz uyiga ketdi Nina esa nima qilishni bilmas edi oʻzi uchun biroz ovqat pishirdi va yeb boʻlgach darslarni qila boshladi


Lilyga oʻsha universitet tomonidan bitta uy ajratilgan edi. Oʻsha uyda noutbukida qandaydir elektron hujjatlarni koʻzdan kechirib oʻtirar edi, koʻzida esa oddiy nurlardan himoya qiluvchi koʻzoynak bor edi. Birdan unga qoʻngʻiroq boʻldi, bu Nina edi, u videoqoʻngʻiroq qilayotgan edi. Lily tezda koʻtardi.
Lily: nima boʻldi, nega videoqoʻngʻiroq qilyapsan?
Nina: zerikdim... sen yaxshi yetib oldingmi?
Lily: ha, yetib keldim... Woo qayerda?
Nina: u yangi uy olibdi, oʻsha yerga ketdi.
Lily: ha, mayli.
Orada sukut choʻkdi.
Nina: Lily, senga bir gapni aytmasam portlab ketaman.
Lily: xoʻsh, nima ekan, ayt-chi?
Nina: xullas, biz kinoteatrga borgan kunimiz esingdami?
Lily: ha.
Nina: oʻsha kuni JK bilan biz kinoni koʻrib boʻlgach, aylanishga chiqdik va uy atrofini aylanayotgan edik. Bitta qiz koʻp vaqt boʻldi kelmayotganini aytdi, u oyogʻida zoʻrgʻa turar edi. Keyin JKga tarsaki tushirib ketib qoldim va bugun Wooga aytdim va undan yigitim boʻlib berishini koʻndirdim, u esa rozi boʻldi. Barcha darslardan chiqqach, eshik oldida turgan edik, Woo birdan...
Nina jim qoldi.
Lily: nima boʻldi? Gapir.
Nina: u mendan boʻsa oldi, aytishicha, JK kelayotgan ekan.
Lily: nima, boʻsa oldi? Yo Xudoyim, bu oshib tushibdi-ku.
Nina: oʻshani aytaman-da.
Lily: lekin agarda JK ham koʻrgan boʻlsa, Woo boplabdi... endi mening navbatim.
Nina: nima?
Lily: menda ham senikiga oʻxshash voqea boʻldi.
Nina: ayt-chi.
Lily: xullas, sen mening uyimga koʻchib kelgan kuning kechasi men eshik oldida turgan edim, esingdami?
Nina biroz oʻylandi.
Nina: ha, ha, esladim.
Lily: oʻsha kuni meni koʻrmasingdan oldin eshik jiringladi, eshikni ochgan edim, oyoqda zoʻrgʻa turgan Teoni koʻrdim va u sevgi izhor qildi va mendan boʻsa oldi. Men esa tarsaki tushirib, eshikni yopdim.
Nina: nima, boʻsa oldi?
Lily: ha.
Nina: nima, yigitlar boʻsa olishni juda yoqtirishadimi?
Lily unga kulib qaradi, Nina ham unga qaradi va kulib yubordi.
Lily: lekin bular bizni jinni qilishadi.
Nina: haaa.
Ikkalasi ham yolgʻondakam yigʻlay boshlashdi.


Erta tong.
Nina universitetga bordi, Woo uni kutar edi.
Woo: yaxshi dam oldingmi?
Nina: ha, oʻzing yaxshi dam oldingmi?
Woo: ha... qani, sinfga yura qol.
JK ularni chekkada kuzatib turar edi.


Lily ham kech qolmaslik uchun erta uygʻondi va oʻsha universitetga bordi. Unga oʻxshagan juda koʻp talabalar bitta zalda turishar edilar va hamma yigʻilganiga amin boʻlishgach, zalning oʻrtasiga universitet direktori chiqdi.
DK: hammangizni bu yerda koʻrib turganimdan xursandman, sizlar nega bu yerda ekaningizni bilasizlar va bu ishni yolgʻiz oʻzingiz qilmaysizlar, yana bitta hamrohingiz bilan qilasizlar. Buni esa qur'a tashlash orqali aniqlaymiz, har biringiz qutining ichidan bitta kichik qogʻoz olasizlar, buning ichida raqamlar yozilgan va bitta raqamdan ikkita bor, masalan, 3 raqami boʻlsa, undan 2 ta bor va shu yoʻl bilan aniqlaysizlar, qani, hamma olishni boshlasin.
Barchasi sahna markaziga borishdi, oʻsha qogʻozlardan olishdi va hammasi oʻz sherigini topishga kirishishdi, hammasi bir-biridan qaysi raqam ekanini soʻrashar edilar. Lily esa bir chekkada ularni kuzatar edi va bitta yigit uning yoniga keldi.
Yigit: mabodo raqaming 4 emasmi?
Lily qogʻozni koʻrsatdi, unda 4 deb yozilgan edi.
Lily: ha, 4.
Oʻsha yigit ham qogʻozini koʻrsatdi.
Yigit: meniki ham 4.
Lily: demak, bir jamoamiz.
Yigit: ha.
Lily: isming nima?
Jimin: Jimin, Park Jimin.
Lily: meniki Kim Lily.
Jimin: tanishganimdan xursandman.
Lily: men ham.
DK: menimcha, hamma oʻz hamrohini topdi, endi esa sizlarga universitetimiz ustozlarining darslari beriladi, sizlarning yoningizga borgan ustozning darslari sizlarga beriladi.
Har bitta jamoa boʻlib olgan talabalarning yoniga bittadan ustoz bordi, Lily va Jiminning yoniga ham bitta ustoz keldi.
Yoongi: salom, bolalar, mening ismim Min Yoongi.
Lily: salom, ustoz, mening ismim Kim Lily.
Jimin: meniki esa Park Jimin.
Yoongi: tanishganimdan xursandman.
Lily: biz ham.
Yoongi: qani, yuringlar, sizlarga qaysi xonada dars oʻtishingizni koʻrsataman.
Lily va Jimin ning ortidan ergashdi, bitta xona oldiga kelib toʻxtashdi, u yerda "Rassomchilik xonasi" deb yozilgan edi. Lily bundan xursand boʻldi, rasm chizishni juda yaxshi koʻrardi, shuning uchun ham dizaynerlik boʻyicha oʻqir edi. Lily Yoongiga qarab pichirladi:
Lily: ustoz Yoongi, siz rassommisiz?
Yoongi: ha, — u biroz kuldi.
Lily: men ham oʻz universitetimda dizaynerlik fakultetida oʻqiyman.
Jimin: men esa rasm fakultetida oʻqiyman.
Yoongi: bu sizlarga asqotadi, chunki 1 oy davomida bu yerda dars oʻtasizlar, shu xonada. Bu yerga qaysi sinf talabalari kirsa, oʻshalarga rasmdan dars oʻtasizlar.
Lily va Jimin bosh chayqashdi va sinfga kirishdi. Sinfxonadagi hamma jim qoldi, u yerda muhit oʻzgacha edi, talabalar oldida rasm chizish uchun narsalar bor edi va ustilariga boʻyoq tegmasligi uchun fartuk taqib olishgan edi.
Yoongi: hammaga xayrli tong, bolalar, sizlarga aytganimizdek, boshqa universitet talabalari keldi, endi ular dars oʻtishadilar, men esa yoʻq, endi ularning aytganini qilinglar.
Barchasi "xoʻp" deb aytishdi. Yoongi esa sinfdan chiqib ketdi, barcha qizlar Jiminga va barcha yigitlar Lilyga tikilar edi. Lily esa bundan xijolat boʻldi va Jiminga pichirladi:
Lily: menimcha, barcha qizlar seni yoqtirib qolishdi.
Jimin: shunaqa shekilli, lekin barcha yigitlar seni yoqtirib qolishdi.
Lily: men bundan oʻzimni noqulay his qilyapman, ularni chalgʻitaylik.
Jimin: qani, nega hammangiz tikilib qoldingiz, rasm chizishga tayyormisizlar?
Ularning barchasi bosh chayqashdi.
Lily: tayyor boʻlsangiz... hmm, bugun... sen.
Lily bitta qizni koʻrsatdi, u sinfdagi eng chiroyli qiz edi.
Qiz: menmi?
Lily: ha, sen, bu yerga kel.
U qiz Lilyning yoniga bordi, Lily unga stol berdi, u oʻsha yerga oʻtirdi.
Lily: bugun shu qizning rasmini chizasizlar, qani, boshladik.
Barchasi rasm chizishni boshladi, oʻsha qiz nimagadir xursand boʻlib ketdi, balki uning rasmini chizishayotgani uchundir. Lily va Jimin barchaning rasm chizishini kuzatar edilar, u qiz esa juda chiroyli boʻlib oʻtirgan edi. Jimin va Lily ularni kuzatib boʻlgach, chetga oʻtishdi.

Jimin: biz hali ham yaxshi tanishib olmadik, qayerdansan, men Seuldanman.
Lily: men ham Seuldanman.
Jimin: yoshim 23 da.
Lily: meniki ham.
Jimin: 3 kundan keyin tugʻilgan kunim.
Lily: mening ham.
Jimin unga qaradi.
Jimin: biz mabodo yoʻqolib qolgan egizaklar emasmizmi?
Lily: menimcha, yoʻq.
Jimin: nega?
Lily: men Koreyada tugʻilmaganman, oyim va dadamning ishi har xil davlatlarda boʻladi. Mening yoshligim davlatlararo oʻtgan, endi doʻst orttirdim deganimda ketar edik, lekin har ta'tilda buvimlarnikida, Seulda qolardim. 18 yoshga toʻlgach, bu yerda qoldim, oyim va dadam har xil davlatlarda boʻlishadi.
Jimin: sen qayerda tugʻilgansan?
Lily: Yangi Zelandiyada.
Jimin: menga u yer juda yoqadi.
Lily: ha, u yer juda chiroyli.
Jimin: toʻgʻri, men Koreyada tugʻilganman, lekin mening ham yoshligim davlatlararo yurish bilan oʻtgan.
Lily: demak, oʻtmishimiz bir xil.
Jimin: ha.
Birdan Jiminga qoʻngʻiroq boʻldi, Jimin ekranga qaradi, bu sevgan qizi edi, u biroz pichirladi:
Jimin: sevgan qizim qoʻngʻiroq qilyapti, hozir kelaman.
Lily sekin kuldi.
Lily: mayli, mayli, bora qol, uni kuttirib qoʻyma.
Jimin xonadan chiqib ketdi, Lily esa yana rasmlarni tekshira boshladi.


Barcha darslar tugadi, Jimin va Lily universitetdan birga chiqishdi.
Jimin: senga berilgan uy qayerda?
Lily: ana u binolar bor-ku...
Lily roʻparasidagi koʻp qavatli binoni koʻrsatdi.
Jimin: ha.
Lily: oʻsha binoda.
Jimin: meniki ham oʻsha yerda, 8-qavatda turaman.
Lily: men 10-qavatda turaman.
Jimin: mayli, yura qol.
Ular birgalikda uylariga ketishdi.


Nina va Woo barcha darslardan chiqishdi, Nina butun kun boʻyi JKga e'tibor bermadi. Woo va Nina uylariga ketishdi.
Kechki soat 20:30 lar atrofi eshik jiringladi, Nina borib eshikni ochdi, u yerda Teo turar edi.


Sizlar Jiwoo boʻldi.