Forbidden love
koʻchib kelishganiga 2 yildan oshdi hali ham hech kim bilan gaplashishmaydi doʻstlashishmaydi deb qoʻshimcha kiritdi Arin va soʻzida davom qildi
-Ismlari ham gʻalati
Arin choʻntagidan telini oldi suratlarni ochdi va tanishtirishga tushdi. Bu eng kattasi Kim Namjun bunisi Kim Seokjin bu Chon Hoseok, Min Yoongi, Park Jimin, Jeon Chungkook va eng oxirida koʻzlarim toʻqnashgan menga katta qiziqish uygʻotgan yigitni tanishtirdi.
-bu Kim Taehyung
doktorni oʻz oʻgʻli dedi.
-Bu suratlarni qayerdan olding qiziqa ketdi Suxo
-oʻquvchilar hujjati saqlanadigan arxivdan dedi Arin
-nahotki oʻgʻrilikka tushding hayratta edi yigit..
- men tulki zotidanman dedi Arin
Suxo jimib qoldi men boʻlsa hali ham kelishgan yigitlardan koʻz uzmasdim ular hatto menga etibor qilishmasdi.
- nega familiyalari har xil soʻradim qiziqib.
- asrandilar dedidku doktor faqat oʻz oʻgʻlidan boʻlak 2tasiga familyasini bergan qolganlari oʻz familiyasida qolishgan.
Endi nimadirni tushingandek edim. Keyin 7 yigit birin ketin hali qoʻl urilmagan patnislarini koʻtarib eshik yonidagi katta stol ustida qoldirib chiqib keta boshlashdi hatto qadam bosishlari benuqson koʻrinardi. Ular ketgach oshxonaga yana bir yigit kirib keldi.
-mana buni kelishgan desa boʻladi dedi Suea..
Chindan ham qora qosh qora koʻz bir yigit kirib keldi uni yuzidan tabassum tushmas chiroylikkina edi. Yigit toʻgʻri biz tomonga keldi.
- Eunwo deya koʻrishdi Suxo. Eunwo deganlari Arin va Suea bn ham doʻstona koʻrishdi va navbat menga yetganda ismimni aytib qoʻl choʻzdi.
-Salom Mindi men Cha Eunwo boʻlaman.
-salom. Hayrat bilan zoʻrgʻa qoʻl choʻzdim.
-meni tanimaysan lekin otang sen haqida juda koʻp gapiradi. Men otangni doʻsti Janob Chani oʻgʻliman. Bizni eski Mersni otang sotib oldiku sen uchun
- ha tanishganimdan xursandman.
- meni darsim kimyo Mindi seniki ham kimyo shekinli yur sinfxonaga birga ketamiz dedi Eunwo
Biz qolganlar bilan xayrlashib Kimyo xonasiga kirdik. Kirishim bn Kim Taehyun bir oʻzi bir partada oʻtirardi va yoni boʻsh edi. Negadir uni koʻrishim bilan yuragim oʻynab ketdi. Biz u bn bir sinfda ekanmiz shuni oʻzi meni hayanjonlantira boshladi. Yuzlarim olov boʻlib yonardi u menga etibor ham qilmasdi. Faqat uni yonidagi joy boʻsh Eunwo ham joyini egaladi yonida oʻzidan kichikroq qiz bn oʻtirardi u bn gaplashishga tushib ketdi faqat men tik oyoqda edim ustoz kelishini borib Taehyungni yonida oʻtirishimni aytishini kutardim oʻzim borib oʻtirgani jurat etmasdim.
Biroz oʻtib oʻqituvchi kirib meni Kim Taehyungni yonida oʻtirishimni aytdi oʻzim bilmasdim negadir parvoz etgandek boʻldim. Unga qarab borar ekanman uni yuzi burishib ketdi negadir jahli chiqardi. Yoniga borishim bilan stulchasini devor tomonga tortdi u mendan jerkangandek tutardi. Oʻzimni irkit oʻrdakchadek his qila boshladim. Teaehyung burnini ishqagancha menga olayib qaradi. Nahotki mendan yomon hid kelyapti shoshib yoyilgan sochlarimni hidlab koʻrdim. Sochimdan mevali shampuni hidi kelar, ovqat tomganmikan deya avval jenferimga keyin shimimga tikildim hech qanday dogʻ yoʻq uni nima jerkantirib yubordi hayronman. Unga qarayotganim sezilmasligi un sochimni koʻp qismini u tomonga tushirdim.
Sochlarim orasidan qoʻshnim tomon moʻralar ekanman Taehyungni ikki qoʻli ham musht edi biri tizzasida biri parta ustida bu jahl alomati edi lekin nima uni jahlini chiqardi hayronman. Darsni uni kuzatish bn oʻtkazdim. Mendan aqali ismimni soʻramadi men ham soʻrashga jazm qilmadim. Nihoyat dars tugadi qoʻngʻiroq chalinishi bn Taehyung stulchani siltalab surdida xonadan otilib chiqib ketdi men esa hali kitobimni ham sumkamga solishga ulgurmagandim.
Yuragim ogʻrib ketdi uni etiborsizligidan emas mendan nafratlangan qiyofasidan qonim qaynay boshlagandi. Yana 2ta dars boʻldi birida Arin bn birida Suea bn bir sinfda oʻqidim.
Darslar tugadi oʻzimga ajratilgan shikafdan kurutkamni oldim kiyib tashqariga chiqdim. Hamma yerni quyuq tuman qoplagandi soat endi tushgi 3 bu qanday iqlim boʻldi. Oʻquvchilik guvohnomamni topshirgani qabulxonaga kirdim.
Ichkarida ayol bilan bir yigit tortishardi kelishgan qomat qora sochlar bu Kim Taehyung edi yaqin borgani jurat etmadim u chiqishini kuta boshladim. U yoqimli lekin jahl ovoz bilan gapirardi.
-men u xonada oʻtirishni istamayman jadvalni almashtiring.
-buni imkoni yoʻq sen oʻz jadvalingni oʻzgartiraman deb yana ikki uch oʻqituvchini vaqtini olasan hech kimda bunga ortiqcha vaqt yoʻq.
-imkoni yoʻq ekan mayli unda jahl bilan guvohnomasini ayolni stoliga uloqtirdi va oʻgirilib chiqishga chogʻlandi. U yonimdan oʻtib ketar ekan baland boʻyiga tikilish uchun yuqoriga qaradim. U koʻz qiri bn meni hozir urib pachoqlaydigandek tikilib oʻtib ketdi.
Eshikni ham shunday qattiq yopdiki xona qimirladi chamamda men ayolga guvohnimamni uzatar ekanman.
-kuningiz qanday oʻtdi Kang Xonim.?
-yomon emas faqat quyoshni sogʻindim gapirar ekanman koʻzlarim eshikda edi. Ayol buni sezib xitob qildi.
-unga etibor qilma aqli joyida emas.
-a ? Ha xonim u nimani soʻradi bilsam boʻladimi sir boʻlmasa?
-dars jadvalidagi kimyo darsini oʻzgartirishni sinfdan kimnidir xushlamasa shunaqa qiladi.
- yaxshi mana guvohnomam men ketdim oʻzingizni ehtiyot qiling.
-oʻzing ham yaxshi yetib ol.
Ayol bn xayrlashib qabulxona eshigi yonida turgan Mersimga oʻtirdim. Mashina pechkasidan kelayotgan iliq havo tanamni ilitgandek boʻldi. Yana xayolimga Kimning koʻz uchida qarab oʻtgani keldi. Uni nigohida sovuq nafrat jilvalanardi. Buni sababi nima? men bugun keldim mendan nafratlanishiga asos yoʻq. Kimyo darsiga kirgunimizcha biror gap boʻldimikin. Muamo oilalar oʻrtasidami quyuq tuman oralab mashinani haydab borar ekanman million savollar boshimga ogʻriq kirgazdi. Bu yerda yoʻllar harflar bn belgilangandi supermarketga ketadigan koʻcha V1-koʻchasi deb yozilgandi uni koʻrishim bn kulib yubordim rasvo oʻtgan kun asabimga ta'sir qildi shekinli jin ursin.
Supermarketga boʻsh yotgan muzlatgichni toʻldirgani kirdim. Rastalarni aravacha surgancha aylanar ekanman. Eunwoga koʻzim tushdi u ham xarid qilardi meni koʻrishi bn yonimga keldi.
-salom dedim.
-salom kun qanday oʻtdi .
-chidasa boʻladi.
-kimyo darsida Kim Taehyung bn oʻtirdingmi?
- ha Eunwoni afti bujmayganidan tushindimki u buyerda yolgʻiz menga yomon momulada emas.
-yoniga oʻtirishing bilan qorniga ogʻriq kirgandek bujmaydi oʻzi ham.
-etibor qilmabman u bn gaplashganim yoʻq. Meni yoqtirmaganini demak hamma sezibdi oʻyladim ichimda..
-gaplashmaganing maqul qani edi bir partaga oʻtirganimizda tirjaydi Eunwoni xushomat tomus gapidan asabiylashgan boʻlsamda unga indamay kulib q0ydim.
Uyga qaytib ovqat tayorladim tun yarim boʻlgandi hamki otam qaytmadi ovqatini ustini yopib xonamga chiqdim. Gʻuvvilagan shamoldan uxlash imkonsiz edi.
Ertasi kuni bugungisidan ancha yaxshi shunisi bn birga qiyin kechdi. Yaxshiligi yomgʻir yogʻmadi. Qiyinligi Cha Eunwo va Suxoni taqibi ostida oʻtdi. Tushlikka ham 5 kishi boʻlib bordik men doʻstlar ortirishni boshlagandim. Shunga qaramay juda xolsiz fizkultura darsida ham toʻpni tuzuk otolmadim. Eng yomoni Kim Taehyung kelmagandi. Kun boʻyi oʻzimni tushlikka sovuq nigohlar bilan toʻqnashishga tayorlagandim tuni boʻyi uxlolmay toʻlgʻanganimda unga nima deyishni ham oʻylab chiqandim. Sharta boramanda oʻsha chiroyli yigitdan meni yoqtirmasligi sababini soʻrayman degandim. Tan olishim kerak u kelganda ham birinchi gap boshlashga jurat etmasdim. Shahzodalar tomon alanglar ekanman Arin qulogʻimga shivirladi.
- tinchlikmi nimani izlayapsan. ?
-kim Taehyung nega u yoʻq? Shivirladim men ham.
- Kim Taehyung kelishgan lekin unga vaqtingni behuda sarflab oʻtirma. U juda kalandimogʻ. Hech kim bilan uchrashmaydi. Maktabdagi biror qiz uni tengi boʻlolmaydi. Quloqlarim ostida zaxar xanda javob qildi Arin.
Nahotki KIM uni ham kovushini toʻgʻirlab qoʻyishga ulgirgan boʻlsa?
Kulgimni yashirish uchun lablarimni qisdim. Va kelishgan yigitlarga bir koʻz tashladim. Eshikdan Taehyung kirib kelishiga umid qildim afsus u kelmadi.
Oxirgi dars kimyo u xonada boʻlsin deya eshikdan moʻraladim afsus u yoʻq edi. Battar asabiylashib joyimga borib oʻtirdim uni stolchasiga tikilardim birdan stolcha suruldi yuragim oʻynab shartta oʻgirildim bu Eunwo edi. Bu yigitdan qutilmasa boʻlmaydi yoʻqsa kichkina shaharchada gap soʻzga qolib ketaman.
Dars tugagach mashinamga kelib oʻtirar ekanman. Koʻzim KIMlarga tushdi bu yerdagi eng qimmat baho 2 mashinaga joylashishardi. Biri ferarri biri Tesla JIP edi faqat oralarida Taehyung yoʻq edi ularni liboslari ham qimmat baho buyurtma asosida bir yo ikkita tikiladigan liboslar edi aslida bunday chehra bilan juldur kiyim kiysa ham kelishgan boʻlib qolaverishardi. Ular ketishgach men ham uyga yoʻl oldim. Bugun otam vaqtli oʻyda edi kechki ovqatni tanavul qilar ekanmiz otam.
-maktab senga yoqdimi?
- ha yaxshiga oʻxshaydi.
- Doʻstim Chani oʻgʻli bilan tanishib oldingmi?
- tanishdim undan boshqa Suxo, Suea va Arin degan qiz yigitlar bilan ham.
Dadam aytganlarimni birma bir familyasini aytib qisman oilasi bilan tanishtirdi u meni yaxshi bolalar bn doʻst boʻlganimni aytib sevinib ham qoʻydi. Qiziqish ustunlik qilib gap ochdim.
- ha yana maktabda Kimlar degan 7 yigit ham oʻqiydi.
- doktor Kimni oʻgʻillarimi Doctor Kim juda yaxshi odam oʻzi yosh boʻlishiga qaramay shuncha bolani asrab olgan. Bolalari ham tarbiyali yigitlar.
- ammo maktabda hech kim ularni yoqtirmaydi.
- doctor qoʻli gul jarroh u dunyoni koʻplab nufuzli shifoxonalarida ishlagan xotini sogʻligi yomonligi bu yerni ob-havosi unga shifo boʻlishi bu yerda katta kilinika ochgani bizni katta yutigʻimiz shahar aholisi gʻiybat va koʻrolmaslikdan biroz qiynaladi sen etibor qilma..
Tushindimki otam bilan ularni hech qanday muamosi yoʻq lekin Taehyungni men bilan qanday muamosi bor.
Men bu savolga javob berishga urinardim lekin javob yoʻq kunlar shu zaylda oʻtar afsuski Taehyung maktabga kelmay qoʻygandi oradan uch oy oʻtgandi hamki men bir marta koʻrgan insonimni sogʻinishdan toʻxtamasdim. Har kun oshxonada uni stoli boʻshligini koʻrib oʻkinib qoʻyardim. Oshxonada ham xayollarimni yigʻib olib doʻstlarim suxbatiga ancha qoʻshilib ketgandim.
Bugun dekabrni ilk kuni tushlikka ketar ekanmiz maktab oynalaridan qor yogʻayotgani koʻrinardi tushlik ham qolib hammamiz tashqariga qor uynagani chiqdik. Men sovuqni yoqtirmayman qorni ham Eunwo qoʻlidan qor toʻp bilan menga qarab turganini koʻrib.
-iltimos unday qilma
-nima qorni yoqtirmaysanmi ?
- yoʻq zarracha ham yoqmaydi.
- agar shu qorni ta'mini koʻrsang yoqa boshlaydi. Eunwo gapini tugatmasi Suxo unga qor uloqtirdi.
-qilma dediku senga..
Arin Eunwo Suxo Suea ancha qor oʻynashdi men ularni tomosha qilib turdim keyin biz shovqin qilgancha oshxonaga keldik.
-Suxo sen umuman poylolmading.
- Yoʻq Aringa necha bor tegdi koʻrmay qolgandirsan.
- Meni mergan desa boʻladi toʻgʻrimi Mindi
Eunwo menga murojat qilar ekan sogʻinchli nigohlar bilan oshxona burchagiga tikildim.
Va bir onda joyimda qotdim ular bugun 7 kishi edi. KIMlar sochidagi qor parchalarini silkitib kulishardi. Kim Taehyungni yuzlari qizargandi balki sovuqdandir. Keyin Arin ortimdan itara boshladi biz borib oʻz joyimizni egaladik.
Ularni xursandligi sababi faqat qor emas deya oʻylab qoldim.
- Xayoling joyidami nimaga bunchalik tikilyapsan Sueaga javob qilman deganimda Taehyung bilan yana koʻzlarimiz toʻqnashib ketdi bu gal uni nigohlarida nafrat sezmadim. Tezda koʻzlarimni olib qochdim. Oʻtgangalgi qarashlari jerkanishi qahrli koʻzlari yodimga tushib undan berkinish uchun bukchayib oldim. Koʻzlarimni stoldan uzmay oʻtirardim. Keyin Suea shivirlay boshladi.
-Mindi senga Kim Taehyung tikilib turibdi.
- gʻazab bilanmi? Oʻzimni bosolmay soʻradim.
- nega gʻazab bilan qarashi kerak.
- menimcha u meni yoqtirmaydi.
- u oʻzi hech kimni yoqtirmaydi parvo qilma. Lekin u sendan bir soniya ham koʻzlarini olmayapti.
Men Suea bir unga qarab bir menga pichirlashidan xijolat edim. Eng yomoni keyingi dars kimyo darsga kirmasammikan degan xayolga bordim. Va yana fikrimdan qaytdim uni gʻazabi sababchisi yo maktabga kelmay qoʻygniga aybdor men emasdim.
Kimyo xonasiga kelib asta eshikdan moʻraladim.
Yaxshihamki partam boʻsh Kim Taehyung yoʻq edi. Joyimga kelib oʻtirdim ustoz stolni burchagiga turli probirkalarga keltirib moddalar qoʻya boshladi. Men ularni rangiga tikilib oʻtirar ekanman stulcha shigʻ etib surilib -Salom degan yoqimli ovoz yangradi.
Nahotki Kim Taehyung men bilan soʻrashdi deya shoshib boshimni koʻtarib u tomonga qardim.