From Friend to Foe, From Foe to Love 8-qism
Y/N: Bugun bir narsaga amin boʻldik: hech qaysi biringiz bir-biringizning ayolingizni oʻldirmagansiz. Hozirgi shubha ostidagi shaxs esa — Kim Bong-chul!
Hyung-woo: Bu toʻgʻri...
Jae-hyung: Qani, qizim, uyga ketdik.
Y/N: Mayli, dada.
Ular oʻrinlaridan turib ketib qolishdi.
Hyung-woo: Biz ham ketdik, oʻgʻlim.
Ular ham uylariga ketishdi.
Oradan 1 hafta oʻtdi. Y/N universitet oldida turgan edi. Birdan In-yeopning mashinasi keldi, u mashinadan tushib eshikni ochib berdi.
In-yeop: Marhamat, xonim.
Y/N uning nega kelganini tushundi-da, kulib mashinaga oʻtirdi. In-yeop ham tezda rulga oʻtdi.
In-yeop: Mana bu yerda siz soʻragan narsalar.
Y/N: Hozir "sizlash" shart emas!
In-yeop boshini silkidi. Y/N sekin In-yeop bergan hujjatlarni koʻzdan kechirdi.
Y/N: Toʻxta, bu oʻqlar faqat bitta odam uchun maxsus tayyorlanadigan oʻqlar-ku?!
In-yeop: Ha.
Y/N: Ular 18 yil oldin kimga tegishli boʻlgan?
In-yeop: 18 yil oldin ham, hozir ham bitta odamga tegishli. Bu — Kim Bong-chul!
Y/N: La'nati...
In-yeop: Nima boʻldi?
Y/N: Bu ablah sen tushunganingdek onamni va Jiminning onasini oʻldirgan!
In-yeop: Ha... Yana narigi tomonida rasm bor, bular qotillik boʻlgan joydan topilgan. Lekin buni dalil deb olishmagan.
Y/N narigi betni ochdi, unda qandaydir tumorning rasmi turardi.
Y/N: Toʻxta, bu men oʻylagan narsami?
In-yeop: Ha, sen oʻylagan narsa. Mafiyalar qotillik qilgan joyiga mafiyalar yigʻini tomonidan berilgan tumorlarni tashlab ketishadi.
Y/N: Agarda tashlab ketilmasa, ular mafiyalikdan yoʻq qilinadi. Buni faqat mafiyalar biladi, politsiya emas. Chunki mafiyalar buni kim qilganini bilishlari uchun...
In-yeop: Va bu tumor mafiya Kim Bong-chulga tegishli. Men dalillarni yigʻib boʻlgach, birma-bir tekshirib chiqdim, hammasi Kim Bong-chulga olib boryapti.
Y/N: Demak, qotil u, shundaymi?
In-yeop: Ha.
Y/N: U hozir qayerda?
In-yeop: Kompaniyasida.
Y/N: Oʻsha yerga ketdik!
Ular uning kompaniyasiga borishdi va kompaniyadan chiqishini kutishdi.
In-yeop: Chiqdi!
Y/N: Uning oldiga boramiz. Mashinani uning oldida bir soniya toʻxtatasan, "yur" deganimdan keyin haydaysan.
In-yeop: Mayli.
Ular Kim Bong-chulning oldiga borishdi. Mashina oynasi biroz ochilib, bitta kichik qogʻoz tashlandi. Qogʻoz yerga tushgach, Y/N qoʻlini chiqarib, pistoletdek qildi va oʻq otgan taqlidni qildi.
Y/N: Hayda!
In-yeop tezda mashinani haydab ketdi. Kim Bong-chul bundan hayron qoldi. U mashinadagining yuzini koʻra olmadi, chunki oynalar qoraytirilgan edi, lekin bir narsaga amin boʻldi — u qiz bola edi, buni uning qoʻllaridan sezdi.
Qoʻriqchi: Janob, uni tutaylikmi?
Bong-chul: Yoʻq...
Kim Bong-chul egilib, qogʻozni olib oʻqidi:
"Hammasi uchun hali javob beradigan vaqting keladi, Kim Bong-chul!"
Kim Bong-chul bundan hayron boʻlib qoldi.
Y/N barcha hujjatlarni sumkasiga soldi va mashinadan tushdi.
Y/N: Mashinaning raqamini yoʻq qil! Hattoki qayerdan boʻlsa ham topa olishmasin.
In-yeop: Xoʻp.
Y/N: Ha, yana buni ham dadamga aytma.
In-yeop: Mayli.
Y/N: Xayr.
Y/N uyiga kirib ketdi.
Y/N: Xayrli kech, dadajonim! — Y/N dadasining yoniga borib, yuzidan oʻpdi.
Jae-hyung: Senga ham xayrli kech, qizim. Kelaqol, seni kutayotgan edim, kechki ovqat qilamiz.
Y/N: Mayli.
Y/N dasturxon atrofiga oʻtirdi va bir qoshiq ovqatdan yedi.
Y/N: Mmm, juda mazali chiqibdi!
Y/N oʻrnidan turdi va ularni kuzatib turgan oshpaz ayolning yoniga borib, uning yuzidan oʻpdi:
Y/N: Juda mazali chiqibdi, qoʻlingiz dard koʻrmasin!
Oshpaz: Yoqqanidan xursandman.
Y/N joyiga oʻtirdi. Otasi esa bundan hayron qoldi.
Jae-hyung: Sizlar ham ovqatlanib olsangiz boʻladi, borishingiz mumkin.
Oshpaz: Rahmat, janob.
Ayol ketdi.
Jae-hyung: Qizim, bugun negadir boshqachamisan?
Y/N: Yoʻq, bu mening odatiy holim-ku.
Jae-hyung: Menga oʻzgargandek tuyulding.
Y/N: Yoʻq, menimcha sizga shunaqa tuyuldi shekilli... Mayli, men yeb boʻldim, xonamga ketdim.
Jae-hyung: Hali hech narsa yemading-ku?
Y/N: Toʻqman.
Y/N oʻrnidan turdi va sumkasini olib, zina yoniga yaqinlashganida otasi gapirdi. Y/N toʻxtadi.
Jae-hyung: Ertaga dam olish kuning, rejalaring yoʻqmi?
Y/N: Tushlikdan keyin vaqtim bor.
Jae-hyung: Ertaga onangning tugʻilgan kuni, uning yoniga boramiz.
Y/N: Esimda, men ham shuni aytmoqchi edim.
Jae-hyung: Mayli, xonangga boraver. Ertaga tezroq ishlaringni hal qil.
Y/N: Tezroq hal qilishga harakat qilaman, — deya Y/N zinadan chiqib ketdi.
Y/N tepaga chiqib ketdi. Xonasida Kim Bong-chulning har xil ayollar bilan tushgan va har xil joylarga borgan rasmlari bor edi. Bu rasmlarning hammasi 1 hafta davomida yigʻilgan edi. Bu xonaga oʻzidan boshqa hech kim kirmas edi, otasi uning xonasiga qadam ham bosmagandi. Oʻtgan 10 yil davomida xona juda iflos boʻlsa, kerakli narsalarini yashirib, xizmatkorlarga yigʻishtirishni aytardi.
Y/N sumkasidan oʻsha hujjatlarni ham olib, rasmlar ustiga tashladi. Asabiylashib, ustidagi oq koʻylagini yechib tashladi — u faqat yubka va maykada qoldi. U boshqa qizlarga oʻxshab nozik emas edi, uning biroz boʻlsa ham mushaklari bor edi. Y/N qoʻliga Kim Bong-chulning rasmini oldi va tikildi:
Y/N: Sen mendan yaxshilik kutma! Mendan hali koʻrasan... Meni onamsiz qoldirishga va ona mehrisiz oʻsishimga sababchi boʻlding! Oʻtgan 18 yil davomida onamni koʻrmadim, u men tugʻilganimdan 1 oy oʻtib oʻldi. Bunga kim aybdor? Albatta, sen!
Y/N rasmni otib yubordi va vannaga kirib ketdi.
Erta tong. Soat taxminan 10:30 lar. Y/N tayyorlanib uydan chiqdi. Ustiga noqulaylik tugʻdirmaydigan harakatlanishga oson kiyim kiygan edi. U mashinasiga oʻtirdi va uydan ketdi.
Bong-chul: Nima, bittagina mashina raqamini topa olmayapsizlarmi?! Oddiy ish-ku!
Kim Bong-chul asabiylashib hujjatlarni otib yubordi. Birdan eshik ochildi — eshikdan Y/N kirib keldi. U eshikni oyogʻi bilan tepib kirgan edi.
Bong-chul: Bu nima odobsizlik?!
Y/N: Odobni sendan oʻrganishim kerakmi?
Bong-chul: Nima?! Uni bu yerdan chiqaringlar!
Kim Bong-chulning roʻparasida turgan erkak uning yoniga bir qadam tashlagan edi, Y/N tezlik bilan toʻpponchani chiqarib, oʻsha erkakning oyogʻiga otdi.
Y/N: Chuq eta koʻrma!
Bong-chul tezda oʻrnidan turdi.
Bong-chul: Nima qilyapsan?
Y/N: Menimcha, meni tanimaysan. Oʻzimni tanishtiray: men Ange Noir — Kim Jae-hyungning qiziman! — Y/N unga qoʻlini uzatdi. Bong-chul esa hayron qoldi va endi qoʻlini uzatgan edi, Y/N qoʻlini tortib oldi: — Yoʻq, men sen bilan qoʻl siqishmayman! Men seni iflos qoʻllaringga qoʻlimni teggizmayman!
Y/N uning peshonasiga toʻpponcha tiradi.
Y/N: Joyingga oʻtir!
Bong-chul tezda joyiga oʻtirdi, chunki Y/N undan kuchli ekanini bilar edi. Y/N telefonini olib, kimgadir qoʻngʻiroq qildi.
Y/N: Jim tur!
Narigi tomon qoʻngʻiroqni koʻtardi.
Jae-hyung: Eshitaman, qizalogʻim.
Y/N: Dadajon, biz har doim odamlarni olib boradigan tashlandiq joyga bora olasizmi?
Jae-hyung: Biror narsa boʻldimi?
Y/N: Hozir menga juda keraksiz.
Jae-hyung: Hozir boraman, kutib tur.
Y/N: Ha, yana oʻzingiz bilan Park Jimin va Park Hyung-wooni ham olib keling! — Y/N Park Jimin va Park Hyung-woo ismlariga urgʻu berib aytdi.
Jae-hyung: Nega?
Y/N: Shunchaki olib keling va barchangiz birgalikda keling.
Jae-hyung: Buyruq tepadan keldi, albatta kelamiz.
Y/N: Rahmat, dadajon.
Qoʻngʻiroq tugadi.
Y/N: Hozir bu yerdan chiqamiz. Agarda baqiradigan boʻlsang yoki qochadigan boʻlsang, mendan yaxshilik kutma! Adashmasam, bu kompaniya yaqinda eng yaxshi kompaniya unvonini oladi. Lekin menda shunaqa rasmlar bor-ki, ular bu kompaniyani yoʻq qiladi! Sen ayollar bilan qayerga borganing, nima qilganing va eng asosiysi — mafiya ekaning va juda koʻp odamlarni oʻldirganing hamda mening onamni oʻldirganingni ommaga oshkor qilaman va seni oʻldiraman! Tushunarlimi?
Bong-chul boshini silkidi.
Y/N: Oʻrningdan tur! — u oʻrnidan turdi. — Nojoʻya harakat qila koʻrma! — u toʻpponchani tushirdi.
Ular avval xonadan, undan keyin kompaniyadan chiqishdi. Boshqalarga oʻzlarini ota va qizdek koʻrsatishdi. Y/N unga mashinani ochib berdi va har doim boradigan joyiga hayradi. Hali otasi ham, Jiminning otasi ham, Jimin ham kelishmagan edi. Y/N u yerga In-yeopni va bir nechta qoʻriqchilarni chaqirgan edi.
In-yeop: Nega chaqirding?
Y/N: Mashinadan tushiringlar!
In-yeop mashina ichiga qaradi va haydovchi oʻrindigʻi yonida oʻtirgan Kim Bong-chulni koʻrib, qoʻriqchilarga ishora qildi. Qoʻriqchilar tezda uni mashinadan tushirishdi.
Y/N: Uni stolga bogʻlab qoʻyinglar!
Qoʻriqchilar uni ichkariga olib kirishdi.
In-yeop: U nima qilyapti?
Y/N: Hammasiga javob beradigan vaqt keldi. Odamlar keladi, ularni tezda ichkariga kirgiz.
In-yeop: Mayli.
Y/N ichkariga kirdi. Qoʻriqchilar uni bogʻlashayotgan edi, Y/N ularning tugatishini kutdi. Ular tugatib xonadan chiqishdi.
Y/N: "Hammasi uchun javob beradigan kuning keladi" degan edim-ku... Bugun oʻsha kun!
Bong-chul: Oʻsha sen edingmi?
Y/N kulib qoʻydi.
Jae-hyung: In-yeop, sen bu yerda nima qilyapsan?
In-yeop: Y/N chaqirdi.
Bundan Jimin hayron qoldi.
Jae-hyung: Uni nega chaqirganini bilasanmi?
In-yeop: Ha, janob.
Jae-hyung: Nega ekan?
In-yeop: Savolingizga javob ichkarida, u sizlarni kutyapti.
Jae-hyung, Hyung-woo va Jimin ichkariga kirishdi, izidan In-yeop ham kirdi.
Jae-hyung: Qizim...
Y/N: Va nihoyat keldingizlar! Mening sizlarga sovgʻam bor, qaranglar!
Y/N vahshiylarcha biroz kuldi va chetga oʻtdi. Ular stolga bogʻlangan va ularga qarab turgan Bong-chulni koʻrib, hayron qolishdi. Y/N unga vahshiylarcha kulib qarab turar edi va gapirdi:
Y/N: Janob Kim Bong-chul, qani bulbuldek sayrang-chi: onamni va Jiminning onasini qay tarzda oʻldirganingizni va nega oʻldirganingizni!
Ular Bong-chulning yoniga yaqinlashishdi.
Jae-hyung: Ayolimni sen oʻldirganmisan?!
Bong-chul: Yoʻq!
Y/N: Aysh, la'nati... Mashinamdagi sumkamni olib kelinglar!
Qoʻriqchi tezda yugurib uning maktab sumkasini olib keldi. Y/N sumkasini ochib, hamma narsani toʻkishni boshladi. Unining ichida Bong-chulning ayollar bilan tushgan rasmlari va hujjatlar bor edi.
Y/N: Senga ortiqcha harakat qilma degan edim! Bunda rasmlar va eng asosiysi — mana bu bor!
U bir nechta qogʻozlarni oldi va otasiga berdi. Otasi bir koʻrishda barchasini tushundi va Hyung-wooga uzatdi. Hyung-woo ularni koʻzdan kechirdi, buni Jimin ham koʻrib turardi.
Y/N: Bundan keyin ham "men aybdor emasman" deysanmi?!
Jae-hyung va Hyung-woo nima qilishni bilmay, asabiylashib unga qattiq bittadan musht tushirishdi! Soʻng ularning har biri xonaning bitta burchagiga borib oʻtirdi. Y/N ham, Jimin ham otasining yoniga borishdi. Jae-hyung ham, Hyung-woo ham yigʻlab oʻtirishardi... Ular 18 yil davomida dushman boʻlishdi, bir-birini oʻldirmoqchi boʻlishdi. Ayb bir-birida boʻlmasa ham, 18 yil davomida eng yaqin doʻstlar dushmanga aylangan edilar.
Y/N: Otajon, iltimos yigʻlamang, tinchlaning, boʻldi...
Jae-hyung qiziga qaradi va uning peshonasidan oʻpdi.
Jae-hyung: Rahmat senga, qizim... Mening koʻzimni ochding.
Y/N: Dadajon, uni xohlagan ahvolga solishingiz mumkin.
Jae-hyung: Yoʻq, oʻzing nima qilsang qil.
Y/N boshini chayqadi va oʻrnidan turib uning yoniga bordi. Jimin ham uning yoniga keldi. Ular bir-birining koʻzlariga qarab turishar ekan, Y/N ning koʻzlari yoshga toldi va yigʻlab yubordi...