May 26, 2025

Ikki galbni abadiy bog' lagan rishta...Xatto tag’dir ham ularni ajratishga ojiz...

6-chapter

Ular Chongukning ota-onasi yashaydigan saroy hovlisiga yetib kelishdi. Ichkariga kirgan zahoti Chongukning onasi Suli tomon yugurdi.

Chonni onasi: – Mening kelinim! Qandaysan, jonim?)

U Suli’ni mahkam quchoqlab oldi. Suli ham jilmayib, uni quchoqladi.

Suli: – Hammasi yaxshi, o‘zingiz qalaysiz, Missis Chon?

Ayol asta orqaga chekinib, Suli’ga jiddiy qaradi. Uning yuzi birdan jiddiy tus olganini ko’rsatib

Chonni onasi: – Endi meni “Missis Chon” deb chaqirma. Men senga endi ona bo‘ldim axir.

Suli asta-sekinlik bilan boshini burib, Chongukka qaradi.

Chonni onasi: – Nega unga bunday qarayapsan, go‘yo u seni yeb qo‘ygudek? U qarshi bo‘lmaydi, meni “ona” desang

Suli asabiy tarzda jilmayib qo‘ydi.

Chonni otasi :– Chongukning xotini — endi bizning farzandimiz ham, shunday emasmi?

Chonni onasi: – Yuringlar, mehmonxonaga o‘tinglar, bolalarim

Hammalari birga mehmonxonaga o‘tib, choy ichishdi. Suhbat davom etdi.

Chonni otasi: – Qanday o‘tyapti yangi oila hayoting, Chonguk?
Chonguk: – Juda yaxshi.

Yigit bu so‘zlarni sovuqqina aytdi. Suli esa choyni yengilgina yutayotgan edi.

Chonni onasi: – Xo‘sh, bizga nabira hadya qilishni qachon rejalashtiryapsizlar?

Bu so‘zlarni eshitib, Suli birdan choydan bo‘g‘ilib, yo‘talib yubordi — go‘yo ko’ksiga kimdir musht tushirgandek.

Suli: – Khe-kheee… khe!

Qiz yuragini ushlab yo‘talayotgan paytda, uchtalik nigoh birdan unga qadaldi.

Chonni onasi: – O‘zingni yaxshi his qilyapsanmi? Nima bo‘ldi o‘zi qizim??

Suli boshini asta-tekin chayqadi.

Suli: – H-hech narsa emas…

Chonni onasi: – Nima, uyalyapsanmi?

Misis Chon

Suli bundan ham battar qizarib ketdi. U boshini pastga egdi, bu orada esa Chongukni ota-onasi xandon otib kulishardi.

Chonni onasi: – Otangiz sizlarga bir narsa aytmoqchi.

Hammaning nigohi ota tomon burildi.

Chonni otasi:– Sizlar turmush qurganingizga yarim oy bo‘ldi, lekin hali birga vaqt o‘tkazishga fursatingiz bo‘lmadi. Shu sababli men sizlar uchun asal oyi tashkil qildim!

Chonguk: – NIMA?!

Uning keskin baqirigidan Suli cho‘chib tushdi.

Chonni otasi: – Nima, nima???
Sizlar ikki kundan keyin jo‘naysizlar! Putyovka– Maldiv orollari, Italiya, Fransiya va Dubay!

Mister Chon

Chonguk: – Hatto mendan so‘ramadingiz ham, dada. Ishim boshimdan oshib yotibdi, men bora olmayman.

Chonni otasi: – Bahona qilishni bas qil. Ayolingga biroz vaqt ajrat.

Otasining ohangi endi jiddiylashdi. Gap endi hazil emasdi.

Chonguk: – Lekin dadaa…

Chonni onasi: – Hech qanday lekin-pekini bo‘lmaydi, Chonguk! Sen borasan, gap tamom !

So‘ng onasi Suli tomon yuzlandi, yuzida iliq tabassum bilan.

Chonni onasi: – Sen xursandsan, to‘g‘rimi, qizim?

Suli nima deyishni bilmasdi. U yana Chongukka qaradi. Uning nigohi g‘alati edi – g‘azab aralash befarqlik…

Suli
Chonguk

“Uning ko‘zlari qizga ko‘rinmas xanjarlar otayotgandek, o‘tkir nigohi bilan uni go‘yo tahdid qilardi.”

Suli: – Agar Chonguk band bo‘lsa, bormasligimiz kerak. Axir uning ishi muhimku. Balki keyinroq borarmiz…
Qizning lablarida asabiy tabassum paydo bo‘ldi.

Chonni otasi: – Uning ishi yo‘q! Subin bor – hamma ishni u qiladi. Chonguk faqat bahona topmoqda. Ikkalang ham borasiz – bu so‘nggi so‘z!

Suli indamadi. Chon Guk ham jim edi. U ota-onasining qarshisida qarshilik qilolmasdi. Shunday jimlikda u yana Suliga qaradi – go‘yo ko‘zlari bilan uni o‘ldirmoqchi edi. Suli uning g‘azabdan qizarib ketgan yuziga qarab yerga tikildi.

Ammo… shu payt birdan nimadir yodiga tushdi: aeroportda u pasportini topshirishi kerak. Va o‘sha payt hamma uning Jenie emasligini bilib qoladi…

Time skip*

Ikkalasi mashinada uyga qaytmoqda. Chonguk butun yo‘l davomida telefonda kim bilandir gaplashdi. Hattoki hozir ham telefoniga tikilgancha o‘tirar edi. Suli unga qaradi.

Suli (pov): – So‘rashim kerak…

U chuqur nafas oldi.

Suli: – Emm… bu… asal oyi haqida…

Chonguk: – Nima bo‘libdi asal oyiga?

U xunuk ohangda so‘radi. Qiz asabiy yutinib dedi

Suli: – Menimcha… chipta uchun pasportim kerak bo‘ladimi?

Chonguk: – Menda o‘zimning samolyotim bor. Meni ommaviy oddiy samolyotda uchadi deb o‘yladingmi?

U tishlarini g‘ijirlatib, yana telefoniga qaytdi.

Ammo bu so‘zlar Suli uchun yengillik edi – pasportini hech kim ko‘rmaydi va u shunga hursand.

Ikki kun o‘tib…

Suli so‘nggi libosini chamadoniga joylashtirib, uni yopadi.

Roze: – Hammasimi?

Suli: – Ha)

Roze: – Faqat bir necha libos, oyoq kiyimlari va bir necha narsalarnigina olding. Senga shu yetadimi?

Suli: – Men ko‘proq narsaga muhtoj emasman deb o’ylayman, shuni o’zi yetarli

Roze: – Qasam ichaman, sen hayotimda ko‘rgan eng oddiy qizsan!

Ikkalasi kulib yuborishdi, lekin shu zahoti tashqaridan qichqiriqlar eshitildi.

Suli: – Bu kim?

Roze: – Men ham hayronman…

Qizlar nima bo‘layotganini ko‘rish uchun pastga tushishdi. Mehmonxonaga kirishgach, ular bir qizni ko‘rishdi…

Hyoona

Hyoona: – Chon, qayerdasan?!

Roze qizni ensasini qotirdi.

Suli: – Bu kim, Roze?

Roze: – Uni shunchaki ignor qil. E’tibor berishga arzimaydi.

Qichqiriq bir zumda to‘xtadi – Hyoona ko‘zlari Suliga tushdi. Qizni tepadan pastga sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdi. U yaqinlashib, Suli qarshisida to‘xtadi. Uning yuzida maqtanchoq tabassum paydo bo‘ldi.

Hyoona: – Qani bu yerda kim ekan mm?

U Suliga xizmatkorni ko‘rgandek past nazar bilan qaradi.

Hyoona: – Voy, bu o‘sha qizmi?!

U Roze’dan so‘radi, lekin Roze unga hatto javob berishni ham lozim topmadi.

Hyoona: – Aha… demak bu sen… Jennymi?

Xandon bilan so‘radi. Suli nima deyishini bilmay, boshini qimirlatib tasdiqladi.

Hyoona: – U juda sodda ko‘rinadi, Roze. Qizingning xo‘jayini nima deb o‘yladi ekan unga uylanganda? Ahahahaha… U men bilan solishtirganda yer bilan osmon – hattoki oyog‘imga ham teng emas.

Roze (pov): – Voy bu qiz haqiqiy yirtqich…!!!
XHyoona: – O‘zimni tanishtiray: Men – Hyoona. Chongukni sevgan ayol.

Suli ko‘zlari kattalashib ketdi.

Suli: – N… nima dedingiz?

Hyoona: – U meni sevadi. Lekin ota-onasi majburlagani uchun senga uylandi. Lekin endi men qaytdim… Va uni sendan tortib olgani keldim.

Suli

Sulining qonlari qaynab ketardi. Ha, balki u bilan Chonguk o‘rtasida iliq munosabatlar yo‘qdir… ammo baribir — u uning eri edi. Suli Hyoonaga nimadir demoqchi bo‘ldi, og‘zini ochdi…
Lekin aynan shu payt mehmonxonaga Chonguk kirib keldi.

U Xyonani ko‘rishi bilan ko‘zlaridagi ifoda darhol o‘zgarib, qattiq sovuqlashdi.

Hyoona: – Chonguk! Nihoyat seni ko‘ryapman!

Hyoona

Xyoona quchoq ochgancha Chonguk tomon yugurdi, lekin u hali unga yetib bormasidan Subin Chongukning oldiga chiqib, yo‘lini to‘sdi.

Hyoona: – Ey! Yo’limdan qoch!

Subin: – Kechirasiz, lekin siz unga yaqinlasha olmaysiz.

Hyoona: – Nega?! Men uning keliniman!!

Bu so‘zlardan Suli larzaga tushdi. Uning yuragi g‘alayon ichida edi. Chonguk unga qaradi. Uning nigohi go‘yo yumshaganday… yoki bu Suli uchun shunchaki xayol edi.

Suli (pov): – Iltimos… yolg‘on deng…Chon

Chonguk Subinga qaradi.

Chonguk: – Kim turgandi darvozada?

Subin darhol qo‘riqchini chaqirdi.

Qo‘riqchi: – Bu men edim, boshliq…

U bezovta ko‘zlar bilan Chongukka qaradi.

Chonguk: – Uni ichkariga sen qo‘ydingmi?

Qo‘riqchi: – H-ha…

Chonguk: – Kimning ruxsati bilan?!

Qo‘riqchi: – U… u aytdi… siz chaqirgansiz deb…

Chonguk (baqirib): – SEN MENDA SO‘RADINGMI?!

Barcha uning qichqirigidan qaltirab ketdi.

Chonguk: – JO‘NAGIN! ISHDAN BO‘SHATILDING!

Qo‘riqchi egilib, darrov yugurib chiqib ketdi, go’yo jazodan qutilib qolganday. So‘ng Chonguk Hyoonaga yuzlandi.

Chonguk: – Uni bu yerdan chiqarib yubor.

Subin: – Xo‘p, boshliq.

Subin ikki qo‘riqchini chaqirdi. Ular Hyoonani tutib ko’chaga olib chiqishardi. U qarshilik ko‘rsatdi, baqirdi, ammo oxir-oqibat uni tashqariga chiqarib yuborishdi.

Chonguk esa Suliga qaradi:

Chonguk: – Bir soatdan keyin ketamiz.

Hech narsa demasdan, u o‘z xonasiga ketdi.

Suli: – Bu yana nima edi?

Roze: – Bu qiz jinniga o‘xshaydi. Uning gaplarini o’zinga olma!

Suli: – Jinnimi?

Roze: – U ilgari boshliq bilan unashtirilgan edi, lekin uni qari erkak bilan yotgan paytda ushlab olishdi. Unashtiruv buzildi, shunda boshliq senga uylangan. Endi u qaytib keldi, sababi bir: pul. Unga faqat boshliqning puli kerak.

Bu so‘zlar Sulini biroz tinchlantirdi.

Suli (pov): – Hech bo‘lmaganda u uni sevmaydi…

Tun

Chonguk va Suli samolyotda. Ichkarida katta divanlar, hatto yotoqxona ham bor. Chonguk divanda boshini orqaga tashlab, ko‘zlarini yumgan. Ishdan charchagani bilinib turibdi. Suli esa deraza yonida o‘tiribdi.

Suli (pov): – Qanchalar go‘zal manzara…

Birdan u past ovozli bir nola ohangini eshitdi. Chonguk yelkasini ushlab, ko‘zlari yumilgancha og‘riqdan nafas olayotgandi.

Suli: – Nima bo‘ldi?

Chonguk ko‘zlarini ochdi. Og‘riqdan aziyat chekayotgan bo‘lsa-da, g‘urur uni jim saqlardi. U hech narsa demadi, lekin Suli muammoni tushunib bo‘lgandi.

Suli: – Xohlaysizmi, massaj qilib qoyaman?

Chonguk: – Yo‘q, men yaxshiman.

U yelkasidan qo‘lini olib, qarashdan qochdi. Ammo Suli ichida kulib qo‘ydi — uning o‘zini tutishini ko‘rib.

Suli: – Ishonchim komilki, siz shunchaki uyalyapsiz…

U biroz tabassum qildi.

Chonguk: – Men? Uyalaman?

Suli: – Haa, siz aniq massaj so‘rashga juda uyalyapsiz. Lekin bu massaj sizga kerak, shunday emasmi?

Chonguk chuqur nafas oldi va ko‘zlarini olib qochdi.

Chonguk (pov): – Ha… kerak…

Suli: – Yaxshi, o‘zingiz bilasiz.

U yana derazaga qaradi.

Suli (pov): – Nimaga ham so‘radim o’zi? Qo‘pol ahmoq! O‘tirib og‘riqda yonaversin!

Bir necha soniyadan keyin Chonguk gapirdi:

Chonguk: – Qilgin…

Suli unga qaradi.

Suli (pov): – Endi vaqt keldi — o‘zimni aqldan ozganday tutaman…

Suli: – Nima dedingiz?

Chonguk: – Massaj.

Suli: – Nega? Axir o‘zingiz yaxshiman dedingiz-ku?

U ataylab uni qo‘zg‘ardi.

Chonguk: – Aytdim-ku, qilib qo’y deb

Birdan uning ovozi sovuq va buyruq ohangida yangradi. U iltimos qilmayapti… u buyuryapti. Shu lahzada Suli ularning “munosabatlari”ni esladi va u bilan hazillashib bo‘lmasligini tushundi. U asabiylab labini tishladi.

Suli: – Sizda massaj kremi bormi?

Chonguk: – Yo‘q.

Suli: – Unda nimadan foydalanaman?

Chonguk: – Men samolyotda bunaqa bo’lishini kutmaganman. Qayerdan bo‘lishi mumkin?!

Suli: – Yaxshi, unda kremsiz qilamiz.

Suli divanga o‘tirdi. Chonguk unga orqa o‘girib o‘tirgan edi.

Suli: – Pidjakni yeching

Chonguk unga o’girilib qaradi. Ko‘zlarida savol nigohi bor edi.

Chonguk: – Nega yechishim kerak?

Suli: – Sizni birinchi marta massaj qilishyaptimi? Qanday qilib massaj qilay, agar tanangiz qalin kiyim bilan yopilgan bo‘lsa?

Chonguk boshini burib, pidjakni yechdi.

Endi u faqat ko‘ylakda edi. Ingichka mato ostidan uning kuchli yelkasi mushaklari ko‘rinib turardi.

Suli (pov): – Xudoyim… o‘zing yordam ber…

Fikrlarini haydab, Suli qo‘llarini muloyimlik bilan uning yelkasiga qo‘ydi va asta-sekin harakatlantira boshladi.

Chonguk: – Mmmmmm~

Chonguk

“Qizning nozik harakatlaridan uning tanasida kutilmagan uchqun uyg‘ondi. Chonguk avvaliga uning tegishidan so‘ng darhol orqaga chekinishini o‘ylagandi, lekin ajablanarlisi — uning tanasi oldingidan ham tinchroq bo‘lib qolgandi.”
Bir necha daqiqa o‘tib…

Suli: – Endi o‘zingizni yaxshi his qilyapsizmi?

Hech qanday javob yo‘q.Shunda u yelkalarini massaj qilishni to‘xtatdi va yana unga qaradi.

To be continued…