May 28, 2025

Ikki galbni abadiy bog' lagan rishta...Xatto tag’dir ham ularni ajratishga ojiz...

7-chapter

Suli unga tikildi.
Suli: — Uxlab qolibdi…
Qiz asta-sekin yigitni orqasiga yotqizib, atrofga ko‘z yugurtirdi. Bir burchakdan yengilgina adyol topib, Chon’gukning ustini yopdi. So‘ng u yigitning yuziga qarab qoldi va yuragida shunday deb o‘yladi:
“U aniq go‘zallik timsoli… Koshki odob-axloqi ham shunga yarasha bo‘lsa.”

Ertasi tong

Ular Maldive orollaridagi hashamatli pentxausga yetib kelishdi. Suli u yashaydigan xona ichini ko‘zdan kechirar, bu joyda Chon’guk bilan birga yashashiga to‘g‘ri kelardi — afsuski, bu uning otasining buyrug‘i edi.
Kutilmaganda xonaga Chon’guk kirib keldi, lekin hech narsa demay hammomga o‘tib ketdi.
Suli jim turib, uning chiqishini kutdi, chunki u ham dush qabul qilmoqchi edi. O‘n daqiqadan so‘ng hammom eshigi ochildi va Chon’guk chiqdi — uning ustida faqatgina bir dona xalat bor edi. Sochlaridan suv tomchilab, yuziga va bo‘yniga oqib tushardi.

Qizning ko‘zlari beixtiyor xalat orasidan ko‘rinib turgan yigitning keng, mushtipar ko‘kragiga ilindi.
U sochlarini sochiq bilan artar, Suli tomonga qaramay, sovuq ohangda dedi:
Chon’guk: — Qarashni bas qil.

Suli hayajondan qizarib ketdi. Bir daqiqa davomida unga tikilib turganini anglab, darhol ko‘zini olib qochdi. Yuzini qo‘llari bilan bekitib, o’zini bosishga urindi.
Suli: — M-men… men qaramadim.

Chonguk (flirt bilan): — Ha, albatta. Sen menga qarab turgandek, go‘yo men biror shirinlikman yoki ishtaha ochadigan taom…

Chonguk

Chonguk qizning kattalashgan, hayratli ko‘zlariga qarab kulimsiradi.
Suli (pov): — U HOZIRGINA menga noz-karashma qildimi?? Yana u kulimsirab?!
Qiz yoqasiga qadar qizarib ketdi, tomog‘idagi tugunni yutib yubordi va tezda hammomga qochdi, eshikni shart yopib. Chon’guk esa xotirjam, kulgili qarab turardi.
Chonguk: — Tentak.

Ular nonushtani sukutda o‘tkazdilar. Suliga bu g‘alati tuyuldi — ilk bor Chon’guk bilan birga nonushta qilayotgandi.
Suli: — Ehem… bugun biz… qayergadir boramizmi?
Chonguk ovqatlanishni to‘xtatib, unga tikildi.
Chonguk: — Nima??
Suli: — Demoqchimanki, axir bu ta’til…
Chonguk: — Sen meni nima, sayr qiladigan o‘smir deb o‘ylaysanmi? Menda hal qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor. Hech qayerga bormaymiz!
Suli bu so‘zlardan xafa bo‘ldi — bu yuzidan bilinib turardi.
Suli: — Ammo… biz bu yerga dam olish uchun kelganmiz.
Chonguk: — Unda bor, o‘zing dam ol… yolg‘izlikda
Uning ohangi qattiq, qahrli edi.
Suli: — Unda haydovchi bilan boraymi?
Chonguk: — Ha, qaerga ketsang ket, faqat mendan xalos bo‘l, bu tentak savollaring bilan tinch qo‘y.
Qiz yigitning so‘zlaridan qattiq ranjidi, lekin bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqchi emasdi.
Suli: — Xo‘p, men haydovchi bilan boraman.
Suli yigitga qaramasdan ovqatlanishda davom etdi. Chon’guk esa ko‘z qiri bilan unga bir qarab, so‘ng ovqatini yeyishda davom etdi.

Suli orqa o‘rindiqda o‘tirib, oynadan tashqariga qarab turardi. Ochiq derazadan Maldiv shamoli uning yuziga urilar edi.
Suli: — Juda yoqimli havo…

Suli

Haydovchi: — Qayerga borishni xohlaysiz, Miss Chon?
Suli haydovchiga qaradi, ammo bu yerda qiziqarli yoki ko‘rishga arzigulik joylarni bilmas edi.
Suli: — Qum ustida sayr qilishni orzu qilardim… plyajga boraylik.
Haydovchi: — Xo‘p bo‘ladi, Miss Chon.

Bu orada…

Chonguk noutbukni yopdi va charchagan holda chuqur nafas oldi. U tumanlik ko‘zlari bilan telefonini olib, ekranga qaradi.
Hech qanday bildirishnoma yo‘q. Na qo‘ng‘iroq, na xabar.
U telefonni yana chetga qo‘yib, peshonasini ohista siladi.

Chonguk (pov): — U qayerga ketdi? Nega… hatto bitta xabar ham yubormadi?
U o‘ziga tan bermoqchi emasdi, lekin bu ichki bezovtalik uning yuragini g‘ash qilayotgandi.

Chonguk

U hech qanday qo‘ng‘iroqni kutayotgani yo‘q, yoki shunga o‘xshash bir narsa ham emas. Unga go‘yoki farqi yo‘q.
Ammo baribir… U xonadan chiqib oshxonaga yo‘l oldi, stakanga suv quyib, ichdi.
Ko‘zlari yana telefoniga tushdi. Nega bezovta bo‘layotganini o‘zi ham tushunmasdi.”

Chonguk (pov):
— O‘zingga kel, Chon.

Ko‘zlari derazadan tashqariga tushdi — ko‘rinishidan tez orada yomg‘ir yog‘adi.
Chonguk: — Exx..chyortt!!

Shu payt telefon jiringladi, u zudlik bilan javob berdi.
Chon’guk (muzdek ohangda): — Ha?📱
U allaqachon jahli chiqqan edi — Suli hanuz bir marta ham yozmadi, bu esa uni yanada g‘azablantirardi.

Haydovchi (ovozida vahima): — M-Men Miss Chonni topa olmayapman, b-boshliq, u… yo‘qolib qoldi!📱
Chongukning qoshlari chimirildi.
Chonguk: — Nima deganing bu “yo‘qoldi”?📱
U tishlarini g‘ijirlatib, stakanni stolga shartta qo‘ydi.

Haydovchi: — U meni kofe olib kelishga yuborgan edi… lekin men qaytib kelganimda, u mashinada yo‘q edi… hatto telefoni ham mashinada qolgan…📱
Chongguk bu gaplardan so‘ng yuragi g‘ashlanib ketdi, unga ilgari hech bo‘lmagani kabi vahima tushayotgan edi.

Chonguk: — Qayerdasan hozir?📱
Haydovchi joyini aytdi.
Chonguk (g‘azab bilan): — Agar unga biror nima bo‘lsa… seni o‘ldiraman!📱
U g‘azabdan g‘o‘ldirab telefonni o‘chirdi va xuddi jinni bo‘lgandek uydan yugurib penta-xausdan chiqib, mashinaga o‘tirdi. U eng yuqori tezlikda haydab ketdi.

Bu orada…

Suli: — Bu yer to‘g‘rimi?
U keksa ayolning qo‘lidan ohista chiqardi, ayol esa mehr bilan unga tabassum qildi.
Ayol: — Rahmat, bolam :)
Suli: — Hechqisi yo‘q :)

Ayol burchakdagi tor ko‘chaga yo‘l oldi. Suli mashinada o‘tirib turib, ayolni yo‘ldan o‘tishda qiynalayotganini ko‘rib, unga yordam bergan edi.
Suli jilmaydi va ichida o‘yladi: “Haydovchi meni kutayotgandir…”

U orqasiga o‘girilmoqchi edi… lekin to‘satdan uch nafar yigit uning yo‘lini to‘sdi.
Suli qotib qoldi. U aylanib o‘tmoqchi bo‘ldi, ammo biri uning oldini to‘sdi.

1-yigit (pichirlab, past ovozda): — Qayerga shoshilyapsan, chiroyli? Hech bo‘lmasa salom ayt…

U Suli’ni yuqoridan pastga “hirs” ko‘z bilan kuzatdi.

Suli (jiddiy): — Yo‘limdan chetga chiq.

Yigit kulib yubordi, qolgan ikki yigit orqadan kelib Suli’ni ikki qo‘lidan mahkam ushlab oldi

Suli: — Qo‘yib yuboring!
U umid bilan atrofga qaradi — lekin bu tor ko‘chada hech kim yo‘q edi.

Suli (ko‘z yoshlari bilan): — Qo‘yib yuboring dedim!

U yana qichqirdi, lekin yigitlar kulishda davom etdi.

2-yigit: — Bekor ovora bo‘lma, charchaysan.
U Suli’ning yuzini ohista silab, yonoqlarini siypaladi.

Suli: — YORDAM! ILTIMOS, KIMDIR YORDAM BERSIN… mmph!!

Yigit og‘zini qo‘li bilan yopib, uning baqiriqlarini bo‘g‘di. Suli’ning ko‘zlari yoshga to‘ldi. U juda qo’rqib ketayotgandi— ichida ayolga yordam berganidan afsuslana boshladi.

Bir yigit uning beliga qo‘l cho‘zmoqchi bo‘ldi… lekin shu payt birdan og‘riqdan dodladi.
U asfaltga yiqildi — kimdir uning qo‘lini o‘rab sindirishga ham ulgurdi. Bu suyak qarsillashi hammani shokga tushirdi

Qolgan ikki yigit cho‘chib, oldinga qarashdi va ro’parasida….

Bezorilar

TO BE CONTINUED….