November 14

ILK MUHABBAT 17-qism

Teo kuldi va mehmonxonadagi divanga yostiqni qo‘yib, uxlab qoldi.
Erta tong.
Lily uyg‘otgich ovozidan uyg‘ondi. Burniga yoqimli hid urildi. U o‘rnidan turib, oshxonaga chiqdi va u yerda nonushta tayyorlayotgan Teoni ko‘rdi.
Lily: Hayrli tong.
Teo: Uyg‘ondingmi? Hayrli tong.
Lily: Ha, uyg‘ondim. Nima tayyorlayapsan?
Teo: Shunchaki nonushta.
Lily: Unda men hozir kelaman.
U tezda vannaga kirdi va yuvinib chiqdi.
Lily: Men keldim.
Teo: Unda bu senga.
Teo orqasida turgan buketni ko‘rsatdi.

Lily: Buncha chiroyli! Bu men yoqtirgan gul-ku.
Teo: Ismingga ham mos.
Lily: Ha.
Lily gulni stolga qo‘ydi va Teoni bag‘riga bosdi.
Lily: Menga berayotgan sovg‘alaringdan keyin men ham senga sovg‘a bermasam bo‘lmaydi.
Teo: Qanday sovg‘a ekan?
Ular bir-biriga bir necha soniya termulib turishdi. Lily sekin oyoqlarining uchida turdi va uning lablariga yaqinlashdi, lekin bo‘yi yetmadi. Teo biroz egildi va bir-biridan bo‘sa olishni boshlashdi. Bir necha soniyadan keyin bo‘sani uzishdi.
Teo: Menga sovg‘ang juda yoqdi.
Lily kuldi.
Lily: Qani, nonushta qilamiz, bo‘lmasa universitetga kech qolamiz.
Teo: Mayli.
Teo Lily o‘tiradigan stolni ochib berdi. U kulib o‘tirdi. Uning ro‘parasiga Teo o‘tirdi. Ular nonushta qilishni boshlashdi. Oradan biroz vaqt o‘tdi. Ular kulishib nonushta qilishar ekan, birdan Lilyga qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Bu Jimin edi.
Lily: To‘xtab tur, Jimin qo‘ng‘iroq qilyapti. Nima, kech qoldikmi?
Lily qo‘ng‘iroqni ko‘tardi.
Lily: Hayrli tong, eshitaman, Jimin.
Jimin: Hayrli tong.
Lily: Biror nima bo‘ldimi?
Jimin: Guruh chatini ko‘rdingmi?
Lily: Yo‘q, hali ko‘rmadim. Nima bo‘ldi?
Jimin: Bugun universitet yo‘q ekan. Universitetda qandaydir muammo chiqibdi. Shuning uchun bizga noqulaylik bo‘lmasin deb, biz va bizga o‘xshaganlarga kelmasliklarini aytishdi.
Lily: Ha, shunaqa deng. Mayli.
Jimin: Ha, yana nima deysan, tug‘ilgan kunimizni birga nishonlasak? Yolg‘iz bo‘lsang, birozdan keyin birga aylanamiz, undan keyin kechki payt nishonlaymiz.
Lily: Bilmayman, chunki mening do‘stlarim ham Seuldan kelibdi.
Jimin: Unda ular bilan aylanamiz, keyin birga nishonlaymiz. Ko‘p bo‘lsak, juda qiziqarli bo‘ladi.
Lily: Ha, to‘g‘ri aytasan. Unda mayli.
Jimin: Unda senga manzil tashlayman. O‘sha yerda barchamiz ko‘rishamiz.
Lily: Mayli, ko‘rishguncha.
Jimin: Mayli.
Qo‘ng‘iroq tugadi.
Teo: Nima bo‘ldi?
Lily: Bugun universitet yo‘q ekan bizga.
Teo: Ha, shunaqa degan.
Lily: Ha, va yonimdagi sherigimning ham bugun tug‘ilgan kuni. Shunga bizni ham taklif qildi. Oldin birga aylanamiz ekan, keyin esa birga nishonlaymiz. Lily, Jk, Woo va seni ham taklif qildi.
Teo: Demak, bir kunda tug‘ilgan odamni ham topibsan-da.
Lily: Ha, — u kuldi. — Men bo‘ldim, kiyinib chiqaman.
Teo: Mayli.
Lily xonasiga kirib ketdi.


Oradan 2 soat o‘tdi. Lily, Nina, Jk va Teo aytilgan joyda turishar edi.
Lily: Woo qayerda?
Nina: Kecha u Seulga qaytdi. Otasining kompaniyasi va bir nechta narsalarini o‘ziga qaytarishi kerak ekan bugun.
Lily: Ha, mayli... Voy, ana kelishdi.
Lily Jimin va sevgan qizi kelayotgan tomonni ko‘rsatdi va qo‘lini siltadi. Ular o‘sha yerga kelishdi. Sevgan qizi esa yigitlarni ko‘rgach, ko‘zlari kattalashib, yuzi oqarib ketdi va boshqa yoqqa qaray boshladi. Jk kulishdan o‘zini zo‘rg‘a tiyib turar, Teo esa o‘sha qizdan ko‘zini uzmay, biroz g‘azab bilan qarab turar edi.
Lily: Xo‘sh, tanishtiray. Tanishing, bu Nina, mening eng yaqin dugonam. U esa Jungkook, Ninaning sevgan yigiti. Bu esa Taehyung.
Jimin: Sevgan yigitingmi?
Lily kuldi.
Lily: Tanishing, bu Jimin va uning sevgan qizi...
Teo: Ismi esa Kim Mi-Yeon, shunaqami?
Jk o‘zini kulib yubormaslik uchun tiyib turar edi. Nina buni ko‘rib, uni turtib qo‘ydi.
Lily: Teo, nimalar deyapsan?
Jimin: Ha, ismi shunaqa. Xo‘sh, uni qayerdan taniysan?
Teo: Xo‘sh, qayerdan taniman ekan? Balki uning oyi bilan mening oyim opa-singil bo‘lgani uchun va biz xolavachchalar bo‘lganimiz uchun tanirman... U shu darajaga yetibdi-ki, hatto o‘z xolavachasiga salom bermaydigan darajada.

Mi-Yeon: Salom, aka, — u ikkilanib aytdi.
Teo: Xo‘sh, xolam bu yerda ekaningni biladimi?
Mi-Yeon: Ha, biladi. Kelganimdan keyin aytgan edim.
Teo: Voy, juda vaqtli aytibsan. Uyga qaytganingdan keyin aytishing kerak edi.
Mi-Yeon: Mayli, aka, kechiring.
Lily: Teo, uni tergayverma, axir ikkalasi ham bir-birini sevadi.
Mi-Yeon: Ha, to‘g‘ri aytyaptilar.
Teo: Mayli, mayli.
Mi-Yeon: Rahmat, aka.
Jimin: Demak, tanishib oldik.
Teo: Ha, yana, Jimin, agarda uni xafa qilgudek bo‘lsang yoki xiyonat qilib, uni yig‘latadigan bo‘lsang, qarshingda meni ko‘rasan.
Jimin: Mayli.
Lily: Mayli, qani, aylanamiz.
Hammasi birga aylanishni boshlashdi. Ular kechgacha aylanishdi. Kechki payt restoranga kirib, birga nishonlashdi.


Oradan hash-pash deguncha 1 oy o‘tdi. Jk, Teo, Nina va Mi-Yeon Lily va Jiminning tug‘ilgan kunini o‘tkazib bo‘lgach, uylariga qaytishgan edi va nihoyat Jimin va Lily ham ortga qaytishdi. Ular aeroportdan chiqishdi. Ularni boshqalar kutib olishdi. Albatta, ular kutishgan edilar.
Lily: Hech, bizni kutishayotgan ekan. Ana!
Jimin: Ha.
Ular boshqalar tomon borishdi. Teo tezda Lily'ni bag‘riga bosdi. Jimin ham Mi-Yeonni bag‘riga bosdi.
Nina: Xush kelibsizlar.
Lily: Rahmat.
Lily Ninani ham bag‘riga bosdi.


Lily va Teo Teoning mashinasida ketishar edi.
Lily: Xo‘sh, qayerga ketyapmiz? Aeroportdan chiqib, darrov yo‘lga tushdik.
Teo: Xo‘sh, seni ota-onam bilan tanishtirmoqchiman.
Lily: Nima? Nimalar deyapsan? Men tayyor emasman. Ular men haqimda nima deydi? Ko‘rishganimizda ahvolim ham yomon. Shundaymi? Uff, Teo, aytsang bo‘lmaydimi? Iltimos, ortga qaytar. Uff!
Teo: Yo‘q, sen juda chiroylisan.
Lily: Aniqmi?
Teo: Ha, chiroylisan.
Lily: Uff, baribir ham hayajonlanyapman.
Teo: Hammasi yaxshi bo‘ladi, hayajonlanma.
Lily ikkilanib boshini chayqadi.
Oradan yarim soat vaqt o‘tdi. Lily va Teo bitta tog‘ning ustida joylashgan ikkita qabr ustida turishar edi.
Lily: Men bilmagan edim, Teo.
Teo: Hechqisi yo‘q.
Lily sekin uning qo‘lini ushladi.
Teo: Salom, oyi, dada. Tanishing, bu mening sevgan qizim.
Lily: Salom, — u sekin kuldi.
Teo: Bugun uni sizlar bilan tanishtirish uchun olib keldim. Umid qilamanki, biz to abad birga bo‘lamiz, — u Lilyga qaradi. U ham Teoga qaradi va mayin kuldi.
Teo: Qani, endi biz ketamiz.
Ular sekin orqasiga qayrilib ketishdi. Lily ularning qanday vafot etganini so‘rashni xohladi-yu, lekin bu Teoga yoqmasligi mumkin deb o‘yladi. Ular mashinaga o‘tirishdi. Mashina sekin ishga tushdi. Ular sekin uy tomon ketishdi.
Teo: ...Ota-onam bundan 2 yil oldin yong‘inda vafot etishgan.
Lily: Sen uchun afsusdaman.
Teo uning qo‘lini ushladi va unga kulib qaradi... Birdan mashina ishlamay qoldi, turgan joyida to‘xtab qoldi.
Lily: Nima bo‘ldi?
Teo: Bilmayman.
Teo mashinadan tushdi, izidan Lily ham tushdi. Teo mashinaning oldini ochdi. Birdan tutun chiqdi.
Teo: Motor qizib ketibdi, — u tutun tomog‘iga ketgani uchun yo‘taldi.
Lily: Endi nima qilamiz? Piyoda ketaylik desak ham, o‘zi mashinada roppa-rosa 1 soatda ketdik.
Teo: Bu yaqin atrofda mehmonxona bor edi, shekilli. O‘sha yerga boramiz.
Lily: Mashinachi?
Teo: Mashina ustalariga xabar beraman, olib ketishadi.
Lily: Mayli.
Teo mashinadan bir nechta narsani oldi va mashinani qulflab, piyoda yo‘lga tushishdi. Oradan bir necha soat vaqt o‘tdi, lekin haligacha mehmonxona ko‘ringani yo‘q edi va quyosh allaqachon botgan edi.
Lily: O‘zi adashib ketmadikmi?
Teo: Yo‘q, shu yaqin atrofda edi.
Ular biroz yurishdi. Birdan yomg‘ir yog‘ishni boshladi.
Lily: Endi bu nimasi?
Teo ustidagi kostyumini yechdi va ikkalasining ham boshiga tashladi. Yomg‘ir esa juda tez yog‘ar va ko‘p edi. Yomg‘ir yog‘ganiga hali ko‘p vaqt bo‘lmadi, lekin ular xuddi yuvinib chiqqandek shalabbo bo‘lishgan edi. Oradan 15 daqiqa o‘tdi.
Teo: Ana, mehmonxona ko‘rindi.
Ular xursand bo‘lib, o‘sha tomonga yugurishdi va tezda ichkariga kirishdi. Ikkalasining ham kiyimi ustiga yopishib qolgan edi. Teo tezda o‘sha kostyumni Lily'ning ustiga tashladi.

: Salom, xonim. Salom, janob.
Teo: Salom, bizga sochiq bera olasizmi?
: Albatta.
O‘sha kassada turadigan kutib oluvchi yigit ularga sochiq berdi. Ular tezda sochlarini artishni boshlashdi. Lily sochini artib bo‘lgach, kassa oldiga bordi.
Lily: Bizga ikkita bir kishilik xona bering.
Teo uning orqasida turgancha, kassir yigitga «yo‘q» degandek bosh irg‘adi. Yigit ham uni tushundi.
: Lekin ikkita bir kishilik xona qolmadi. Lekin ikki kishilik xonalar bor.
Lily: Unda o‘sha ikki kishilik xonadan 2 ta bering.
Teo yana «yo‘q» deb boshini irg‘adi. Yigit yana tushundi.
: Lekin faqat bitta qolgan. Yomg‘ir yog‘gani uchun yo‘ldagi odamlar bu yerga kelishdi.
Teo: Unda o‘shani bering, — Teo tezda gapirdi.
: Mana kalit, janob.
Teo kalitni oldi va ular yo‘lak bo‘ylab yurishni boshlashdi.
Lily: Nima, ikkalamiz bir xonada qolamizmi?
Teo: Nima qilibdi... Nima, o‘sha ishni qiladi deb o‘ylayapsanmi?
Lily: Nima, nimani nazarda tutyapsan? — u uyalib gapirdi. Birdan orqadan o‘sha kutib oluvchi yigitning ovozi keldi.
: To‘xtanglar!
Ular orqasiga qarashdi.
: Mana bu sizlarga. Mehmonxona tomonidan shunaqa: yomg‘ir to‘satdan yog‘ib qolsa va mehmonlar shalabbo bo‘lishgan bo‘lsa, biz ularga kiyim beramiz.
Ular kiyimni olishdi.
Lily: Rahmat.
: Tuningiz xayrli o‘tsin.
O‘sha erkak ketib qoldi. Ular o‘z xonalariga kirishdi.