You and me🎀 (2 qism )
— Gonida oyning 15 yorugʼ 15 qorongʼu soʼzi faqat oyga tegishli ekanligiga ishonch hosil qilaman chunki mening yorugʼ kunlarim yoʼq !
Jimin sohil boʼyida oʼtirar ekan yuragi gʼashlikni sezar kutyotgan insoni esa hali hamon koʼrinmasdi ....
Jimin unga nima deyish nima deb tushuntirishni oʼylar ekan qoʼllari titrardi ... Ha bu qoʼrquv edi juda ham kuchli qoʼrquv
Nabi uzoqdan koʼrindi uning uzun sochlari dengiz toʼlqinlari kabi harakatlanar Nabining goʼzal yuzini yopar lekin gilos lablari ichida ushlanar edi uning yurishida esa hotirjamlik bor edi . Uni bir koʼrgan inson hayolida agar sokinlik inson boʼlsa u boʼlardi deya javob berishi tabiiy edi ... Chunki U Nabi ... Jimin ham aslida uning sokinligaga oshiq edi ... Bu sokinlik uni hamma kabi boʼlishdan qutqardi.
Jimin esa unga qarar ekan nimadan mahrum boʼlayotganini chunar u hatto unga nima soʼz deyishni oʼylar edi
Nabi jiminga taboro yaqin kelarkan uning qadamlar tezlashar edi xuddi yurag urushi kabi Nabi kelib jimin yoniga choʼkaladi ..
Nabi : jimin bilasanmi bu hayotda hamma narsaga ham yeta olmaymiz ... Oyga quyoshga yulduzga .... Va senga . Men seni oʼrta maktabga kelgan vaqtimdan yoqtirganmn sen bn birga boʼlishni istaganmn ammo taqdir bunga imkon bermasa men taslim boʼlamn .
Jimin bilasanmi menimcha men bu hayotda sensiz ham yashay olamn sen ham shunday sen bolalarni hayotini saqlab qol
Mendan koʼp ularga keraksan sen bn esa doʼst boʼlamiz ... Kelishdikmi...
U faqat Nabini quchdi xuddi uni soʼngi marta koʼrayotgandik xuddi bu taftini qayta his qila olmaydigandik ...
Jimin bu mavzu haqida soʼz qayta ochmadi Nabi Jimin ichidagi gaplarni oʼqigandi ... U nimani tushuntirmoqchi boʼlgan boʼlsa barini Nabi tushunib ulgurgan edi... Ular kechgacha sohil boʼyini aylanishdi suhbatlashishdi ...
Soʼng hamma oʼz yoʼlidan ketdi ...
Erta tongda Jimin maktab uchun tayyorlandi ... U uchun bugun ham odatiy kunlardan edi yoʼq lekin u juda ham qattiq adashadi...
Maktab ostonasidan kirar ekan otasidan xabar keldi. Qisqa va aniq .
Xabar : Bugun 18:00 da A restaranida boʼl uchrashuv !
U chundi endi orqaga qaytishga yoʼl yoʼq...
U maktabda ham matonat bn sabr toqat bn oʼqir uning har bir harakati uning qanchalik sovuqligini koʼrsatib turardi... U barcha alamini bilim va koʼnikmadan olayotgan edi . U hech kim bn ishi yoʼq xolatda oʼqirdi . Dars tugadi uning hayoli esa chalg'ib ketdi u avtobus shahobchasi tomon yoʼl oldi (chunki uning otasi uning kamtar va intizomli boʼlishini xohlaydi ... ) u uyga qaytdi sokin va jim u yerda onasi ovqat tayyorlayotganiga koʼzi tushdi hech bir soʼz demay xonasi tomon yoʼl oldi u formasi bn dush tagida turib suvni yoqdi ... Ancha vaqt suv tagida oʼtirdi unda hech nima yoʼq edi hech qanday oʼy u oʼzini oʼzi siqyotgan edi uning uchun qaror qabul qilishlarini koʼtara olmayotgan edi
U bir qancha vaqtdan keyin suvning sovuqligini his qildi va sekin oʼrnidan turib oʼzini tartibga keltirib pastga oshxona tomon yoʼl oldi u shunchaki onasiga qarashdi ... Soat 17:00 u ketish kerakligi esiga tushib kiyinish uchun xonaga kirdi. Va tartib bn kiyindi ... Xonadan chiqib otasi tayinlagan haydovchining yoniga bordi u bn biroz suhbatlashib restaran tomon yoʼl olishdi... U xuddi oʼlimiga ketayotgandik edi ... U RESTARANGA yetib keldi ... U mashinadan tushib sokin harakatlar bn kastumini toʼgʼirladi...
Va uziga ishonch va gʼururli qadamlar bn ... Restaranga kirdi hech bir hissiyotsiz otasi tomon yoʼl oldi
Otasi tomon yurar ekan u bn oʼtirgan 2 odamga koʼzi tushdi u hech qanday reaksiya bildirmadi .. Ular bn qoʼl siqishib jimgina otasi tomonga oʼtirdi.
Otasi sen u tomon yuzini olib kelib qulogʼiga shivirladi — Kechikding...
Jimin bu gapni eshitib qoʼl soatiga boqdi ... Soat 18:09 ni koʼrsatardi ... Bu uning va otasining qoidalariga zid edi .
Qarshisida oʼtirgan inson sekin soʼz boshladi : Jimin ishlaring oʼqishing qalay ...
Jimin sekin va ogʼir bosiqlik bn qisqa javob berdi : Bir meyorda Min amaki Uzingizning ishlaringiz joyidami shu kunlarda kompaniya statiskalari pastlagani haqida xabarlarni koʼp miqdorda uchratyapmn...— deb soʼradi bosim bn ...
Min : Bularni hal qilishyapti oʼzing bilasan kompaniya ishlari hech qachon bir meʼyorda ketmagan .
Shu vaqt jimining otasi gapga aralashdi : Toʼgʼri aytasan Min lekin shu hafta ancha vaziyat keskinlashdi ... koreya maxsulotlari xuddi chetga surib qoʼyilayotgandik bozorda yaponiya maxsulotlari sotuvi koʼtarib ketdi .
Bu gapdan soʼng oʼrtada sukunat avj oldi ... Bu sukunat edi Lekin 4 xil aura jangi edi bu insonlarning auralari bir biridan yuqori va oʼzgacha
Jimin sekingina stulni orqa tomon surdi va taʼzim qilib men yuvinish xonasiga borishim kerak dedi u yuvunish xonasiga keldi yuz qoʼllarini yuvar ekan . Nigohlarni esladi u nigohlar stol atrofidagi eng kuchli aurali inson nigohlar edi . U sekin quruq sochiqni qoʼliga oldi va qoʼllarini artib uni chiqindiga tashladi . U yana joyini egalladi u ketgan vaqt bu stolda ancha muhokama avj olgan edi . Bu holatni jimin ham tushundi . va hech bir soʼz demadi .
Va jiming otasi soʼz boshladi :
Toʼyni 2 haftadan soʼng qilmoqchimiz !
Jimin bir soʼz demay boshini silkitib qoʼydi ...
Muhokama tugadi hamma uyga qaytdi Jimin esa Oʼzining sukunatiga koʼmildi ....
Uning hayollari bir insonga tegishli edi faqat Nabiga :