September 14

Iblisning sevgisi 9-qism

Tg:By Yoongina [Elizabetta]
Yt:Yoongina [Elizabetta]
Snap:Min Yoongina [Fanficer]


Y/N oʻrnidan turdi va Lee xonimning yuzidan oʻpib, xonasiga chiqib ketdi.
Lee xonim: Uni tugʻilgan kuniga biror narsa reja qildingmi?
Su-Yeon: Yoʻq, nima sovgʻa qilishni bilmayman.
Lee xonim: Menda zoʻr gʻoya bor!
Su-Yeon: Xoʻsh, qanday ekan?


Erta tong. Y/N dushdan chiqdi, ustida dush xalati bor edi. Telefoniga qaradi — xabar kelgan ekan. Bu Kaidan edi:
"Qaror qabul qildim, bugun kechki payt uchrashamiz. Felixni ham olib kelishing mumkin. Manzilni tashlab qoʻyaman."
​U xabarni oʻqidi. Xabar pastida manzil koʻrsatilgan boʻlib, bu bitta klubning manzili edi. Y/N ham oʻsha manzilni Felixga tashladi va: "Kechki payt shu yerda koʻrishamiz", — deb yozdi.
​Y/N kiyinib pastga tushdi, nonushta qilib oldi va ishga ketdi.
​Kechki soat 20:30. Y/N shifoxonadan chiqdi va oʻsha klubga bordi. Eshik oldida uni Felix kutar edi.
Felix: Keldingmi?
Y/N: Ha.
Felix: Soat ham 21:00 boʻlibdi. Oʻzi nega keldik?
Y/N: Kecha bizga hujum qilayotgan odamni qoʻlga kiritganimdan xabaring bor-a?
Felix: Ha.
Y/N: Oʻshani tirik qoldirdim. Uni nega bunday qilayotganini va otasi qanday ablah ekaniga amin boʻldim, unga imkon berdim: doʻst boʻlamiz yoki yoʻq. U esa qaror qabul qilibdi, shu yerga kelishni aytdi. Endi yuraqol.
Felix: Mayli.
​Ular ichkariga kirishdi. Felix Y/N ning uni tirik qoldirganidan hayron qolmadi, chunki Y/N u darajada seriali qotil emas edi. Shunchaki otasining qotilini topish maqsadida bu yoʻlga kirgan va juda koʻp dushmanlar orttirgan edi. Y/N ning dushmanini tirik qoldirishi birinchi marotaba emasdi.
​Ular ichkariga kirgach, bar peshtoqi oldida oʻtirgan Kaini koʻrishdi va uning yonidagi stolga borib oʻtirishdi.
Y/N: Menga ham bitta.
Felix: Menga ham.
Barmen: Xoʻp boʻladi xonim, janob.
Y/N: Xoʻsh, qaroring nima?
​Ular Kaiga qarashdi, Kai ham ularga qaradi. Felix va Y/N ning ichimliklari ham keldi, ular bir hoʻplamdan ichishdi.
Kai: Men doʻst boʻlish qaroringni rad etaman, — Kai ham qoʻlidagi ichimlikdan bir hoʻplam ichdi.
Y/N: Mayli, — Y/N qoʻlidagi ichimlikni aylantirdi.
Kai: Hech qanday reaksiya yoʻqmi?
Felix: Nega boʻlishi kerak?
Y/N: Bizga bunday rad etishlar koʻp boʻlgan, bunga reaksiyamiz yoʻq.
Kai: Mayli... Lekin men yaxshilab oʻylab koʻrdim va taklifingga roziman. Shunchaki hazillashgan edim.
Y/N kuldi.
Y/N: Buni biroz boʻlsa ham sezgan edim, yolgʻonni darrov sezaman.
​Y/N unga qoʻlini uzatdi va ikkalasi qoʻl siqishdi. Felix ham unga qoʻlini uzatdi, ular ham qoʻl siqishdi. Y/N ikkala yigitning oʻrtasida oʻtirar ekan, yana ichimlikdan ichib tugatdi.
Y/N: Doʻstimiz boʻlganing bilan tabriklayman! Buni nishonlash kerak... Menga eng oʻtkiridan!
Barmen: Xoʻp xonim.
​Bir necha soniyadan keyin ishchi eng oʻtkir ichimlikdan berdi.
Y/N: Qani, oldik!
Ular bir-biriga qarab kulishdi, qadahlarni urishtirishdi va ichishdi.
​Oradan bir-bir yarim soat oʻtdi. Y/N butkul oyoqda tura olmaydigan darajada ichib qoʻygan edi. Felix va Kai Y/N ni ushlagancha koʻchaga olib chiqishdi. Y/N ning bir qoʻli Kaining yelkasida, bir qoʻli esa Felixning yelkasida edi.
​Felix birdan biroz nariroqda turgan Jinni koʻrdi va hayron qoldi. Y/N ham uni koʻrdi. Jin esa Y/N ni bu ahvolda koʻrib hayron qoldi.
Y/N: Voy, qaranglar, mening iblischam kelibdi! — u kula boshladi.
​Felix buni biroz tushungandek boʻldi, chunki uning tavqi la'natga chalinganini bilar edi. Kai bundan hayron qoldi:
Kai: Qanaqa iblis?
Felix: Mast-ku, shunga valdirayapti.
​Y/N Jinning yoniga zoʻrgʻa yurib bordi. Y/N endi yiqilib ketay deganida Jin uni ushlab qoldi.
Y/N: Men u bilan ketaman, sizlar ketaveringlar.
Y/N ning boshi Jinning koʻkragi ustida edi. Ularga qarab koʻzlarini zoʻrgʻa ochib, kulib gapirdi. Kai va Felix boshlarini chayqashdi va ulardan biroz uzoqlashishdi.
Kai: U yigit kim?
Felix: Doʻstimiz.
Kai boshini silkidi. Ular ham haydovchilari bilan uylariga ketishdi.
​Y/N Jinga qaradi:
Y/N: Sen bu yerda qanday paydo boʻlding? — Y/N ning koʻzlari yumilib ketay deb turardi.

Jin: Teleportatsiya orqali seni yonangga borishni oʻylagan edim va paydo boʻldim.
Y/N: Nima, sehrgarmisan?
Jin: Yoʻq, lekin iblisman, — u Y/N ga biroz yaqinlashdi va egildi.
Y/N: Ahh, esimdan chiqibdi-ku, sen iblis eding... Mening kelishgan iblisim! — Y/N Jinning yuzini chimchilay boshladi. — Mening uyqum kelyapti, uyga ketishni xohlayman.
Jin: Mayli, kettik.
​Jin Y/N ni koʻtarib oldi va mashinaga oʻtqazdi. Kamarni taqish uchun unga yaqinlashdi va kamarni taqdi. Y/N ning koʻzlariga termulib turar edi, ularning lablari orasida bir necha santimetr masofa bor edi. Y/N ham unga termulib turardi. Y/N unga yaqinlashdi va boʻsa olmoqchi boʻlgandek boʻldi-da, birdan kulib yubordi:
Y/N: Nima, boʻsa oladi deb oʻyladingmi?
​Jin indamadi, mashinadan boshini chiqardi, eshikni yopib rulga oʻtirdi. U rulga oʻtirgunicha Y/N darrov uxlab qolgan edi.
Jin: Tezda uxlab qolibdi, uyquchi.
U mashinani oʻt oldirdi va yoʻlga tushishdi.
​Oradan bir necha daqiqa oʻtdi. Jin Y/N ning uyiga keldi — albatta, koʻp qavatli binodagi uyiga emas, narigi hovli joy boʻlgan uyiga. Jin mashinadan tushdi, Y/N tomon borib uni koʻtarib oldi va eshikni qoqdi. Eshikni Lee xonim ochdi.
Jin: Salom xonim, men Y/N ni olib kelgan edim.
Lee xonim: Salom, yigitcha. Qani yuraqol, uning xonasini koʻrsataman.
​Lee xonim xonani koʻrsatdi, Jin uning ortidan ergashib, Y/N ni divanga yotqizdi. Ikkalasi ham xonadan chiqishdi.
Lee xonim: Yigitcha, sen unga kim boʻlasan?
Jin: Men uning doʻstiman. Siz menimcha buvisisiz, shundaymi?
Lee xonim: Shunaqa desa ham boʻladi. Isming nima? Har doim u mast boʻlsa, uni Felix olib kelar edi, shunga soʻrayapman.
Jin: Ismim Kim Seokjin, Jin deyishingiz mumkin.
Lee xonim Jinning kim ekanini angladi va hammasini tushundi:
Lee xonim: Haa, seni tanidim.
Jin: Meni bilasizmi?
Lee xonim: Shunaqaroq...
Jin: Mayli, men ketaqolay, kech boʻldi.
Lee xonim: Mayli yigitcha, yaxshi yetib ol.
Jin: Rahmat, xolajon!
Jin uydan chiqib ketdi.
​Su-Yeon: Buvijon, u kim edi?
Lee xonim: Adashmasam, Y/N senga ham aytgan dugona sifatida, u qanday la'natga chalinganini.
Su-Yeon: Ha, aytgan. Nima qilibdi?
Lee xonim: Bu oʻsha iblis yigit.
Su-Yeon: Bu oʻshami?
Lee xonim: Ha, oʻsha ekan. Y/N ham ismini aytgan edi, lekin oʻzini koʻrsatmagan edi.
Su-Yeon: Juda kelishgan ekan!
Lee xonim: Koʻz olaytirma! Bitta yigitni deb Y/N bilan orangizga sovuqchilik tushmasin.
Su-Yeon: Buvijon, men bitta yigit deb eng yaqin va juda mehribon dugonam Y/N bilan urishmayman. Qolaversa, mening idealimdagi yigit unaqa emas.
Lee xonim: Bu yaxshi. Mayli, ertaga ertaroq tur-da, Y/N uchun shoʻrva tayyorla, bugun juda koʻp ichibdi.
Su-Yeon: Mayli.


​Erta tong. Y/N boshida kuchli ogʻriq bilan uygʻondi va biroz shiftga tikilib yotdi. Kecha nima boʻlganini eslashga harakat qildi. Eslagani esa — kecha Kai doʻst boʻlishga rozi boʻlgani va buni nishonlash uchun ichgani edi.
​Sekin oʻrnidan turdi, vannaga kirib yuvinib chiqdi. Kiyinib, pastga nonushtaga tushdi. Pastda uni Lee xonim va Su-Yeon kutib turishgan edi.
Y/N: Xayrli tong!
Lee xonim: Senga ham.
Y/N dasturxon atrofiga oʻtirdi:
Y/N: Nega turibsizlar, oʻtiringlar.
​Dasturxon atrofiga Lee xonim va Su-Yeon ham qoʻshilishdi. Y/N qoshiqda shoʻrvadan ichdi.
Y/N: Juda mazzali chiqibdi!
Su-Yeon kuldi.
Y/N: Kecha qaysi vaqtda keldim?
Lee xonim: taxminan kechki 12 lar atrofida.
Y/N: Shuncha kech qolibmanmi? Felixga aytmadingizmi bu yerda qol deb?
Su-Yeon: Qanaqa Felix?
Y/N: Oddiy doʻstimiz Felix, esingdan chiqdimi?
Su-Yeon: U seni olib kelgani yoʻq.
Y/N: Unda kim olib keldi?
​Oraga sukunat choʻkdi. Lee xonim shoʻrvasidan bir qoshiq hoʻpladi va yana joyiga qoʻyib, Y/N ga qaradi:
Lee xonim: Kim Seokjin olib keldi.
Y/N: Nima?!
Lee xonim: Ha, Jin seni tashlab ketdi.
Y/N: Men biror narsa deb qoʻymadimmi ekan?
Su-Yeon: Uni bilmadik-ku, lekin sen uxlab yotgan eding. U seni qoʻlida koʻtarib uyga kirib keldi va xonangga kirgizib yotqizdi

​Y/N ning koʻzlari kattalashib ketdi.
Lee xonim: Nima boʻldi?
Y/N: Men undan uzoqlashishni xohlayman... U bilan birga boʻlishni xohlamayman!
Su-Yeon: Nega? U juda kelishgan ekan-ku.
Y/N: Men turmush qurishni xohlamayman, umuman turmush qurishni xohlamayman!
Lee xonim: Lekin bu sening taqdiring...
​Y/N biroz oʻylanib qoldi.
Y/N: Mayli, men ishga ketishim kerak. Ha, Su-Yeon, bugun tashkilotchilar qaysi vaqtda kelishadi?
Su-Yeon: Taxminan soat kechki 7 larga boramiz deyishgan edi.
Y/N: Mayli, oʻsha vaqtda kelaman. Xayr!
​U uydan chiqib ketdi va ishga yoʻl oldi. Ishga kelib oq xalatini kiydi va bemorlarni koʻzdan kechirib chiqdi. Shifokorlar va ba'zi hamshiralar bilan bemorlar masalasida majlis oʻtkazdi. U yerdan chiqib, xonasiga bordi. Bir nechta hujjatlarni koʻzdan kechirib oʻtirganida telefon boʻldi. Bu Felixdan edi. U javob berdi va karnayni yoqdi:
Felix: Ahvoling yaxshimi?
Y/N: Bosa boʻladi, ertalab boshim yorilib ketgudek boʻldi.
Felix: Yorilib ketgudek darajada ichding-da!
Y/N: Buni ertalab turib sezdim...
Felix: ...Oʻsha iblis Jinmi?
Y/N: Nima?
Felix: Oʻsha iblising Jinmi deyman? Klubdan chiqayotganimizda "mening iblisim" deding, shunga aytyapman.
Y/N: Ha, u oʻsha.
Felix: Demak, uni topding?
Y/N: U meni topdi desak ham boʻladi.
Felix: Mayli, ahvolingni soʻrash uchun qoʻngʻiroq qilgandim.
Y/N: Mayli, xayr.
​Qoʻngʻiroq tugadi.
​Oradan bir necha soat oʻtdi, soat 17:00 ni koʻrsatardi. Y/N ning esiga bugun tashkilotchilar kelishi tushdi va shifoxonadan chiqib uyiga bordi. Mehmonxonada esa tashkilotchilar oʻtirishardi.