4 ta dugonalarning sevgi hikoyasi 2-fasl 13-qism
Tg:By Yoongina [Elizabetta]
Yt:Yoongina [Elizabetta]
Snap:Min Yoongina [Fanficer]
Suga uni xonaga olib kirdi va u ham yoniga yotib, uni bagʻriga bosgancha uyquga ketdi.
Erta tong. Y/N uygʻondi. Yonida Suga mushukga oʻxshab uxlab yotardi. U sekin oʻrnidan turib, xonadan chiqdi va vannaxonaga kirib ketdi. Yuvinib, vannadan chiqqan edi hamki, Suga ham xonadan chiqayotgan ekan. Suga Y/N ni bagʻriga bosdi:
Suga: Xayrli tong, sevgilim!
Y/N: Senga ham xayrli tong, sevgilim.
Ular bir-biriga qarashdi va qisqa boʻsa olishdi. Y/N uni yana quchdi:
Y/N: Senga rahmat, sevgilim.
Suga: Nega?
Y/N: Har doim mening yonimda boʻlganing uchun.
Suga: Nega yoningda boʻlmasligim kerak ekan?
Y/N: Bilmayman, mendek qizning yonida kim ham boʻlardi...
Suga: "Sendek" deganda nimani nazarda tutyapsan?
Y/N: Ya'ni gʻirt qotil, qoʻpol va shunga oʻxshash...
Suga: Oʻzingni bunday dema. Hamma narsaning yaxshi va yomoni bor. — Suga unga qaradi. — Masalan, sen aytganingdek yomon odamlarni shunchaki oʻldirmaysan, boshqalarga goʻzal hayot berish uchun oʻldirasan. Bu yomonlik emas, yaxshilik. Qoʻpolligingga keladigan boʻlsak, sen juda mehribonsan, qoʻpol emassan. Sen menga, dugonalaringga, agarda ota-onang tirik boʻlishganida ularga ham kerak boʻlarding.
Y/N: Sening shu tomoningni ham sevaman!
Suga: Men ham seni borligingcha sevaman.
Y/N: Sen meni sevasan ekan, unda men sen uchun nonushta tayyorlab beraman!
Suga: Sen ham meni sevasan, shuning uchun men qilishim kerak.
Y/N: Yoʻq, sen koʻp bor buni qilding va sevishingni gaplar bilan emas, amallar bilan koʻrsatding. Endi mening navbatim!
Suga: Oʻzing xohlayotgan ekansan, qarshilik qila olmayman.
Y/N: Unda yuvinib chiq.
Suga: Mayli.
Suga vannaga kirib ketdi, Y/N esa nonushta tayyorlashga kirishdi. Oradan bir necha daqiqa oʻtdi. Y/N narsalarni stolga qoʻyayotganida Suga ham vannadan chiqdi.
Y/N: Chiqdingmi?
Y/N unga qaradi-yu, tezda boshqa yoqqa burildi. Chunki u ustiga futbolka kiymagan, faqat shortikda edi.
Suga: Ha, chiqdim.
Suga uni koʻrib kuldi va yoniga yaqinlashdi. Y/N buni sezdi:
Y/N: Haligi... Ustingga narsa kiyib chiq, nonushta qilamiz.
Suga uni oʻziga qaratdi:
Suga: Xoʻsh, xonim, oldin yigitlarning tanasini koʻrmaganmisiz?
Y/N: Juda koʻp marotaba koʻrganman!
Suga: Xoʻsh, qayerda koʻrgansan?
Y/N: Men shifokorman va bu odatiy hol!
Suga: Boshqalarnikini koʻp koʻrgansan, lekin menikini ikkinchi marotaba koʻrishing, shundaymi?
Y/N: Hech ham! Yoʻqol, bor, kiyinib chiq!
Uni xona tomon itarib yubordi. Suga kulgancha xonaga kirib ketdi va ustiga futbolkasini kiyib chiqdi-da, dasturxon atrofiga oʻtirdi.
Oradan yarim soat oʻtdi.
Suga: Tayyormisan?
Y/N: Ha, mana chiqdim.
Suga: Qani, kettik!
Suga Y/N ning qoʻlidan ushlab, birgalikda uydan chiqishdi va Suganing mashinasiga oʻtirishdi.
Suga: Demak, bugun sen mening kompaniyamga borar ekansan-da?
Y/N: Albatta!
Suga kuldi va oʻz kompaniyasi tomon ketishdi. Yoʻlda ikkalasi ham jim ketayotganda Suga gapirdi:
Suga: Balki mening berilgan uyimga koʻchib oʻtarmiz?
Y/N: Oʻsha politsiya tomonidan berilgan uygami?
Suga: Ha.
Y/N: Hech qachon!
Suga: Nega?
Y/N: Men oʻsha politsiyang va detektivlaring tomonidan berilgan uyga koʻchmayman.
Suga: Men esa mafiyalar yashaydigan joyda yashayapman-ku?
Y/N: Men ham mafiyaman-ku!
Suga: Men ham detektivman.
Y/N: Lekin hozir emas!
Suga kuldi.
Suga: Mayli, mayli...
Ular kompaniyaga kelishdi. Suga kalitni qoʻriqchilarga berdi va ikkalasi ichkariga kirib, Suganing xonasiga chiqishdi. U 5-qavatda edi. Suga oʻz stoliga oʻtirdi, Y/N atrofni kuzatardi. Birdan qoʻngʻiroq boʻldi, Y/N qoʻngʻiroqqa javob berdi:
Y/N: Eshitaman... Mayli. Hozir qayerdasan?... Aha, unda Min kompaniyasiga kel.
Qoʻngʻiroq tugadi.
Suga: Kim edi?
Y/N: Kelsa koʻrasan! — Y/N koʻzini qisib qoʻydi.
Oradan bir necha daqiqa oʻtdi, eshik taqilladi. Suga inglizcha gapirdi:
Suga: Kiring.
Xonaga kotiba kirib keldi.
Kotiba: Janob, haligi... Yoningizdagi ayolni soʻrab kelishibdi.
Suga: Kirgiz.
Kotiba chiqib ketdi va eshik ochilib, bir erkak kirib keldi.
Erkak: Xayrli kun, xonim. — U erkak bosh egdi.
Y/N: Xayrli kun.
Erkak: Mana, olib keldim. — U qoʻlidagi konvertni berdi.
Y/N: Ketishing mumkin.
Erkak: Xoʻp, xonim, xayr!
U xonadan chiqib ketdi.
Suga: U kim edi? Nima olib keldi?
Y/N divan ustida oʻtirgan joyidan sekin oʻrnidan turdi va Suganing yoniga borib, stolga suyanib turgancha konvertni ochdi:
Y/N: Rasmlar...
Konvert ichidagi rasmlarda qizlarning butun kun davomidagi suratlari bor edi.
Suga: Ofarin! Haqiqiy mafiyasanda!
Y/N: Albatta!
Y/N kuldi. Suga qoʻllarini uning beliga oʻtkazib, tizzasiga oʻtqazdi va boʻsa olishni boshladi. Y/N ham qoʻllarini uning boʻyniga tashlab, boʻsaga javob bera boshladi.
Xonaning tashqariga qaragan tarafi faqat oynadan iborat edi. Y/N derazadan pastga qarab turganida, bir necha politsiya mashinalari kelib, kompaniya binosiga kirishdi. Y/N birdan vahimaga tushib, Sugaga qaradi. U bir necha daqiqadan beri telefonga tikilib oʻtirgandi va endi uni chetga qoʻygandi.
Y/N: Suga!
Suga: Nima boʻldi?
Y/N ning yuzi oqarib ketgan edi:
Y/N: Pastdagilar nima?
Suga: Nima?
Suga deraza oldiga bordi va pastga qaradi. U yerda 5 taga yaqin politsiya mashinasi turardi.
Suga: Men hozir kelaman.
Suga tezda xonadan chiqib ketdi va politsiya xodimlari yoniga bordi. Kompaniya xodimlari ulardan nega kelishganini soʻrashardi, lekin ular javob bermay, xoʻjayinni soʻrashardi. Suga inglizcha gapira boshladi:
Suga: Salom, janoblar! Biror muammo bormi?
Xodim: Siz bu yerni xoʻjayinimisiz?
Suga: Ha.
Xodim: Bizga kelib tushgan arizalarga koʻra, sizning kompaniyangizda noqonuniy ishlar olib borilgan, hujjatlar sohtalashtirilgan, odamlardan esa koʻp bor pora olgansizlar.
Suga: Nima, hazillashyapsizmi, janob?
Xodim: Yoʻq, hazil emas. Biz bu yerni tintuv qilishimiz kerak.
Suga: Bu uchun orderingiz bormi?
Politsiya xodimi choʻntagidagi qogʻozni chiqardi, u order edi.
Suga: Bu yerda "Min kompaniyasi" deb yozilmagan-ku?
Barchasi atrofga qarab alanglab qolishdi.
Xodim: Bu yer Min kompaniyasimi?
Suga: Albatta!
Xodim: Ahh, uzr soʻraymiz! Bizga berilgan manzil xato ketgan shekilli. Yana bir bor uzr soʻraymiz.
Suga: Iltimos, keyingi safar e'tiborliroq boʻling.
Politsiya xodimlari kompaniyadan chiqib ketishdi. Suga ortiga qaytdi.
Y/N xonada divan ustida oʻtirarkan, vahimadan tirnogʻini tishlab, oyogʻini qimirlatib oʻtirardi.
Y/N (ichida): "Men oʻylagan narsa boʻlmasin... U detektivligini qilib, politsiyaga meni sotgan boʻlmasin! Uff, nima qilishim kerak?!"
Birdan eshik ochildi va Suga kulib kirib keldi. Y/N tezda oʻrnidan turdi:
Y/N: Nima boʻldi?
Suga: Nega vahima qilasan? Shunchaki boshqa kompaniya bilan adashtirib yuborishibdi. Ya'ni bizning kompaniyada noqonuniy narsalar bor, hujjatlar sohtalashtirilgan va pora olingan deyishayotgan edilar, lekin orderda boshqa kompaniya yozilgan ekan.
Y/N tezda Sugani quchdi. Suga ham uni bagʻriga bosdi.
Suga: Senga nima boʻldi, yuzing politsiyani koʻrgandan beri oqarib ketgan?
Y/N ning koʻzlari yoshga toʻldi va uning quchogʻida gapirdi:
Y/N: Sen... Sen meni politsiyaga sotding, baribir ham detektivligingni qilding va meni qaytib... sevmaysan deb oʻylagan edim.
Suga hayron qoldi va uning boshini silab gapirdi:
Suga: Nega bunday deyapsan? Men seni qanday politsiyaga sotishim mumkin va qanday qilib sevmasligim mumkin? Xoʻsh, gapir-chi!
Y/N unga qaradi:
Y/N: Sen tinmasdan telefonda eding va birdan politsiya keldi. Keyin men "Meni politsiyaga sotdi va bundan kelib chiqadiki, u meni sevmaydi", deb oʻyladim.
Suga: Tentakvoy! Bular haqida umuman oʻylama. Men sendan hech qachon vos kechmayman va sevishdan toʻxtamayman!
Y/N: Rahmat senga, hayotimda borliging uchun.
Suga: Senga ham rahmat.
Oradan bir necha kun oʻtdi. Bugun kuzning birinchi kuni.
Suga: Kuzning birinchi kuni bilan!
Y/N: Seni ham! Ha, yana bugun Jungkookning tugʻilgan kuni, shundaymi?
Suga: Ha, bugun tugʻilgan kuni edi, kechki payt nishonlashadi.
Y/N: Ha, yaxshi.
Y/N yana noutbukida nimalarnidir yozishga kirishdi.
Suga: Sen nima qilyapsan? Boshidanoq noutbukda bir narsalarni yozasan...
Y/N: Jungkookka sovgʻa tayyorlayapman.
Suga: Qanaqa sovgʻa?
Suga uning yoniga oʻtirdi va u yozayotgan xabarni oʻqidi:
Suga: Bu qanday xabar?
Y/N: Bu JKning hamkorlariga xabar — hamkorlikni uzishi uchun.
Suga: Demak, menga qilganingdek qilmoqchisan, shundaymi?
Y/N: Albatta!
Y/N tayyorlagan xabarini Jungkookning barcha hamkorlariga yubordi. Unda shunday deb yozilgan edi:
"Salom, men Elizabettaman. Sizdan bir iltimosim bor edi. Iltimos, hoziroq Jeon Jungkook bilan hamkorlikni uzing. Agarda 'yoʻq' desangiz, butun biznes olamingiz bir kunda qulaydi. Umid qilamanki, bu taklifimni qabul qilasiz."
Suga: Bu tahdidingga koʻnishadi deb oʻylaysanmi?
Y/N: Albatta! Chunki ular "Elizabetta" nomini eshitishlari bilan mening buyrugʻimni soʻzsiz bajarishadi.
Suga: Bu yaxshi.
Oradan bir necha daqiqa oʻtdi. JK bilan hamkor boʻlganlar roʻyxatini tekshirdi — hech kim yoʻq edi.
Y/N: Hammasi tayyor, endi mening navbatim!
Y/N ularning elektron pochtasiga hamkor boʻlish taklifini yubordi. JK esa biroz oʻylandi va bu Elizabetta ekanini bilgach, rozi boʻlmasa kasodga uchrashini anglab, rozilik berdi. Onlayn majlisni 15 daqiqadan keyinga qoʻyishdi. Y/N esa faqat kamerani oʻchirib qoʻydi, xolos. Oradan 1 soat vaqt oʻtdi, onlayn majlis tugadi.
Lily: Azizam, buncha zoʻr! Sen Elizabetta bilan hamkor boʻlding! — Lily JKni bagʻriga bosdi.
Teo: Tabriklayman, ogʻayni!
JK: Rahmat!
Jimin: Tugʻilgan kuning uchun katta sovgʻa boʻldi.
JK: Ha, oldin xavotirga tushdik, endi esa xursandmiz.
Ularning barchasi JKning uyida edilar.
Suga: Ofarin, menimcha u juda xursand boʻlgan.
Y/N: Menimcha ham.
Birdan Sugaga qoʻngʻiroq boʻldi.
Suga: Ha, ana, oʻzi ham qoʻngʻiroq qildi.
Y/N: Ovozini koʻtarib javob ber!
Suga qoʻngʻiroqqa javob berdi, ovozini ham balandlatdi:
Suga: Oʻ-oʻ, Jeon Jungkook janoblari, tabriklaymiz!
JK: Rahmat!
Suga: Elizabetta xonim bilan hamkor boʻlibsizmi?
JK: Ha, shunaqa. Xuddi sendek boʻldi menda ham.
Suga: Menimcha, uning taktikasi shunaqa. — Suga Y/N ga qarab koʻzini qisdi.
So-in: Aytgandim-ku, uning taktikasi shunaqa deb!
Lily: Ha, aytgan eding.
Y/N qizlarning ovozini eshitib, negadir gʻalati boʻldi va ta'sirlanib ketdi. Suga unga qaradi va uning yoshga toʻla koʻzlarini koʻrdi.
Suga: Barchangiz bitta joydamisizlar deyman?
Jimin: Ha, tugʻilgan kunni nishonlayapmiz.
Suga: Hanna ham bormi?
Hanna: Ha, men ham shu yerdaman!
Suga buni ataylab qilgan edi — Y/N uning ovozini eshitsin degandek.
Suga: Hozir Koreyada soat necha?
Teo: Xoʻsh, bizda soat 22:00. Sizlardachi?
Suga: Ertalabki 9:00. Xoʻsh, birga nishonlayotgan ekansizlar, menga videoqoʻngʻiroq qilinglar-chi!
JK: Hozir!
Qoʻngʻiroq tugadi. Y/N ning koʻzlari yoshga toʻlgan edi. Suga uni quchdi:
Suga: Hozir ularni koʻrasan, faqat yigʻlama.
Y/N boshini chayqadi va yana qoʻngʻiroq boʻldi. Suga uni quchogʻidan chiqardi va Y/N ni koʻrsatmay qoʻngʻiroqqa javob berdi. Ular telefonni bir joyga qoʻyishdi, ekranda hamma koʻrindi.
Suga: Salom! — Suga qoʻlini siltadi, boshqalar ham qoʻl siltashdi.
Hanna: Men nimadir payqadim...
Suga: Xoʻsh, nimani?
Hanna: Yuzingdagi kulguni va quvonchni! Juda baxtliga oʻxshaysan.
JK: Tugʻilgan kunim-ku, shungadir! — Oʻzidan faxrlanib ketdi JK.
Lily: Agarda shuning uchun boʻlganda, oʻtgan 3 yil davomida sening tugʻilgan kunlaringning barchasida quvonardi.
Teo: Xoʻsh, nima boʻldi, nega buncha baxtlisan?
Suga kulib yonidagi Y/N ga qaradi. Y/N esa ularni kuzatardi. Suga Y/N dan qisqa boʻsa oldi va yana ularga qaradi.
So-in: Nima, kimga kulib qarading?
Hanna: Qara, qara! U kimdandir boʻsa olgandek tuyulmadimi sizlarga?
Jimin: Menga tuyuldi!
Teo: Yoningda kim bor, tezda ayt!
Suga: Sevgan qizim, ya'ni boʻlgʻusi xotinim.
Hanna: Nima?! — Qizlar qoʻllari bilan ogʻizlarini yopishdi.
Lily: Rostdanmi?! 3 yil deganda va nihoyat-a?
Suga: Ha, va nihoyat.
Hanna: Xoʻsh, u kim ekan, koʻrsat-chi, bizni koʻryaptimi?
Suga: Ha, koʻryapti, lekin koʻrsatmayman.
Teo: Buncha rashk qilasan? Sevgan qizingni ham yashirasanmi?
Suga: U xohlamaydi.
Qizlar hayron qolishdi.
Hanna: Men qiziqishdan tugʻib qoʻyaman hozir! — Barchasi kulishdi.
Jimin: Ming harakat qilmaylik, menimcha aytmaydi u.
Suga: Ha-da!
JK: Har holda bu yerga kelsang, olib kelarsan-a?
Suga: Albatta!
Lily: Qachon kelasizlar?
Y/N pichirladi:
Y/N: 3 yoki 4 oydan keyin...
Suga: 3 yoki 4 oydan keyin boramiz.
Hanna: Ungacha allaqachon tugʻib boʻlaman-ku!
Y/N pichirladi:
Y/N: Necha oylik boʻlibdi, soʻra...
Suga: Ha, bolang necha oylik boʻldi?
Hanna: Shu oy 7 oylik boʻladi, shifokorlar noyabr oyiga deyishdi.
Suga: Ha, yaxshi.
Y/N kulib qoʻydi.
Suga: Mayli, oyning 20-kunida yigʻilsangiz, yana qoʻngʻiroq qilaman. Sevgilim bilan vaqt oʻtkazishimiz kerak.
Y/N kulib yubordi va Sugani turtdi.
JK: Mayli, mayli, maroqli hordiq tilaymiz!
Hammasi Sugaga qoʻl siltashdi, Suga ham javoban siltadi. Qoʻngʻiroq tugadi.
Suga: Xoʻsh, qalay? Ularni koʻrib xursand boʻldingmi?
Y/N: Juda xursandman! Ularni rasmlarda koʻrardim, lekin hozir koʻrib juda xursand boʻldim.