September 13

Abadiylik 3 #Sena🎸

Ep 7

Politsiya mahkamasidagi chiroqlar bir o‘chib-yonardi. Jungkook stolida turgan hujjatlarga tikilgancha o‘tirarkan, birdan uning telefoni jiringladi. Ko‘rsatkichda navbatchi zobitning ismi ko‘rindi. U go‘shakni ko‘tarishi bilan nargi tarafdan xavotirli ovoz eshitildi

— Detektiv Jungkook, tezda markaziy park orqasidagi tashlandiq binoga yetib keling! Bemor Jihan... u o‘z joniga qasd qildi. Yonidan qonga belangan pichoq va maktub topildi.

Jungkook o‘rnidan irg‘ib turdi. U hodisa joyiga yetib kelganida, Jihanning jоnsiz tanasi sovuq polga qon ichida yotardi. U Minhoni Senasiz yashay olmasligini, qilgan jinoyati — doktor Kangni pichoqlagani va Senani barbod qilgani uchun o‘zini kechira olmasligini maktubda yozib qoldirgandi.

Jungkook tishlarini g‘ajidi. Jihan barcha sirlarni o‘zi bilan qabrga olib ketgan edi. Lekin Jungkookda haliyam bir shubha bor edi. U voqea joyidan chiqiboq, to‘g‘ri Yoongining shahar chetidagi uyiga yo‘l oldi.

U "Dr. Kang" va Senaning bu voqeaga bog‘liqligini oxirigacha aniqlashi shart edi.

Yoongining uyida esa vaziyat tinchlanayotgan edi. Minho va Sena karavotda bir-biriga suyanib o‘irishganida, ko‘chada mashina tormozining qattiq ovozi va qadam tovushlari eshitildi.

Yoongi darcha pardasidan tashqariga qaradi-da, rangi oqarib ortiga o‘g‘irildi

— Jungkook keldi! — dedi u past ovozda. — Minho, tezda bekin! U seni ko‘rmasligi kerak.

Minho yarasining og‘rig‘iga qaramay, zudlik bilan o‘rnidan turdi. U Senaning peshonasidan shoshilinch o‘pdi-da

— Men ichkarida, devor ortidagi yashirin xonada bo‘laman. O‘zingni xotirjam tut, Sena, — deb pichirladi va javon ortiga o‘tib, g‘oyib bo‘ldi.

Eshik qattiq taqilladi. Yoongi borib eshikni ochdi. Bo‘sag‘ada ust-boshi ho‘l, ko‘zlari shubha va sovuqqonlikka to‘la Jungkook turardi. U Yoongini surtib, to‘g‘ridan-to‘g mehmoxonaga kirdi.

— Detektiv, bu nima qilganingiz? Yarim tunda uyga bostirib kirishga nima haqqingiz bor? — dedi Yoongi g‘azabini yashirmay.

Jungkook javob bermadi. Uning o‘tkir nigohlari xonadagi har bir buyumni, divandagi burmalarni va stol ustida turgan ikkita finjon kofeni izlardi. U sekin qadam tashlab, Sena o‘tirgan xonaga yaqinlashdi.

Sena karavotda o‘tirardi, yuzida hech qanday his-tuyg‘u yo‘q edi, ammo ich-ichidan yuragi qindan chiqqudek urardi. Javon ortida esa Minho nafasini ichiga yutib, pichoq yarasini mahkam bosgancha turardi

— Sena xonim, — dedi Jungkook uning qarshisida to‘xtab. — Men sizga bir noxush xabarni aytgani keldim. Bemor Jihan... bir soat oldin o‘zini o‘ldirdi. U o‘lishidan oldin kasalxonadagi doktor Kangni pichoqlaganini tan olib maktub qoldirgan.

Sena ko‘zlarini chirt yumib, sekin nafas chiqardi. U xuddi hech narsadan xabarsizdek, darmonsiz ovozda javob berdi

— Bu... juda dahlshatli, detektiv. Lekin bularning menga nima aloqasi bor? Men u yerga qaytmayman.

Jungkook bir zum jim qoldi. U Senaning yuziga, keyin esa xonadagi shaffof shisha eshikli javonga tikildi. Javon yonida, polning ustida kichikkina, hali qurimagan qon tomchisi bor edi...

Bu Minhoning yarasidan tomgan qon edi. Jungkook sekin o‘sha qon tomchisi tomonga bir qadam tashladi...

Jungkook polga tomgan o‘sha kichik qon tomchisiga bir lahza tikilib turdi-da, hech narsa ko‘rmagandek sovuqqonlik bilan boshini ko‘tardi. U Yoongiga burilib, o‘tkir va buyruqomuz nigoh tashladi.

— Yoongi... bizni bir ozga yolg‘iz qoldira olasizmi? Sena xonim bilan yolg‘iz gaplashib olishim kerak, — dedi Jungkook, ovozida e’tirozga o‘rin qoldirmaydigan ohang bilan.

Yoongi bir zum ikkilanib qoldi. Javon ortida yashirinib, nafasini ichiga yutib turgan Minho ham, Yoongi ham bu vaziyatning xavfini his qilib turishardi. Lekin shubha uyg‘otmaslik uchun Yoongi tishlarini g‘ajigancha Senaga bir qarab oldi va sekin xonadan chiqib, eshikni yopdi.

Xonada og‘ir sukunat cho‘kdi. Jungkook sekin qadam tashlab, Senaning yoniga keldi. Uning yuzidagi tergovchi sovuqqonligi birdan yo‘qolib, o‘rnini chuqur va azobli bir mehr egalladi. Jungkook Senaning qarshisida cho‘kkalab o‘tirdi va uning titrayotgan sovuq qo‘llarini o‘z kaftlari orasiga oldi

Sena qo‘llarini tortib olishga urindi, ammo Jungkook ularni mahkamroq ushladi.

— Sena... — dedi Jungkook, ovozi birinchi marta o‘zgarchang va titroq eshitilib. — Meni shunchaki sovuq detektiv deb o‘ylaysanmi? Men bu ishni, bu tergovni shunchaki burchim bo‘lgani uchun olib borayotganim yo‘q. Men seni bu jahannamdan, atrofindagi barcha xavf-xatarlardan qutqarishni istayman.

Sena unga hayrat va xavotir aralash tikildi
— Jungkook, siz nimalar deyapsiz?

— Men seni sevaman, Sena... — dedi Jungkook nihoyat ichidagi eng katta sirini ochib. Uning ko‘zlarida yillab yashiringan rashk va tuyg‘ular alangalardi. — Minho o‘ldi. Jihan ham endi yo‘q, u o‘zini o‘ldirdi. Sening atrofinda seni sevadigan kim qoldi yana? Aytding-chi, agar yana kimdir bo‘lsa, et, men ularning hammasini yo‘q qilaman, jonim... Sen faqat meniki bo‘lasan.

Javon ortida turgan Minhoning tomirlarida qon gurillab oqdi. U qornidagi yaradan sizib chiqayotgan og‘riqni unutmadi, mushtlarini shunday qattiq tugdiki, tirnoqlari kaftiga botib ketdi. Jungkookning "jonim" degan so‘zi va Senaga yaqinlashishi Minhoning sabr kosasini to‘ldirayotgan edi.

Sena esa Jungkookning bu kutilmagan iqroridan darmonsizlanib, qo‘llarini siltab tortib oldi

— Esingiz joyidami, detektiv?! Men sizniki emasman va hech qachon bo‘lmayman! Darhol bu yerdan keting!

Jungkook sekin o‘rnidan turdi. Uning yuzidagi mehr o‘rnini yana o‘sha xavfli va sovuq tabassum egalladi. U javon tomonga bir qarab qo‘ydi-da, pichirladi

— Yaxshi... lekin baribir mening yonimga kelasan, Sena. Chunki seni himoya qila oladigan yagona odam — menman.

Jungkook xonadan chiqib, tashqi eshikning yopilish ovozi eshitilishi bilan javon ortidagi sirli eshik qarsillab ochildi. Minho xonaga otilib chiqdi. Uning yuzi g‘azabdan bo‘zarib ketgan, yarasi qayta yirtilib qoni ko‘ylagini ivitgan bo‘lsa-da, u buni sezmasdi ham. Uning ko‘zlarida Jungkookning "jonim" degan so‘zi qoldirgan asorati — haqiqiy aqldan ozish va toksik ega chiqish hissi yonardi.

— "Mening yonimga kelasan" deydimi?! — Minho baqirib, Senaning bilagidan mahkam ushladi va uni o‘ziga qarab qattiq tortdi. — U senga qo‘l tekkizdi! U seni "jonim" deb atadi va sen shunchaki uni haydab yubordingmi?!

Sena og‘riqdan ingrab yubordi. Minhoning bu holati, ko‘zlaridagi sovuq va qorong‘u nigoh uni qo‘rqitib yubordi.

— Minho, qo‘limni qo‘yib yubor, og‘riyapti... Men unga hech narsa deya olmadim, u birdan...

— Jim bo‘l! — Minho uning gapini kesib, Senani karavotga itarib yubordi va uning ustiga engashdi. Uning qo‘llari Senaning yuzini, tomog‘ini qisib olgudek mahkam ushladi. — Eshityapsanmi, Sena? Sen faqat menikisan! Faqat meniki! Sen uchun men o‘ldim, o‘tmishimni yo‘qotdim, qonimni to‘kdim! Sen meni deb javob berishing kerak!

— Minho... sen aqldan ozibsan... — Sena ko‘zlaridan yosh quyilib pichirladi. — Men seni deb oylab azob chekdim, endi esa menga qanday muomala qilyapsan?

— Men seni saqlab qolish uchun jahannamdan qaytdim! — Minho uning qulog‘iga sovuq va zaharli ovozda pichirladi, har bir so‘zi pichoqdek batamom qilardi. — Lekin sen har bir erkakning e'tiborini tortyapsan. Jihan, Jungkook... Ularning hammasi sening ortingdan yuguryapti! Agar yana biror marta birovning senga yaqinlashishiga yo‘l qo‘ysang yoki kimdir senga qo‘l tekkizsa... men nafaqat ularni, balki seni ham bu uydan chiqarmay, umrbod qulflab qo‘yaman. Tushundingmi?!

Minho Senaning lablaridan shafqatsiz va achchiq tarzda o‘pdi. Bu o‘pichda iliqlik yo‘q edi, unda faqat egalik qilish, Senani o‘ziniki qilib olish va jazolash istagi bor edi

Sena uni ko‘ksidan itarishga urindi, ammo Minhoning kuchi va zaharli ishtiyoqi uni butunlay sindirayotgan edi. Yoongi eshik orqasidan ularning ovozini eshitib turar, ammo Minhoning bu toksik va xavfli rashkiga aralashishga botinmasdi... Chunki u Minhoning Senasiz qanday maxluqqa aylanishini juda yaxshi bilardi.

Minho Senadan ajralib, uning ko‘z yoshlarini barmog‘i bilan ezib artdi. Uning yuzida sovuq va qorong‘u bir tabassum paydo bo‘ldi

— Endi sen hech qachon bu xonadan chiqmaysan. Faqat men uchun yashaysan.

Minhoning sovuq va zaharli tabassumi qorong‘u xonani yanada vahimali ko‘rsatardi. U Senaning titrayotgan lablariga barmoqlarini sekin tegizib, uning yuziga engashdi. Uning har bir nafasidan rashk va aqldan ozdiruvchi egalik hissi ufurib turardi.

— Yig‘lama, — pichirladi Minho, ovozida hech qanday shafqat yo‘q edi. — Bu ko‘z yoshlaring endi faqat men uchun oqishi kerak. Boshqa hech kim uchun emas.

Sena uning ko‘zlariga tikildi. Bir paytlar o‘zi sevgan, mehribon va muloyim Minhodan asar ham qolmagandi. Qarshisida faqat uni o‘z mulkiga aylantirmoqchi bo‘lgan, tiriklayin qabrga ko‘mayotgan bir maxluq turardi.

— Sen meni sevmaysan, Minho... — dedi Sena, ovozi g‘azab va og‘riqdan titrab. — Sen shunchaki kasalsan. Sen meni qafasga solmoqchisan!

Minho sekin o‘rnidan turdi-da, xona eshigiga qarab yurdi. U kalitni qulfga suqib, bir marta buradi. Qarsillagan ovoz Senaning yuragiga pichoqdek qadaldi.

— Buni qafas deysanmi yoki sevgi... bu endi muhim emas, — dedi Minho orqasiga qayrilib qaramaasdan. — Muhimi, sen endi mening nazoratimdasan. Yoongi senga ovqat olib kiradi. Men esa Jungkook masalasini uzil-kesil hal qilaman. U senga boshqa hech qachon "jonim" deya olmaydi.

Minho xonadan chiqib, eshikni tashqaridan qulflab qo‘ydi. Sena yugurib borib, eshikni mushtlay ketdi

— Minho! Och eshikni! Minho!

Ammo javob o‘rniga faqat Yoongi va Minhoning past ovozdagi pichirlashuvi eshitildi.
Zinalardan tushayotgan Minhoning yarasidan yana qon sizib chiqa boshladi. Yoongi uning ketidan kelib, yelkasidan ushladi

— Minho, yetar! — dedi Yoongi past, lekin qat’iy ovozda. — Senaga bunday muomala qilolmaysan! U mening singlim! U shundoq ham ruhiy tarafdan qiynalib ketgan.

Minho Yoongining qo‘lini siltab tashladi va unga dahshatli nigoh bilan qaradi

— Agar uni hozir jilovlamasak, Jungkook uni bizdan tortib oladi! Jungkook oddiy detektiv emas, Yoongi. U Senaning ko‘ngliga yo‘l topmoqchi. Men esa unga Senaning bitta nigohini ham berib qo‘ymayman! Sena shu yerda, men uni butunlay o‘zimnikigina qilgunimcha qoladi.

Yoongi Minhoning ko‘zlaridagi aqldan ozishni ko‘rib, ortiga chekindi. U Minhoning Senani qanchalik chuqur va toksik sevishini bilardi — bu sevgi halokatli edi.

Ayni shu paytda, shahar markazida Jungkook o‘z mashinasida o‘tirgancha, Yoongining uyi joylashgan xaritaga tikilib turardi. Uning qo‘lida o‘sha yerda — javon yonida topilgan qon namunasining tezkor tahlil xulosasi bor edi.

Jungkook qog‘ozga qarab sovuq kulimsiradi

— Qon guruhing va DNK-ing "Dr. Kang"ga ham, Jihanga ham tegishli emas... Bu o‘lgan deb e’lon qilingan Minhoning qoni. Demak, sen tiriksan, Minho... Va Sena mening yonimga o‘zi yugurib keladi.

*

Xonada qolgan Sena eshikni urishdan to'xtab, yerga o'tirib qoldi. Pol panjaralari orasidan tushayotgan oy yog'dusi uning yuzini yoritardi. U endi yig'lamasdi — ichida nimadir uzilgandi. Minhoning sovuq, possessiv nigohi va uni bu yerga qulflab qo'ygani uning ichidagi so'nggi umid zarrachasini ham o'ldirgan edi.

Zinadan og'ir qadam tovushlari eshitildi. Qulf burilib, eshik sekin ochildi. Qo'lida patnis bilan Yoongi kirib keldi. U Senaning burchakda bujmayib o'tirganini ko'rib, chuqur xo'rsindi va patnisni stolga qo'ydi.

— Ovqat yeb ol, Sena, — dedi Yoongi, ovozida aybdorlik hissi bilan.

Sena boshini ko'tarib, akasiga tikildi. Uning ko'zlaridagi nafrat Yoongini qaltiratib yubordi.

— Sen ham ushbu o'yindasan, shundaymi? — dedi Sena pichirlab. — Mening akam... meni shu maxluqning qo'liga topshirib qo'ydimi?

— Men seni kor-zanjirlardan, Jungkookdan va qamoqdan qutqaryapman! — dedi Yoongi o'zini oqlashga urinib. — Minho seni sevadi, Sena! U sen uchun hamma narsadan kechdi

— U meni sevmaydi! U meni xuddi o'yinchoqdek e'zozlaydi va qafasda tutadi! — Sena o'rnidan irg'ib turdi. — Agar meni ozgina bo'lsa ham yaxshi ko'rsang, eshikni och! U kelmasdan oldin ketishimga ruxsat ber

Yoongi ikkilanib qoldi. U singlisining azoblanishini ko'rishni xohlamasdi, ammo Minhoning g'azabidan ham qo'rqardi. U javob bermay, orqasiga qayrildi va eshikni qayta qulflab chiqib ketdi

Pastda, mehmonxonada Minho chiroqni yoqmay, qorong'uda o'tirardi. Uning qornida pichoq yarasi achishar, ammo u buni sezmasdi. Uning xayolida faqat Jungkook va Senaning unga aytgan gaplari aylanardi.

Birdan uning telefoni jiringladi. Noma'lum raqam. Minho go'shakni ko'tardi.

— Tirikligingdan xabarim bor, Minho, — dedi Jungkookning sovuq va istehzoli ovozi. — DNK tahlillari yolg'on gapirmaydi. Javon yonidagi qon... bu sening qoning edi.

Minho sovuq kulimsiradi. Uning ko'zlarida qorong'u bir alanga yondi

— Detektiv... Demak, yetarlicha dalil to'plabsan-da?

— Men dalillarni politsiyaga topshirmayman, — dedi Jungkook qat'iyat bilan. — Menga sening qamalishing shart emas. Menga Sena kerak. Ertaga kechqurun soat o'nda shahardan tashqaridagi eski omborxonaga kelasan. Yolg'iz o'zing. Agar kelmasang, Senani bu jinoyatga sherik deb e'lon qilaman va uni o'z qo'lim bilan hibsga olaman.

— U senga hech qachon tegishli bo'lmaydi, Jungkook, — dedi Minho, ovozi zahar sochib. — U faqat meniki. Va men seni o'ldirish uchun har qanday joyga boraman.

Minho telefonni o'chirdi. U pichoq yarasiga qaramay, sekin o'rnidan turdi va g'azab bilan stolga musht urdi. U o'zining so'nggi o'yinini boshlashga tayyor edi.