Yesterday

Dark desire #Diyaa🩵

Ep 7

Jaeminning stulga oʻtqazilganini koʻrgan Suna tomogʻiga nimanidir tiqilgandek his qildi. Uning butun vujudi daxshatli xotiralardan qaltiray boshladi. Oʻtgan yillar ichida bu yigitdan koʻrgan ruhiy azoblari, kamsitishlari va zaharli munosabatlari bir soniyada koʻz oldidan oʻtdi. Qiz ortiq bu bosimga chidolmasligini anglab, shoshilib oʻrnidan turib ketmoqchi boʻldi.

Biroq, u hali qadam ham bosishga ulgurmay, stol toʻrida oʻtirgan Kim Seokjin uning nozik bilagidan temir panjadek mahkam tutib qoldi. Jinning nigohlari muzdek sovuq, ammo buyruqomuz edi.

— Shuyerda oʻtirasan, Suna. Mehmondan bunchalik tez qochishing yaxshi emas, — dedi Jin ovozini pastlatib, uni qaytadan stulga mixlagandek oʻtqazib qoʻydi.

Shu payt qarshida oʻtirgan Jaemin atrofga, qasrdagi hashamatga va eng asosiysi — Sunaning qaltirayotgan qoʻllariga qarab daxshatli bir tarzda kulib yubordi. Uning koʻzlarida na qoʻrquv, na pushaymonlik bor edi. Faqatgina zaharli bir qoniqish tuygʻusi aks etardi.

— Qoyil qolsa boʻladi, Suna... — dedi Jaemin piching bilan, koʻzlarini qisib. — Mandanam battar odamga duch kelibsan-ku? Koʻrinishidan, u seni mandanam battar qiynayotganga oʻxshaydi. Hosh, ayt-chi, kimning ogʻrigʻi kuchliroq ekan? Unikimi yoki meniki? Mening bergan azoblarim senga kamlik qilganmidi?

Bu gaplar butun zalda aks-sado berdi. Ortda turgan Sehun ham, Jin ham bu soʻzlardan keyin hushyor tortishdi. Sunaning nigohi bir lahza muzlab qoldi. Uning yuragi daxshatli alamdan parchalana boshladi. Ammo uni hammasidan ham koʻproq kuydirgan narsa — bu gaplarni eshitib turgan Kim Seokjinning mutlaqo hech narsa qilmagani, Jaeminni joyida boʻgʻib oʻldirmagani boʻldi.

Jin shunchaki indamay, sovuqqonlik bilan ularni kuzatib oʻtirardi..Suna Jinning bu befarqligidan, uni himoya qilmaganidan chuqur xafa boʻldi. Ichidagi alam va nafrat vulqonday otilib chiqdi.
U Jinning qoʻlidan bilagini bor kuchi bilan yulqib oldi-da, kursini ortga surib, zalni tark etdi.

Zinapoyalardan qanday qilib yuqoriga chiqib ketganini oʻzi ham bilmay qoldi. Xonasiga yugurib kirib, eshikni ichkaridan qulfladi. Ammo bu ham unga kamlik qildi — u dush xonasining ichiga kirib, uning ham eshigini mahkam qulfladi-da, sovuq kafel ustiga oʻtirib olib, oʻksib-oʻksib yigʻlay boshladi

U oʻzini ikki barobar xoʻrlangan va sotilgan his qilayotgan edi. Ham oʻtmishdagi dushmani, ham hozirgi egasi uni bitta stol atrofida ruhan yoʻq qilishgandi.

Pastda esa Suna chiqib ketishi bilanoq stoldagi muhit butunlay oʻzgardi. Jin sekin oʻrnidan turdi. Uning yuzidagi boyagi tinchlikdan asar ham qolmagandi. U daxshatli vajohat bilan Jaeminning qarshisiga keldi.

— Demak... unga azob bergan oʻsha iflos sen ekansan-da? — Jinning ovozi daxshatli pichirlashga aylandi. U Sehunga qarab sovuq buyruq berdi — Buni pastga olib tushinglar. Oʻlim u uchun juda yengil jazo boʻladi...

Suna yuqoriga qarab yugurib ketgach, oshxona zalida daxshatli bir sukunat hukm surdi. Jin Sehunga Jaeminni yertoʻlaga olib tushishni buyurdi-da, oʻzi ogʻir va gʻazabli qadamlar bilan ikkinchi qavatga, Sunaning ortidan koʻtarila boshladi.

U qizning nega bunchalik qattiq singanini, nima uchun oʻzidan va oʻsha Jaemindan birdek nafratlanayotganini tushunishni, balki uning bu isyonini dush ichida boʻlsa ham yana boʻgʻishni xohlardi.

Biroq, Jin koridor burilishiga yetganda, kutilmaganda uning qarshisidan Lia chiqib qoldi. Lia kechagi voqeadan keyin hali ham oʻziga kelolmagan, koʻzlari qizargan edi. U Jinning shafqatsizligidan qoʻrqsa-da, bugun qasrga Sunaning oʻtmishdagi yigiti kelganini va pastda nimalar boʻlganini eshitib, ichidagi alamini jilovlay olmagandi. U toʻgʻri Jinning yoʻlini toʻsib, qarshisida tik turdi.

— Janob Kim... toʻxtang, — dedi Lia, ovozi titrayotgan boʻlsa-da, qarashlarida qatʼiyat bor edi. — Siz bilan gaplashib olishimiz kerak. Kechagi tunda sodir boʻlgan narsalarning hammasini... hammasini gaplashib olishimiz shart!

Jin keskin toʻxtadi. Uning qora koʻzlari Liyaga qarab nafrat bilan qisildi. Suna dushda oʻzini qulflab yigʻlayotgan bir paytda, bu xizmatkor qizning uning yoʻlini toʻsishi Jinni battar gʻazablantirayotgan edi.

— Yoʻlimdan qoch, Lia. Mening senga vaqtim yoʻq, — dedi Jin ovozini daxshatli darajada pastlatib.

— Yoʻq, qochmayman! — Lia bir qadam oldinga bosdi, uning koʻzlaridan yosh qalqdi. — Kecha tunda kabinetda meni oʻzingizga qattiq tortganingizda... oʻshanda meni shunchaki xizmatkor deb oʻylamagansiz! Siz mast edingiz, ammo baribir meni bagʻringizga bosdingiz! Endi esa xuddi hech narsa boʻlmagandek Suna uchun butun dunyoni ostin-ustun qilyapsiz! Menga ayting, janob Kim, men siz uchun shunchaki bir buyummanmi?!

Jin Liyaning bu gaplarini eshitib, sovuq bir tarzda iljaydi. U bir qadam oldinga yurib, Liyaga shunday yaqin keldiki, qiz uning qora aurasidan nafas ololmay qoldi.

— Sen oʻzingni kim deb oʻylayapsan? — Jin pichirladi. — Kecha tunda men seni emas, uni quchoqlayotgan edim. Sening isming ham, borliging ham men uchun zarracha ahamiyatga ega emas. Agar yana bir marta mening va Sunaning oʻrtasiga tushishga urinsang, bu qasrdan oʻliging chiqadi. Onangni ham, seni ham tiriklayin koʻmib tashlayman.

Jin Liani yelkasidan shafqatsizlarcha itarib yubordi. Lia devorga urilib, yigʻlagancha qolib ketdi. Ammo Jin Sunaning xonasi oldiga yetib kelganida, eshik qulflangan, ichkaridagi dush xonasidan esa suvning shildiragan ovozi va qizning boʻgʻiq yigʻisi eshitilardi. Jin eshik tutqichini ushladi, lekin bu safar eshikni buzmadi.

U dush eshigi ortida Suna oʻz ogʻriqlari bilan yolgʻiz qolganini va uning bu holatiga oʻzining befarqligi sabab boʻlganini his qilib, tishlarini gʻijirlatgancha eshikka suyanib qoldi...

Ichidagi magʻrurlik va alam uning aqlyonini kuydirayotgan edi. Dunyoni titratadigan Kim Seokjin bir qizning qarshisida eshik ortida chorasiz qolgandi. Uning vujudidan gʻazab va ehtiros aralash qaynoqlik taralardi.

Ayni shu lahzada, ortda yigʻlab qolgan Lia oʻzining oxirgi umidi va telbalarcha sevgisi bilan Jinning ortidan keldi. U Jinning chorasiz va gʻazab holatidan foydalanib, tavakkal qildi. Lia shiddat bilan Jinning ortidan kelib, uning yelkasidan burdi va hech qanday ogohlantirishsiz, oʻz lablarini yigitning qaysar, quruq lablariga bor kuchi bilan bosdi.

Jin kutilmagan bu harakatdan bir soniya toʻxtab qoldi. Odatda u oʻziga qarshi chiquvchilarni shafqatsiz jazolardi, ammo hozir ichidagi oʻsha Sunadan rad etilish alami, Jaeminning gaplaridan keyingi gʻazab va daxshatli ehtiros bosimi ostida u oʻzini boshqara olmay qoldi. Jin Liani darhol itarib yuborish oʻrniga, uning belidan mahkam changalladi. U oʻz ichidagi bor nafrat va alamini mana shu boʻsa orqali chiqarmoqchidek, Liyaning boʻsasiga daxshatli va talabchanlik bilan javob qaytara boshladi.

Bu toza sevgi emas, balki qora rashk va gʻazabdan tugʻilgan daxshatli bir asorat edi. Jin Liani eshik devoriga qattiq qisgancha, uni shafqatsizlarcha oʻpishda davom etdi. Lia esa uning quchogʻida oʻzini baxtli his qilib, yigitning boʻynidan mahkam quchoqlab olgandi.

Ular koridorda, aynan Suna oʻzini qulflab olgan xonasining eshigi ortida mana shunday ehtirosli va taqqiqlangan daqiqalarni yashayotgan edilar.

Shu payt dush ichidagi suv ovozi toʻsatdan tindi. Ichkarida oʻzini yigʻidan toʻxtatgan Suna eshik dastasining qimirlaganini va devor ortidagi gʻalati, boʻgʻiq nafas ovozlarini, kiyimlarning hovuri va pichirlashlarni eshitib qoldi. Suna xona eshigiga yaqinlashdi va qulflangan eshik tirqishidan tashqariga nazar soldi.

U oʻz koʻzlariga ishonmadi. Jin hozirgina uning ortidan kelgan joyida, endi oʻsha oʻzi nafratlanadigan qiz — Liyani daxshatli ehtiros bilan devorga qisib oʻpmoqda edi...

Sunaning yuragi yana bir marta chil-chil boʻldi, ammo bu safar uning koʻzlarida yosh emas, balki daxshatli, sovuq bir qasos olovi yondi...

Suna eshik tirqishidan koʻrgan manzarasidan keyin ichida nimadir butkul uzilgandek boʻldi. U nafrat va ogʻriqdan shunchalik toʻlib ketgandiki, qoʻrquv gʻoyib boʻldi. U shartta yotoqxona eshigini ochdi. Jin va Lia ehtiros bilan boʻshashayotgan bir paytda, Suna ularga nafrat va chirkanish toʻla bir nigoh tashladi-da, indamay, ularning yonidan oʻtib, tez qadamlar bilan pastga, oshxona tomonga tushib ketdi.

Jin uning koʻzlari va bu harakatidagi gʻalati sovuqlikni koʻrib, Liani shiddat bilan oʻzidan itarib yubordi va xavotir ichida Sunaning ortidan tushdi.

Suna oshxonaga kirgan zahoti koʻziga koʻringan oʻsha oʻtkir, yaltirab turgan pichoqni qoʻliga oldi. Uning koʻzlaridan yosh oqmasdi, qarashlari boʻm-boʻsh edi. U bu jahannamdan qutulishning yagona yoʻli oʻlim deb bildi va pichoqni oʻz vujudiga, koʻksiga sanchmoqchi boʻlib bor kuchi bilan qoʻl koʻtardi.

— Suna, yoʻq! — deb baqirdi oʻsha yerda tartibni kuzatib turgan tansoqchi Sehun.

Sehun soniyalar ichida harakat qildi. U oʻzini Sunaning ustiga otdi va qizning pichoq tutgan qoʻlini toʻxtatishga urindi. Suna aqldan ozgandek yulqinardi, shiddatli tortishuv paytida oʻtkir pichoq tigʻi Sehunning yelkasini qattiq tilib oʻtdi. Oq koʻylagidan qizil qon sizib chiqa boshladi. Ammo Sehun ogʻriqqa chidab, pichoqni qizning qoʻlidan yulqib oldi va uzoqqa, polga otib yubordi.

Suna qoʻlidagi pichoq ketgach, butkul holsizlandi. U oʻzini shu yerda turgan Sehunning baquvvat bagʻriga otdi. U yigitning qonayotgan yelkasiga ham qaramay, uning koʻksiga boshini qoʻyib, oʻpkasi toʻlib-toʻlib, bor ovozi bilan yigʻlab yubordi. U hayotida ilk bor dushmandan himoya topgandek qaltirardi.
Ayni shu lahzada oshxonaga Kim Seokjin kirib keldi.

Jin polda yotgan qonli pichoqni, Sehunning yaralangan yelkasini va eng asosiysi — oʻzining asirasi Suna boshqa bir erkakning, oʻz tansoqchisining bagʻriga oʻzini otib, uning quchogʻida yigʻlayotganini koʻrdi. Jinning ichidagi rashk olovi daxshatli vahshiylik bilan yondi. Uning koʻzlari qonga toʻldi.

— Qoʻlingni tort undan! — Jin boʻkirib yubordi va Sehunni chetga surib, Sunani uning bagʻridan shafqatsizlarcha yulqib oldi.

Jin qizning baqirishi va yulqinishiga qaramay, uni qanoti ostiga olib, sudragandek tepaga, oʻsha oʻzlari chiqqan xonaga olib chiqib ketdi. U shunchalik gʻazabda ediki, yoʻlida uchragan Liani ham urib yuborishiga sal qoldi.

Dush xonasiga kirgach, Jin Sunani polga otdi va vannaga shiddat bilan muzdek suvni toʻldira boshladi. Suv toʻlishi bilan Jin Sunaning sochlari va boʻynidan mahkam changalladi.

— Oʻlging kelyaptimi?! Mendan qutulmoqchimisan?! — Jinning ovozi daxshatli vahshiy pichirlashga aylandi. — Mayli, oʻlging kelayotgan boʻlsa, mana, senga oʻlim! Seni oʻz qoʻllarim bilan oʻldiraman!

Jin qizning yuzini bor kuchi bilan oʻsha toʻla muzdek suvga tiqdi va uni suv ostida mahkam ushlab turdi. Suna suv ostida qolib, havo yetishmasligidan qoʻl-oyoqlari bilan telbalarcha tipirlay boshladi, Jinning qoʻllarini tirnadi. Suv sachrab ikkalasini ham hoʻl qilardi.

Jin uni rostdan ham oʻldirmoqchidek vajohatda edi... ammo qizning harakatlari susayib, butkul hushini yoʻqotish darajasiga yetganda, Jinning yuragi dosh berolmadi.

U qizni oʻldira olmasdi. Uni yoʻqotish fikrining oʻzi Jinni daxshatga solardi. Jin shoshilib Sunaning yuzini suvdan tortib oldi. Suna hansirab, oʻpkasi toʻlib suv qusa boshladi va dush poliga yiqilib, qattiq yoʻtaldi. Jin esa uning qarshisida hansirab, oʻzining telbalarcha rashkidan dahshatga tushgancha tik turardi...