Abadiylik 3 #Sena
Minho Senani dush ostida sinchkovlik bilan yuvgach, uni yumshoq sochiqqa o‘rab, dushdan olib chiqdi. Xizmatchi ayollar allaqachon yotoq choyshablarini almashtirib, qonli izlarni tozalab bo‘lishgan va xonani jimjit tark etishgan edi.
Minho sochiqni yechib tashladi. Senaning ho‘l sochlari yelkalariga yopishgan, oppoq va hali ham qip-qizil izlar bilan qoplangan tanasi chiroq nurida darmonsiz va mutlaq kiyimsiz holda namoyon bo‘lib turardi. U og‘riq va ruhiy toliqishdan ko‘zlarini arang ochiq tutar, tanasi vaqti-vaqti bilan muzdek qaltirab ketardi.
Minho uni toza, yumshoq yotoqqa yotqizdi va o‘zi ham uning yoniga yotdi. U Senaga hech qanday kiyim kiyishga yo‘l qo‘ymadi — u Senaning har bir qarichini, har bir nozik va yaralangan nuqtasini o‘z tanasi bilan his qilib turishni xohlardi.
Minho Senaning yalang‘och va muzdek vujudini o‘zining issiq bag‘riga mahkam bosdi. U bir qo‘lini Senaning nozik beliga o‘rab, uni o‘ziga tamoman jipslashtirdi, ikkinchi qo‘li bilan esa uning nam sochlarini silab, bo‘ynidagi o‘zi qoldirgan izlarni ohista siladi.
— Endi xotirjam bo‘l... — pichirladi Minho, uning peshonasidan va qulog‘i orqasidan o‘parkan. Uning ovozida endi vahshiylik emas, balki kasallik va bo‘g‘uvchi bir mehr bor edi. — Sen hozir aynan bo‘lishing kerak bo‘lgan joydasan. Mening bag‘rimda...
Sena uning bag‘rida qimirlamay, tirik murdadek yotardi. Tanasidagi achishish va qornidagi yara og‘rig‘i sustlashgan bo‘lsa-da, Minhoning issiq nafasi va uni mutlaq kishanlab turgan bu quchog‘i Senani ruhiy jihatdan bo‘g‘ib qo‘yardi. U qochib ketolmasligini, bu zaharli bag‘ir uning bir umrlik qafasiga aylanganini bilardi.
Sena ko‘zlarini yumib, qorong‘ilikka g‘arq bo‘ldi. Minho esa uning nafas olishini kuzatib, uni quchgancha saharboshigacha uxlmay chiqdi.
Sena uzoq va azobli kechadan so‘ng Minhoning bag‘rida mitti, chorasiz bir qizchadek jimgina g‘ujanak bo‘lib uxladi. Uning xaqir va zaif tanasi Minhoning baquvvat quchog‘iga tamoman singib ketgandek edi. Minho esa tuni bilan ko‘z yumimay, uning nafas olishini, yuzidagi har bir chiziqni va o‘zi qoldirgan izlarni tinimsiz kuzatib chiqdi.
Ertalab quyoshning ilk nurlari xonaga tushganda, Sena sekin ko‘zlarini ochdi. U birinchi bo‘lib tepasida turib, o‘ziga tikilib o‘tirgan Minhoning og‘ir va sovuq nigohiga duch keldi.
Sena qimirlamoqchi bo‘ldi, ammo tanasidagi qattiq qaqshash va og‘riqdan ingrab yubordi. U o‘zining hali ham kiyimsiz va ojiz holda Minhoning bag‘rida ekanini his qildi.
— Minho... — pichirladi Sena, ovozi zo‘rg‘a chiqib. — Hammayog‘im og‘rib ketyapti... Judayam sovuq qotyapman...
Uning lablari sovuqdan va darmonsizlikdan ko‘karib, tanasi kichik titroq bilan qaltirardi. Uning bu ojiz va yolvoruvchi ahvoli Minhoning ichidagi o‘sha qorong‘i, bo‘g‘uvchi g‘amxo‘rlik tuyg‘usini uygotdi
— Hozir, mening kichkintoyim... — dedi Minho sovuq, ammo g‘amxo‘r tonda.
U yonboshdagi stolchadan og‘riqsizlantiruvchi va isitma tushiruvchi dorini olib, Senaning og‘ziga soldi va suv ichirdi. So‘ngra qalin ko‘rpani olib, Senani o‘rab oldi va uni qaytadan o‘z bag‘riga mahkam bosdi.
Minho o‘z tanasining issiqligi bilan Senani isita boshladi. Sena uning ko‘kragiga yuzini bosib, dori ta’sirida biroz tinchlandi va uning bag‘ridagi issiqlikka chorasizgina taslim bo‘ldi.
Biroz vaqt o‘tgach, Sena biroz isinib, o‘ziga kelgach, Minho uni ohista ko‘tarib o‘tqazdi. U yumshoq xalatni Senaning egniga kiygizib qo‘ydi. So‘ngra fen va yog‘och taraqni olib, Senaning ho‘l sochlarini past olovda ehtiyotkorlik bilan quritishga kirishdi. Minho har bir soch tolasi orasidan barmoqlarini o‘tkazib, ularni tararkan, xuddi qimmatbaho va nozik o‘yinchoqqa qaragandek qarayotgan edi.
Sena esa ko‘zgudagi aksiga tikilib o‘tirardi. Uning bo‘ynidagi qip-qizil izlar va orqasida uning sochlarini silab-tarayotgan Minho — bu uning uchun eng daxshatli, ammo qutulib bo‘lmas yangi hayot tarzi edi.
Minho Senaning yumshoq va ipakdek sochlarini quritib bo‘lgach, taroqni sekin stol ustiga qo‘ydi. U egilib, Senaning bo‘ynidagi o‘sha qip-qizil va shafqatsiz izlar ustidan ohista o‘pib qo‘ydi. Ko‘zgudagi bu manzara — bir vaqtning o‘zida ham qahshatqich, ham g‘alati bir mehrga burkangan edi.
Sena ko‘zgudan o‘ziga va orqasida turgan Minhoga jimgina tikilardi. Uning ko‘zlarida endi qo‘rquv va qarshilikning so‘nggi zarralari ham so‘ngandi. U har bir qaror, har bir harakat baribir uni shu xonaga, Minhoning bag‘riga qaytarishini tushunib yetgandi.
Minho uni ohista o‘rnidan turgazdi va xonadagi yumshoq kresloga o‘tqazdi. So‘ng eshikni ochib, tashqarida kutib turgan Xajun ayolga ishora qildi. Xajun ayol qo‘lida issiq, to‘plamli bulyon va maxsus dorilar solingan patnis bilan ichkariga kirdi. U Senaga achinish va qo‘rqinch aralash bir nigoh tashladi-yu, patnisni stol ustiga qo‘yib, darhol chiqib ketdi.
Minho idishdan sho‘rvani olib, qoshiq bilan puflab, Senaning og‘ziga tutdi
— Yeb ol. Tanasida kuchi bo‘lmagan o‘yinchoq menga qiziq emas, — dedi Minho, ovozida qat’iyat va sovuq ehtiros bilan.
Sena e’tiroz bildirmadi. U qoshiqdan sho‘rvani sekin ichdi. Har bir yutumdagi issiqlik uning ichki a’zolariga tarqab, tanasiga biroz modor bag‘ishladi. Minho unga ovqatini oxirigacha yedirdi va oxirgi dori tabletkasini qo‘liga tutqazdi. Sena dorini ichib, bakaldagi suvni tugatdi.
— Endi menga qara, Sena, — dedi Minho, uning iyagidan mahkam ushlab, yuzini o‘ziga burarkan. — Sen qochishga urinding. Hammaning oldida mening sharafimni va o‘zligingni oshkor qilding. Lekin natija nima bo‘ldi? Baribir mening qo‘limdasan. Endi bu uyda, bu xonada menga so‘zsiz bo‘ysunib yashaysan. Tushundingmi?
Sena uning qop-qora, telbanamo ko‘zlariga sovuqqonlik bilan tikildi. Uning lablarida yana o‘sha zaharli va mayus tabassum paydo bo‘ldi.
— Tushundim, Minho... — pichirladi Sena, uning qo‘liga qo‘lini qo‘yib. — Men seni hech qachon tark etolmayman. Chunki men sening zaharingman, sen esa mening qafasimisan
Minho bu gapdan sarmast bo‘lib, uni qaytadan bag‘riga bosdi. U o‘zining to‘liq g‘alaba qozonganiga va Senaning irodasini sindirganiga to‘liq ishondi.
Lekin u bilmasdi — pastda, koshonaning birinchi qavatida Yoongi xonasining eshigini yopib, maxsus shifrlangan telefonini yoqayotgan edi. Uning ekranida bitta xabar va bitta raqam paydo bo‘lgandi...
Yoongi xonasining parda bilan to‘silgan derazasi yonida turib, ekrandagi xabarni o‘chirdi. Uning yuzida har doimgi sovuqqon va beparvo ifoda qaytdi, ammo ichida ulkan bir reja pishib yetilayotgan edi. Yoongi Minhoning qanchalik aqlini yo‘qotib borayotganini, Senaga bo‘lgan bu kasallik va zaharli ehtiros butun koshonani xavf ostiga qo‘yayotganini yaxshi tushunardi. Minho o‘zining mutlaq hokim va g‘olib ekanligiga zarracha shubha qilmayotgandi.
Yuqoridagi xonada esa sokinlik va qorong‘ilik hukmron edi. Sena Minhoning issiq va og‘ir bag‘rida xuddi jonsiz haykaldagidek yotardi. Dori ta’siri va tanasidagi toliqish uni yana chuqur uqubatli uyquga tortdi. Minho esa uning bo‘ynidagi, ko‘ksidagi o‘zi qoldirgan qip-qizil va shafqatsiz izlarni barmoqlari bilan ohista silab, uning nafas olishini eshitib yotardi.
Senaning ko‘zlari yumliq bo‘lsa-da, u uyg‘oq edi. U endi avvalgi kabi baqirmas, yig‘lamas va asabiy qarshilik ko‘rsatmasdi. Minho uni sindirdim va bo‘ysundirdim deb o‘ylagan joyda, Sena o‘zining eng xavfli holatiga — mutlaq sukut va ichki sovuqqonlikka o‘tgandi. U o‘zining kiyimsiz, ojiz tanasini Minhoning quchog‘iga topshirgan bo‘lsa-da, fikrlarini to‘liq berkitib olgandi.
Eshik yengil taqilladi. Minho Senaning ustiga ko‘rpani oxirigacha tortib yopdi-da, uning tanasi mutlaq berkitilganiga amaldan so‘ng, sovuq tonda so‘radi
— Minho, bu menman, — dedi Yoongining bosiq va og‘ir ovozi eshik ortidan. — Chegaradagi yuklar va yangi marshrut bo‘yicha zudlik bilan gaplashib olishimiz kerak. Muammo bor.
Minho qoshlarini chimirdi. U Senaning yuziga yana bir bor tikilib, uning peshonasidan ohista o‘pdi. So‘ngra o‘rnidan turib, kiyimlarini kiyib oldi. Sena ko‘zlarini ochmay, uning har bir harakatini eshitib yotardi.
— Tinchgina yot. Men tezda qaytaman, — pichirladi Minho Senaning qulog‘iga.
Minho xonadan chiqib, eshikni tashqaridan qulfladi. Uning qadam tovushlari yo‘lak bo‘ylab uzoqlashishi bilan Sena sekin ko‘zlarini ochdi. Uning nigohida endi qo‘rquvdan asar ham yo‘q edi. Sena shiftga qarab, sekin va chuqur nafas oldi. U o‘z tanasidagi og‘riqlarni qabul qildi.
Pastdagi ishxonasida esa Minho va Yoongi stoli atrofida ro‘parasiga o‘tirishgan edi.
— Nima muammo? — so‘radi Minho, kresloga suyanib.
Yoongi kompyuter ekranini Minhoga burdi va sovuqqonlik bilan dedi
— Sen qiz bilan ovora bo‘lib yurganingda, bizning ichki tarmog‘imizga kimdir kirishga urindi. Va bu operatsiya tashqaridan emas... aynan shu koshonaning ichidan amalga oshirildi.
Minho ekranidagi murakkab kodlar va xavfsizlik jurnallariga sovuq va sinchkovlik bilan tikildi. Uning yuzidagi xotirjamlik bir daqiqada yo‘qolib, o‘rnini daxshatli, qora bir g‘azab egalladi. Kimdir uning xavfsizlik tizimiga kirgan va nafaqat koshonadagi qo‘riqlash kameralarini, balki chegaradagi barcha noqonuniy yo‘llar haqidagi ma’lumotlarni ham ko‘zdan kechirgan edi.
— Ichimizdan?.. — dedi Minho, ovozi xuddi pistirmadagi yirtqichning xirillashidek past va xavfli chiqib. — Kim botinishi mumkin bu koshonada bunday ishga?
— Kirish kaliti xizmatchilar va qurolli nazoratchilar foydalanadigan umumiy tarmoqdan ishlatilgan, — dedi Yoongi, yuzida hech qanday his-tuyg‘usiz. U go‘yo shunchaki oddiy bir hisobot berayotgandek xotirjam edi. — Buni qilgan odam professional emas, lekin judayam ehtiyotkor. Xabar jo‘natishga urugura olmagan, faqat ma’lumotlarni ko‘chirib olishga harakat qilgan.
Minho mushtini stolga shunday qattiq urdiki, stoldagi barcha qog‘ozlar va stakanlar titrab ketdi. Uning ko‘zlari qonga to‘ldi. U haligina Senaning yonida o‘zini mutlaq g‘olib va imperator his qilayotgan edi. Endi esa o‘z qal’asining ichida unga qarshi xiyonat pishib yetilayotgani uning aqlini shoshirib qo‘ydi.
— Hamma xizmatchilarni va smenada bo‘lgan barcha qo‘riqchilarni pastki podvalga yeg‘! — buyurdi Minho, o‘rnidan irg‘ib turib. — Bittalab so‘roq qilaman. Agar o‘sha sotqin topilmasa, bugun bu koshonadagilarning yarmi tirik qolmaydi!
— Minho, shoshilma, — dedi Yoongi bosiqlik bilan, u o‘zining rejasini mukammal davom ettirayotgan edi. — Shoshqaloqlik qilsang, u o‘z izini butunlay yo‘qotadi. Undan ko‘ra unga imkon beraylik. U baribir bu ma’lumotlarni koshonadan tashqariga olib chiqishi kerak. Iziga tushamiz.
Minho bir necha soniya jim qoldi. Uning ko‘z oldiga birdaniga tepada, karavotda yalang‘och va chorasiz yotgan Sena keldi.
Minho pov:
- Yo‘q, Sena emas -deb o‘yladi Minho.
Sena kechadan beri uning bag‘rida, mutlaq nazoratida va har bir harakati uning ko‘z oldida edi. Sena o‘z tanasini ham boshqara olmaydigan darajada darmonsiz edi. Lekin Minho bilmasdi — Sena bu koshonadagi yagona o‘yinchi emasdi.
Yuqoridagi xonada esa Sena ko‘zlarini ochgancha eshikka tikilib yotardi. U pastdagi g‘ovur-g‘uvurni, qadam tovushlarining tezlashganini his qildi. Senaning lablarida yengil va sovuq bir tabassum paydo bo‘ldi. U Minho va Yoongining orasidagi bu zaharli zanjir tez orada uzilishini va koshona ichidan yonishini bilardi.
Eshikning qulfi sekin chirqilladi. Xonaga qora kiyimda Xajun ayol kirdi. U qo‘lidagi toza kiyimlarni stolga qo‘ydi va Senaga yaqinlashib, uning qulog‘iga past ovozda pichirladi
— Minho pastda... Tizim buzilgani uchun hamma sarosimada. Yoongi sizga xabar jo‘natdi: "Tuzoq tayyor".
Sena sekin bosh irg‘adi. Uning ko‘zlarida endi bir necha soat oldingi ojiz va singan qizdan asar ham qolmagandi. U o‘z tanasidagi og‘riqqa qaramay, ko‘rpani chetga surdi.