From Friend to Foe, From Foe to Love 7-qism
Ular bir-birlarining koʻzlariga qarab gaplashishdi, huddi bir-birining xayolini oʻqib, unga javob qaytarayotgandek edi.
Y/N: Men hozir kelaman.
Hyunjin: Mayli.
Y/N ketib qoldi va hojatxonaga bordi. Oynaga qarab, oʻziga-oʻzi pichirlab gapira boshladi:
Y/N: Y/N, senga nima boʻlyapti? Uning otasi sening onangni oʻldirgan, sen esa uni sevib qolyapsan! Lanati jin ursin, undan nafratlanaman!
Y/N sumkasidan lab boʻyogʻini oldi va surtib qoʻydi. U yerdan chiqqan edi, birdan roʻparasida Jiminni koʻrdi.
Jimin: Gaplashib olaylik.
Y/N unga qarab turdi va koʻzini uzib, boshqa yoqqa ketdi. Jimin ham uning ortidan ergashdi. Y/N orqa eshikdan tashqariga chiqdi. Bu bazm boʻlayotgan binoning orqa tomoni edi; bu yerga ofitsiantlar axlatlarni tashlash uchun chiqishar edi, hatto axlat idishlari ham shu yerda edi.
Jimin: Nega bu yerdamiz?
Y/N: Nima gaplashayotganimizni sening otang va mening otam koʻrishini xohlaysanmi? Xohlasang, yura qol, ikkalasini ham olib kelib, yonida gaplashamiz. Keyin katta janjalni koʻrasan.
Jimin: Mayli, mayli, oʻylamay gapirdim, kechir.
Y/N: Sen oʻzi biror marotaba oʻylab gapirganmisan? Xoʻsh, nima gaping bor edi? Endi amin boʻldingmi otang mening onamni oʻldirganiga va men mafia ekanimga?
Jimin: Qanaqasiga mening otam sening onangni oʻldiradi? Aksincha, sening otang mening onamni oʻldirgan!
Y/N: Oʻzingni oqlashga harakat qilma.
Jimin: Oʻzimni oqlayotganim yoʻq.
Y/N: Kel, garov oʻynaymiz. Agarda sening otang mening onamni oʻldirgan boʻlsa, barcha mol-mulkingiz bizga qoladi va biz sizlarni xohlagan koʻyimizga solamiz. Tirik qolsangiz, aybingizni omma oldida tan olasizlar va oʻzingizni politsiyaga topshirasizlar.
Jimin: Agarda sening otang onamni oʻldirgan boʻlsa, buni teskarisi boʻladi!
Y/N: Kelishdik.
Y/N qoʻlini choʻzdi, Jimin ham uning qoʻlini siqdi.
Y/N: Ertaga dam olish kuni. Birorta restoranni band qil, u yerda bizdan boshqa hech kim boʻlmasin. Otangni ham olib bor, men ham olib boraman.
Jimin: Soat nechaga?
Y/N ketib qoldi, lekin chiqqan eshiklaridan kirishdan oldin eshik tutqichini ushladi va orqasiga qaradi:
Y/N: Kechki payt taxminan 19:30 larga. Manzilni menga ham tashlab qoʻy.
U ichkariga kirib ketdi, Jimin esa oʻsha joyda qoldi.
Y/N ichkariga kirdi va Hyunjinning yoniga bordi. Boshqalar, ya'ni Suna va uning yigiti Woo, yana Dayeon va Kai oʻrtada raqs tushishar edi. Y/N, Hyunjin, Felix va Niki chekkada turib ularni kuzatishardi. Sahnada faqat ular emas, boshqalar ham raqsga tushayotgan edi. Birdan Y/N ning yoniga otasi keldi.
Jae-hyung: Ange Noir xonim, balki men bilan raqsga tusharsiz? — u qoʻlini uzatdi.
Y/N kuldi va yigitlarga qaradi, ular ham kulib turishar edi.
Y/N: Qanday qilib sizni rad etishim mumkin, janob Kim Jae-hyung?
Y/N kuldi va otasiga qoʻlini uzatdi. Ikkalasi ham sahnaga chiqib, raqsga tusha boshlashdi. Ularni koʻrgan barchaning havasi kelib tikilib turardi. Y/N ning bitta qoʻli otasining boʻynida, bitta qoʻli esa uning qoʻlini ushlab turardi. U otasiga pichirladi:
Y/N: Ota, balki ertaga kechki ovqatga chiqarmiz?
Jae-hyung: Senga biror marotaba yoʻq deganmanmi? Albatta chiqamiz. Vaqt va manzilni tashlab qoʻy, oʻzim yetib olaman.
Y/N: Yoʻq, birga boraylik, maylimi?
Jae-hyung: Buyruq yuqoridan keldi, yoʻq deb boʻladimi!
Y/N kuldi. Qoʻshiq ham tugadi, barchasi joylariga qaytishdi.
Suna: Y/N, otang bilan juda zoʻr raqsga tushdingiz!
Y/N: Rahmat
Bazm tugadi, hamma uyiga ketdi.
Y/N dush qabul qilib chiqdi. Telefoniga habar kelgan edi, uni ochdi. Bu Jimindan edi — u manzil va vaqtni tashlagan edi. Y/N uni koʻrdi va javob bermadi. Restoran ham Y/N yoqtirgan restoranlardan biri edi. Y/N negadir oʻzida qandaydir hisni tuydi, lekin oʻzini bosdi.
Erta tong. Y/N va otasi dasturxon atrofida oʻtirishardi.
Jae-hyung: Kechki ovqatni qaysi vaqtga qoʻyding?
Y/N: 19:30 lar atrofiga. Men yoqtiradigan restoranga boramiz.
Jae-hyung: Mayli.
Kechki payt. Y/N tayyor boʻlib otasini kutar edi, quyosh allaqachon botgan edi. Jae-hyung ham keldi, ular birga yoʻlga chiqishdi. Restoranga kelib toʻxtashdi — u eng qimmat restoran edi, ovqatlari ham juda mazali edi. Ular mashinadan tushishdi.
Jae-hyung: Nega hech kim yoʻq? Ahir har doim gavjum boʻlar edi-ku?
Y/N: Bugun uni bir kunga sotib oldim.
Jae-hyung: Mayli, yura qol-chi.
Ular ichkariga kirishdi. Jae-hyung va Hyung-woo bir-birini koʻrib hayron qolishdi.
Jae-hyung: Qizim, u bu yerda nima qilyapti?
Y/N: Dada, bir narsaga aminlik kiritib olish kerak, iltimos, yura qoling.
Hyung-woo: Oʻgʻlim, u bu yerda nima qilyapti?
Jimin: Bir muammo bor, oʻshani hal qilamiz.
Hyung-woo: U bilan juda katta muammomiz bor!
Jae-hyung va Y/N ularning yoniga kelishdi. Jae-hyung va Hyung-woo bir-birining koʻziga gʻazab bilan qarab turishardi. Y/N Jae-hyungni Hyung-wooning roʻparasiga oʻtqazdi, oʻzi esa Jiminning roʻparasiga oʻtirdi.
Y/N: Sizlarni bu yerga olib kelishimizdan maqsad — kim haq, kim nohaq ekanini aniqlash. Tushunishim boʻyicha, ikkangiz ham bir-biringizni ayolingizni oʻldirdi deb yuribsiz. Bu yerda faqat bitta odam haq va hozir haq odam oshkor boʻlsa, nohaq odamning barcha mol-mulki haq odamga qoladi. Haq odam nohaq odamni xohlagan koʻyiga soladi, agarda tirik qolsa, politsiyada barcha ishlarini tan oladi.
Jae-hyung & Hyung-woo: Albatta u nohaq!
Ikkalasi ham bir-birini koʻrsatdi. Jimin va Y/N bir-biriga qarashdi.
Y/N: Balki bunga aminlik kiritib olarmiz? Oʻsha kuni sizlar qayerda edingizlar?
Hyung-woo: Ikkalamizning ham ayolimiz bitta kunda vafot etgan. Men toʻplagan dalillar uning aybdor ekanini koʻrsatyapti!
Jae-hyung: Menda esa sening aybdorligingni!
Y/N: Savolim javobsiz qoldi. Oʻsha kuni sizlar qayerda edingizlar?
Jae-hyung: Men oʻsha kuni onang bilan birga televizor tomosha qilayotgan edim. Unga telefon boʻldi, u chiqib ketdi. Keyin oʻq ovozi keldi, chiqib qarasam, u oʻlik holda yotar edi.
Jimin: Dada, siz qayerda edingiz?
Hyung-woo: Men onang bilan Londonda edim. U qoʻngʻiroqda gaplashish uchun chiqib ketgan edi va uni oʻlik holda topdim.
Y/N: Demak, ikkalasi ham telefonda gaplashib chiqib ketgan va oʻlik holda topilgan...
Jae-hyung: Agarda u Londonda boʻlsa, uni odamlari oʻldirgan!
Hyung-woo: Buni oʻzing ham bilasan, oʻsha paytda mening ham, sening ham odamlarimiz yoʻq edi. Hali endi koʻtarilayotgan edik.
Jae-hyung: Bu toʻgʻri...
Y/N: Toʻxtanglar, mening shubhalarim ikkalangiz ham qilmaganingizga boryapti. Bittangiz uyda edingiz, bittangiz Londonda va odamlaringiz ham yoʻq edi. Endi mening savolimga yaxshilab oʻylab javob beringlar: oʻsha paytda dushmangiz boʻlganmi?
Hyung-woo: Qanaqa dushman? Oʻsha paytda faqatgina u...
U jim qoldi va ikkalasi ham bir-biriga qarab qolishdi.
Jae-hyung: Bor edi!
Y/N jumboqning uchini topgandek boʻldi va kulib Jiminga qaradi.
Y/N: Xoʻsh, u kim?
Hyung-woo & Jae-hyung: Kim Bong-chul!
Y/N va Jimin bir-biriga hayron boʻlib qarashdi, soʻng oʻz otalariga boʻylashdi.
Y/N: Nima? Oʻsha mafialar qiroli boʻlishga nomzodini qoʻygan va hech kim tuta olmayotgan Kim Bong-chulni aytyapsizlarmi?
Hyung-woo: Ha.
Y/N: Lekin qanaqasiga? Uning sizlar bilan nima ishi bor?
Jae-hyung: Biz oʻsha paytda endi mashhur boʻlayotgan edik va biz, ya'ni Hyung-woo ikkalamiz juda yaqin doʻstlar edik. Mafialar orasida birgalikda mashhur boʻlishimizni koʻp aytardik. Kim Bong-chul bizni koʻp marotaba yoʻq qilishga uringan. Bu ham uning rejasidan biri boʻlsa kerak, chunki uning mashhurligini tortib olishimiz mumkin edi.
Y/N biroz oʻylanib qoldi va javob berdi:
Y/N: Ha, u sizlarni yoʻq qilish uchun shuni reja qilgan... Men hozir kelaman.
Y/N oʻrnidan turib, hojatxona tomon ketdi. Ortidan hech kim kelmayotganiga amin boʻlgach, kimgadir qoʻngʻiroq qildi.
Y/N: Alo.
In-yeop: Eshitaman, xonim.
Y/N: In-yeop, senga muhim ish bor. Meni diqqat bilan eshit.
In-yeop: Xoʻp, eshitaman, xonim.
Y/N: Xullas, Jiminni bilasan, shundaymi?
In-yeop: Ha.
Y/N: Jiminning onasi oʻlgan kuni qanday dalillar topilgan boʻlsa va mening onam oʻlganida qanday dalillar topilgan boʻlsa, barchasining rasmini menga olib kelasan! Hattoki oddiygina igna yoki ip boʻlsa ham gap qolib ketmasin. Qoʻshimchasiga, Kim Bong-chul haqida ham qidir, hamma ma'lumotlarni yigʻ: qayerda yashaydi, qayerga boradi, qayerda ishlaydi — hammasini olib kel, bittasi ham qolmasin. Ortidan odam ham qoʻy!
In-yeop: Xoʻp, xonim.
Y/N: Bu haqida otam bilmasin, agarda bilib qolsa, mendan yaxshilik kutma.
In-yeop: Sizni tushundim.
Y/N: Ortidan qoʻyadigan odaming otamga aytmasin. Ha, yana barcha narsani yigʻib boʻlgach, mening yonimga olib kel, undan oldin emas. Barchasini yigʻib boʻlgach, meni maktabdan olib ketish uchun kelgandek qilib ma'lumotlarni olib kelasan, oʻsha kuni sen bilan uyga qaytaman. Hech kim shubhalanmasligi kerak. Qancha tez topsang, shuncha yaxshi.
In-yeop: Tushunarli.
Qoʻngʻiroq tugadi. Y/N ortiga qaytdi va stolga oʻtirdi.
Y/N: Bugun bir narsaga amin boʻldik: hech qaysi biringiz bir-biringizning ayolingizni oʻldirmagansiz. Hozirgi shubha ostidagi shaxs esa — Kim Bong-chul.