Dark desire #Diyaa🩵
Dushdagi oʻsha vahshiy va daxshatli jazolashdan keyin Jin Sunaning charchagan, deyarli nafas olmayotgan tanasini dushdan koʻtarib chiqdi. U qizning hoʻl kiyimlarini butkul yechib tashlab, uni ipak choyshablar ostiga yotqizdi.
Qizning vujudida hech qanday kiyim qolmagan, u faqatgina Jinning qora choyshabiga burkangancha boʻm-boʻsh koʻzlari bilan shiftga tikilib yotardi.
Jin xonadan chiqib, pastki qavatdagi shaxsiy ish kabinetiga oʻtdi. U yerda yelkasini oq bogʻlam bilan bogʻlagan tansoqchi Sehun uni kutib turardi.
Xonadagi muhit daxshatli darajada ogʻir edi. Jin stoli ortiga oʻtirib, oʻtkir nigohlarini Sehunga qaratdi. Uning ichida ikki xil tuygʻu urushayotgan edi: bir tomondan, Sunani oʻz quchogʻiga olgani uchun Sehunni shu yerning oʻzida otib tashlashni xohlasa, ikkinchi tomondan, agar Sehun boʻlmaganida Suna hozir oʻlik boʻlishini bilib, ich-ichidan unga minnatdor edi.
— Uni qutqarib qolding, — dedi Jin ovozini pastlatib, stol ustidagi pichoqni barmogʻi bilan oʻynar ekan. — Agar u oʻlganda, sen ham oʻlarding, Sehun. Ammo uni bagʻringga bosganing... buni senga hech qachon kechirmayman.
Sehun Jinning koʻzlariga tik qaradi. Uning chehrasida qoʻrquv sezilmasdi.
— Janob Kim, u oʻzini oʻldirmoqchi edi. Men faqat oʻz vazifamni bajardim. Suna xonimning hayoti uchun men oʻz boshim bilan javob beraman. Bundan keyin uning xavfsizligi butkul mening zimmamda, — dedi Sehun qatʼiyat bilan.
Jin unga uzoq tikildi va boshini silkidi. Bu ular oʻrtasidagi jimjit, xavfli bir bitim edi.
Yarim kechasi. Suna xonasida koʻzlarini ochdi. Xona zim-ziyo, faqatgina derazadan tushayotgan oy nurigina atrofni yoritar edi. U koʻrpani biroz surib, oʻzining mutlaqo kiyimlariz, yalangʻoch holatda yotganini sezdi. Tanasidagi muzdek suv asoratlari ketgan, ammo Jinning oʻsha daxshatli dushdagi qoʻllari va sovuq nafasi hamon terisida his qilinayotgandek edi.
Shu payt eshik sekin ochilib, xonaga Kim Seokjin kirdi. Uning qadam tovushlari Sunaga juda tanish edi. Suna uning vajohatidan yoki yana biron bir jazosidan qochish uchun tezda koʻzlari yumdi va oʻzini chuqur uyquga ketgandek koʻrsatib, mutlaqo qimirlamay yotdi. U hatto nafas olishini ham sekinlashtirdi, oʻrnidan turishni ham, bu erkakning yuzini koʻrishni ham xohlamasdi.
Jin yotoq yoniga yaqinlashdi. U Sunaning uxlab yotganiga ishonib, karavot chetiga oʻtirdi. Uning ogʻir qoʻllari choyshab ustidan qizning nozik yelkasiga tegdi. Suna ichida qaltirab ketdi, ammo oʻzini tutdi. Jin uning yuziga yaqinlashib, qizning sovuq havodan sal qizargan yuzini tomosha qildi va uning lablariga ohista, deyarli sezilarsiz, oʻta gʻamxoʻrlik bilan pichirladi
— Baribir mendan qochib ketolmaysan, Suna... Oʻlim ham seni mening qoʻlimdan tortib ololmaydi.
Suna koʻzlari yumilgan holda bu gaplarni eshitarkan, uning ichida Jinning bu telbalarcha obsessiyasiga nisbatan yangi, yanada qorongʻuroq va daxshatliroq nafrat ildiz ota boshladi...
Ertasi kuni tong otdi. Ammo Suna oʻrnidan turishni ham, bu dunyoni koʻrishni ham xohlamasdi. U kechagi kiyimsiz, chorasiz holatida choyshabga burkangancha, qimirlamay faqat shiftga tikilib yotardi. Uning vujudi butkul holsizlangan, ruhiyati esa chuqur sukunatga choʻmgan edi.
Pastda, nonushta stolida Kim Seokjin qizning pastga tushmaganini koʻrib, qoshlarini chimirdi. Uning ichida hamon kechagi qoʻrquv va gʻazabning asoratlari bor edi. U yonida turgan xizmatkor ayolga sovuq ohangda buyruq berdi
— Nonushtani tayyorlang va tepaga, Sunaning xonasiga olib chiqib bering. U bugun pastga tushmaydi.
Xizmatkor ayol dabdabali nonushtani koʻtarib oshxonadan chiqayotganda, yoʻlakda poylab turgan Lia uning yoʻlini toʻsdi. Liyaning koʻzlarida kechagi Jin bilan boʻlgan boʻsadan keyin gʻalati bir magʻrurlik va Sunaga nisbatan ulkan koʻrolmaslik hissi paydo boʻlgandi.
— Toʻxtang, — dedi Lia nonushtaga qoʻl choʻzib. — Menga bering, Sunaning nonushtasini oʻzim olib chiqib beraman. Unga aytadigan gaplarim bor.
Ammo u qoʻliga olishga ulgurmay, tepadan ogʻir qadamlar bilan tushib kelayotgan Sehun bu manzarani koʻrib qoldi. Yelkasi bogʻlangan, jiddiy qiyofadagi Sehun tezkor qadamlar bilan keldi-da, Liani nonushtadan uzoqlashtirib, uni boshqa bir neytral xizmatkor qizning qoʻliga berdi
- Sen olib chiq — deb buyurdi.
Keyin esa Sehun Liyaning qarshisida togʻdek qaddini rostlab, unga muzdek nigohlarini qadadi.
— Sen bu qavatdan tepaga chiqmaysan. Senga Sunaning xonasi oldiga yaqinlashishni butkul man etaman, — dedi Sehun qatʼiy va buyruqomuz ovozda.
Lia Sehunning bu gapidan keyin gʻazabdan qizarib ketdi. U oʻzini Jinning koʻnglini ovlagan ayol deb hisoblay boshlagani uchun oddiy tansoqchining unga buyruq berishiga chidolmadi. U qoʻllarini beliga qoʻyib, Sehunning yuziga yaqinlashdi va piching bilan baqirdi
— Siz kim boʻlibsizki menga buyruq bera oladigan?! Men bu qasrda kimligimni va janob Kim uchun kim ekanligimni unutyapsizmi?! Menga qaysi odamni yoniga chiqishni yoki qaysi qavatga borishni cheklaydigan odam siz ekansiz-da, a?! Yoʻlimdan qoching!
Sehun joyidan bir santimetr ham qimirlamadi. Uning yuzida zarracha qoʻrquv yoki hayrat yoʻq edi. U Liyaga bir qadam yaqinlashib, shunday past ovozda pichirladiki, bu ovoz Liyaning ich-ichini titratib yubordi
— Janob Kim kecha tunda seni shunchaki oʻz alamini bosish uchun ishlatdi, Lia. Oʻzingga bino qoʻyma. Men Suna xonimning hayoti uchun oʻz boshim bilan javob beraman. Agar yana bir marta uning tinchligini buzishga urinsang, janob Kim senga tegishidan oldin, seni oʻz qoʻllarim bilan yoʻq qilaman. Endi esa oshxonaga yoʻqol.
Lia Sehunning bu gaplaridan soʻng daxshat ichida ortga chekindi. U qasrda yangi va oʻta xavfli dushmanga duch kelganini anglagandi...
Sehun Liani pastga haydagach, oʻsha neytral xizmatkor ayol dabdabali nonushta va qaynoq qahvani koʻtarib Sunaning xonasiga kirdi. Suna hamon oʻsha kiyimsiz, holsiz holatida choyshab ostida qimirlamay yotardi.
Xizmatkor nonushtani yotoq yonidagi stolga qoʻyib, buyruqomuz ohangda gapirdi
— Turing, ovqatlaning. Janob Kim hamma narsani oxirigacha yeyishingizni buyurdilar.
— Hech kim meni majburlay olmaydi... Olib ket buni, — dedi Suna ovozi arang chiqib, koʻzlarini ochmasdan.
Xizmatkor ayol bu qasrda koʻp yillardan beri ishlagani va Jinning xizmatida boʻlgani uchun Sunaning kelishi bilan qasrdagi tartib buzilganidan allaqachon norozi edi. U labini burib, zaharli ohangda piching qila boshladi
— Oʻzingizni bunchalik baland olmang, xonim. Agar siz boʻlmaganingizda, bu yerdagi hamma xizmatkorlar, ayniqsa Lia janob Kimning yonida, uning eʼtiborida boʻlishardi. Qayerdagi bitta qimorbozning singlisini olib kelib yuribdilar... Biz esa sizning injiqliklaringizni koʻtarishimiz kerakmi?!
"Qimorbozning singlisi..." Bu soʻzlar Sunaning yuragiga shunday ogʻir botdiki, u oʻzini boshqara olmay qoldi. Oila aʼzolarining, akasining qilmishlari uning eng katta yarasi edi. Suna shiddat bilan oʻrnidan turdi-da, koʻrpasini koʻkragiga mahkam qisgancha, stol ustida turgan oʻsha qaynoq qahva qadahini qoʻliga oldi va bor kuchi bilan xizmatkorning ustiga otib yubordi!
Qaynoq qahva xizmatkorning oppoq fartugi va kiyimlariga toʻkilib, terisini kuydirdi. Xizmatkor ayol kutilmagan ogʻriq va gʻazabdan daxshat ichida baqirib yubordi. U oʻzini tutolmay, oʻsha achchiq alam ustida Sunaning yuziga qattiq tarsaki tushirdi!
Sunaning yuzi chetga burilib ketdi, urilgan joyi bir soniyada qizarib, shilinib ulgargan terisi qaytadan ogʻridi. Xizmatkor ayol daxshat va gʻazab bilan xonadan yugurib chiqib, toʻgʻri pastga — Kim Seokjinning shaxsiy ish kabinetiga yoʻl oldi. U yigʻlagancha Jinning qarshisida paydo boʻldi.
— Janob Kim! Haligi qizingiz... u sizning buyruqlaringizga butkul qarshi chiqdi! Men unga "Janob Kim buyurdilar, ovqatingizni yeb oling," deganimga, u gʻazab bilan ustimga qaynoq qahvani toʻkib yubordi! — deb shikoyat qildi xizmatkor kiyimlarini koʻrsatib.
Jin stol ortidan sekin boshini koʻtardi. Uning qora nigohlari shunchalik sovuq ediki, xizmatkor bir soniyada titrab ketdi. Jin xizmatkorning yigʻisiga zarracha achinmadi.
— U hech qachon oʻz-oʻzidan, sababsiz biror narsa qilmaydi, — dedi Jin ovozini daxshatli darajada pastlatib. — Unga nima deding?
Xizmatkor qoʻrqqanidan tilini tishlab qoldi. Jin ortiqcha gapirmay oʻrnidan turdi va shiddatli qadamlar bilan yuqoriga, Sunaning xonasi tomon koʻtarildi. Eshik yonida turgan Sehun ham vaziyat qaltisligini sezib, Jinning ortidan ergashdi.
Jin eshikni ochib ichkariga kirdi.
Suna xizmatkor chiqib ketishi bilanoq yana oʻzini koʻrpaga oʻrab, koʻzlarini mahkam yumgancha oʻzini uxlaganga solib yotardi. Ammo uning tez-tez va hayajonli nafas olayotganidan, titrayotgan kipriklaridan uxlmayotgani aniq edi.
Jin karavot yoniga kelib, toʻxtadi. U poldagi qahva izlarini va qizning yuzidagi yangi, qizarib turgan tarsaki izini koʻrib, tishlarini gʻijirlatdi. U Sunaning yotoq chetiga oʻtirdi.
— Suna... Koʻzlaringni och. Oʻzingni uxlaganga solma, baribir buni sezib turibman, — dedi Jin uning yuziga yaqinlashib.
Uning ovozida daxshatli buyruq va ayni paytda gʻalati bir bezovtalik bor edi. Biroq Suna mutlaqo harakatsiz, xuddi tosh haykaldek oʻzini uxlaganga solishda davom etardi. U bu erkakning ovozini ham eshitishni xohlamasdi. Jin esa uning bu sovuq qarshiligidan ich-ichidan telbaga aylana boshlagan edi...
Jin xonadan chiqib xizmatkor ayolni qarshisiga bordi. Jin xizmatkor ayolga yovvoyi hayvonning nigohi bilan tikildi. U Sunaning yuzidagi qizargan izni koʻrganda, uning tomirlarida qon qaynadi.
Jin uchun Suna uning mulki edi, uni faqat oʻzi jazolashi yoki erkalashi mumkin edi. Boshqa hech kim, hatto uning eng sodiq xizmatkori ham bunga haqli emasdi.
— Senga unga tegishga kim ruxsat berdi? — dedi Jin ovozi qasr devorlarini titratib. — Mening qizimga qoʻl koʻtarib, oʻzingni kim deb oʻylading?
Xizmatkor titrab, tiz choʻkib qoldi, lekin Jin uchun kech boʻlgandi. U tashqarida turgan ikkita qoʻriqchiga ishora qildi
— Uni olinglar. Pastdagi maxsus xonaga olib kiringlar. Unga shunday dars beringlarki, ayollarga qoʻl koʻtarish qanchalik ogʻriqli ekanini umrbod eslab qolsin. Unga qarshi oʻzingizni xohlagancha tutinglar... u endi sizlarniki.
Qoʻriqchilar xizmatkor ayolning faryodlariga qaramay, uni sudrab olib ketishdi. Xonada esa yana oʻsha daxshatli sukunat hukm surdi. Jin Sunaning yoniga qaytdi. Suna hanuzgacha koʻzlarini ochmay, oʻzini uxlaganga solib yotardi, lekin uning ichidagi gʻam va nafrat shu qadar kuchli ediki, u hatto xizmatkorning faryodlarini eshitib ham hech narsa sezmagandek, toshday qotib qolgandi.
Jin uning yoniga choʻkkaladi va qizning sochini orqaga surdi. U Sunaning koʻzlarini ochmasdan yotganini koʻrib, bu isyonga qanday munosabat bildirishni bilmay qoldi.
— Koʻzlaringni ochishing shart emas, Suna, — dedi Jin pichirlab. — Lekin bilib qoʻy, sen uchun kim boʻlsa ham, sening bir tola sochingga zarar yetkazsa, u dunyodagi eng azobli oʻlimga mahkum boʻladi. Senga kimdir qoʻl koʻtardimi? Men uning umrini doʻzaxga aylantiraman.
Suna baribir koʻzini ochmadi. Uning yuzi oʻlikdek oppoq, koʻzlarida esa cheksiz bir azob bor edi. U Jinning qilmishlaridan ham, uning gʻamxoʻrligidan ham, uning oʻziga bergan himoyasidan.ham nafratlanardi. Jin uning yonida uzoq oʻtirdi, ammo qizning bu qatʼiy sukunati va qarshiligi uni ich-ichidan yemirib borayotgan edi.
U Sunaning oʻsha yashirin, qorongʻu dunyosiga kira olmasdi.
Suna esa shu holatda, koʻzlari yumuq, yuragi esa qonga toʻlib yotishda davom etardi...