September 13

Negayam seni uchradim? 7-qism

Tg:By Yoongina [Elizabetta]
Yt:Yoongina [Elizabetta]
Snap:Min Yoongina [Fanficer]


​Oradan 1 soat vaqt oʻtdi. Yuna va Jin shifoxonaga borishdi.
Yuna: Y/N yeb olishi uchun biror narsa olib kel, u shifoxona ovqatlarini yoqtirmaydi.
Jin: Mayli.
​Jin shifoxonadan chiqib ketdi, Yuna esa Y/N ning yoniga kirdi.
Yuna: Xayrli tong!
Y/N: Senga ham xayrli tong.
Yuna: Ahvoling yaxshimi?
Y/N: Ha, yaxshi... Senga aytadigan gapim bor.
Yuna: Xoʻsh, nima ekan? — u dorilari va boshqa narsalarni yigʻishtirib gapirdi.
Y/N: Sen yoshligimizdagi tentak doʻstimizni taniysanmi?
Yuna: Ha, uni qanday unutishim mumkin?
Y/N: Men uni topdim.
​Yuna qoʻlidagilarni joyiga qoʻydi va divan ustiga, Y/N ning yoniga oʻtirdi.
Yuna: Nima? Qayerdan topding, u qayerda ekan?
Y/N jim qoldi.
Yuna: Nima, unga biror narsa boʻlganmi?
Y/N: Yoʻq, u juda yaxshi.
Yuna: Xoʻsh, gapir, u qayerda?
Y/N: U J-Hope ekan.
Yuna: Hoseok J-Hope'mi?
​(Ular yoshligida J-Hope'ni Hoseok deyishgan. Ismi uzun boʻlgani uchun oʻsha payti J-Hope deyishmagan).
​Y/N: Ha.
Yuna: Jung Hoseok! Uff, qanaqasiga esimdan chiqdi? Sen buni qayerdan bilding?
Y/N: Kecha bitta xonaga kirgan edim, oʻsha yerda bizning yoshlikda tushgan rasmlarimiz va uning yoshlikdagi rasmlari bor ekan.
​Eshik birdan ochildi. Eshikdan J-Hope bir qadam tashlab kirdi.
J-Hope: Haligi, doktor ketishga ruxsat berdi.
Yuna: Buni bilamiz.
J-Hope: Unda men ketdim, — u ortiga oʻgirildi.
Yuna: Toʻxta!
J-Hope toʻxtadi va ortiga oʻgirildi.
Yuna: Nima, tentakmisan?
J-Hope: Biror narsa boʻldimi?
Yuna: Ahh, esimdan chiqibdi, yoshligingda ham shunaqa tentak eding! Qanaqasiga bizni tanimayapsan?
J-Hope unga hayron qolib qarab turardi.
Yuna: Uff, Y/N, meni kechir... — Yuna Y/N ni koʻrsatdi. — U Lee Mona. — Yuna endi oʻzini koʻrsatdi: — Men esa Kim Yuna. Endi ham eslamadim dema!
​J-Hope biroz eslashga harakat qildi va hammasini esladi:
J-Hope: Sizlar...
Yuna: Ha, biz oʻsha yoshlikda birga tentalik qilgan bolalardiriz!
J-Hope tezda Yunani borib quchdi, Yuna ham uni quchdi.
J-Hope: Sizlarni topa olmayman deb oʻylagan edim.
Yuna: Sen topganing yoʻq, Y/N topdi.
​Eshik ochildi va ichkariga Jin kirib keldi. Birdan Yuna va J-Hope'ni koʻrib, mayda qadamlar bilan yura boshladi. J-Hope Yunani quchogʻidan chiqardi va Y/N ga qaradi.
J-Hope: Demak, oʻsha xonaga kirganingda yoshlikdagi rasmlarni koʻrgansan, shundaymi?
Y/N boshini silkidi.
Yuna: Endi ketish kerak, yuraqolinglar.
​Ular birgalikda shifoxonadan chiqishdi. Y/N J-Hope'ning mashinasiga oʻtirdi, Yuna esa Jin'nikiga. Oʻz uylariga ketishdi. J-Hope mashinaga oʻtirganida Y/N gapirdi:
Y/N: Haligi, men seni uyingga borsam boʻladimi? Qarshilik qilmaysanmi? Narigi uyga borishni xohlamayman.
J-Hope: Mayli.
Y/N sekin kuldi.
​Ular yoʻlga chiqishdi, yoʻl boyi ikkalasi ham jim ketdi. Uyga kelgach, J-Hope Y/N ni uyga tashladi va oʻzi ishga ketdi.
​Yuna va Jin uyga kelishdi va ichkariga kirishdi. Jin hech narsa demay xona tomon ketdi.


Yuna va Jin uyga kelishdi va ichkariga kirishdi. Jin hech narsa demay xona tomon ketdi.
Yuna: Hoy, qayoqqa?... Senga gapiryapman!
​U uning ortidan ergashdi. Ikkalasi ham xonaga kirishdi. Jin ortiga oʻgirildi, Yunani eshikka tiradi va sekin eshikni qulfladi.
Jin: J-Hope bilan juda yaqinroq koʻrindingiz?
U Yunani butunlay qimirlay olmaydigan qilib eshikka tirab turardi.
Yuna: Shoshma, meni rashk qildingmi?
Jin: Shunaqa shekilli.
Yuna: J-Hope senga aytganmi-yoʻqmi, bilmayman, lekin Y/N ikkalamiz uning yoshligidan beri doʻstlarimiz.
Jin: Demak, oʻsha Yuna sensan. Mona kim?
Yuna: Mona bu — Y/N.
Jin: Qanaqasiga, u ismini oʻzgartirganmi?
Yuna: Ha, sababi esa yoshligida uni oʻgʻirlab ketishgan. Uni oʻlgudek ahvolga solishgan va zoʻrlamoqchi boʻlishganida topib olishgan. Shundan keyin ismini oʻzgartirgan. Oʻsha payt J-Hope qochib ketgan edi. Oilasi esa umuman qidirmagan, meni ota-onam va Y/N ning ota-onasi qidirganlar, lekin topa olishmagan.
Jin: Demak, doʻstsizlar... Birga oʻtkazgan vaqtlaringizni ayt-chi.
Yuna: Qaysi birini?
Jin: Eng kulgilisini.
​Jin unga qarab turardi.

Yuna: Bir kuni biz xiyobonda edik, birdan kichkina bezori bolalar toʻdasi keldi...
Jin Yunani koʻtarib oldi va divan ustiga oʻtirdi. Yunani oʻziga qaratib, tizzasi ustiga oʻtqazdi.
Yuna: ...Keyin esa ular "bu xiyobon bizga tegishli, tezda bu yerdan ketinglar" deb turib olishdi...
​Jin unga qarab turar ekan, sekin Yunaning tugmalarini yechishni boshladi. Yuna tugmali koʻylak va mini yubka kiygan edi.
Yuna: ...va joyni boʻshatishimizni aytishdi. J-Hope va Y/N esa endi ketishmoqchi boʻlishgan edi, men ularni toʻxtatdim...
​Jin Yunaning tugmalarini yechib boʻldi va sekinlik bilan uning boʻynidan oʻpa boshladi.
Yuna: ...Mmm... Keyin ulardan nega boʻshatishimiz kerakligini soʻradim va ular "bizga tegishli" deyishdi. Men esa... ular bilan urishishni boshladim. Meni koʻrib Y/N va J-Hope ham urishishni boshladi va u bezorilar yutqazishdi...
​Jin Yunaning ehtirosini keltira boshladi. Qoʻllari Yunaning bellarini silar va boʻynidan oʻpib iz qoldirar edi. Yuna qoʻllarini uning boʻyniga tashlab, Jinning ustida harakatlana boshladi. Jin sekin oʻpishni toʻxtatdi va unga qaradi:
Jin: Demak, yoshligingda juda ham yomon va urushqoq boʻlgan ekansan-da, shundaymi?
Yuna: Ha...
​Jin uning ustki ichki kiyimining tasmasiga sekin qoʻlini olib bordi va uni yechdi. Yuna Jindan boʻsa ola boshladi, Jin esa tezlik bilan uni divanga yotqizdi va oʻzining kiyimlarini ham yechishni boshladi.


Kechki payt. Y/N J-Hope'ni kutar edi, lekin undan darak yoʻq edi. Oxiri uni kutib uxlab qoldi.

Erta tong. Y/N uygʻonishi bilan yonida biror kim bor yoki yoʻqligini tekshirdi, lekin hech kim yoʻq edi — kechasi ham hech kim yotmagandi. Dush qabul qilib boʻlgach, pastga nonushtaga tushdi, lekin J-Hope yoʻq edi.
Y/N: Kechirasizlar, J-Hope qayerda? U kecha keldimi?
Xizmatchi: Ha xonim, keldi. Juda kech keldi va juda erta ketdi.
Y/N: Mayli...
Xizmatchi: Ha, yana sizning universitetga ketishingizni aytdilar. Haydovchi sizni kutyapti va universitetga kiyishingiz uchun juda koʻp kiyimlarni buyurtma qilibdilar, kiyim javoningizga joylab qoʻydik.
Y/N: Rahmat.
​Y/N tez-tez nonushta qildi va tepaga chiqdi. Kiyim javonini ochgan edi, bir-biridan chiroyli kiyimlar turardi. Y/N ularni koʻrib koʻzlari quvonchdan porlab ketdi va qoʻliga ilinganini olib kiydi. Oyoq kiyimlar ham juda chiroyli edi. U kiyinib oldi va haydovchi bilan universitetga ketdi. Uni Yuna kutar edi, ular bir-birini bagʻriga bosishdi.
​Yuna: Kiyiming buncha chiroyli!
Y/N: Ha, oʻzimga ham juda yoqdi. J-Hope buyurtma beribdi... Toʻxta, toʻxta!
Yuna: Nima boʻldi?
Y/N: Nima, Jin bilan birga boʻlyapsanmi? Boʻyningda izlar bor!
Yuna tezda boʻynini yashirdi:
Yuna: Nima, koʻrinib qolibdimi?
Y/N: Demak birga boʻlyapsizlar, shundaymi?
Yuna: Sen meni aldadingmi?
Y/N: Ha! — u kuldi.
Yuna: Valdirama, yuraqol darsga.
​Ular darsga kirishdi. Barcha darslar tugadi, Y/N va Yuna uyga qaytishdi. Y/N uyga kirishi bilan J-Hope'ni qidirdi, lekin u yoʻq edi. Hech narsa demadi va kiyinib chiqdi. Yolgʻiz oʻzi kechki ovqatni yedi. J-Hope'ni yana kechgacha kutdi, lekin u yana kelmadi. Shu tariqa yana 3 kun oʻtdi. J-Hope'ni oʻsha kundan beri umuman koʻrmadi. Y/N horgʻin ahvolda universitetga keldi.
​Yuna: Ahvoling yaxshimi?
Y/N: Ha...
Yuna: J-Hope qalay, yaxshimi?
Y/N: Bilmayman, uni oʻsha shifoxonadan chiqqanimizdan beri koʻrmadim.
Yuna: Bir uyda yashab turib, qanaqasiga bilmaysan va koʻrmaysan?
Y/N: Negadir u juda erta ketadi va juda kech keladi. Uni umuman koʻrmayapman va hatto u mening yonimda ham yotmayapti.
Yuna: Unda uning qayerda yotib yurganini koʻr va ertasiga kelishidan oldin uni oʻsha xonada kutib ol. Nima gapligini gaplashib olinglar.
Y/N: Toʻgʻri aytasan.
​Ular darsga kirishdi.


Kechki payt. Y/N uxlamasdan uni kutar edi. Uxlab qolmaslik uchun darslarini qilib oʻtirar ekan, birdan pastdan J-Hope'ning ovozi chiqdi:
J-Hope: Y/N nonushta va kechki ovqatni yedimi?

Xizmatchi: Ha janob.
J-Hope: Universitetga ham borib keldimi?
Xizmatchi: Ha, hozir uxlayaptilar.
J-Hope: Kayfiyati qanaqa edi?
Xizmatchi: Bir necha kundan beri kayfiyati yoʻq, nimanidir sogʻingandek yuribdi.
J-Hope: Mayli...
​J-Hope tepaga chiqa boshladi. Y/N buni sezdi va tezda oʻzini uxlaganga solib, divanga yotdi. J-Hope uning yoniga kirdi, oʻtirdi va yuzini siladi:
J-Hope: Seni qanchalik sogʻinganimni bilasanmi? Shu oʻtgan 4 kun ichida endi koʻrdim. Kimni sogʻinyapsan, goʻzalim? Nega kayfiyating yoʻq? Seni yoningga kirmayotganimning sababi — senga yana yomon munosabatda boʻlib, seni yoʻqotib qoʻyishdan qoʻrqyapman. Meni kechir, seni sevaman...
​J-Hope oʻrnidan turdi, uning peshonasidan oʻpdi va xonadan chiqib ketdi. Y/N esa u ketishi bilan ortidan kuzatdi, qaysi xonaga kirib ketganini koʻrdi.


Ertasi kuni kechki payt. J-Hope uyga mast boʻlib keldi. Endi xonaga kirmoqchi edi, bu Y/N yotgan xona ekani va unga kirmayotgani esiga tushdi. U yonidagi xonaga kirdi — bu kecha Y/N koʻrib qolgan xona edi.
​Ichkariga kirishi bilan divan ustida oʻtirgan Y/N ni koʻrdi. U juda ochiq va kalta tungi kiyimda edi. J-Hope unga tikilib qoldi.
J-Hope: Y/N, bu yerda nima qilyapsan? Bu yerdan chiq.
Y/N turib uning yoniga bordi:
Y/N: Nega ichib olding, oyoqda zoʻrgʻa turibsan-ku?
J-Hope: Sogʻindim, shunga ichdim.
Y/N: Sogʻinsang, nega yonimga kelmaysan?
​J-Hope uning yonidan oʻtib ketdi. Y/N orqasiga qaradi va uni kuzatdi. U divanga borib yotdi.
J-Hope: Bu yerdan chiq, Y/N...
Y/N hech narsa demadi, divan oldiga bordi va narigi tomoniga borib yotdi. J-Hope'ga yaqinlashib, undan boʻsa ola boshladi. J-Hope tezlik bilan Y/N ni ostiga oldi va boʻsani uzdi:
J-Hope: Endi oʻzimni tutib tura olmayman, oʻzingdan koʻr!
​J-Hope undan boʻsa ola boshladi va oʻzining tugmalarini yechishga kirishdi. Y/N ham unga yordamlashib kiyimlarini yechdi, uning koʻylagini yechib otib yubordi. J-Hope boʻsa olib, uning tungi kiyimini yechdi. Y/N ning ustki ichki kiyimi yoʻq edi. J-Hope boʻsani uzib, uning boʻynidan oʻpib iz qoldira boshladi, sekin pastlab koʻkraklaridan oʻpa boshladi...


Erta tong. Y/N koʻzini ochdi — u J-Hope'ning bagʻrida yotgan edi. U sekin kuldi va uning mushaklariga qaradi:
Y/N: Nega mening sevgilim buncha kelishgan?
​Y/N koʻrsatkich barmogʻini uning qorniga olib borib, "Uygʻonaqol sevgilim, uygʻon" deb yozdi va yana nimalardir chiza boshladi. Birdan J-Hope koʻzlarini ochdi. Y/N esa koʻzlarini tezlik bilan yopib oldi. U ham javoban uning qorniga: "Men uygʻondim, sen ham..." — u gapning davomini yozmadi, chunki uning qoʻli Y/N ning pastki qismiga kelgan edi.
​J-Hope: Koʻzlaringni ochasanmi yoki yozishni davom ettiraymi?
Y/N tezda koʻzini ochdi:
Y/N: Tentak! — Y/N J-Hope'ning qoʻllarini qornidan biroz pastroq joydan oldi.
J-Hope: Sening sevgiling buncha kelishgan ekanining sababi — uning sendek sevgilisi borligida!
Y/N: Nima?
J-Hope: Oʻzing aytding-ku, "Nega buncha kelishgan?" deding. Ha, yana "mening sevgilim" deding, shundaymi?
Y/N: Men unday deganim yoʻq!
J-Hope: Aldashga urinma, shunday deding!
Y/N: Men seni sevmayman!
J-Hope: Nega sevishingni inkor qilyapsan? Agarda sevmasang, mendan kelib birinchi boʻsa olmas eding, men bilan birga boʻlishni xohlamas eding, uyimga kelishni ham xohlamas eding. Eng asosiysi — mening bagʻrimda kiyimsiz yotmas eding! — J-Hope uning belini va pastki qismini biroz siladi.
Y/N: Sen aniq tentaksan.
J-Hope: Tan oldingmi sevishingni?
Y/N undan boʻsa oldi.
J-Hope: Bugun dam olish kuni, shundaymi?
Y/N: Ha.
J-Hope: Unda seni bir joyga olib boraman.
Y/N: Qayerga ekan?
J-Hope: Borganda koʻrasan.
Y/N: U yerda koʻp vaqt boʻlamiz, chunki universitetdan 3 kunga ruxsat berishdi. Bizning universitetda qandaydir bellashuv boʻlar ekan, darslar bekor qilindi. U yerda koʻp vaqt qolamiz.
​J-Hope unga ayyorona kulib qaradi.
Y/N: Nega bunaqa kulyapsan, tentak?
J-Hope: Shunchaki oʻzim.
​Oradan biroz vaqt oʻtdi, ular yoʻlga chiqishdi. J-Hope uni shahardan chekkaga olib chiqdi — oʻrmon ichidagi bitta villaga olib keldi.