Radiant Sun in the Dark
~17 yoshga kirgan kunimda, taqdir meni qorong‘u zindonlardan tortib, qon va o‘lim girdobiga tashladi, ammo bilmasdimki, o‘sha zulmat orasida sevgi nurini topib, hayotimning eng muhim jangini yutaman 🫴🖤
Xixixi nihoyat bugun 4-noyabr meni tuģilgan kunim. Bugun 17 yoshga kiraman.Õzimga va'da beraman bugungi kunimni eng qiziqarli qilaman ya'ni yaxshi korgan ishlarimni qilaman xixixi.Shit soat allaqachon 10:30.Exxx hali qancha narsaga ulgurishim kerak~
Hana órnidan turdi yuvudni uxod qildi.Keyin qulpnayli yogurt va sevimli pechyenyesini yedi.Tayyorlanib zalga bordi.Soat 17:30da uyiga kelib 19:00gacha uxladi.Õrnidan yurib tayyorlanib klubga yõl oldi.U alkagol ichmaydi prosta kõngil hushlik qilishga boradi.
POV.Hana.
Klubga yetib keldim. Ichkariga kirib, musiqa ohanglari meni o'rab oldi – bassning yurak urishi, rang-barang chiroqlarning chaqnashi. Klub to'la edi, odamlar raqs maydonida o'ynab, kulishardi. Men alkogol ichmayman, shuning uchun sodaga buyurtma berdim va bir burchakda turib, atrofdagilarni kuzatdim. Mening kiyimim oddiy – shim va futbolka, sochlarimni oddiygina bog'lab qo'yganman. Hech kim meni urushchi deb o'ylamaydi, chunki yuzim yoqimtoy, tabassumim yumshoq. Lekin ichimda karate bilan o'tgan yillarimning kuchi yashaydi – o'n yoshimdan beri mashq qilaman, bu meni mustahkam qildi.
Bir oz vaqt o'tgach, raqs maydoniga chiqdim. Musiqa meni tortdi, tanam harakatga keldi. O'ynayotganimda, atrofdagilar menga qarab kulishardi, lekin men e'tibor bermadim. Xixixi, bugun mening kunim, hamma narsani unutib, faqat quvonchga berilaman. Soat 23:00ga yaqinlashganda, chiqib ketishga qaror qildim. Klubdan chiqayotganimda, bir yigit oldimga to'silib qoldi. U mast edi, ko'zlari qizargan, tabassumi yomon.
– Hey,bich yaxshi raqsga tusharkansan bir kecha xursand qilmaysanmi? Yoqsang shaxsiy foxisham qilaman.Og'zingga siqqan pulni beraman-dedi u
Men kulib yubordim, lekin ichimda g'azablandim. "Bich" so'zi jahlimni chiqardi, lekin men o'zimni bosdim.
– O' gey yõqol,ko'chadagi õynashlaringa aytasan bich deb. – deb qattiq ovozda aytdim va o'tib ketmoqchi bo'ldim.
U qo'limdan ushladi, kuch bilan tortdi. Atrofda odamlar bor edi, lekin hech kim aralashmadi – klubning odati shu. Men karate harakatlarimni esladim: tez burilish, qo'lni bo'shatish. U meni urmoqchi bo'ldi, lekin men oldini oldim. Ikki mushlashdik – u kuchli edi, lekin men tez va mohir. Bir necha zarba bilan uni yerga yiqitdim. U og'riqdan ingrab, o'rnidan turdi.
– Seni ko'rsatib qo'yaman, – dedi u g'azab bilan, ko'zlari olovday yonib. – Bu bilan qutuldim deb õylama.
Men e'tibor bermay, chiqib ketdim. Yuragim tez urardi, adrenalin tanamni to'ldirgan. Uyga qaytayotganimda, ko'chalarda shamol esardi, lekin ichimda g'alati his bor edi. Uyga kirdim, eshikni yopdim. Uy ichida kimdir bor deb tuyuldi – g'alati shovqin, soyalar. E'tibor bermay, yotoqxonaga yo'l oldim. Birdan orqamdan zarba keldi – bir barzangi boshimga tegdi. Og'riqdan ko'zlarim qorong'ilashdi, hushimni yo'qotdim...
Ko'zlarimni ochganimda, yertoshga o'xshagan joyda edim – qorong'u, nam, havo og'ir. Tanam og'riyapti, qo'llarim bog'langan. "Bu qayer?" deb o'yladim, va birdan og'riqdan baqirdim. Yonimdagi qiz uyg'onib ketdi – u qo'rqib, menga qaradi.
– Shshsh, jim bo'l, – dedi u pichirlab. – Bu yerni fohishaxonadan farqi yõq.Bu yerga 18 yoshdan kichik qizlarni o'g'irlab kelishgan.Bizni mijoz qabul qilishga majburlashadi,agar qarshi chiqsak kaltaklashadi va och qoldirishadi.
Sen yangisanmi?
Yuragim muzlab ketdi. Buvimsiz qolib , och qolgan kunlarim– hammasi esimga tushdi. Lekin men taslim bo'lmayman. Uning ismi Suna ekan,men bilan teng ekan. Menga hamma narsani aytib berdi: qanday qochish kerak, qancha qiz bor. Biz hammasini uyg'otdik, qochishga harakat qildik. Lekin tutib olishdi.
Ko‘zimni ochganimda boshqa xonada edim.Ustimga tungi kiyim kiydirilgan va yasantirib qo‘yishgan.Biroz vaqt otib xonaga bitta turqi sovuq bobom tengi chol kirib keldi.U kirishi bilan kiyimlarini yecha boshladi.
Men ham unga qarshilik qilishga tayyorlanardim. Yon atrofdan tig'li narsa qidirardim.
Nihoyat topdim. Qadah shishasi turgan tarafga qarab yurdim. U menga jirkanch gaplar qaytib boshimni qotira boshladi.
-Juda go'zal ekansan! Tariflaganlaridan ham yoqimtoy! Eshtishimcha ko'p sho'xlik qilganmishsan. Narxing ham juda qimmat ekan. Menga yovvoyilarni jilovlash yoqadi, azizam!
Uning gaplari qon-qonimni qaynatardi. G'azabim tobora ortardi. U men tomon yaqinlashdi. Men esa qadahni qo'limga olib, o'zimni viski quyayotgandek tutardim. Unga kuchim yetardi, ammo hozirgi vaqtda men oldingi Hana emasdim.
U menga yaqinlasha boshladi, men esa orqaga yura boshladim. Uni eshikdan uzoqroqqa olib borishim kerak edi, yoki tashqaridagilarni yo'qotish kerak edi. Hayolimga jirkanch bir fikr keldi va men tomon sudralyotgan erkakka yuzlandim.
-Hooy, balkii anavi tashqaridagilarni yo'qotarsiz. Ularni yonida ovoz ham chiqaza olmaymanku! Yokii, kuchingiz yetmaydimii?
Biroz noz karashma qilib gapirarkanman, u ham g'irt ahmoq ekan. Telefonini oldiyu kimdirga qo'ng'iroq qilib ikkinchi qavatdagi hamma qo'riqchilar pastga daf bo'lishini ayib, telefonni o'chirdi.
Men esa uning yuziga yoqimli jilmaydım va o'yladim.
Hana POV: Ahh, to'nka o'limingni o'z qo'llaring bilan menga topshirding. Endi osonlikcha o'lmaysan.
U menga yaqinlasharkan, qo'limdagi viskini unga uzatdim. Qilgan ishimdan juda g'alati bo'lardim, ammo uni shunday o'ldirsam, bu yerdan tirik chiqmasligimni o'zim ham aniq kafolatlayman.
Erkak viskini olib bir ko'tarishda ichib yubordi. Men esa yana biroz ortga yurdim. U meni yonga chaqirgancha ichimni portlatadigan so'zlar ayta boshladi.
X: Kelaqoool, mittivoy. Bu tun unutilmas bo'ladı, senga aytsam! Seni o'zim tarbiyalayman. Agar meni qondira olsang, uyimga olib ketaman!
Uning so'ngi gapi aniq miyyamni teshib o'tdi. Ortiq chiday olmay, qo'limga viski shishasini olib unga yaqinlashdim va biroz masofa qolganda shunday dedim.
-Hoy, ko'zingizni yumib turing! Men uyalaman. Kiyimlarimni...
Qolganini aytmadim. Erkak ham tushunib, nozlanishimdan zo'rg'a o'zini bosgancha ko'zlarini yumdi. Unga yana bir qadam yaqinlashdimu, bor kuchimni yig'ib, qo'limdagi shisha bilan boshiga urdim. Shisha ham chilaparchin bo'ldi. Manabu to'ngkaning hayoti ham tugayotgandi.
U yerga yotgandi. Men uning yoniga tiz cho'kib o'tirdim. Erkak esa menga zo'rg'a hirillay boshladi.
X: Seni kuningni ko'kka sovuraman qizaloq! Kim bilan o'ynashganingni bilasanmi o'zi? Men...
U gapini tugatmasdan yuziga musht tushirdim. Sezdimki ortiq musht tushirishga ham qo'limning kuchi qolmagandi. Tezda o'rnimdan turdimda unga so'ngi gapimni aytdim.
- Sen ahlatlar begunoh qizlarni shunday kaltaklarmiding? Menga rahmat ayt, seni azoblashga vaqtim yo'q.Hali sendaqalardan Leora va boshqa qizlar uchun qasos olishim kerak. Uncha qiynalmay o'lasan! Faqat biroz og'riydi. Jahannamda ko'rishguncha, bobojon.
Mana 1-qism ham tugadi.Sizlarga yoqdi deb õylayman.50+reak va ajoyib fikrlar bildirsangiz davomi tashlanadi.Sizdan aktivlik mendan esa fanfic.Aktiv bòling swans, hammasi siz uchun.