Ikki galbni abadiy bog' lagan rishta...Xatto tag’dir ham ularni ajratishga ojiz...
«Jeon Kompaniyasi»
Chonguk: – Gapir, eshityapman.
Subin: – Biz uni topishga harakat qildik…
Chonguk: – Nima deganing bu “harakat qildik” degani?!
Subin: – U hech qanday iz qoldirmagan. O‘sha yo‘lda hatto kuzatuv kamerasi ham yo‘q edi… Bildiğimiz yagona narsa — u sizning pidjagingizni olib ketgan.
Chonguk: – Qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham topasan uni. Menga natija kerak!
Subin: – Lekin qanday qilib? Ismi ham, yuzi ham noma’lum. Ko‘chada juda qorong‘i edi, hattoki siz ham uni ko‘rmadingiz.
Jonguk cho‘ntagidan nimadir chiqardi.
Chonguk: – Mana bu kulon unga tegishli. Shu orqali topishga urinib ko‘r!
Subin kulonni Chongukning qo‘lidan olib qaradi.
Subin: – Bo‘ldi, boshliq! Ammo bir narsani so‘rasam bo‘ladimi? Nega uni bu qadar qattiq izlayapsiz? Axir bu faqat bir kechalik tun edi-ku. Unutganingiz osonroq emasmi?
Chongukning nigohi birdan qorong‘ulashdi.
Chonguk: – U mast edi… va men bundan foydalandim. O‘zim ham hushimda emasdim. Hattoki u voyaga yetganmi — bilmayman ham.
Subin: – Birinchidan, u senga birinchi bo‘lib yopishdi.
Jonguk: – Yana “sen” deb gapiryapsanmi, ahmoq?
Subin: – Aslida biz do‘stmiz, shuning uchun senlash mumkin! Ikkinchidan,sen ayollarni hech qachon yoqtirmagansan. Boshqalar senga tegsa ham yoqmaydi… Hatto yigitligingni ham o‘sha qiz bilan yo‘qotgansan tushunyabsanmi! Afrodiziak ( narko) sabab bo‘lganini bilaman, lekin hozir uni izlashga nima majbur qilayapti seni?
Chonguk: – Men senga hisob beradigan odam emasman.
Subin: – Yodingda bo‘lsin, sen ikki haftadan keyin uylanasan!! To’ying bo’ladi!!
Chonguk: – Men Kimlar oilasining qiziga faqat ota-onam taklif qilgan bitim sababli uylanayapman. O‘ylaysanmi, men u bilan romantik munosabatda bo‘laman deb? Bu hech qachon bo‘lmaydi!
Subin: – Eee…Xudoyim…sen chidab bo‘lmas odamsan!
Chonguk: – Yo‘qol, ish bilan shug‘ullan.
“Subin kabinetdan chiqib ketdi. Chonguk chuqur xo‘rsinib o‘tirib qoldi. U bugungi tongni yodga oldi — qanday qilib u mashinada yarim yalang‘och holda uyg‘onganini va o‘sha kechani u bilan o‘tkazgan qiz uyg‘onishidan oldin qochib ketganini. Ko‘rgan yagona narsa — o‘rindiqda qizil dog‘lar va polga tushib qolgan kulon edi.
U hali ham o‘sha qizning tana haroratini eslaydi — Chonguk teginishga nisbatan haddan ortiq sezuvchan bo‘lib tug‘ilgan, bu esa uni sovuq va yakkalangan odamga aylantirgan. Ammo o‘sha qizning teginishlari… ular juda yoqimli edi. U yana ularni his qilmoqchi. O‘sha noma’lum qiz uning yuragini o‘g‘irlab ketdi.”
Chonguk: – Seni topaman… (past ovozda pichirladi)
Ikki hafta o‘tib…
“Suli oppoq libosda oynaning oldida turar, qo‘llari orasida oq atirgullar guldastasi bor edi.”
Suli: – Albatta, erim semiz, qari chol bo‘lsa kerak…
U yig‘lamaslik uchun o‘zini zo‘rg‘a tutardi.
??: – Kelinglar, kelinni kuzatamiz, uni olib chiqing!!!
Eshiklar ochildi. Suli “otasini” ko‘rib, unga tirsakdan ilashib, nikoh marosimi bo‘layotgan joyga yurdi. Suli boshini egib olgancha yurardi. Yo‘l davomida “otasi” uni qo‘lidan qattiq siqib oldi. Suli og‘riqdan biroz titradi.
Mister Kim: – Mister Jeonni g‘azabga keltira ko’rma, tushundingmi?
(u shivirladi)
Marosim to‘xtagach, Suli nihoyat boshini ko‘tardi va hayratdan yoqasini ushladi… U kuyovni ko‘rib ko‘zlari kattalashdi. Qari badavlat bir odam deb o‘ylagan edi — ammo ro‘parasida turgan yigit yosh va juda ham chiroyli edi! Bu — aynan o‘sha Jeon Chonguk edi.
Chonguk hatto Suli bilan qo‘l ushlashmadi. Suli faqat uning qarshisida turardi.
Ruhoniy: – Siz, Kim Jenni, Jeon Jongukni qonuniy er sifatida qabul qilasizmi?
Suli Pov*: – Hatto qasam ichayotgan ismim ham menga tegishli emas…
Yuragiga og‘ir yuk tushgan Suli bo‘g‘zidagi tugunni yutib, past ovozda javob berdi.
Ruhoniy: – Siz, Jeon Jonguk, Kim Jennini qonuniy xotin sifatida qabul qilasizmi?
Ruhoniy: – Men sizlarni er-xotin deb e’lon qilaman! Endi kelinni o‘pishingiz mumkin!
Ruhoniy bu so‘zlarni aytgach, Suli birdan Chongukka qaradi. Chonguk unga yaqinlashdi, fatasini sekin ko‘tarib, uning yuziga qaradi. Suli esa uning qo‘llariga tikildi.
Suli Pov*: – Nega uning qo‘lida qora qo‘lqop bor?..
Birdan ularning nigohlari to‘qnashdi. Jonguk hech qanday hissiz, sovuq ko‘zlar bilan unga qarardi. Suli esa uning qora ko‘zlarida o‘zini yo‘qotdi.
Uning qo‘llari titray boshladi — “endi meni o‘padi” deb o‘yladi. Yuzidan asta bir tomchi yosh oqib tushdi. Ammo… Chonguk hech nima demay orqasiga burilib ketib qoldi!
Jeon Chongukning saroyi. Kechgi tun*
Suli yangi uyida, hali ham kelinlik libosida yotoqda o‘tirar edi — nima qilishni bilmasdi. Xona hashamatli, qimmat mebellar bilan bezatilgan bo‘lib, qorong‘i uslubda edi. Bu holat unga yuragini sindirardi. Shu payt eshik ochildi va Chongukning onasi kirib keldi.
Jongukning onasi: – O‘zingni yaxshi his qilyapsanmi, qizim?
Suli muloyim jilmayib, boshini qimirlatdi.
Jongukning onasi: – Bu — Chongukning yotoqxonasi. Endi u seniki ham! Agar nimadir kerak bo‘lsa, menga qo‘ng‘iroq qil. Telefon raqamim bor-ku, to‘g‘rimi?
Suli: – Ha… bor.
Jongukning onasi: – Zo‘r. Endi biz ketdik, Senga lazzatli tun, Jennie!
U ko‘z qisib kulib qo‘ydi va xonani tark etdi. Ammo “Jenni” deb chaqirilgan paytida Suli bir lahzaga qotib qoldi. O‘zining “Suli” emasligini unutgan edi. Chuqur xo‘rsindi. Shu payt eshik yana ochildi va…