March 2

From Friend to Foe, From Foe to Love 2-qism

Y/n pastga tushib ketdi. Sinf xonasiga borib o‘tirdi.

Oradan ikki kun o‘tdi. Y/n va Jimin umuman gaplashmadi. Jimin esa Mira bilan o‘tirar edi.
Bir kuni Jimin va Mira sinfda yolg‘iz qolishdi. Jimin sekin gap boshladi.
Jm: Mira…
Mira: Ha?
Jm: Senga aytadigan gapim bor.
Mira: Gapir.
Jm: Men seni sevib qoldim. Mening sevgilim bo‘lasanmi? Iltimos, meni rad etma.
Mira: Aslida men ham seni sevaman.
Jm:rostanmi
Mira sekin bosh chayqadi, Jimin uni quchoqlab oldi.
Shu payt sinfxonaga Y/n kirib qoldi va ikkisini ko‘rib, bir zum qarab turdi.
Y/n: Uzr, sizlarga xalal bermoqchi emasdim, — deb ko‘zini ulardan olib qochdi va sinfxonadan chiqib ketdi.
Mira: a-axr u seni do‘sting edi-ku.
Jm: Bu ahamiyatsiz, Mira!

Oradan bir necha kun o‘tdi. Jimin Y/nga yana ko‘p bora gapirishga urindi, lekin nima deyishni bilmasdi. Gap topsa ham, Y/n undan qochardi.
Kechqurun Jimin va Mira qo‘l ushlashib ko‘chada sayr qilishardi.
Jm: Balki menga bitta boʻsa sovg‘a qilarsan?
Mira: Yo‘q, hozir emas.
Ular yana jim ketishdi. Ular Miraning uyiga kelishdi. Miraning uyi oldida bir bola turgan edi. Mira o‘sha bolani ko‘rishi bilan Jimindan qo‘lini oldi. Jimin bundan hayron qoldi.
Adrian: Bu bola kim, Aria?
Jm: Qanaqa “Aria”? U Mira.
Adrian: Mira?
Jm: Ha, u Mira. Hech qanaqa Aria emas. O‘zi sen kimsan?
Adrian: Sen kimsan?
Jm: Men uni yigitiman. Xo‘sh, sen kimsan?
Adrian: O‘yin qilyapsanmi? Men uni yigitiman. Biz u bilan 3 oydan beri sevishamiz.

Jm: Nima?
Mira: Men… men sizlarga hammasini tushuntirib beraman.
Jm: Hammasini tushunib bo‘ldim.
Mira: Men… men hali…
Adrian: Demak, meni shuncha vaqt aldading. Meni ustimga ustak, mendan boshqa yigitlar ham bormi? Balki ular bilan birga vaqt ham o‘tkazgandirsan-a?
Mira: Men… men…
Jimin ketib qoldi. Adrian ham bir zum unga qaradi va ketib qoldi. Mira yig‘lar edi.
Biroz vaqt nima qilishni bilmay, bir joyda o‘tirib turdi va uyiga ketishga qaror qildi.
Uyiga borib juda ko‘p yig‘ladi.

Ertalab Y/n maktabga kelib sinfga kirdi joyiga qaradi u yerda Jiminning sumkasi turgan edi Mira ga qaradi u yolgʻiz oʻtirgan edi Jiminning sumkasi bor oʻzi yoʻq edi sumkasini Jiminning sumkasi yonidagi partaga qoʻydi va eʼtiborsiz ovoz bilan gapirdi:
Y/n:Jimin qayerda?

Sinfdagi bir qiz gapirdi:
— Bilmaymiz, sumkani qo'yib ketdi menincha tomga ketdi oʻsha tomonga ketayotgan edi
Y/n sinfdan chiqib to'g'ri tomga ketdi. Jimin o'sha yerda xayol surib o'tirgan edi. Y/n o'sha yerga borib yoniga o'tirdi, qo'llarini chetga qo'yib Jiminga qaradi qoʻllarini chetga qoʻyib

Shunaqaroq

Jimin ham unga qaragan edi. Y/n sekin osmonga qaradi.
Y/n:Nima boʻldi?
J/m:Hech nima.
Y/n:Jimin, meni aldolmaysan.
Jimin sekin uf tortdi.
Y/n:Gapir, nima boʻldi? Kecha...
J/m:Xullas, kecha Mirani uyiga kuzatib qoʻygandim. Uyini oldida bitta bola turgandi. Mira u yigitni koʻrishi bilan mendan uzoqlashdi. Boshida hayron qoldim. Keyinchalik hammasini tushundim. Mira u yigitga o'zini ismi bilan emas, boshqa ism bilan tanishtirib 3 oydan beri u yigit bilan munosabatda ekan.
Y/n:Tushunarli, endi nima qilmoqchisan?
J/m:Bilmadim.
Jimin sekin boshini egdi va Y/n ga qaradi. Y/n uning yelkasiga qo'lini qo'yishni ham, qo'ymaslikni ham bilmas edi. Jimin tezda uni quchoqlab oldi.

Ushbu qism shu yerda tugadi,umid qilamanki sizga yoqdi💝
By: Park Rami