September 28

BLACK FLOWERS 8-qism

Tg:By Yoongina [Elizabetta]
Yt:Yoongina [Elizabetta]
Snap:Min Yoongina [Fanficer]


​Lisa: Hoy, senga gapiryapman!
Y/N: Nima?
Lisa: Men ketganimdan keyin biror kim keladimi deyman... Xayoling qayerda?
Y/N: Yoʻq, hech kim kelmaydi.
Lisa: Mayli.
​Birdan eshik ochildi va Jisoo, Jennie hamda Rosé eshikdan kirib kelishdi.
​Rosé: Xayrli tong!
Jisoo: Xayrli tong!
Jennie: Xayrli tong!
Y/N: Sizlarga ham xayrli tong.
Lisa: Sizlarga ham xayrli tong.
Rosé: Ahvoling yaxshimi?
Y/N: Ha, yaxshi.
​Jisoo unga oʻzi yoqtiradigan ovqat, Rosé gullar, Jennie esa u yoqtiradigan ichimlikni olib kelgan edi. Qizlarning barchasi stul olib, Y/N ning yoniga oʻtirishdi.
​Y/N: Xoʻsh, nima gaplar?
Jisoo: Bizda-ku yoʻq, lekin sen bu yerda yotsang ham biror narsa topmasdan yota olmaysan.
Y/N: Bu toʻgʻri!
Rosé: Xoʻsh, nima gap ekan?
Y/N: Xullas, kecha nima koʻrdim... Demak, aytinglar!
​Lisa uning nima deyishini payqab, koʻzlari kattalashib ketdi va Y/N ning ogʻzini yopishga urindi:
​Lisa: Jim boʻl! Jim boʻl!
Jennie: Nega sen birdan qoʻrqib ketding?
Jisoo: Aytchi, nima koʻrding?
Y/N: Xullas...
​Lisa tezda uning ogʻzini yopdi. Y/N amallab ogʻzini ajratib oldi-da, tezda gapirib qoldi:
​Y/N: Kecha JK va Lisa bir-biridan boʻsa olgudek darajada yaqin turishgan edi! Lisa esa uni sevadi!
​Lisa uni toʻxtata olmaganidan labini tishladi va joyiga oʻtirdi.
​Jisoo: Rostdanmi?! Bu qanday boʻldi, boʻsa oldingmi?
Jennie: Uni qachon sevib qolding? Aytaqol!
​Lisa unga savol berib tashlashganidan zerikdi va bu mavzuni muhokama qilishlaridan qoʻrqib, ogʻzidan birdan gap chiqib ketdi:
​Lisa: Men 2 kun oldin Jisoo bilan Jin bir-biridan boʻsa olayotganini koʻrdim!
​U tezda gapirib yuborganidan barcha birdan jim boʻlib qoldi. Hamma bir-biriga qaradi va birdaniga hammaning koʻzi Jisoo ga qadaldi.
​Jisoo: Unaqa emas, bu yolgʻon!
Lisa: Rost!
Jisoo: Yolgʻon!
Jennie: Men ularning uchrashayotganiga aminman.
Y/N: Men ham!
Rosé: Albatta, men ham!
Jisoo: Sen qayerdan koʻrding oʻzi, Lisa?
Lisa: 2 kun oldin uyga qaytayotgan edim...
​2 kun oldin:
​Lisa mashinada ketayotgan edi.
​Lisa: Uff, charchadim... Yo Xudoyim, qayerdaman? Qaysi koʻchaga kirib qoldim?
​U yon-atrofga qaradi, lekin qorongʻida deyarli hech narsa koʻrinmas edi. Birdan tanish uy koʻrindi — bu Jisoo ning uyi edi.
​Lisa: Demak, men Jisoo ning mahallasidaman. Ha, mana bu yoʻldan chiqib ketar edik-ku.
​U toʻgʻriga yura boshladi va birdan tanish chehralarni koʻrdi — bu Jisoo va Jin edi. Ular bir-biri bilan gaplashib turishardi, oralarida deyarli masofa yoʻq edi. Birdan Jin undan boʻsa ola boshladi, Jisoo ham unga javob qaytarishga oʻtdi. Lisa ning koʻzlari kattalashib ketdi va ogʻzini qoʻllari bilan yopdi.
​Lisa: Nima, ular munosabatdami?!
​Jin va Jisoo sekin boʻsani uzishdi, bir-biriga qarab kulishdi va quchoqlashishdi.
​Hozirgi payt:
​Jisoo lablarini tishladi.
​Jisoo: Sizlar qanaqasiga aminsizlar?
Rosé: Men seni poygada bir-biringizning qoʻlingizni ushlab turganingizni koʻrgan edim va buni Jennie ga koʻrsatdim.
Y/N: Men esa boshidanoq shubhalangan edim! Sen juda koʻp marotaba ular bilan hamkor boʻlishni aytding, har doim gapni shu hamkor boʻlishga olib borar eding. Lekin boshqalarga unaqa qilmas eding.
Jennie: Rostdan ham u har doim shunaqa qilar edi, toki hamkor boʻlgunimizgacha!
Y/N: Ha-da! Yana oʻsha hamkor boʻlgan kunimiz ham Jin bilan noz-karashma qilib, unga qarab kulib oʻtirgan eding.
Jisoo: La'nati! Tezda bilasizlar deb oʻylamagan edim...
​Qizlar kulishdi.
​Jisoo: Sen-chi, oʻzing Lisa? Meniki ham oshkor boʻlibdi-ku, sen ham bulbuldek sayra-chi!
Lisa: Nima, men?
Rosé: Qani, qani, sayra-chi!
Jennie: Kecha yana nima boʻldi?
Lisa: Aytaman va bu gap shu yerda yopiladi!
Y/N: Mayli, kelishdik.
​Lisa chuqur hoʻrsindi va boʻlib oʻtgan voqealarni aytib berdi. Qizlar esa uni hayrat bilan eshitib turishardi. Y/N ham divanga suyanib olib, oyoqlarini quchgancha uni hayrat bilan eshitardi.
​Lisa: Xullas, shunaqa boʻldi...
Jisoo: Juda ham ayyor chiqding-ku ikkalang ham!

Rosé: U seni sevishingni qayerdan bilib qoldi?
Y/N: Ahh, buni aytish esimdan chiqibdi-ku! Kecha uygʻonganimdan keyin aylanishga chiqqan edik. U haqida gaplashayotgan edik, u eshitib qoldi. Ustiga-ustak, Lisa "sevaman" deb ham aytgan edi.
Rosé: Haa...
​Oraga sukunat choʻkdi. Y/N bir Rosé ga, bir Jennie ga qarardi.
​Jennie: Nega bunday qarayapsan?
Y/N: Sizlar-chi? Sizlar nima, imi-jimida ish bitirib yuribsizlarmi?
Rosé: Tentak boʻldingmi? Lisa, uni yaxshilab tekshir, miyasida biror muammo yoʻqmi ekan?
Lisa: Yaxshilab tekshirdik, hattoki eng yaxshi shifokorlar tekshirdi. Afsuski, muammo yoʻq ekan! Muammo boʻlganida uni tushunar edik.
Jennie: Gapingga qoʻshilaman.
Y/N: Yoʻq, rostini aytyapman. Yosh emassizlar, oila qurishingiz kerak!
Jisoo: Nima, sen bizning onamiz yoki buvimizmisan? Bizning oila qurishimizni xohlaydigan ularni tushunsa boʻladi, lekin sen-chi?
Y/N: Axir men xola boʻlishni xohlayman!
Jisoo: Yoʻqol, tentak!
Y/N: Siz ikkalangiz yaxshilab oʻylab koʻringlar. Lekin Jin va JK haqida oʻylamanglar, ular navbatda yoʻq.
Jisoo va Lisa: Tentak!
​Lisa va Jisoo birgalikda gapirishdi va uning boshiga urib qoʻyishdi.
​Rosé: Endi u aniq yanada tentaklashadi...
Lisa: Urishdan oldin buni oʻylash kerak edi. Hozir biroz tentak boʻlayotgan edi, endi menimcha battar boʻladi.
​Y/N ham ataylab qilgandek qizlarning jahliga tega boshladi:
​Y/N: Xola boʻlishni xohlayman! Xola boʻlishni xohlayman! Xola boʻlishni xohlayman!
Jennie: Lisa, unga tezda uyqu dorisi yubor, tezda eng kuchlisidan!
Y/N: Yoʻq, yoʻq, yoʻq! Kerak emas, hazillashdim...
Lisa: Sen faqat bizni gapiryapsan, lekin oʻzing-chi?
Y/N: Menmi?... Menga kimdir chiday oladi deb oʻylaysizlarmi?
Jennie: Bu toʻgʻri. Uning dugonasi boʻlish bir azob hozirgi qilayotgan tentakliklari bilan, lekin yigiti yoki eri boʻlishini... Yoʻq, yoʻq, yoʻq, tasavvur qilish qiyin! Eringga sabr tilayman.
Y/N: Kimdir meni turmushga chiqadi deb aytdimi?
Jisoo: Nima, umringning oxirigacha soʻqqabosh oʻtmoqchimisan?
Y/N: Balki ha, balki yoʻq. Bir kun taqdir uchratgani bilan birga boʻlaman.
Jennie: Taqdir degandek, Jisoo, sen Jin bilan qanday tanishib qolgan eding?
​Jisoo sekin kuldi va oʻsha kunni esladi:
​Jisoo: U xuddi ertaklardagidek edi...
​Oʻsha kuni:
​Jisoo ertalab uydan nonushta qilmay chiqqan edi, shuning uchun bitta kafening oldida toʻxtadi. U yerga kirdi va issiq qahva olib chiqdi. Havo sovuq, koʻchada hamma kurtka va paltoda edi. Jisoo ham egniga palto kiygan edi. U kafe ichida qahvadan hoʻpladi va tashqariga chiqdi. U mashinasi tomon telefonga termulib ketayotgan edi, birdan birovga urilib ketdi va ikkalasining qoʻlidagi qahva ham toʻkilib ketdi.
​Jisoo: Uzr soʻrayman, uzr soʻrayman! Meni kechiring!
​Jisoo uning yuziga qaradi va bir necha soniya koʻzini uza olmay qoldi. Bu Jin edi — egnida uzun qora palto, sochlari ham tim qora edi.
​Jin: Sizdan ham uzr soʻrayman. Mening ham aybim, yoʻlimga qarab yurmadim.
Jisoo: Hozir, hozir, toʻxtab turing, menda sochiq bor, beraman.
Jin: Kerak emas.
Jisoo: Yoʻq, toʻxtab turing.
​Jisoo qoʻlidagi qahva idishini axlatga tashladi va mashinasiga yaqin kelganda unga urilgani uchun tezda mashinasini ochib, sochiqni qidira boshladi. Oldiga tushgan sochlarini qulogʻi ortiga oʻtkazdi. Jin esa uni diqqat bilan kuzatib turardi. Jisoo nihoyat quruq sochiqni topdi va Jin ga berdi.
​Jisoo: Sizdan ming bor uzr soʻrayman! Men hozir ketishim kerak, ishga kech qolaman.
Jin: Mayli, hechqisi yoʻq, ketavering.
Jisoo: Mayli, yaxshi qoling.
​Jisoo sochiqni unga berdi va mashinasiga oʻtirib ketib qoldi.
​Hozirgi payt:
​Jisoo: Keyin esa men u bilan taqdir taqazosi bilan bir necha bor uchrashib qoldik. U sevishini tan oldi, men ham... Keyin sevishganlar boʻldik.
Y/N: Juda ayyor chiqding-ku sen ham!
​Jisoo kuldi.
​Y/N: Men Jennie va Rosé ga juft topgandekman!
Jennie: Nima, uning boshiga urganingiz qattiq ta'sir qildi shekilli?

Lisa: Aytishingdan oldin bir narsani aytib oʻtay: men ular haqida biroz narsani bilaman.
Rose: Qanaqasiga?
Lisa: Nima, esingdan chiqdimi? Hamkor boʻlishdan oldin ular haqida men ma'lumot yigʻaman shekilli.
Jennie: Ha, toʻgʻri! Hammasini aytaqol-chi.
Lisa: Huh, boshlayman:​Kim Namjoon 27 yoshda— u juda aqlli, biznes sohasini juda yaxshi biladi, oralaridagi eng aqliy salohiyatlisi. ​Kim Seokjin 27 yoshda — haqiqiy snayper, har qanday vaziyatda har qanday yoʻl bilan oʻq uza oladi, hatto kamondan ham. Min Yoongi-buni eshitib Y/N gʻalati boʻlib ketdi—27 yoshda hamma narsada ideal va juda ham vahshiy. Hali hech kim uni tuta olmagan, lekin qoʻshimcha qilib aytaman, yaqinda ularni qandaydir usul bilan tutishdi. Jung Hoseok 27 yoshda — uni bir koʻrishda hech kim mafiya deb oʻylamaydi, u juda kelishgan va chiroyli. Park Jimin 27 yoshda — qizlarni uncha gʻashi suymaydi. ​Kim Taehyung 27 yoshda — uning barcha avlodi mafiya boʻlgan va u ham juda kuchli mafiya.
​Rosé: Nima, ularning hammasi 27 yoshdami?
Lisa: Yoʻq, faqat bittasi kichik — Jeon Jungkook 26 yoshda.-Qizlar kulishdi- U qizlarni oʻlgudek yaxshi koʻradi.
Jennie: Rostdan ham peshonang shoʻr ekan!
Lisa: Bunaqa gapni yigʻishtir!
Y/N: Endi esa men gapiraman. Xullas, Jennie...
Jennie: Faqat men emas!
Y/N: Jennie, eshit: Kim Namjoon!
Jennie: Yoʻq!
Y/N: Nega?
Jennie: Aytganingdan ham juda aqlli boʻlishi mumkin. Menga u darajada aqliy ustunlar yoqmaydi.
Y/N: Unda Jin navbatdan ketdi. Min Yoongi-chi?
Jennie: Yoʻq, u juda mukammal, men chiday olmayman.
Y/N: J-Hope?
Jennie: Yoʻq, u juda kelishgan va chiroyli.
Y/N: Oʻzi senga qanaqa yigit yoqadi?
Jennie: Hmm... Mengami? Menga mehribon boʻladigan, har doim qoʻllab-quvvatlaydigan, juda ham kelishgan ham emas, xunuk ham emas — xuddi mendek chiroyli boʻlishi kerak. Boʻlmasa qizlar uning ortidan ergashadi. Men bilan yurganda sekin qadamlar bilan yurishi kerak va faqat menga muloyim boʻlishi lozim.
Y/N: Men Lisa aytib chiqqanlaridan bittasini taxmin qilyapman!
Jennie: Men ular orasida oʻz idealimni koʻrmadim.
Y/N: Lekin men seni idealingni topdim: Kim Taehyung!
​U Taehyung ismini tez aytdi. Jennie birdan jim qoldi va hech narsa demadi.
​Jisoo: Nima, nima, nima?! Bizning qizchamiz uyalib ketdi-ku! Demak, befarq emaslar. Ayting-chi, unga befarq emasmisiz, xonim?
Jennie: Bas qil!
Y/N: Demak, unga ham topdik!
​Y/N Rosé ga ayyorona kulib qaradi.
​Rosé: Yoʻq, yoʻq, yoʻq, yoʻq! Faqat men emas!
Y/N: Nega qoʻrqyapsan, sevgilingni topib qoʻyamizmi?
Rosé: Unday emas... Mayli, aytaqol.
Y/N: Unda boshidan boshlayman: Kim Namjoon!
Rosé: Yoʻq, u mening idealimdagi emas.
Y/N: Yana "yoʻq" deyishni boshladi, uff... Min Yoongi!
Rosé: Yoʻq, u ham idealim emas.
Y/N: Jung Hoseok!
Rosé: Toʻgʻri, u kelishgan va yoqimtoy, lekin yoʻq.
Y/N: Uff... Park Jimin!
​Rosé butkul jim qoldi. Bir necha soniya sukunat choʻkdi.
​Y/N: Hoy, senga gapirdim!
Rosé: Nima?
Y/N: Park Jimin!
Rosé: Yoʻq!
Y/N: Taehyung va Jungkook band, demak ularning orasida yoʻq ekan... Yolgʻondakam xafa boʻldi, qizlar ham qoʻshilishdi
Jennie: Ha, yoʻq ekan, afsus!
​Qizlar soxta hoʻrsinishdi.
​Lisa: Nima, sezmadi deb oʻylayapsanmi, tentak?
Rosé: Nimani?
Jisoo: Jimin ga kelganda jim boʻlib, koʻzlaring porlab ketganini!
Rosé: Unday boʻlgani yoʻq!
Jennie: Lisa, haligi... Bu yerda LOR va koʻz doktori bormi?
Lisa: Ha, bor.
Jennie: Biz uning Jimin ga kelganda "yoʻq" deganini va koʻzlari porlab ketganini xato koʻrdik shekilli, koʻrinishimiz kerak.
Jisoo: Ha, men ham yaxshilab koʻrinishim kerak.
Y/N: Men ham!
Lisa: Men aniq koʻrinishim kerak!
Rosé: Bas qilinglar!
Y/N: Axir biz koʻrmiz va karmiz, shuning uchun koʻrinishimiz kerak!
Rosé: Mayli, tan olaman... Unga befarq emasman.
​Qizlar kulishdi.
​Lisa: Lekin bitta muammo bor: u qizlarni gʻashi suymaydi.
Jennie: Balki unga yordam berarmiz?
Jisoo: Zoʻr reja!

Y/N: Men ham qoʻshilaman!
​Y/N qoʻlini oʻrtaga uzatdi. Lisa ham qoʻlini uning ustiga qoʻydi, undan keyin Jennie, soʻng Jisoo. Oxiri ikkilanib Rosé ham qoʻydi va birgalikda qoʻllarini tepaga koʻtarishdi.
​Y/N: Demak, menda hoziroq reja bor!
Lisa: Xoʻsh, qanday?
Y/N: U doim boradigan joy bormi?
Lisa: U haqida oʻqiganimda, u bitta klubga har doim borishini oʻqigan edim.
Y/N: U bugun ham boradimi-yoʻqmi, oʻshani aniqlanglar. Sen unga yaqinroq joyda oʻturasan. Birdan sening yoningga ikkita yigit keladi va tegajogʻlik qilishni boshlaydi. U sening yoningga kelsa va ularni haydab solsa, sen uni oʻzingning yoningga taklif qilasan, birga suhbatlashasizlar.
Rosé: Odamlarni qayerdan topamiz?
Y/N: Qiyin emas, qoʻriqchilarimizdan ikkalasini olamiz. Ha, yana ularni yaxshilab tanib ol, boʻlmasa boshqa birov kelib rostakamiga tegajogʻlik qilmasin! Kiyimni esa yaxshilab tanlash kerak: ochiq, juda kalta va tor boʻlishi kerak.
Rosé: Shu shartmi?
Y/N: Albatta shart!
Rosé: Uff, mayli...
Lisa: Y/N, bugun senga ruxsat berishadi, ketishing mumkin. Ikki kundan keyin esa gipsni olasan.
Y/N: Bu yaxshi!


Kechki payt. Rosé oʻsha klubga bordi. Jimin allaqachon oʻsha yerda edi. Rosé unga yaqin joylardan biriga oʻtirdi, shunchaki oddiy sharbat ichib oʻtirar edi. Birdan yoniga ikkita erkak keldi — afsuski, bular uning qoʻriqchilari emas edi!
​Erkak: Salom, yaxshi qiz!
Rosé: Sen kimsan?
2-erkak: Balki tanisharmiz?
Rosé: Yoʻqol bu yerdan, ikkalang ham!
Erkak: Buncha noz qilasan?
Rosé: Yoʻqol deyapman!
​Rosé ichimlikni uning yuziga sepib yubordi.
​Erkak: Aysh, la'nati!
​U yigit Rosé ga endi tarsaki tushirmoqchi edi, toʻxtab qoldi:
​Erkak: Sen bilan keyin gaplashamiz...
​Ular ketib qolishdi. Roséning jahli chiqib ketdi va Jimin ga qaradi. Jimin esa boshqa yoqqa qarab oʻtirar edi. Rosé asabiylashib klubdan chiqib ketdi.


Rosé: La'nati! La'nati! La'nati!
Lisa: Nima boʻldi?
Rosé: Qoʻriqchilarning oʻrniga haqiqiy shilqimlar keldi! Anavi Jimin degani esa beparvolik bilan oʻtirardi, men tomonga qayrilib ham qaramadi!
Y/N: Demak, umuman qaramadi, shundaymi?-Ular Y/N ning uyida oʻtirishgan edi
Rosé: Yoʻq, umuman qaramadi!
Y/N: Uning biror kompaniyasi yoki ishi bormi mafialikdan tashqari?
Lisa: U qonuniy ravishda ba'zi narsalarni import va eksport qiladi.
​Y/N sekin kuldi.
​Jisoo: Nega kulyapsan?
Y/N: Qaranglar, Rosé ning gul doʻkoni bor. Uning ba'zi qimmat gullari chet eldan olib kelinadi va buning senga zoʻr foydasi tegadi!
Rosé: Toʻgʻri!
Y/N: Unda ertagayoq unga hamkor boʻlish taklifini yubor.
Rosé: Shunday qilaman!
Jennie: Unda endi uyimizga ketdik.
Y/N: Shu yerda qolsangiz-chi? Mening qoʻlim va oyogʻim gipsda, bu bilan qiynalaman. Menga yordam berib turasizlar va yana birgalikda bu ishni hal qilamiz. Undan keyin Jennie...-u kuldi-ustigaustak bu katta uyda bir oʻzim bunday holda siqilib ketaman.
Lisa: Mayli, unda qolamiz.


Ertasi kuni Rosé unga hamkor boʻlish taklifini yubordi. Ular esa bunga rozi boʻlishdi. Majlis 15:00 ga rejalashtirildi, hozir esa 12:00 edi.
​Oradan 3 soat oʻtdi. Rosé Jimin ning kompaniyasida edi. Majlislar zalida uni kutardi. Birdan eshik ochildi va ichkariga bitta erkak hamda bitta qiz kirib keldi. Rosé unga qaradi va hayron boʻldi — bu mutlaqo boshqa odam edi! U Roséning roʻparasiga keldi:
​Oʻrinbosar: Salom, men kompaniyaning oʻrinbosar direktoriman.
Rosé: A... Men Park Rosé man. Janob Park Jimin kelmaydimi?
Oʻrinbosar: Yoʻq, ularning ishlari bor ekan, shunga meni yubordilar.


Rosé: JIN URSIN!
​Rosé Y/N ning uyiga kirib baqirdi va sumkasini otib yubordi.
​Jisoo: Bu safar nima boʻldi?
​Rosé asabiylashib qoʻllarini beliga qoʻydi:
​Rosé: Nimamish... Bizning Park janoblarining vaqti yoʻq ekan! Band emish!
​Qizlar kulishdi.
​Rosé: Men bu yoqda asabiylashib yotsam, sizlar kulasizlarmi?
Y/N: Buncha jahling chiqadi? — kulib gapirdi.
Rosé: Nima?
Jennie: Jahlingni aytyapti, juda asabiysan. Shu darajada sevdingmi?

Rosé: Bilmayman...
​Rosé yerga oʻtirib oldi.
​Jisoo: Yerga emas, stulga oʻtir.
​Rosé erinib stulga oʻtirdi.
​Y/N: U biz oʻylaganimizdan ham e'tiborsiz ekan.
Rosé: Ha-da!
Y/N: Xoʻsh, endi hamma oʻz fikrini oʻrtaga tashlaydi. Qaysi fikr yaxshi boʻlsa, oʻshaning fikrini bajaramiz!
Jennie: Kim boshlaydi?
Y/N: Men: kichik baxtsiz hodisa uyushtirish!-Y/N qoʻlini stolga tap etib qoʻydi
Jisoo: Xuddi menikidek tasodifiy hodisa uyushtirish-Jisoo ham qoʻlini Y/N ning qoʻli yaniga tap etib qoʻydi
Lisa: Xuddi menikidek sevishenini aytib turganida tasodifan eshitib qolishi — buni oʻzimiz uyushtiramiz!-U ham Jisoo ning qoʻli yaniga qoʻlini qoʻydi
Jennie: Gipnoz qilib sevdirish!-Jennie ham qoʻlini qoʻydi
​Hamma Rosé ga qaradi.
​Rosé: Menda umuman fikr yoʻq...:Boshini stolga qoʻydi va ularga qarab yotdi
Y/N: Xoʻsh, fikrlarni tahlil qilamiz. Jennie, hech qachon gipnoz qilib sevdirib boʻlmaydi, bordiyu oʻxshasa ham oxiri sevmay qoladi va bu oʻziga jabr boʻladi. Lisa, "tasodifan eshitsin" deysan, u bunga ahamiyat bermasligi mumkin. Dunyoda Jimin va Park familiyasi koʻp, JK "men" deb bilganining sababi Jeon familiyasidan bitta. Jisoo, "senikidek qilaylik" desak ham, u indamay ketib qoladi, yuziga ham qaramaydi yoki urilib ketmoqchi boʻlganida qochib qolishi mumkin.
Rosé: Demak, hech qaysi biringizniki oʻxshamaydi...
Jisoo: Lekin Y/N niki bor-ku!
Y/N: Kichik baxtsiz hodisa... — u sekin kuldi.