Mysterious girl
Selena tungi poygalar o‘tkaziladigan joyga mashinasida yetib bordi. Atrofda mashinalar, odamlar va motor ovozlari eshitilardi. U mashinasidan tushdi.
— Yangi ishtirokchilar ham bormi? — so‘radi u yonidagi odamdan.
— Ha, bugun Teahyung degan yigit ham poygada qatnashadi.
Selena unga qaradi.
— Kim u?
— Bilmayman, lekin poygalarda juda tajribali ekan.
Teahyung mashinasining yonida turardi. Selena unga yaqinlashdi.
— Poyga qiziqarlimi?
Teahyung unga qaradi.
— Ha, agar raqiblar kuchli bo‘lsa.
— Demak, sen ham kuchlisan?
— Sinab ko‘rishing mumkin.
— Hozir emas.
Selena ortiga burildi va mashinasiga o‘tirdi.
Selena mashinasiga o‘tirib, Jungkookga qo‘ng‘iroq qildi.
— Ha, Selena?
— Teahyung haqida nima topding?
— Hech narsa…
— Nima?
— Men u haqida hech qanday ma’lumot topa olmadim. Go‘yo u odam umuman mavjud emasdek.
— Yana tekshirishda davom et.
— Xo‘p.
Qo‘ng‘iroqni tugatib, mashinasini haydab ketdi.
Kech tushgach…
Selena yuklarni o‘tkazish uchun shaharning chekka hududiga yetib bordi. Yuk mashinalari va odamlar joyida edi.
— Yuk tayyormi?
— Ha, ortyapmiz.
Barchasi rejadagidek ketayotgan edi. Uzoqroqda bir odam turganini ko‘rdi.
— Bu kim?
Hech kim javob bermadi. Selena yaxshilab qaradi.
— Teahyung?
U uzoqdan qarab turardi. Keyin ortiga o‘girilib, mashinasiga o‘tirdi.
— Yo‘qolmoqchimi?
Selena ham mashinasiga o‘tirdi va gazni bosdi.
Teahyung shahar yo‘llarida tezlik bilan harakatlanardi. Selena ortidan quvdi.
— Baribir qo‘lga tushasan.
Teahyung keskin burildi va ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Selena mashinasini to‘xtatdi.
— Qayerga g‘oyib bo‘ldi?
Orqaga qaytib, yuklarni kuzatdi.
— Hamma narsa joyidami?
— Ha, yuk mashinalari ketdi.
Selena mashinasiga o‘tirib, uyiga qaytdi.
Uyda…
Eshikni ochib, ichkariga kirdi. Otasi Jin Hun stol atrofida o‘tirardi.
— Kech qolding.
— Muammo chiqdi.
— Gapir.
— Teahyung bizni kuzatgan bo‘lishi mumkin.
— Kim u?
— Bilmayman. Jungkook ham hech narsa topmadi.
— Demak, u shunchaki poygachi emas.
— Ha.
Jin Hun o‘ylab qoldi.
— Agar u yana senga yaqinlashsa… uni yo‘q qilish kerak bo‘ladi.
— Tushundim.
Selena otasining so‘zlarini eslab qoldi.
Ertalab Selena uyg‘onib, Jungkookga qo‘ng‘iroq qildi.
— Yana tekshirdingmi?
— Ha, lekin hech narsa topa olmadim.
— Qanday qilib?
— U go‘yo yo‘q odam. Hujjatlari ham yo‘q, ma’lumotlari ham.
— Unda bu odam kim?
— Balki xavfli raqibdir.
— Buni aniq bilishim kerak.
Selena qo‘ng‘iroqni tugatib, o‘ylab qoldi. Teahyungning kimligini bilmasdan turib, unga ishonib bo‘lmasdi.
Kechqurun…
Selena otasining oldiga keldi.
— Hali ham hech qanday ma’lumot yo‘q.
— Demak, uni kuzatish kerak.
— O‘zim hal qilaman.
Jin Hun qiziga qaradi.
— Unutma, sening vazifang – zaiflik ko‘rsatmaslik.
— Men bilaman.
Selena xonasiga qaytdi. Teahyung haqida o‘ylardi. Uning maqsadi nima?
4-bob: Yana uchrashuv
Selena shaharning bir chetida turardi. Teahyung esa oldingi joyda poygaga kelgan edi.
— Bugun ham poygadamisan?
Teahyung unga qaradi.
— Sen ham shu yerdasan.
— Tasodif.
— Balki.
Selena unga qaradi.
— Seni kuzatib yurishganini bilasanmi?
— Ha.
— Kimligingni yashiryapsan?
— Balki.
Selena javob topa olmadi. Teahyung mashinasiga o‘tirdi.
— Yana uchrashamiz.
Mashinasini haydab ketdi. Selena esa uning orqasidan qarab qoldi.
5-bob: O‘yindagi sir
Selena Jungkookga yana qo‘ng‘iroq qildi.
— Yana hech narsa topmadingmi?
— Yo‘q.
— Yashirin odam ekan.
— Ha.
— Uni topish kerak.
— Juda ehtiyot bo‘l.
Selena mashinasini haydab ketdi. Uni faqat bir savol qiynardi: