Ikki galbni abadiy bog' lagan rishta...Xatto tag’dir ham ularni ajratishga ojiz...
O’tgan qismda*
Chonguk: – Sen mening ovqatim uchun javobgarsan! Buni yana aytishim kerak deb o‘ylamayman.
Suli: – Bu… bu uning aybi emas! Men o‘zim nonushta tayyorlamoqchi bo‘ldim.
Chonguk: – Bilaman, sen e’tibor markazida bo‘lishni yoqtirasan, lekin bu nozik harakating menga o‘tmaydi.
(Suli unga javob bera olmadi, so‘zlar tomog‘iga tiqilib qoldi. O‘zini uning qarshisida juda ojiz va kichkina his qilardi.)
Hech narsa demasdan, Chonguk ortiga burilib ketmoqchi bo‘ldi, lekin Suli…
Suli: – Iltimos… ketishdan oldin hech bo‘lmasa biroz ovqat yevoling
(Qizning mayin ovozi uni to‘xtatdi va Chonguk unga qaradi.)
Chonguk: – Menga nima qilishimni aytma! Shaxsiy hayotimga aralashishni yomon ko‘raman, va sen ham bundan mustasno emassan.
(Uning qo‘pol ovozi Sulining yuragidagi oxirgi umidni ham barbod qildi. Chonguk oshxonadan chiqib ketdi, Suli esa ho‘l ko‘zlari bilan jim turardi. Roze unga achinish bilan qarab turardi. Suli asta-staolga o‘tirib, o‘ziga ovqat solib oldi.)
Suli: – Kel, hech bo‘lmasa ovqatni isrof qilmaylik…
(Qiz tabassum qildi, lekin ko‘zlarida yosh yaltirardi. U Roze tomon qaramadi, faqat yuragidagi og‘riqni yashirishga urinar edi.)
Jeonlar kompaniyasi*
(Chonguk ofisda, stol hujjatlarga to‘la. Subin esa qarshisida, qo‘lida ipad planshet bilan.)
Subin: – Tahlillarni tugatdim, endi loyiha ustida ishlashni boshlashimiz mumkin.
(Chonguk boshini ko‘tarib Subinga qaradi.)
Chonguk: – Kulon haqida qandaydir ma’lumot topdingmi?
(Subin chuqur xo‘rsindi.)
Subin: – Yo‘q, bu dizaynerning buyurtma bezagi emas. Bu oddiy, mahalliy kulon ekan. Minglab odamlar shunaqasini taqishlari mumkin. Qizni shunchaki qandaydir kulon orqali topishning iloji yo‘q. Qattiqroq dalil kerak.
(Chonguk hech nima demay, pidjakini oldi.)
Subin: – Qayerga ketayapsiz?
Chonguk: – Ovga.
(Subin unga hayron bo‘lib qaradida unga ergashdi.)
Biroz vaqtdan song…
(Subin uni o‘sha tashlandiq yo‘lga olib keldi – Sulini ilk bor uchratgan joyga.)
Subin: – Bu yerga nima uchun keldik?
Chonguk: – Eng yaqin bar yoki klubni top, shu yerga boramiz.
(10 daqiqadan so‘ng ular bar topishadi va kirishadi.)
Subin: – Sen jiddiymisan, hozir ichmoqchimisan?
Chonguk: – O‘sha tunda yo‘lga chiqishimizdan oldin, kuzatuv kameralari yozgan videolarni top.
*(Subin yana xo’rsindi)
Subin: – Tushunarli, janob!
(20 daqiqadan keyin Subin qo‘lida noutbuk bilan qaytadi. Ular yozuvlarni ko‘rishadi – kameraga orqasini tutib, qiz o‘sha ko‘ylakda o‘tirgan edi. Ya’ni Chonguk undan yirtib olgan ko‘ylakda*
Chonguk (pov): – Bu o’sha la’nati ko‘ylak…
(Subin bar xodimidan so‘radi):
- u karta bilan to‘laganmi?
-Yo’q u naqd pulda to‘lagan.
Subin: – Endi nima qilamiz?
(Chonguk videoga tikilib, yana ham oshiq bo‘lganini his qildi. Bu qizni albatta topishi kerak.)
Chonguk: – Men uchun bu ishni yana tekshir!
Tungi manzara
*(Suli butun uy bo‘ylab sayohatni tugatgan. Roze bilan ancha yaqinlashgan, hayotidagi birinchi do‘stini topgandek)
U divanda o‘tirib, o‘sha kun haqida o‘ylardi, shu payt eshik taqilladi
Xizmatkor kirib:)
Xizmatkor: – Xo‘jayin sizni pastga chaqiryaptilar, xonim.
(Suli hayron bo‘lib qaraydi.)
Suli: – Axir o‘zi menga undan yiroq yur demaganmidi nega axir?
(Suli shunday deya pastga tushadi. Chonguk divanda hujjat o‘qib o‘tirgan edi. Qiz asta unga yaqinlashdi, Uning harakati Chongukning diqqatini tortadi. U unga qarab qizning tabiiy go‘zalligiga razm soladi – mayin pushti lablari, kichkina burni, tiniq terisi, hech qanday bo‘yoqsiz yuzi*
Lekin Chongukning gumonlari: U bu qiz pulimni sovuradi deb o‘ylagandi, ammo qiz butun kun uyda o’tirardi
(Suli biroz noqulay holatda so‘raydi)
Suli: – Eshitishimcha siz meni chaqirdingiz?
Chonguk: – O‘tir.
(U bir faylni stolga qizni oldiga qo‘yadi.)
Chonguk: – Imzo qo‘y!
Suli: – Bu nima?
Chonguk: – Sen shunchalik savodsizsanmi?
(Suli qo’liga varoqni olib o‘qiy boshlaydi, bu borada ko‘zlari kattalashardi)
Suli: – Bu… nega?
Chonguk: – Axir sen menga faqat pul uchun tegmadingmi? Endi kerakli narsani olgin va biz – 6 oy ichida ajrashamiz. Bu hujjat kelajakda menga muammo tug‘dirmasliging uchun kerak bo’ladi.
(Suli og‘riq bilan ichida o‘ylar: “U meni shunchalik yomon deb biladimi…” Va ko‘z yoshini yutib, hujjatni imzolaydi.)
Suli: – Agar menda boshqa ishingiz bo’lmasa, men kettim
(U ortiga qayrilib chiqib ketadi.)
Bir necha kun o‘tdi…
Hamma narsa tinch o‘tayotgandi. Suli Chonni ko‘rmasdi, Chonguk ham uni. Qiz ertalab, Chonguk ishdan chiqib ketganidan keyin uyg‘onardi. Kun davomida u faqat Roze bilan vaqt o‘tkazar, kech tushganda esa Chon uyga kelishidan avval u allaqachon uxlab qolardi.
U bu holat yana olti oy davom etishini anglagach, bu vaqtni iloji boricha xotirjam va tinch o‘tkazishga qaror qildi.
Suli yotoqxonasiga qarab yo‘l olarkan, ko‘z oldiga Chongukning xonasi tushib qoldi.
Suli: – Hali qaytmagan ko‘rinadi…
U to‘y kunidan beri uning xonasiga qadam bosmagan edi. Oyog‘i beixtiyor to‘xtadi. Ich-ichidan qiziqish uyg‘ondi.
Suli: – Qiziq, u xonani o‘zgartirdimikan?
U eshikni biroz ochib ichkariga ko‘z tashladi. Xona o‘sha kechadagi kabi sovuq va tartibli edi: qorong‘i ranglar, joyida turgan buyumlar… Faqat pardalar va choyshablar almashtirilgandi.
Qiz kirgisi kelib turdi, lekin birdaniga Chongukning sovuq va qo‘rqinchli chehrasi ko‘z oldiga keldi – u unga o‘sha kuni o‘z xonasiga kirmaslikni qat’iy buyurgandi.
Suli eshikni darrov yopdi va ortga burilib ketmoqchi bo‘ldi. Ammo u orqasida kimnidir ko‘rib, qo‘rquvdan seskanib tushdi. Bu – Chonguk edi.
U orqaga bir qadam tashladi, lekin oyog‘i katta gul vazasiga tegib ketdi. Muvozanatini yo‘qotib, qulab tushay degancha:
Ko‘zlarini yumib, belini bilan yerga yiqilishini kutayotgan edi. Ammo Chonguk tezda uning bilagidan ushlab qoldi, qulashiga yo‘l qo‘ymadi.
Qiz uning qo‘lidan chiqqan iliq haroratni tanasining har nuqtasida his etdi. Ko‘zlarini ochganda esa, Chonguk unga tikilib turganini ko‘rdi.
Qiz o’ziga kelib, asta tiklandi. Ko‘zlarini olib qochmasdan unga qarab turdi. Ichida «endi albatta menga baqiradi» degan qo‘rquv bor edi. Axir u Chongukning iznisiz xonasiga mo’ralagan edi. Ammo Chon hech narsa demadi. Hali hamon uning bilagini ushlab, ko‘zlariga qarab turardi.
Suli uning g‘ayrioddiy jimjitligidan cho‘chib, qoshlarini chimirdi.
Uning yengil yo‘tali Chongukni xayollaridan tortib, yana hozirgi holatga qaytardi. Chonguk asta uning bilagidan qo‘lini oldi, ammo hali hamon uning yuziga qarab turardi…
Pov *:— Hozir nima deb tushuntirsam ham foydasi yo‘q. Baribir ishonmaydi.
Chonguk hech narsa demadi. U nigohini undan olib, sekin o‘z xonasiga kirib ketdi.
Suli pov*: – Bu… bu nima edi o‘zi?
Qiz hayratdan ko‘zlarini bir necha bor pirpiratdi. Yuz berayotgan holatlardan hali ham hech narsani tushunmasdi. Shundan so‘ng yugurgancha o‘z xonasiga kirib ketdi.
ERTALAB
Suli oshxonaga kirdi va stolga o‘tirdi.
Roze: – Xayrli tong! Men senga vareniki tayyorlab qo‘ydim.
Suli: – Qayerdan bilding, menga vareniki yoqishini?
Roze: – Shunchaki taxmin qildim.
Roze unga ochiq tabassum bilan qaradi. Suli ham jilmaydi va bitta varenikdan olib tatib ko‘rdi.
Roze: – Rahmat… Aytgancha, meni senga yangiligim bor
Suli: – Qanday yangilik?
Roze: – Xo’jayin buyurdi, seni bugungi kechaga tayyorlashimiz kerak ekan
Qizning yuzidagi tabassum darhol yo‘qoldi.
Suli: – Nima uchun?
Roze: – Mister va Missis Chon siz ikkalangizni uylariga taklif qilishdi.
Suli: – Chonguk rozi bo‘ldimi?!
Suli hayrat bilan Rozega qaradi.
Roze: – Albatta! U doim ota-onasining so‘zini ikki qilmaydi.
Suli: – Demak, shundaqa ekanda…
Roze: – U hatto sen uchun libos ham tayyorlab qo‘ygan.
Suli: – Oo…Chonguk aa?
Roze:- Ha, nega hayratlanaverasan
Timeskip…
Kechki payt…
Suli oynaga tikilib o‘zini ko‘zdan kechirmoqda. Uning yelkasidan pastga tushgan binafsha libosi tanasining nafis qomatini chiroyli tarzda ta’kidlab turibdi. Yengil makiyaj esa yuz chizgilarini yanada aniqroq ko‘rsatib, uni mutlaqo boshqacha qilib ko‘rsatmoqda. U o‘zini boshqa odamdek his qilmoqda… ammo u chiroyli. Shu payt eshik taqillaydi.
Eshik ochilib Roze ichkariga kiradi.
Roze: – Xo’jayin mashinada seni kutyapti.
Suli: – Hozir chiqaman.
Suli xonadan chiqib, tashqariga yo‘l oldi. Qorovul unga eshikni ochdi. U mashinaga o‘tirdi, lekin boshini burib qaraganida, kutilmaganda, Chonguk ham u bilan birga o‘tirganini ko‘rib, hayratdan dong qotdi, chunki qiz aloxida mashinalarda ketamiz deb o’ylagan edi.
Chonguk: – Menga bunday sovuq qarash qilma, o’zingni yaxshi tut!
Suli: – Nima?
Chonguk: – Yuzingdagi bu bezovtalikni yo’qot deyabman! Qiyofangdagi bu “nedavolniy”likni sababi nima???
Qiz o‘zini hijolat tarzda undan yuzini olib qochdi.
Suli: – Yo‘q, hech qanday sabab yo‘q…
Chonguk: – Unda yuzingdagi ifodani yaxshilab ol. Ota-onam oldida munosabatlarimizdan shubhalanishlarini istamayman.
Uning sovuq, xirillagan ovozi Suli tanasida titroq uyg‘otdi. Qiz boshini egib, tizzalariga qaragan holatda boshini qimirlatdi.
Chonguk: – Men biror narsa so‘rasam, har doim ovoz bilan javob ber.
Suli: – Yaxshi…
Suli hali ham yerga qarab o‘tirar edi.
Chonguk: – Bundan tashqari, men gapirayotganda yuzimga qarab gapir.
Qiz yana boshini qimirlatib tasdiqladi.
Suli: – Yaxshi…
Chonguk: – Qattiqroq ayt!!!
Suli hayajon bilan boshini ko‘tarib, unga qaradi.
Chonguk yana bir bor unga qarab, so‘ngra haydovchiga mashinani haydashni buyurdi.