June 2, 2025

Ikki galbni abadiy bog' lagan rishta...Xatto tag’dir ham ularni ajratishga ojiz...

Xato

9-chapter

Timeskip* kechqurun

Suli dushda

Qiz dush qabul qilib bo‘lgach Suvni o‘chiradi va kabinadan chiqadi. Suli ko‘zlarini hammom bo‘ylab yugurtiradi — u sochiq izlaydi, lekin hech narsa topolmaydi. Hammomda na sochiq bor edi, va na xalat.

Suli: — Ehh, bliiinn!!!

U ehtiyotkorlik bilan eshikni biroz ochadi va tashqariga qaraydi. Chonguk karavotda unga orqasini o‘girib telefon o’ynab o’tirgan edi. Endi qiz yordam so‘rashi majbur, lekin u juda hijolatda.
Qiz eshikni yana yopadi va labini tishlab, g‘amgin ohangda:

Suli: — Endi nima qilaman… iflos kiyimlarni kiyaymi?

U ko‘zi tushgan kir savatchasidagi kiyimlarga qaraydi.

Suli: — Yo‘q, ular iflos…

Qiz peshonasiga uradi, chuqur nafas olib eshikni yana ochadi.

Suli: — Chonguk…

U asta-sekin chaqiradi, lekin yigit eshitmaydi.

Suli: — Chonguk!

Bu safar biroz balandroq gapiradi va nihoyat yigit ortga qaraydi.

Chonguk

Suli: — Iltimos… menga xalatni olib bera olasizmi? Men uni olib chiqishni unutibman…

U gapirar ekan, titrab turardi. Chonguk unga hech qanday hissiz nigoh bilan qaraydi. So‘ng o‘rnidan turib, garderobga yo‘l oldi. Oradan biroz o‘tib, xalat bilan qaytdi.
Suli hech narsa demay, xalatni olib eshikni tezda yopdi.

Suli: — Xuhh…

Orqasiga burildi, ammo tirsagi oynaga tegib ketish oqibatida muvozanatini yo‘qotdi — qiz sirg‘anib ketdi va polga quladi. Hammomda shovqinli qarsillagan ovoz eshitilardi.

Suli: — Aa!!

Eshik darhol ochildi. Qiz shokka tushdi. U xalatni tanasining old tomoniga bosib, o‘zini berkitishga urinayotgandi. Chonguk havotirli nigoh bilan unga tikilardi. Suli esa unga katta ochilgan ko‘zlari bilan qaradi, so‘ng asta turishga harakat qildi.
Chonguk unga yaqinlashardi. Suli bir qadam ortga chekindi.

Suli: — N-nima qilayapsiz? Chiqing hammomdan!

Qiz vahima bilan baqirardi, lekin u yaqinlashishda davom etdi!

Suli: — Ey! To‘xtaa— aaaa!

To‘satdan qizning oyog‘i sirg‘anib ketadi ammo yiqilishidan oldin ikkita kuchli qo‘l uni ushlab qolishga ulgurgandi. Chonguk uning belidan ushlab, o‘ziga yaqinlashtirdi.
Suli yuragi qattiq urayotganini sezdi. Endi ular o‘rtasida faqatgina yupqa xalat qolgan edi. Chongukning qo‘llari uning yalang‘och orqa belini quchgan edi.
Qiz hayrat va chalkashlik bilan yigitga tikildi, yigit esa o‘zining o’tkir nigohi bilan uning qalbini teshib o‘tayotgandek qarab turardi

Suli: — Q-qo‘yib yuboring meni…nima qilyabsiz

Yigitning lablarida kulimsirash paydo bo‘ldi.

Chonguk: — Yura olmaydigan odamdan shikoyat chiqyaptimi?

U qizni masxara qilardi.

Suli: — Men yurishni bilaman! Siz esa eshikni taqillatishni bilmaysiz!

Qiz ko‘zlarini devorga o‘giradi, go‘yoki dadil bo‘lishga urinib, lekin yuragi o’z izmidan chiqib ketayotgandek urar edi.

Chonguk: — Rostdanmi?

U yana kulimsirab, qizning yuziga yaqinlashdi.

Chonguk: — Men seni yiqilishdan qutqarganim yoqadi, deb o‘ylagandim.

Uning issiq nafasi qizning yuziga uriladi. Chonguk qizning belini yana mahkamroq quchardi.

Suli: — Orzu qilibsiz hopmi…

Chonguk: — Yiqilib tushganing — meni ushlashimni istaganing uchun emasmi?

Qiz unga og‘ir nafas olib tikildi. U yigitni itarib yuborishni xohlaydi, lekin qo‘llari bilan xalatni mahkam ushlagani uchun bunga jur’at eta olmaydi. Faqat matoni yanada mahkam siqardi.

Chonguk: — Axir sen meni o‘zing chaqirding-ku. Balki atayin meni jalb qilishga urinayotgandirsan?

U qulog‘iga pichirladi.

Suli: — Janob Chon, menda bunday niyatlar yo‘q. Shuning uchun, iltimos, hammomdan chiqib, menga shaxsiy hudud yaratib bersangiz. Kiyinishim kerak!

Uning so‘zlarini eshitib, Chonguk kulib qo‘ydi.

Chonguk: — Dadil gapiradigan bo‘libsanmi? Tiling chiqib qolibdimi?

Suli: — O‘zi siz nimani o‘ylayapsiz? Axir o‘zingiz menga yaqinlashma, degandingizku. Endi esa o‘zingiz nima qilayapsiz? Menga shunaqa tuyulyapti: aslida SIZ meni vasvasaga solishga urinayapsiz!

Qiz shu damda o‘zining “joyini” unutib qo‘ygandi, mag’rurlik bilan gapirib

Chonguk: — Og‘zing ichidagi tiling haddan tashqari tez qimirlayabdi.
Qiziq, yana nimalarga qodir?

Yigitning kinoyali so‘zlari uni gangitib qo‘ydi. Qizning yuzi birdan qizargan edi — u Chonguk nimani nazarda tutganini darhol anglab yetdi.

Suli: — Siz meni noto‘g‘ri tushunayapsiz, janob Chon! Men siz o’ylagan qiz emasman!

Chonguk: — Ooo, unda qanday qizsan o‘zi?

Suli: — Aniqki — sizning yuzingiz, tanangiz yoki boyligingiz uchun og‘zi ochilib tushadiganlardan emasman!

Bu gapdan so‘ng Chongukning labidagi tabassum yo‘qoldi. U qizdan uzoqlashdi, uni yengil itarib yubordi. So‘ng oxirgi marta qizga qarab, hammomdan chiqib ketdi.

Suli: — Bu odamga nima bo‘lyapti o‘zi? Qanday g‘alati inson…

…Oradan biroz vaqt o‘tdi.

Xuddi Chonguk aytganidek, xizmatkor ayollar Suli’ga tayyorlanishda yordam berishdi.

Xizmatkor: — Juda go‘zalsiz, miss Chon)

Suli: — Rostdanmi? Rahmat…

“Miss Chon” degan so‘zlar Suli’ning yuragida g‘alati bir iliqlik uyg‘otdi. Go‘yoki bu so‘z unga yoqib tushganday, yuragida bir nimadir ilib qolgandek bo‘ldi.

U oynaga qarab jilmaydi. Ko‘zlarida esa ozgina hayajon, ozgina ishonchsizlik aralash edi. Ko‘nglida nimadir qitiqlayotgandek.

Suli (pov):
— Nega bunday iliq tuyulyapti? Axir bu faqat so‘z-ku… faqat rol…
— Ammo baribir, bu so‘z yuragimga yoqdi…

Suli

Kechki ziyofatda*

Ulkan lyustralar osilgan, katta pardalar esa tantanali zalga boylik va dabdabani qo‘shib turardi. Ziyofat zali dunyoning turli burchaklaridan kelgan mashhur insonlar bilan to‘lib-toshgan edi. Ularning ko‘pchiligi — yirik biznesmenlar yoki obro‘li mafiyalar edi.

Suli esa ziyofatning chekkaroq burchagida turar, yonida esa o‘zining jozibali eri Chonguk va uning yagona do‘sti bor edi — og‘zi bir zum ham tinmaydigan, gapga usta yigit.

Suli o‘zini allaqachon asabiy his qilardi. Ziyofatga kelguncha Chon bilan bir mashinada o‘tirganining o‘ziyoq yuragini g‘ash qilgan, yigit esa butun yo‘l davomida bir so‘z demay, faqat uning yuziga sirli qarashlar qilgan edi.

Hozir esa, ular bu olomon ichida birga turishardi. Chongukka atrofdagi ayollar ehtirosli, havasli, hatto ochiq-oydin istak bilan qarayotgan bo‘lsa, Suli’ga esa…

…ular nafrat bilan tikilishardi.

Negaki, Suli — u yigit bilan bu kechaga birga kelgan yagona ayol edi.

Chonguk&Suli

Hech kim ularning turmush qurganidan xabardor emas edi. To‘y faqat eng yaqinlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan, shuning uchun bu kechaga yig‘ilgan odamlar Suli’ni Chon’gukning navbatdagi hamrohi deb o‘ylashardi — faqat shu kechaga.

Shu payt, ziyofatning mezboni — Chongukning eng yaqin do‘sti, xushchaqchaq va o‘zini bemalol tutadigan Chimin, Suli tomon jilmayib qaradi.

Chimin: — Kelinqiz , biz bu yerga faqat ichimlik ichish yoki gap sotish uchun kelmadik, siz bilan ham suhbatlashmoqchimiz. Nega bunchalik jim o‘tiribsiz?

U kulimsirab Suli’ga qaradi. Bu kulgu ichida iliqlik bilan birga, hazilomuz tig‘day o‘tkirlik ham bor edi. Suli esa, ozgina xijolat tortib, kulimsiradi va ko‘zlarini pastga tikdi.

Chimin, suhbatni davom ettirib, atrofga nazar soldi va yana Suli’ga tikildi:

Chimin: — Bu yerda anchadan beri atrofiga qarab turibsiz… Qani aytingchi biror kimnidir ko‘zladingizmi? Balki Chongukni tashlab ketishingizga sabab bo‘ladigan odam topgandirsiz?

U kulib yubordi. Uning ovozidagi sho‘xlik shundoqqina atrofdagilarning qulog‘iga chalindi.

Chimin

Suli: — Y-yo‘q! Unday emas…

Chimin: — Oh, kelinqiz, nega bunchalik asabiylashyapsiz? Men-ku shunchaki hazillashyapman.

Suli asabiy tabassum bilan jilmayishga harakat qiladi, ammo yuzidagi taranglikni yashira olmaydi.

Shunda Chonguk ogohlantiruvchi ohangda aralashadi:

Chonguk: — Bo’ldi qil, Chimin.

U do‘stiga sovuqqon nigoh tashlaydi. Chongukning bu nigohi so‘zsiz “chegara”ni bildirardi. Chimin esa yelka qisib, ko‘zlarini osmon tomon ag‘dardi.

Chimin: — Xo‘p, xo‘p… Shunaqa qarayverma menga, odamning yuragini teshib yuboryabsan.

Oradan ko‘p o‘tmay, stolga bir notanish ayol yaqinlashadi. U nafis, qimmatbaho libosda, qo‘lida shampan ichimligi bilan yurishi o‘ziga xos nafislik va ishonchni aks ettirar edi.

Ayol: — Salom, Chonguk. Qalaysan?

U labida shirin tabassum bilan gapiradi, ovozida esa joziba va oshkora maqsad bor. U o‘zini yoqimli ko‘rsatishga harakat qilardi. Suli ichida kulib yuboray deydi — bu ayol Chongukni qanday erkalik bilan chaqirgani sabab. Ammo Chonguk unga sovuq, befarq nigoh tashlaydi va hech nima demaydi.

Suli pov:
— Juda… noqulay vaziyat. Bunday tabassumlar bilan, bu ayol aniq yo‘lini biladi. Lekin Chongukning yuzida hattoki biror ifoda yo‘q… go‘yo u hech qachon bu ayolni ko‘rmagandek.

Ayol, vaziyatni yumshatmoqchi bo‘lib, kulimsirab davom etadi:

Ayol: — Biz o‘tgan oy AQShdagi yig‘ilishda uchrashgandik, eslamayapsanmi meni?

U Chongukka yaqinroq turishga harakat qiladi, xuddi eski tanishlar kabi.

Misis Jonas

Chonguk qo‘lida tutgan bokalga tikiladi, uni barmoqlari orasida aylantirib turadi. U bir ho‘plam ichimlikdan ichib, asta ko‘zlarini ko‘tarib, qizga sovuqqon ohangda javob berdi:

Chonguk: — Esimda yo’q!

Qiz hayratga tushgan holatda unga tikiladi, keyin ko‘zlari Suli tomon sirg‘aladi. Qiz jilmayishga harakat qiladi, xuddi vaziyatni yumshatmoqchidek.

?: — Balki unutgandirsan… Men — Betani Jonas.

U Chongukka qo‘lini uzatadi. O‘zi ishonch bilan muomala qilganini ko‘rsatmoqchi edi. Ammo Chonguk hatto u tomonga qarab ham qo‘ymaydi.

Suli Betanining cho‘zilgan qo‘liga, so‘ngra Chongukka qaradi. U yigitning yuzida hech qanday ifoda yo‘qligini ko‘rdi — yigit jimgina yana bir ho‘plam ichimlik ichdi. Betani esa hali ham qo‘lini havoda ushlab turibdi.

Betanining yelkalari sezilmaygina cho‘kdi. Vujudidagi noqulaylik yuziga ham aks etardi — bu holat uni butkul sharmandali ahvolda qoldirdi.

Chimin pov*:
— Xudoyim… menga sabr ber.

Chimin

Chimin ham yuzaga kelgan taranglikni sezdi, shuning uchun u Chonguk o‘rniga Betani Jonasning qo‘lini siqadi.

Chimin: — Tanishganimdan mamnunman, Missis Jonas.

Ayol hayratda — unga hali hech kim bunday sovuq munosabatda bo‘lmagan. Biroq u o‘zini yo‘qotmaslikka, vaziyatni nazorat ostida tutishga harakat qiladi.

Missis Jonas: — Men ham, janob Pak.

U Chiminning qo‘lini siqib qo‘yadi, so‘ng nigohini Suli tomon burdi. Ko‘zlarida qiziqish va savol.

Missis Jonas: — Bu xonim-chi…?

U Suli tomon boshini egadi, go‘yoki uning kimligi haqida so‘rayotgandek. Suli esa ko‘zlarini Chongukka qaratadi — nima deyishini bilmaydi. Javob berish kerakmi, yo‘qmi, u bunga ishonchi komil emas. Ammo Chonguk hech narsa demadi, hatto Suliga qaramadi ham.

Suli: — Men…

Chonguk: — U mening xotinim.

Suli gapini tugatishga ulgurmadi — Chonguk uning so‘zlarini kesib, qo‘lini Sulining beliga qo‘ydi va qizni, o‘tirgan stuli bilan birga, o‘ziga yaqinroq tortdi.

Suli hayrat bilan unga qaradi chunki— Chonguk uni omma oldida xotini deb tan oldi!

Missis Jonas: — SEN UYLANGANMISAN?!

Jonas baland ovozda baqiradi, bu esa mehmonlarning diqqatini tortdi. Hammaning nigohi ularga qadaldi.

Chonguk: — Missis Jonas men uylanganim sizga yoqmayaptimi?

Jonashayratdan boshini chayqaydi. U hech narsa deya olmay, faqat ularga tikiladi.

Chimin: — Yuring, bir oz gaplashamiz, Missis Jonas.

Jonas og‘zini ochishga ham ulgurmadi, Chimin uning qo‘lidan tutib, uni zaldan olib chiqib ketdi.

Suli ularning orqasidan qarab turdi, yuragida nimadir uni chimchilaydi — xuddi aybdordek o‘zini his qildi. So‘ng Chongukka qaradi — u hali ham belidan ushlab turibdi.

Suli: — Ehtimol, endi qo‘yib yuborarsiz?

Chonguk hech narsa demay, belida qo’lini oladi va yana bir ho‘plam sharob ichadi.

Suli: — Bu juda qo’pol bo‘ldi. To‘g‘rimi?

Chonguk: — Xotinim deb aytganimmi?

Suli: — Siz nimani nazarda tutayotganimni bilasiz. Meni xotiningiz deb tanishtirishingiz shart emas edi… Ayniqsa uning yuragini og‘ritish maqsadida. Axir men sizning faqat hujjat qog’ozlardagina xotiningizman.

Chonguk oxirgi tomchi sharobni ichib, bokalni stolga qattiq qo‘ydi. So‘ng birdan Suliga egiladi…

To be continued…