May 22, 2025

Ikki galbni abadiy bog' lagan rishta...Xatto tag’dir ham ularni ajratishga ojiz...

4-chapter

To‘satdan eshik yana ochildi. Suli boshini ko‘tarib yuqoriga qaradi va… u Chongukni ko‘rdi. Yigitchaning qorong‘i aurasi xonani bosib ketdi, yuragi gupillab urdi.

Chonguk: — Bu mening xonamda nima qilayapsan?

(U qahr bilan jag‘larini qisib gapirdi)

Suli hayratda qoldi, unga tikilib turdi… Chonguk qadam tashlab, ular orasidagi masofani qisqartirdi.

Chonguk: — Bu mening xonam! Va sen bu yerda qola olmaysan!

Suli: — Unda… men qayerda yashayman?

Uning mayin ovozi Chongukning qonini qizdirdi. Axir, shu qiz—yani Jenny—unga xabarda pul evaziga turmush qurishni taklif qilgan edi, endi esa beg‘ubor qiyofada gapirmoqda.

Chonguk: — Chiq xonamdan! Meni shaxsiy hayotimga birov aralashishini yoqtirmayman!

Chonguk

U g‘azab bilan baqirdi, bu Suliyni cho‘chitardi….Qiz boshini egdi, pastki labini tishlab qo‘ydi.

Suli: — Lekin men oddiy “birov” emasman… (pichirlab)

Chonguk: — Albatta emas! Chunki sen ochko‘z, hiylakor oltin izlovchisan!

Suli ko‘zlarini katta ochib unga tikildi.

Suli: — N.nima?

Chonguk kulimsirab dedi:

Chonguk: — Senday begunoh yuz ortida qanday iflos o‘ylar yashiringanini bilmayman, deb o‘ylaysanmi?

Suli: — Men…? Nima deyapsan?

Chonguk: — Rostdan ham tushunmayapsanmi yoki meni aldashga urinayapsanmi?

(Suli jim edi…)

Chonguk qadam tashladi. Suli orqaga chekinardi . Orqasida devor borligini bilmasdi.

Chonguk: — Men ikkiyuzlamachilikni yomon ko‘raman. Yaxshisi, meni g‘azabga keltirma!

U qizning oldiga kelib, qo‘lini devorga qo‘ydi. Endi ular orasida deyarli havo ham yo‘q edi. Chonguk uning ko‘zlariga qarab gapira boshladi, og‘ir va xavfli ohangda:

Chonguk: — Chunki agar meni ranjitsang… ichimdagi yovvoyi hayvonni uyg‘otasan va sen kabi nozik qo‘g‘irchoq bunday narsaga chiday olmasligini ko’rsataman!

Uning tovushi bir oktavaga tushdi. Sulining tizzalari bo‘shashdi. U vahimadan titrab ko‘zlariga tikildi. Bir necha soniyadan so‘ng Chonguk orqaga chekindi.

Chonguk: — Bu nikoh ishlamaydi! Men ota-onam xohlagani uchun uylanib qo‘ydim. Sen esa shuni tushunib olishing kerak: bu uydagi o‘rning — oddiy xizmatkordek! Axir men senga katta pul to‘ladim!

Suli: — M. men uchun… pul to‘lashdimi?

Bu so‘zlardan Suli hayratda qoldi. Axir bu ikki kompaniya o‘rtasidagi kelishuv emasmidi? Shunday degishmaganmidi?

Chonguk bir muddat uning yuziga qarab turdi. U chindan ham hech narsani tushunmagandek edi. Chonguk shunchaki kulib qo‘ydi.

Chonguk: — Millionlab dollar sarflab o‘ziga xotin topgancha, o‘zingni arzon pulga begona erkakka sotganing afzal, to‘g‘rimi?

U yana uni mazax qildi.

Suli (pov): — Ishonolmayapman… Otam meni sotib yuborganmi?

U bilardi, Jeonguk bu so‘zlarni Jennyga aytayotgandi. Ammo baribir yuragi ezildi. Otasi Jeongukka quli bo‘lishni Jennydan ko‘ra Suliyni loyiq ko‘rgan edi. Axir Jenny — ideal qizi. Sulining yuragi ezilardi…o’ksinardi

Chonguk: — Endi yo‘qol bu yerdan! Va boshqa menga ko‘rinma!

Ko‘zlariga yosh to‘lib, Suli boshini qimirlatdi va asta-sekin xonadan chiqib ketayotganda

Chonguk: — Va yana bir gap…

Suli to‘xtadi, hali ham unga orqasini o‘girib turardi.

Chonguk: — Men pastkash odamlarning menga yoki buyumlarimga tegishini yomon ko‘raman. Shuning uchun yiroqroq yur mendan!

***

Xizmatchilardan biri Suliyni mehmonlar uchun mo‘ljallangan xonaga olib bordi. U darhol hammomga kirib, yig‘lab yubordi. Suvning shovqini uning yurakdan chiqayotgan yig‘isini yashirib turardi.

Uzoq davom etgan dushdan so‘ng, Suliy sochiqqa o‘ralgancha chiqdi. U xonasiga kirgach, ko‘zi shkafga tushdi — u hattoki o‘zining butun xonasidan ham katta edi. Shkafni ochdi. Xizmatchilar kiyimlarini joylab qo‘yishgan edi. Uning nigohi burchakda turgan erkaklar pidjakiga tushdi. O‘sha begona erkakning *pidjagi…

Chongukning pidjaki

Suli nima sababdan uni o‘zi bilan olib kelganini bilmasdi. To‘satdan yuragida qandaydir xiyonat hissi uyg‘ondi. Chunki u turmushga chiqishdan oldin boshqa bir erkak bilan birga bo‘lgan edi…

Suli: “Hammamiz uchun eng yaxshisi — o‘sha tunni unutish bo‘ladi…”

U yonidagi tungi ko‘ylakni oldi, kiyib, yotishga yotdi.

Ertasi kuni ertalab

Soat 7:00. Xizmatchilar nonushta tayyorlash bilan band. Suli moviy yozgi ko‘ylakda oshxonaga kirdi. Barcha unga hurmat bilan murojaat qildi:

Xizmatchilar:“Xayrli tong, Miss Jenni.”
Suli: “Xayrli tong…”

Suli xushmuomalalik bilan javob berdi va oldidagi fartukni oldi.

Suli: “Menga ismim bilan murojaat qiling, shunday qulayroq.”

Suli

Xizmatchilar bir-biriga hayrat bilan qarashdi. Ulardan biri oldinga chiqib dedi:

Xizmatchi qiz: “Agar janob Chon buni bilib qolsa…”
Suli: “Hammasi joyida. Men o‘zim sizga shunday dedim. U sizga hech narsa demaydi.”

Suli fartukni kiyib, muzlatkichdan tuxum va bekon oldi.

Xizmatchi: “Siz… nimani qilmoqchisiz?”
Suli: “Nonushta tayyorlamoqchiman.”
Xizmatchi: “Lekin…”
Suli: “Hech qanday ‘lekin’ yo‘q. Iltimos, menga shunchaki yordam bering. Bu yerda nima qayerda joylashganini bilmayman.”

Suli bekonni kesishni boshladi, lekin xizmatchi qizning hayratdan ochilgan yuziga qarab to‘xtadi.

Suli: “Nima bo‘ldi?”
Xizmatchi: “Hech narsa… Siz pishirishingiz shart emas. Biz buning uchun bu yerdamizku axir”
Suli: “Menga ovqat pishirish yoqadi. Iltimos, shunchaki yordam bering.”
Xizmatchi: “Xo‘p…”

Ular birgalikda nonushta tayyorlay boshladilar.

Suli: “Isming nima?”
Xizmatchi: “Roze.”
Suli: “Chiroyli ism.”
Roze: “Rahmat. Siz ham juda chiroyli ekansiz!”

Suliy biroz qizardi. Uni hech kim chiroyli deb ko‘p maqtamaydi….hayoti davomida oilasi tomonidan ho’rlanib kelgani sababli.

Ular birga nonushta tayyorlab, dasturxonni yozishdi. Roze chiqib ketgach, oyoq tovushlari Sulini e’tiborini tortdi. Yuqoriga qaragan Suli — Chongukni ko‘rdi.

Chonguk stolga yaqinlashdi. Qizni ko‘rishi bilan, jahl bilan qarab qo‘ydi. Suli darhol asabiylasha boshladi. Chonguk dasturxonga qaradi:

Chonguk: “Buni sen qildingmi?”
Suli: “H…ha.”
Chonguk: “Men senga mendan uzoq yur deb aytmaganmidim? Sen nonushta tayyorlab nima isbotlamoqchi bo‘lyapsan o’zingcha?”

U g‘azab bilan jag‘ini tishlab dedi.

Suli: “Bu… oddiygina nonushta.”
Chonguk (baqirib): “ROZE!”

Suli baqiriqdan cho‘chib tushdi. Roze yugurib keldi:

Roze: “Ha, janob?”
Chonguk: “Qayerda mening nonushtam?”

U jag‘ini qattiq tishladi. Roze esa sarosimada unga qaradi:

Roze: “Lekin Miss Chon… allaqachon tayyorladilar…”
Chonguk: “Sen mening ovqatim uchun mas’ulsan! Va menimcha, buni senga takror aytishimga hojat yo‘q!”
Suli: “B-bu uning aybi emas! Men o‘zim xohladim ovqat pishirishni.”
Chonguk: “Men bilaman, sen doim e’tibor qozonmoqchisan. Lekin bu mayin harakating men uchun ishlamaydi!”

Uning so‘zlari Sulining tomog‘iga tiqilib qoldi. U o‘zini kichkina va ojiz his qilar edi.

Hech nima demasdan, Chonguk ortiga o‘girildi va chiqib ketmoqchi bo‘ldi, ammo… Suli…

To be continued….