Ikki galbni abadiy bog' lagan rishta...Xatto tag’dir ham ularni ajratishga ojiz...
Suli: — YORDAM! ILTIMOS, KIMDIR YORDAM BERSIN… mmph!!
Yigit og‘zini qo‘li bilan yopib, uning baqiriqlarini bo‘g‘di. Suli’ning ko‘zlari yoshga to‘ldi. Yuragi orqasida qolgan edi — ichida ayolga yordam berganidan afsuslana boshladi.
Bir yigit uning beliga qo‘l cho‘zmoqchi bo‘ldi… lekin shu payt birdan og‘riqdan dodladi.
U polga yiqildi — kimdir uning qo‘lini o‘rab sindirgan edi.
Qolgan ikki yigit cho‘chib, oldinga qarashdi va Ular qarshilarida — qo‘lida salfetka bilan qo‘lini tozalayotgan Chongukni ko‘rishdi.
Chonguk salfetkani yer tomon tashlab yubordi va oldinga yurishni boshladi.
3-yigit (bezovta): — E-ey! Sen kimsan o‘zi? Aralashma bu ishga!
Og‘zini berkitib turgan yigit ham ortga bir qadam chekindi, chunki endi u Chongukning yuzini aniq ko‘rdi.
U — xuddi vahshiy hayvonga o‘xshardi. G‘azabdan ko‘zlari yonib turardi.
Bu ko‘zlar — ogohlantirmasdan yo‘q qiladigan, kechirmaydigan hayvonning ko‘zlaridek edi.
Chonguk og‘ir qadamlar bilan yigitga yaqinlashdi. Har qadamida havo siqilayotgandek, kuchli bosimni his qilish mumkin edi.
Yigitlar sovuq terga tushib, bir-birlariga qarab qotib qolishdi.
Qiz bir lahzaga qotib qoldi, nafas ololmay qolgandek edi. Ko‘z yoshlari jimjimador tarzda yuzidan oqib tushayotgan edi.
Chonguk harakatlandi — va butun kuchi bilan qolgan yigitni musht bilan urdi. Urilgan paytdagi suyakning sinishi eshitilganda,
Sulining butun tanasi titrab ketdi.
Yigit yiqilib tushdi. Og‘riqdan ingradi, lablaridan qon oqardi.
Chonguk uchinchi yigitga qaradi, lekin u, vahm ichida, hech narsa demasdan qochib ketdi.
Zamin ustida chalqancha yotgan ikki yigit ham qattiq qiynalgan holda turg‘azilib, yelkalarini ushlab, qoqila-qoqila ko‘cha burchagiga yugurib ketishdi.
Suli hanuz joyidan jilmadi. Uning ko‘zlari Chongukning qo‘lidan yerga tomayotgan qonga tikilgan edi — bu qon uning mushtidagi singan teridan oqayotgan edi.
Chonguk asta yuzini unga qaratdi va unga bir qadam tashladi.
Suli qo‘rqib orqaga chekindi, nihoyat orqasi bilan ko’cha devorga suyanib qoldi.
Suli: — Ayyshhh~
Qizning lablaridan vahimali, yengil qichqiriq chiqdi va u devorga suyangancha pastga sirg‘alib tushdi.
Ko‘zlaridan yosh seldek oqayotgan edi, hozir u atrofdagi hech narsani aniq ko‘ra olmayotgandek edi. Nihoyat, u baland ovozda yig‘lab yubordi.
Chonguk unga yaqinlashdi va cho‘kkalab, uning ko‘z darajasiga tushdi.
Chonguk — Suli yo‘qolganini eshitgan ondan beri ichida yig‘ilgan g‘azab va qo‘rquvni qizning ustiga to‘kib-sochishni istardi.
U baqirmoqchi edi, dardini aytmoqchi edi.
Lekin Chonguk hech qachon yig‘layotgan ayollarni yupatishni bilmagan. U faqat toza qo‘li bilan ehtiyotkorlik bilan Sulining boshini siladi
Qiz asta-sekin tinchlanadi, garchi ko‘z yoshlari hanuz chekkasida titrab turgan bo‘lsa-da.
U bu so‘zlarni muloyim, yumshoq ohangda aytishga harakat qildi — bu ohangda u hali hech qachon qiz bilan gaplashmagan edi.
So‘ng o‘rnidan turdi va unga qo‘lini cho‘zdi.
Sulining nigohi avval uning qo‘liga, so‘ngra yana yuziga tushdi. U hayratda edi.
Suli (pov*): — U qo‘lini cho‘zdimi?? Naxotki??
O‘zi esa hech qachon teginishni yoqtirmasligini aytgandiku
Ammo hozir bu haqida o‘ylashga holi yo‘q edi.
U uning qo‘lini ushlab, yerda o‘tirgan holatdan turdi. Chonguk bir og‘iz so‘z demasdan, uning qo‘lini mahkam ushlab, uni mashinaga olib bordi.
Yarim soat o‘tgach…
Suli yangi kiyimda ehtiyotkorlik bilan vannaxonadan chiqdi. Chonguk esa orqa tomoni bilan karavotda o‘tirgan edi.
U qiz chiqib kelganini sezmay qolgandi.
Suli asta-sekin eshik tomon yurdi, lekin…
Chonguk: — Qayerda turgan bo‘lsang, joyingda tur!
Uning buyruqdek qattiq ovozi Sulining yuragini zirillatib yubordi.
Chonguk o‘rnidan turib, unga qarab yurdi.
Qiz bezovta holda og‘iz quriganini his qilib, yutinib yubordi.
Chongukning nigohi uning tanasini teshib o‘tgandek edi.
Qiz qo‘rquvdan ko‘ylagining chetini musht qilib siqib oldi.
Chonguk: — U yerda nima qilayotgan eding?
Uning qarashi shu darajada qo‘rqinchli ediki, Sulining tomog‘i qurib qoldi.
Qiz jim turdi…
Chonguk: — Men gapimni ikki marta takrorlamayman.
Suli labini tishlab, pastga qaradi.
Suli: — M-men…
(chuqur nafas olib)
— Men bir buvijonga yo‘lni kesib o‘tishda yordam berdim, u ko‘chani kesib o‘tgach, men orqaga qaytmoqchi edim, lekin…
Gaplari haligacha tilida tug‘ilib turardi.
Chonguk esa kulimsirab qo‘ydi.
Chonguk: — Avval o‘zingni himoya qila olmay turib, boshqalarga yordam berishni o’yladingmi
Suli hamon pastga qarab turgan edi.
Chonguk: — Shu qadar ahmoqmisanki, o‘zingni xavfga tashlaysan?
Qiz unga qaradi — ko‘zlarida adashgan, og‘rigan ifoda bor edi.
Chonguk yana bir qadam yaqinlashdi.
Chonguk: — Agar senda ozgina aql bo‘lganida, mashinadan chiqmasding…
Lekin sendan bunday narsa kutish ham foydasiz, senda na aql bor va na farosat!
U Suli ustidan kuldi — qasddan, iljayib.
Suli: — Hammaning ham yuragi toshdek emas… sizga o‘xshab.
So‘nggi so‘zlar uning lablaridan beixtiyor chiqdi, lekin Chonguk ularni aniq eshitdi.
U ko‘zlarini qisib, o‘tkir nigoh bilan tikildi — bu Sulining butun vujudini titratdi.
Qiz undan qochmoqchi bo‘ldi, orqasini o‘girib eshik tomon yurdi, ammo eshik sari yetib bormasdan, uni orqasidan tortib, devorga qattiq tiradi.
Og‘riqdan qichqirib yubordi — Chonguk uning bilagini mahkam ushlab olgan edi.
Chonguk: — Yuragi tosh, dedingmi?
Uning nigohi Suli qalbining eng chuqur burchagiga kirib borgan edi.
Chonguk bu holatdan keyin unga yumshoq muomala qilmoqchi edi, ammo bu so‘z… bu so‘z unga hanjar kabi urilgandek bo‘ldi.
Suli: — Ha nima? Shunaqa emasmi o‘zi?
So‘zlar qizning lablaridan chiqib ketdi, hali ongiga yetib bormasdan.
Chonguk jim qarab turdi. So‘ng asta kulimsiradi — bu kulgi sovuq va tumanli edi.
U yana bir qadam oldinga tashladi.
Qiz ozgina orqaga tisarildi, lekin devor ortiq yo‘q edi — u endi to‘liq devorga yopishib qolgandi.
Chonguk oldinga egilib, uning yuziga yaqinlashdi — yigitning nafasi Sulining lablariga tegdi.
U bevosita qizning ko‘zlariga tikilardi
Chonguk: — Yana qaytaraman Yuraksizsan,deyabsan a?
Uning ovozi bo‘g‘iq va qo‘rquv soluvchi edi.
Sulining ichida nimadir junbishga keldi.
U bilmasdi bu nimaydi — qo‘rquvmi… yoki undan ham xavfliroq narsa…
Suli: — Bu… bu aniqku! Mana siz qo‘rqib turgan xotiningizni tinchlantirishingiz kerak… lekin siz aksini qilayapsiz.
Chonguk uning ko‘zlariga chuqur tikilganicha jim turib, uning so‘zlarini tinglaydi.
Chonguk: — Unda nima qilishim kerak? Sen uchun O‘sha odamlarni o‘ldiraymi?
Bu gap Sulini shokka tushirdi.
Suli: — Y-yo‘q! Iltimos, nima keragi bor ularni o‘ldirishni? Bu… bu juda ham
Chonguk undan uzoqlashib, qo‘llarini cho‘ntagiga tiqdi. Uning labida sovuq, masxarali tabassum o‘ynardi.
Chonguk: — Rostdan ham meni shunday qiladi deb o‘yladingmi?
Chonguk: — Nega men kimnidir sen uchun o‘ldirishim kerak? Men hatto seni sevmayman ham.
Bu so‘zlar Suliga og’ir botdi. Chonguk ochiqchasiga uni tahqirlab, xafa qilishdan zavq olayotgandek edi.
Suli tishlarini g‘ijirlatdi, ammo javob qaytarmadi. U bilardi — bu odam bilan bahslashish befoyda.
Qiz ko‘zlarini yumib, so‘ng eshik tomon yurib chiqib ketdi.
Chonguk esa sokin nigoh bilan ortidan qarab turdi. To‘satdan telefon jiringladi va go’shakni ko’tardi.
Chonguk: — Qo‘llarini kesib, bog’dagi ovcharka itlarga yediring. 📱
So‘ng aloqa uzildi. Yigitning ovozi sovuq, muzdek edi go’yo
Chonguk: — Kimki uning hatto bitta soch tolasiga tegsa ham — o‘sha kishi xo‘rlanib, jirkanch o‘limga duch keladi!!!
3 kun o‘tgach…
Ular yana samolyotda edilar. Maldiv turidan so‘ng endi Italiyaga yo‘l olishayotgandi.
Suli chuqur xo‘rsinib, Chongukka qaradi — yigit tizzasida noutbuk bilan band edi.
Suli: — S-sizni… Italiyada ham pentxaus bormi?
Chonguk ko‘zini ekranidan uzib, unga qaradi.
Chonguk: — ??? (so’zlarni anglolmagandek)
Qiz boshini oynaga qaratdi.
U qisqa javob berdi. Suli yana unga qaradi.
Suli xafa bo‘ldi — u plyajni juda xohlardi.
Chonguk: — Biz kechqurun ketamiz.
Suli: — B-biznes z-ziyofatigami?
Suli bezovtalanib, yutinib yubordi.
Suli: — M-men… ya’ni… siz meni o‘zingiz bilan olib borasizmi? Men u yerda sizni sharmanda qilib qo’yishimdan qo‘rqmaysizmi?
Chonguk: — Faqat tilingni tishlab o’tir!! Va yonimdan hech qayerga jilma!!
Nega oqarib ketding? Bu senga ziyofatga birinchi bor chiqishing emas-ku?
“Albatta, bu Sulining birinchi bor biznes ziyofatiga borishi edi — u bunday joyda hech qachon bo‘lmagan.”
Chonguk: — Bilaman, Kimlar oilasi kambag‘al, lekin… Kim Jennining hech qachon ziyofatda bo‘lmagan darajada emasdir?
Chonguk: — Yoki sen nimanidir yashiryapsanmi?
Suli: — A-albatta yo‘q, men ziyofatlarda bo‘lganman…
Qiz darrov rad etdi va yigitdan ko‘z olib qochdi.
Chonguk: — Kechgacha tayyor bo‘l! Hizmatchilar senga yordam beradi.
Suli javob qaytarmadi. Faqat oynaga tikilgancha jim turib qoldi — yuragi tez urayotgandi va nimadandir bezovta edi