Mysterious girl
1-episode
Shaharning tungi hayoti, ayniqsa, yashirin poygalar, har doim ehtiros va xavf bilan to‘la bo‘lardi.
Poyga yo‘li atrofida ko‘plab odamlar to‘plangan,
kimdir garov tikmoqda, kimdir esa faqat adrenalin uchun kelgandi.
Shu payt, kapyushon ostida yashiringan qiz asta-sekin odamlar orasiga kirdi. Uni hech kim tanimadi, ammo bu qizning kimligini bilishsa, barchasi dahshatga tushardi.
U – mafiya a’zosi edi, lekin bu haqda hech kim bilmasdi.
Uning ismi Yn
Poyga boshlanishiga oz qolganda, u qora rangdagi sport mashinasiga ko‘zi tushdi.
Mashina rulida bir yigit o‘tirardi.
Uzun bo‘yli, jiddiy qiyofa, jingalak sochlar… Teahyung.
U poygalarda eng tezkor haydovchilardan biri edi.
Jungkook:Bu yigit g‘alaba qozonadi,
Teahyung mashinasini haydab, startga tayyorlandi.
Poyga boshlangach, hamma hayajon bilan kuzatishni boshladi. Teahyung raqiblaridan osonlik bilan o‘zib ketdi.
Yn esa poygani emas, Teahyungning harakatlarini kuzatardi.
Uning qanday harakatlanishi, rulni qanday ushlashi – bularning barchasi Ynga qiziqarli edi.
Teahyung birinchi bo‘lib marraga yetib keldi.
U mashinasidan tushib, qo‘lini oldinga cho‘zdi
Teahyung: O‘yin senga yoqdimi?
—Teahyung: Sen kim? Oldin bu yerda ko‘rmaganman.
Yn: Balki, men shunchaki kuzatuvchiman.
Teahyung uning ko‘zlariga qaradi.
Teahyung: Kozlaring chiroyli ekan.
Sababi yn ortiqcha ko‘rinish berishni xohlamasdi.
U hech kimga sezdirmasdan, odamlar orasidan orqaga chekinib, g‘oyib bo‘ldi.
Teahyung past ovozda shivirladi.
Selena orqa ko‘chaga o‘tib. Ko‘chadagi mashinasiga yetib kelib, tezlik bilan eshikni ochdi va ichkariga o‘tirdi.
So‘ng, qo‘lidagi telefonga qarab, tanish raqamni terdi.
Aloqa ulandi:
Yn:Jungkook, menga bir narsa kerak,
Yn: Teahyung degan bola haqida ma’lumot to‘pla. Har narsasi kerak: oilasi, kimlar bilan aloqada, bizneslari, zaif joylari… Hammasi.
Jungkook:Demak, qiziqishingni tortdi-a?
Yn: Men shunchaki ehtiyotkorlik bilan ish tutyapman,
Jungkook: Ha-ha, tushunarli… Mayli, menga ozgina vaqt kerak bo‘ladi. U bolani endi tekshirib chiqaman.
Yn telefondagi qo‘ng‘iroqni tugatdi.
U rulga qo‘lini qo‘yib, chuqur nafas oldi.
Teahyung unga qiziq bo‘lib qoldi. Lekin mafiya olamida qiziqish ham xavfli o‘yin edi.
Yn povTeahyung kim? U oddiy poygachi emasligiga ishonchi komil .
Bu bola men o‘ylagandek xavfsiz emas bo‘lsa-chi?
Yn õziga keldi va gazni bosib, shahar bo‘ylab mashinasini haydab ketdi. . U Teahyungni oylardi
Oradan 15 daqiqa o‘tib, u nihoyat o‘z uyiga yetib keldi.
bu joy mafiya uchun haqiqiy bosh qarorgoh edi. U mashinasini garajga qo‘yib,
eshikni ochdi va ichkariga kirdi.
Zalga qadam qo‘yishi bilan,
qarshisida stulda xotirjam o‘tirgan odamni ko‘rdi.
Bu odam – uning otasi, Jin Hun, shahar mafiyasining eng yirik yetakchilaridan biri edi.
Jin:Sen kech qolding, Yn
Yn: Ishlarim bor edi,
javob qaytardi va ichkariga kirdi.
Jin: Sen poygalarga borganingni bilaman.
Yn buni allaqoshon bilgandi sababi Jungkook yn haqqida Jin hunga molumotlar berib turardi.
Yn:Shunchaki tomosha qilish uchun,
Jin: Bilasanmi, qizim, men senga ishonaman.
Lekin bizda oldinda muhim ish bor.
Yn dadil qadam tashlab otasining qarshisida to‘xtadi.
Jin: Chegaradan yuklarni o‘tkazish kerak.
Maxsus yuk.
Politsiya bizning yo‘llarimizni tekshira boshladi.
Shu sabab, bu safar hamma narsa aniq va tezkor bo‘lishi kerak.
Yn bundan quvonib ketti. Sababi unga otasi birinchi marta muhim topshiriq bergandi.
Jin: Ertaga kechasi. Hammasi tayyor.
Faqat yuk xavfsiz yetib borishini ta’minlaysan.
Jin:Esingda tut, Yn biz zaif bo‘lsak, yo‘q bo‘lamiz. Hech kimga ishonma. Hech qachon his-tuyg‘ularga berilma.
Yn : Hop otajon ishonshingizni yerda qoldirmayman.
Yn Tepaga oz honasiga kotarilib ketti. Va turli xil oylar bilan uhlab qoldi.
Ertalab tonggi quyosh nurlari deraza pardalaridan charaqlardi.U allaqachon uyg‘onib, yangi topshiriqqa tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Ko‘zguga qarab, sochlarini orqaga yig‘di va qora kiyimlarini kiyib oldi.
Barchasi tayyor bo‘lgach, telefonini oldi va tezda Jungkookga qo‘ng‘iroq qildi.
Yn:Teahyung haqida nima topding?
Jungkook biroz shuqir nafas oldi .
Yn:Nima?
Jungkook: Men u haqida hech qanday ma’lumot topa olmadim.
Go‘yo u odam umuman mavjud emasdek.
Hamma joyni tekshirdim na oilasi, na ish faoliyati, hatto oddiy hujjatlari ham yo‘q.
Yn:Xo‘p, yana tekshirishda davom et,
Jungkook: Albatta.
Qo‘ng‘iroq tugagach Yn qo‘lidagi telefonni stulga tashladi.
Kech tushgach…
Yn qora mashinasida shaharning chekka qismiga yetib bordi.
. U mashinasidan tushib, otasi bergan topshiriqni bajarish uchun harakat qildi.
Selena hamma narsa rejadagidek ketayotganini ko‘rib, xotirjam tortdi.
Ammo to‘satdan, nigohi uzoqroqda turgan bir odamga tushdi.
U uzoqdan turib, Yn nima qilayotganini kuzatayotgandi.
Selena Teahyung bilan ko‘z urishti.
Teahyung bir lahzaga jilmaygandek bo‘ldi, keyin esa ortiga burilib, mashinasiga o‘tirdi. U bu joydan qochmoqshi boldi
deya tezda mashinasiga o‘tirdi.
Gazni bosishi bilan shinalar yerga qattiq tegib, mayda toshlarni har tomonga sochdi.
Mashina tezlikda oldinga otildi.
Selena tezlikni oshirib, Teahyungni ta’qib qila boshladi.
U qochayotgan teahyung mashinasidan ko‘zini uzmasdi.
U bu yerda nima qilyapti? Bu tasodifmi yoki u meni ataylab kuzatganmi?
Teahyung mohirlik bilan burilardi, uning mashinasi eng xavfli burilishlarda ham muvozanatini yo‘qotmasdi.
Yn hamma harakatini takrorlashga urindi, lekin Teahyung o‘z ishining ustasi ekanini yana bir bor isbotladi.
Yn: Bu bola…
Oldinda Teahyung keskin burilish qildi va g‘oyib bo‘ldi.
Selena orqasidan burildi,
lekin u yo‘lda ko‘rinmadi.
Selena tormozni bosdi va Qattiq jaqil qildi.
Yn: Kim bo‘lsang ham… seni baribir topaman,
Vaqtni yo‘qotgani uchun yana yuk o‘tkazilayotgan joyga qaytdi.
Odamlari uni kutib turgan edi.
Yn:Barchasi joyidami?
X; Ha, yuk yuklandi. Endi jo‘natamiz,
Selena bosh irg‘adi.
Yn topshiriqni tugatti.. Yuk mashinalari ketdi.
Hech qanday muammo yuz bermadi.
Uyda…
Selena uyning eshigini ochishi bilan, otasi Jin Hun uni kutib o‘tirganini ko‘rdi.
Selena uning qarshisida turib, butun voqeani gapirib berdi:
Teahyung haqida, uning yuk o‘tkazilayotgan joyda bo‘lgani va qanday qilib qochib qolgani.
Jin: Sen aytgan bu bola kim o‘zi?
—Yn: Bilmayman. Men Jungkookga u haqda ma’lumot yig‘ish vazifasini berdim, lekin… hech narsa topilmadi. Go‘yo bu odam umuman yo‘qdek.
Jin:Xo‘sh… Demak, sening oldingga kelgan odam shunchaki poygachi emas, shundaymi?
Yn: Ha. Bu tasodif emas. U meni ataylab kuzatayotgan bo‘lishi mumkin.
Jin: Demak, ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Agar u politsiya yoki dushman guruh odamlaridan biri bo‘lsa… yo‘q qilishga majbur bo‘lamiz.
Jin:Agar u yana senga yaqinlashsa… hech qanday his-tuyg‘uga berilma. Yodingda tut,Yn mafiyada zaiflikning narxi faqat o‘lim bo‘ladi.