Iblisning sevgisi 10-qism
Tg:By Yoongina [Elizabetta]
Yt:Yoongina [Elizabetta]
Snap:Min Yoongina [Fanficer]
Oradan bir necha soat oʻtdi, soat esa 17:00 ni koʻrsatardi. Y/N bugun tashkilotchilar kelishi esiga tushib, shifoxonadan chiqdi va uyiga bordi. Mehmonxonada tashkilotchilar oʻtirishardi. Y/N ularning yoniga oʻtirdi:
Y/N: Kechikkan boʻlsam, uzr soʻrayman.
Tashkilotchi: Yoʻq, biz ertaroq kelgan edik. Bu yerdan chiqib boshqa yerga ham borishimiz kerak, shunga vaqtliroq kelaverdik.
Y/N: Ha, mayli, unda tezroq tashkillashtiraylik.
Ular ertangi bazm uchun uyni qanday bezash haqida tezda kelishib olishdi. Havo issiq boʻlgani tufayli bazm tashqarida boʻlishiga qaror qilishdi. Oradan taxminan 1 soat oʻtdi.
Tashkilotchi: Unda ertaga ishchilar kelishadi va rejalashtirgandek qilib ketishadi.
Y/N: Mayli, rahmat!
Ular ketishdi. Y/N esa bir nechta yaqinlariga elektron taklifnoma yubordi. Kaiga ayoli bilan kelishini tayinladi, Jin va boshqalarga ham barchasi kelishini aytdi.
Erta tong. Y/N ishxonasiga ketdi va tushlik vaqtida qaytib keldi. Ishchilar kelib, oʻz ishlarini boshlab yuborishgan edi. Y/N avval atrofni bezayotgan odamlarni tekshirdi, undan keyin oshxonaga kirib oshpazlarni koʻzdan kechirdi. Lee xonim va uning nabirasi Su-yeon ularni nazorat qilishayotgan edi.
Y/N: Su-yeon!
Su-yeon uning yoniga keldi.
Su-yeon: Eshitaman, nima boʻldi?
Y/N: Hech narsa, shunchaki bir narsani soʻramoqchiman: buving bilan kiyim xarid qilib keldingizmi?
Su-yeon: Ha!
Y/N: Bundan xursandman. Mayli, boraqol.
Su-yeon: Hammasi uchun rahmat, seni yaxshi koʻraman!
Su-yeon Y/N ni quchdi, Y/N ham unga javoban quchoqladi.
Kechki payt. Hamma mehmonlar yetib kelishgan, Y/N hammaning yoniga borib salomlashib chiqayotgan edi. Y/N sekinlik bilan Jin va boshqalarning yoniga bordi:
Y/N: Salom!
Ular ham javoban salom berishdi.
Y/N: Sizlarni qayerdadir koʻrgandekman... Oldin uchrashmaganmizmi?
Lisa: Uchrashganmiz.
Y/N eslashga harakat qildi va hammasi yodiga tushdi:
Y/N: Haa, esladim! Men Y/N man.
Lisa: Men Lalisa Manobal-ular qoʻl siqishishdi
Rosé: Men Park Rose-ular qoʻl siqishishdi
Jisoo: Men Kim Jisoo-U ham qoʻl siqishdi
Jennie: Jennie Kim boʻlaman.
Y/N: Tanishganimdan xursandman!- u bilan ham qoʻl siqishdi-Kelganingizdan juda xursand boʻldim. Oʻzi koʻp odam chaqirmagan edim, lekin sizlarni koʻrib quvondim.
RM: Chaqirganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.
Y/N sekin kuldi.
Felix: Y/N!
Y/N orqasiga qaradi:
Y/N: Hozir, 1 daqiqa... — U yana mehmonlarga qaradi: — Ma'zur tutasizlar, ketishim kerak.
Jin: Bemalol.
Y/N kulib ketdi va Felixning yoniga bordi:
Y/N: Nima boʻldi?
Felix: Kainiy taklif qilganmiding?
Y/N: Ha, taklif qilgan edim. "Ayoling bilan kel", degan edim, kelishi kerak edi.
Felix: Menimcha hamma kelib boʻldi, u kelmadida.
Y/N: Bilmasam... Ha, yana dadang keladimi ekan, ya'ni amakim?
Felix: Ha, "kelaman" degan edi.
Kai: Men keldim!
Y/N: Hozirgina sekin aytib turgan edik!
Y/N kuldi va uni quchdi. Jin esa koʻzini uzmay ularga qarab turardi. Y/N Kainiyning quchogʻidan chiqdi:
Y/N: Xotining qani?
Kai: U hozir eng ogʻir 9-oyda, shunga "bora olmayman" deb aytdi.
Y/N: Mayli, oʻzini koʻp qiynamasin.
Bohyun: Men keldim!
Y/N orqasiga qarab ketdi va quvonib amakisini quchdi. U Felixning dadasi edi.
Y/N: Yaxshi keldingizmi? — Y/N uning quchogʻidan chiqdi.
Bohyun: Ha, yaxshi keldim. Tugʻilgan kuning bilan tabriklayman!
Y/N: Katta rahmat! Va yana meni mafiya olamiga olib kirganingiz uchun ham rahmat.
Bohyun kuldi. Birdan sahna markazida Su-yeonning ovozi eshitildi. U qoʻlida mikrofon bilan gapirardi:
Su-yeon: Hammaga salom! Mening ismim Su-yeon, Y/N ning dugonasi boʻlaman. Bugun Y/N ga sovgʻam bor, buni buvim bilan tayyorladik.
Felix: Su-yeon u yerda nima qilyapti?
Y/N: "Sovgʻa beraman" deyapti-ku, bilmayman.
Y/N yelkasini qisdi. Hamma Su-yeonga qarardi. U noutbukida bir narsalarni koʻrishni boshladi va noutbukni katta ekranga uladi. Hamma hayron qarab turardi. Birdan katta ekranda Y/N ning otasi va onasi paydo boʻldi. Y/N bu video ekanini koʻrib hayron qoldi.
Su-yeon: Y/N, tayyormisan?
Y/N chuqur nafas oldi va boshini silkidi. Su-yeon buni koʻrib kuldi va videoni qoʻydi. Video boshlandi:
Videoda:
Y/N ning otasi: Lee xonim, videoni olishni boshladingizmi?
Lee xonim: Ha, janob, boshlashingiz mumkin.
Y/N ning otasi: Salom, qizim!
Y/N ning onasi: Salom, qizalogʻim!
Y/N ning otasi: Qizaloq, bu videoni koʻrayotgan ekansan, demak biz sening yoningda emasmiz...
Y/N ning onasi biroz kattalashgan qornini silab oʻtirardi va narigi qoʻli bilan erining yelkasini siladi.
Y/N ning onasi: Qizalogʻim, biz sening qiz ekaningni yaqinda bildik, bundan juda xursandmiz. Umid qilamanki, sen juda baxtli qizsan va biz faxrlanadigan qiz boʻlib ulgʻaygansan.
Y/N ning otasi: Qizaloq, biz yoʻq paytimizda Lee xonim senga yaxshi gʻamxoʻrlik qiladi degan umiddamiz.
Lee xonim: Albatta yaxshi gʻamxoʻrlik qilamanda!
Bu gapdan Y/N ning ota-onasi kulib yuborishdi.
Y/N ning otasi: Qizalogʻim, seni juda yaxshi koʻramiz!
Y/N ning onasi: Men seni dadangdan ham koʻproq yaxshi koʻraman!
Y/N ning onasi havoda oʻpich yubordi. Y/N buni yigʻlab koʻrardi. Onasi unga havodan oʻpich yuborganini koʻrib, u ham javoban oʻpich yubordi va yigʻlab ichkariga kirib ketdi. U kirishi bilan video ham tugagan edi. Felix tezda uning ortidan kirdi, Su-yeon ham sahnadan tushib ichkariga oshiqdi. Jin bir chekkada ekranga qarab turardi va Y/N ning ota-onasini qayerda koʻrganini eslashga harakat qilardi, chunki ularni ilgarilari uchratgandek tuyulayotgandi.
Felix: Nima boʻldi, Y/N?
Y/N: Bil... bilmayman. Birdan buni koʻrib oʻzimni tuta olmadim. Ular xuddi bilgandek video olishgan...
Felix: Mayli, yigʻlama.
Felix uni bagʻriga bosdi.
Su-yeon: Y/N, goʻzalim, seni xafa qilgan boʻlsam uzr soʻrayman!
Felix uni quchogʻidan chiqardi.
Y/N: Yoʻq... yoʻq, xafa qilmading! Bundan xursandman, ota-onamning birga turishganini koʻrib juda xursand boʻldim. Senga rahmat!
Su-yeon uni bagʻriga bosdi va birozdan soʻng quchogʻidan chiqardi.
Y/N: Sizlarga katta rahmat, shu kungacha yonimda boʻlganingiz uchun!
(Felix, Y/N va Su-yeon maktab vaqtida tanishishgan edi. Y/N va Su-yeon 15 yoshidan beri dugona boʻlishgan, Felix bilan esa otasi vafot etganidan keyin, 18 yoshida doʻstlashishgan).
Felix: Biz eng yaqin doʻstlarmiz, demak bir-birimizning yonimizda boʻlishimiz kerak!
Su-yeon: Toʻgʻri!
Ular aylana boʻlib turishardi. Y/N qoʻlini musht qilib oʻrtaga uzatdi. Felix kulib, oʻz qoʻlini uning mushtiga tekkizdi. Su-yeon ham javoban ularning qoʻllariga oʻz mushtini tekkizdi.
Y/N: Olgʻa unda, mening qadrdonlarim!
Y/N kuldi. Ular 3 gacha sanashdi va qoʻllarini tepaga koʻtarib, keyin yoyishdi.
Felix: Qani, kettik!
Ular birga tashqariga chiqishdi. Birdan juftliklar raqsga tushishi uchun qoʻshiq boshlandi. Y/N yana boshqalar bilan suhbatlashish uchun ketdi. Felix va Su-yeon yolgʻiz qolishdi.
Su-yeon: Qara, anavi yerda Y/N ning iblischasi ham kelgan.
Felix: Ha, koʻrdim.
Su-yeon: Balki ularning birga boʻlishiga yordam berarmiz?
Felix: Buning nima keragi bor? Axir ular baribir ham birga boʻlishadi-ku.
Su-yeon: Hazillashyapsanmi? Y/N undan uzoqlashishga urunyapti, u bilan birga boʻlishni xohlamayapti.
Felix: Nega?
Su-yeon: Oila qurishga tayyor emas emish, shunaqa gaplar...
Felix: Qani, yurchi, sen aytgandek qilaylik.
Ikkalasi ham yigitlarning yoniga borishdi. U yerda faqat Suga, RM va Jin turishardi.
Felix: Salom, yigitlar!
RM: Salom!
Jin: Salom!
Suga: Salom!
Felix: Meni tanidingiz degan umiddaman.
Suga: Ha, tanidik. Y/N xonimning eng ishongan odamlaridan birisiz.
Felix kuldi:
Felix: Ha, eng ishongan odamlaridan biriman. Shuning uchun ham sizlar aslida kim ekanligingizni bilaman.
RM: Nima?
Felix: Sizlar iblissizlar, bundan xabarim bor.
Jin: Xoʻsh, nima qilibdi buni bilsangiz?
Felix: Sen nega qarab turibsan? Y/N ni sevasan, nega uni raqsga taklif qilmayapsan?
RM: Ha, rostdan ham, nega taklif qilmayapsan?
Jin: Mutlaqo esimdan chiqibdi!
Su-yeon: Qani, boraqol, yigitcha!
Jin ketdi va Y/N ning yoniga bordi. Su-yeon va Felix chekkaga oʻtishdi.
Jin: Y/N, men bilan raqsga tushishni xohlaysanmi?
Jin qoʻlini uzatdi. Y/N buni kutmagan edi, nima qilishni bilmay qoldi va Su-yeonga qaradi. Su-yeon ham "raqsga tushinglar" deb ishora qildi. Y/N buni koʻrib, chuqur nafas oldi va uning qoʻlini ushladi. Ular sahnaga chiqishdi. Jin bir qoʻlini uning beliga oʻtkazib oldi, narigi qoʻli bilan uning qoʻlini ushladi. Y/N ning ikkinchi qoʻli esa Jinning boʻynida edi. Y/N butkul hayajon ichida qoldi. Yuragi shu darajada qattiq urardiki, hattoki Jin ga ham eshitilardi. Y/N bundan uyala boshladi.
Jennie: Hey, qara, qara! Akam va Y/N raqsga tushishyapti!
Teo: Juda chiroyli raqsga tushishyapti.
Jennie: Ha!
Su-yeon va Felix chekkada Y/N ni kuzatib turishganda, birdan Suga ularning yoniga keldi:
Suga: Balki raqsga tusharmiz, goʻzal xonim? — Suga Su-yeonga qoʻlini choʻzdi.
Su-yeon hayron qoldi:
Su-yeon: Menmi?
Felix: Har holda men emasdirman!
Su-yeon Felixga qaradi. Felix uni "boraqol" deb turtdi. Su-yeon sekin Suganing qoʻlini ushladi, ular sahnaga chiqishdi. Suga ikkala qoʻlini ham Su-yeonning beliga oʻtkazib oldi, Su-yeon esa qoʻllarini Suganing boʻyniga tashladi va raqsga tushishni boshlashdi.
Su-yeon: Nega meni raqsga taklif qildingiz?
Suga: Shunchaki.
Su-yeon: Shunchaki? — Su-yeon kuldi.
Suga: Ismingiz nima, goʻzal xonim?
Su-yeon: Hali ismimni bilmay turib raqsga taklif qildingizmi?
Suga: Tanishish uchun raqsga taklif qildim.
Su-yeon: Unda oldin oʻzingizni tanishtiring.
Suga: Ismim Min Yoongi, yoshim 25 da. Qisqacha Suga deyishadi. Endi sizga navbat, xonim.
Su-yeon: Tasodifni qarangki, men ham 25 yoshdaman. Ismim Lee Su-yeon, Su-yeon deyishingiz mumkin.
Suga: Tanishganimdan xursandman!
Su-yeon: Men ham.
Suga: Balki uyingizga kuzatib qoʻyarman?
Su-yeon: Mayli, lekin mana shu eshikdan kirgizib ketar ekansiz-da.
Suga: Bu nima degani?
Su-yeon: Bu "men shu yerda yashayman" degani.
Suga: Rostdanmi?
Su-yeon: Ha. Menimcha boya videoni koʻrdingiz, oʻshanda Y/N ning otasi "Lee xonim" dedi.
Suga: Ha, buning nima aloqasi bor?
Su-yeon: Oʻsha Lee xonim Y/N ning enagasi edi va hozir eng yaqin insoni. Lee xonim esa mening buvim. Biz u bilan shu yerda yashaymiz, Y/N bizning boshqa yerga koʻchishimizga yoʻl qoʻymagan.
Suga: Haa... Hozir biror joyda ishlaysizmi, xonim?
Su-yeon: Bu uyda Y/N ning yordamchisiman, ya'ni xizmatchilarga ish buyurib, ularni nazorat qilaman. Boʻsh vaqtimda esa rasm chizib turaman.
Suga: Demak, rassomsiz?
Su-yeon: Shunaqaroq...
Bazm tugadi, hamma uyiga tarqaldi. Jin uyga kelishi bilan kostyumini mehmonxonadagi divanga tashladi.
Jisoo: Aka, shu darajada bazmda ham, uyda ham nimani oʻylayapsiz?
Jin: Sizlarga mobodo Y/N ning ota-onasi tanish tuyulmadimi?
Jennie: Menga tuyuldi.
Suga: Menga emas.
Boshqalar ham inkor qilishdi.
Jin: Ularni qayerdadir koʻrgan boʻlishimiz mumkin, Jennie...
Jennie: Men ham eslay olmadim.
Jin hayron boʻldi.
Jin: Mayli, men dam olaman.
Hammasi teleportatsiya qilib, xonalarida paydo boʻlishdi va uxlashga yotishdi.