June 29, 2025

Forbidden love

Ko'zlarimga ishonolmay qarab qoldim. Kim Taehyung—o'zimni yoqtirmaydi deb o'ylagan yigit—endi mening yonimda o'tirib, salom berayotgan edi. Qo'lim titrab ketdi, qalbim esa deyarli ko'kragimdan chiqib ketgudek qattiq qaqqaydi.

"Salom," dedim ovozim titrab, uni yana qo'rqitmaslik uchun iloji boricha tinchroq.

U qisqa muddat menga qarab turdi—qorong'u, chuqur ko'zlari mening yuzimdan o'tdi, so'ng stulini biroz surib, kitobini ochdi. Gap yo'q edi. Hech qanday izoh, hech qanday tushuntirish. Faqat salom va keyin jimlik.

Lekin bu salom ham kifoya edi.

Ustoz darsni boshladi, lekin mening fikrim butunlay boshqa joyda edi. Nega u endi kelgani? Nega aynan bugun? Va eng muhimi—nega salom berdi?

Dars davomida u hech qachon menga qaramadi. Qo'llari har doimgidek mushtlangan, egnimga qarab o'tirardi. Lekin bu safar uning nafratli nigohlari yo'q edi—faqat jiddiy, diqqatli ifoda.

Dars tugashiga besh daqiqa qolganida, u birdan stulini surdi va menga qarab:

"Qaytganing uchun... xursandman," dedi u qisqa va tushunarsiz.

Ko'zim qorong'ulikka ketdi. Nima deyayonimni bilmay qoldim. U mening javobimni kutmasdan, dars tugashini kutmay, o'rnidan turdi va sinfdan chiqib ketdi.

Men esa qotib qoldim.

***

Ertalab uyg'onganimda, yomg'ir emas, balki quyosh nurlari derazamdan kirib kelayotganini ko'rdim. Bu—Bu Hyeobgokda deyarli imkonsiz hodisa edi.

Tezda o'rnimdan turdim va derazani ochdim. Havo toza, osmonda birorta ham bulut yo'q edi. Quyosh nuri o'rmon daraxtlarining yaproqlarida o'ynab, hamma narsaga hayot baxsh etayotgandek tuyuldi.

"Bu nima mo''jiza?" deb kuldim o'zimga.

Pastga tushganimda, dadam nonushta tayyorlab o'tirgan edi.

"Xush ko'rdim, qizim," dedi u kulumsirab. "Bugun havo ajoyib, shunday emasmi?"

"Ha, lekin nega? Bu yerda quyosh chiqishi—"

"Doctor Kim aytgan edi," dedi dadam stolga non va murabbo qo'yib. "Uning aytishicha, bu hafta ob-havo o'zgarishi mumkin. Shahar aholisi uchun katta bayram bo'ldi."

"Doctor Kimmi?"

"Ha, u ob-havoni oldindan aytishga qodir. Qiziq, shunday emasmi?"

Men jim qoldim. Doctor Kim haqida gapirayotganimizda, uning o'g'li—Kim Taehyung—xayolimga keldi. Kechagi salomi, g'arazsiz nigohlari...

"Dad, Kim Taehyung haqida nima bilasiz?" so'radim birdan.

Otamning qoshlari ko'tarildi. "Nega qizim? U bilan tanishdingmi?"

"Xuddi shu sinfda o'qiymiz. Lekin u... g'alati."

Otam kuldi. "Uning oilasi barchasi g'alati. Doktor Kim aytganidek, ular—maxsus."

"Nima uchun maxsus?"

Otam jim qoldi, keyin stoldan turib: "Ishga kech qilyapman. Kechqurun gap qilamiz, bo'lmasa?"

U eshikdan chiqib ketdi, mening qizg'in savollarimga javobsiz.

***

Maktabga kirganimda, birinchi bor his qildim—hammasi o'zgardi.

Odamlar kulayotgan, quyosh nurida o'ynayotgan edi. Hatto o'quvchilar ham derazalarga yig'ilib, tashqaridagi noyob manzarani tomosha qilishardi.

"MINDI!"

Orqamdan Arin, Suxo va Suea chaqirishdi. Ular xursand yuzlar bilan menga yugurib kelishdi.

"Bu nima?!" dedi Arin quvonchdan qichqirib. "Quyosh! QUYOSH!"

"Buni ko'rish uchun o'lib ketishim mumkin edi," dedi Suea xayolga ketgancha.

Eunwo ham yaqinlashdi, yelkasiga qo'ygan qo'li bilan: "Mindi, sen bilasanmi, bu—30 yil ichida birinchi marta!"

"30 yil?!"

"Ha! Bu shaharda odatda yomg'ir yog'adi. Quyosh chiqishi—bu ajoyib hodisa!"

Men ham ularga qo'shilib, quyosh nurini his qildim. Yuzimga tushgan issiqlik, shamolning yengil tegishi... Bu sezgilar meni o'z uyimda his qilgandek qildi.

Keyin ko'zlarim o'ziga tortdi—Kim Taehyung.

U boshqa "Kimlar" bilan birga maktab hovlisida turardi. Ular ham quyoshga qarab, xuddi boshqalardek xursand ko'rinishardi. Lekin Taehyung... u boshqalardan ajralib turardi.

Quyosh nuri uning qora sochlarida o'ynab, terisiga oltin rang baxsh etayotgan edi. U juda go'zal edi—xuddi bu qorong'u shaharga tushgan yorug'lik kabi.

Va u meni tomosha qilayotganini sezdi.

U asta boshini aylantirdi va ko'zlari mening ko'zlarimga tushdi.

Bu safar—jahl yo'q edi.

Xatto... bir oz qiziqish ham bor edi.

Keyin u iljaydi.Huddi quyosh kabi