Today

Dark desire #Diyaa🩵

Ep 12

Suna stol ustidagi sovuq suv solingan idishga qoʻlini uzatgan ham ediki, ortidan kelayotgan oʻsha tanish, daxshatli soya havosini his qildi. U oʻgirilib ulgurmasidan, Kay uning shundoqqina ortida paydo boʻldi. U qizni oshxona peshtaxtasiga mahkam qisib, qochishga yoʻl qoldirmadi.

— Qochishga urinma, goʻzalim, — dedi Kay ovozini pichirlash darajasiga keltirib.

U oʻzining uzun, sovuq barmoqlarini sekin koʻtarib, Sunaning oqargan yuziga, toʻgʻri oʻsha Jin va xizmatkor qoldirgan asoratlar ustidan ohasta yuritdi. Uning barmoqlari qizning lablari chetiga teginganda, Suna nafrat va daxshatdan titrab ketdi. U boshini chetga burmoqchi boʻldi, ammo Kay uning iyagidan changallab, oʻzining aqldan ozgan nigohlariga qarashga majbur qildi.

— Amakim sening vujudingga daxshatli muhrlar bosibdi, shundaymi? — Kay uning yuzini silarkan, koʻzlari qisildi. — Kecha tunda senga tekkanimda lablaring qanday qaltiraganini his qildim. Senga bu qasrda faqat azob berishadi. Ammo eng qizigʻi nima bilasanmi, Suna?

Suna uning koʻzlariga nafrat bilan tikilib, tishlarini gʻijirlatdi

— Mendan qoʻlingni tort... Jin bilsa, seni tirik qoldirmaydi!

— Jin? Amakim hozir band, — Kay daxshatli tarzda kulib yubordi. — Ammo sening mana bu chiroyli yuzing va chorasiz koʻzlaring faqat amakimni emas, boshqalarni ham oʻziga tortayotganini sezdim. Masalan... sadoqatli tansoqchi Sehunni.

Suna "Sehun" ismini eshitishi bilanoq yuragi urishdan toʻxtab qolgandek boʻldi. Uning rangidagi oʻzgarish va koʻzlarida bir soniyaga paydo boʻlgan daxshatli vahima Kayning eʼtiboridan qochmadi.

— Ha... topdim, shundaymi? — Kay uning yuziga yanada yaqinlashdi, ularning lablari deyarli tegay deb turardi. — Boya zalda u bilan qanday nigoh almashganingni koʻrdim. Sen undan najot kutyapsan. Tansoqchi yigit sen uchun qasr devorlarini buzmoqchimi? Qanday ajoyib drama...

Suna kiyimi ichidagi oʻsha mitti GPS moslamasini Kay sezib qolishidan qoʻrqib, butun vujudi bilan qotib qoldi. U bor kuchi bilan oʻzini toʻxtatdi va ovozini sovuqlashtirishga urindi

— Sen aqldan ozibsan. U shunchaki janob Kimning buyrugʻini bajaryapti. Menga yaqinlashish uchun ahmoqona bahonalar oʻylab topma.

Kay uning yuzini qoʻyib yubordi-da, bir qadam ortga chekinib, choʻntaklariga qoʻlini tiqdi. Uning yuzidagi oʻsha takabbur jilmayish yanada zaharli tus olgandi.

— Mayli, hozircha sening gapiyingga ishongandek boʻlaman. Ammo tansoqchingga aytib qoʻy, u oʻynashayotgan olov juda tez orada butun qasrni kuydirib yuboradi. Va u olovda birinchi boʻlib uning oʻzi yonadi, — dedi Kay va Sunaning yonidan oʻtib, zaharli kulgisi bilan oshxonani tark etdi.

Suna yolgʻiz qolgach, devorga suyanib, polga oʻtirib qoldi. Uning nafas olishi qiyinlashgan, yuragi qon yigʻlayotgan edi. Reja fosh boʻlish arafasida, Kay hamma narsani bilib boʻlgandi...

*

Kutilmaganda qasrda favqulodda vaziyat yuz berdi. Jinning Fransiyadagi eng yirik noqonuniy savdo va biznes tarmogʻida jiddiy muammolar paydo boʻlgani sababli, u zudlik bilan oʻsha yerga uchib ketishga majbur boʻldi. U qasrni tark etayotganda, oʻzining eng ishonchli odami Sehundan koʻz uzmay gapirdi

— Men ikki kunga ketyapman. Qasrdagi har bir nafasni nazorat qil, Sehun. Suna sening boshing bilan himoyalangan, — dedi Jin va oʻz odamlari bilan qasrni tark etdi.

Jinning yoʻqligi, Kay va Klaraning ham oʻsha kuni shahar markazidagi tungi klublarga koʻngilochar mashgʻulotlar uchun chiqib ketishi qochish uchun eng mukammal imkoniyatni yaratdi.

Tungi soat uchda, Sehun vaʼda qilganidek, gʻarbiy devordagi kameralar va signalizatsiya tizimi besh daqiqaga butkul oʻchdi.
Sehun qorongʻu kiyimda Sunaning xonasiga kirdi. Qizning yuragi daxshatli tezlikda urar, kiyimi ichidagi GPS moslamasini mahkam ushlab turardi.

— Vaqt keldi, Suna. Tezroq boʻling, mashina ortqi darvoza ortida kutmoqda, — deb pichirladi Sehun.

Suna koʻzlarida yosh bilan unga ergashdi. Ular zulmat qoʻynida, qasrning maxfiy yoʻlaklari orqali gʻarbiy devordan oʻtib, tashqariga chiqishdi. Qasr darvozalaridan uzoqlashgan sari Suna oʻzini goʻyo qayta tugʻilgandek, Jinning oʻsha zaharli changalidan nihoyat qutulgandek his qildi.

Sehun uni shahar chetidagi yashirin xavfsiz uyga olib keldi.

— Bugun shu yerda qolasiz, ertaga ertalab sizni mamlakatdan olib chiqib ketaman, — dedi Sehun eshikni qulflayotgandek koʻrinib.

Suna unga cheksiz minnatdorchilik nigohi bilan boʻm-boʻsh divanga yotdi va necha oylik dahshatdan keyin birinchi marta xotirjam koʻz yumdi. U oʻzini ozod deb oʻylayotgan edi...

*

Ertasi kuni tong otdi. Suna koʻzlarini ochganda, quyosh nurlari xonani yoritgan edi. U oʻrnidan turib, Sehunni chaqirmoqchi boʻldi, ammo tashqarida mashina motorining ogʻir va tanish ovozi eshitildi.
Suna derazaga yaqinlashdi va koʻrgan manzarasidan tomirlarida qon muzlab qoldi. Tashqarida oʻsha daxshatli, qora tanish qasr mashinalari turardi.

Eshik shiddat bilan ochildi. Ichkariga Sehun kirib keldi, ammo uning kechagi rahm-shafqatli nigohidan asar ham qolmagandi. Uning ortidan esa... Fransiyaga ketgan deb oʻylangan, koʻzlarida telbavor qotillik olovi yonayotgan Kim Seokjin kirib keldi.

Undan kelayotgan oʻsha sovuq daxshat havosi butun xonani qopladi.
Suna qoʻrquvdan qotib qoldi, lablari qaltirab, Sehunga qaradi

— Sehun... bu nima? Nega buni qilding? — deb baqirdi u chorasiz holda.

Sehun indamay chetga oʻtdi va Jinning qarshisida bosh egib, taʼzim qildi

— Janob Kim, siz aytgandek hammasi bajarildi. Suna xonim qochish rejasini oxirigacha qabul qildi va qasr xavfsizlik tizimining barcha zaif nuqtalarini sinab koʻrishimizga yordam berdi. Sizga vaʼda berganimdek, uni sizga qaytarib olib keldim.

Suna eshitgan gaplaridan miyasiga oʻq otilgandek boʻldi. Demak, hamma narsa boshidan tuzoq boʻlgan! Sehun hech qachon unga yordam bermagan. U oʻsha GPS moslamasini ham, qochish rejasini ham Jinning buyrugʻi bilan, Sunaning ichidagi soʻnggi umid uchqunlarini parchalash va uni butkul aqldan ozdirish uchun bajargan edi!

Jin sekin Sunaga yaqinlashdi. U qizning sochlaridan daxshatli bir vahshiylik bilan changalladi, uni oʻziga tortib, yuziga yaqin keldi. Jinning yuzidagi oʻsha maniac jilmayish Sunaning ruhiyatini oxirgi boʻlagigacha chil-chil qildi.

— Men senga aytdim-ku, Suna... — Jin uning qulogʻiga dahshatli darajada baqirib pichirladi. — Sen mendan hech qachon qochib ketolmaysan. Bu tansoqchi yigit senga erkinlik beradi deb oʻyladingmi? U mening eng sodiq itim! Sen esa... endi mening shaxsiy doʻzaximga qaytasan. Senga shunday jazo beramanki, qochish soʻzini eslaganingda vujuding titraydigan boʻladi!

Jin uni yana oʻsha qora mashinaga sudrab olib ketdi... Suna esa oʻz qutqaruvchisining xiyonatidan va Jinning changaliga qaytganidan soatlab faryod urib yigʻlardi. U yana oʻsha zaharli qasrga qaytarilgan edi...

Qora rangli ogʻir mashina qasr hovlisiga shiddat bilan kirib toʻxtadi. Mashina eshigi ochilib, birinchi boʻlib Sehun tushdi — uning yuzida kechagi rahm-shafqatli tansoqchidan asar ham qolmagan, koʻzlari toshdek sovuq edi. U orqa eshikni ochdi. Jin Sunaning uzun toʻq qizil koʻylagining yoqasidan va sochlaridan mahkam changallab, uni mashinadan yirtqichlarcha sudrab chiqardi.

Suna ruhan shunchalik parchalangan ediki, yigʻlashga ham kuchi qolmagandi. Uning oyoqlari yerga tegmas, Jin uni xuddi jonsiz qoʻgʻirchoqdek sudrab borardi.

Ular qasrning ulkan ostonasidan ichkariga kirishganida, zal markazida ularni tomoshabinlar kutib turardi. Oʻrindiqda oyoqlarini chatishtirib oʻtirgan Klara qoʻlidagi qimmatbaho sigaretini tutatib, Sunaning bu ayanchli ahvoliga qarab baland ovozda kulib yubordi. Uning yonida esa Lia qoʻllarini koʻksiga qovushtirgancha, koʻzlarida cheksiz gʻalaba va nafrat quvonchi bilan Jinga pichirlab jilmayib turardi.

Eng daxshatli kulgi esa Kayga tegishli edi — u zaldagi ustunlardan biriga suyangancha, Sunaning Sehun tomonidan qanday sotilganini va amakisining changaliga qaytganini tomosha qilib, daxshatli, zaharli va telbavor tarzda tirjayib turardi.

Kay pov:
- senga aytgandimku gozalim

Suna ularning bu zaharli jilmoyishlari, kamsituvchi nigohlari ostida qasr zinapoyalaridan yuqoriga — oʻsha bitta umumiy yotoqxonaga sudrab chiqildi.

Yotoqxona eshigi qarsillab yopildi va qulflandi. Jin Sunani polning oʻrtasiga shafqatsizlarcha otib yubordi. Suna gilam ustiga yiqilib, oʻpkasidagi bor havoni chiqarib yuborgandek ixtiyorsiz ravishda ingrab yubordi.

Jin indamay, daxshatli bir sovuqqonlik bilan ustidagi qora kostyumini yechib tashladi. Soʻngra oʻzining qalin, ogʻir va metall toʻqali qora charm kamarini belidan bittalab sugʻurib ola boshladi. Kamarning har bir harakati, uning metall qismining bir-biriga urilib chiqargan sovuq ovozi xonadagi oʻlim sukunatini buzardi.

— Sendan qochishga urinma deb million marta soʻragandim, Suna... — Jinning ovozi telba bir "
maniacning pichirlashiga aylangandi. U kamarni qoʻliga oʻrab, qizning qarshisida toʻxtadi. — Sen esa mening eng sodiq odamimga ishonib, mendan qochmoqchi boʻlding. Demak, sening mana shu nozik vujuding hamon mening qudratimni his qilmabdi.

Jin kamarni bor kuchi bilan pastga tushirdi. Ogʻir charm kamar qizning nozik yelkasiga, soʻngra kiyimlari yirtilgan orqasiga qattiq tarsillab tegdi. Suna ogʻriqning daxshatidan bor ovozi bilan faryod urib yubordi, u pol ustida daxshatli tarzda qaltirar, kiyimi ostidan oq teri bir soniyada koʻkarib, qon sizib chiqa boshlagandi.

— Jin! Toʻxtat! Iltimos, oʻldir meni! Oʻldira qol! — deb baqirdi Suna oʻz qoniga belanib.

Ammo Jin toʻxtamadi. Kamar qizning tanasiga qayta-qayta tushdi. Har bir zarba Sunaning vujudini jismonan, Sehun xiyonati esa ruhini butkul parchalab tashlayotgan edi. Qiz ogʻriqdan hushini yoʻqotish darajasiga kelganida, Jin uni kiyimlaridan tutib, dush xonasiga sudradi.

Dush xonasidagi ulkan, dabdabali vannaga Jin oldindan toʻldirib qoʻyilgan, ichida muz boʻlaklari suzib yurgan muzdek sovuq suvni tayyorlagandi. Jin Sunani bor kuchi bilan oʻsha muzdek suvning ichiga tiqib yubordi.

Suna vujudidagi issiq qonli jarohatlar va muzdek suvning toʻqnashuvidan daxshatli shok holatiga tushdi. Uning nafasi ichiga tushib ketdi, koʻzlari daxshatdan katta-katta ochilib, vannadan chiqishga urindi. Ammo Jin uning boshidan, sochlaridan mahkam bosib, uni suv ostida ushlab turardi.

— Mana shu muz seni oʻzingga keltirsin, Suna! — Jin uning yuzini suvdan chiqarib, daxshatli tarzda baqirdi, uning koʻzlarida telbalik aks etardi. — Sening tanangdagi oʻsha isyonkorlik, oʻsha olov oʻchmaguncha mana shu yerda qolasan! Sen qochish nimaligini butkul unutasan!

Suna muzdek suv ichida, Jinning baquvvat qoʻllari ostida qaltirab, nafas olishga urinar, uning koʻzlaridan oqqan issiq yoshlar vannadagi muz suvi bilan qorishib ketayotgan edi. U hayotida birinchi marta oʻzini tiriklayin doʻzaxga tushgandek his qildi...

*

Oʻsha daxshatli kamar va muz doʻzaxidan keyin oradan bir necha kun oʻtdi. Suna qasrning bitta umumiy yotoqxonasidagi karavotdan deyarli tura olmaydigan holatga kelib qolgandi. Uning butun vujudi sovuq suv va ogʻir zarbalardan qaqshab ogʻrir, biroq soʻnggi kunlarda unda mutlaqo gʻalati va gʻayritabiiy oʻzgarishlar boshlangan edi.

U ertalablari daxshatli koʻngil aynishi bilan uygʻonadigan, dushga yugurib borib faqat qusadigan boʻlib qoldi. Ovqatga qaray olmaydi, ogʻziga bir qoshiq ovqat olsa ham koʻngli aylanib, ichi qattiq sanchib ogʻrirdi.

Qasrdagilar, jumladan Klara va Lia ham buni shunchaki Jin bergan oʻsha daxshatli jazoning asorati va kuchli sovuq urishi deb oʻylashdi. Hatto Jin ham qizning bu ogʻir holatini uning isyonkorligining sinishi va kasallik belgisi deb hisobladi.

Biroq, qasrda uzoq yillardan beri xizmat qilib kelayotgan va koʻp narsani koʻrgan keksaroq xizmatkorlarning kattasi — vaziyat boshqacha ekanini sezib qoldi. U Sunaning dushda qayta-qayta qusayotganini va qornini changallab yotganini kuzatib, tushdan keyin Jinning kabinetiga kirdi.

— Janob Kim, — dedi keksa xizmatkor bosh egib, Jinning sovuq nigohlariga dosh berishga urinib. — Suna xonimning ahvoli kundan-kun ogʻirlashmoqda. U faqat qusyapti, ovqat yemayapti va ichi qattiq ogʻriyapti. Bu shunchaki sovuqdan yoki jarohatlardan emasga oʻxshaydi... Ayollik tajribamga tayanib aytishim mumkinki, uni bir marta shaxsiy shifokoringiz orqali tekshirtirib koʻrsak yaxshi boʻlardi. Nazarimda, boshqa sabab bor...

Jin qogʻozlardan boshini koʻtardi, uning oʻtkir va qora koʻzlari bir soniyada sovuqlashdi. U xizmatkor nima nazarda tutayotganini darhol tushundi. Uning ichida daxshatli bir gʻalayon, hayajon va shubha uygʻondi.

— Tezda shifokor chaqiringlar. Hozirning oʻzida, — deb buyurdi Jin ovozi boʻgʻilib.

Oradan bir soat oʻtmay, Jinning maxfiy, ishonchli shifokori qasrga yetib keldi. U yotoqxonada Sunani uzoq tekshirdi, qon tahlillarini koʻzdan kechirdi. Bu vaqt ichida Jin eshik oldida qoʻllarini orqasiga qilib, qattiq asabiylashib turardi. Shifokor xonadan chiqib, Jinning qarshisida toʻxtadi.

— Janob Kim... Tabriklayman, — dedi shifokor past ovozda. — Suna xonim homilador. Taxminan toʻrt-besh haftalik. Koʻngil aynishi va qusishlar aynan mana shu toksikoz tufayli. Ammo uning tanasida kuchli sovuq va jarohat asoratlari bor, uni juda ehtiyot qilish kerak. Aks holda bolani yoʻqotishingiz mumkin.

Jin bu gapni eshitganda, yuragi urishdan toʻxtab qolgandek boʻldi. Uning koʻz oldida hamma narsa aylanib ketdi — Suna uning farzandini yuragi ostida olib yurgan edi! Uning oʻsha telbavor, vahshiy egalik hissi endi yangi, daxshatli darajada kuchli bogʻlanishga aylandi.

Suna endi undan hech qachon, hatto oʻlsa ham ketolmas edi. Jin bu xabarni hazm qilish va shoshilinch biznes uchrashuvini hal qilish uchun qasrdan bir necha soatga zudlik bilan chiqib ketishga majbur boʻldi.

Jin qasrni tark etishi bilanoq, yotoqxonada holsiz yotgan Sunaning xonasi eshigi sekin ochildi. Ichkariga Kay kirdi. Suna koʻzlarini zoʻrgʻa ochdi. Uning kiyimlari yirtilgan, orqalari, yelkalari va qoʻllaridagi oʻsha kamar izlari shilinib, qizarib va qonab yotgan edi. U daxshatli jismoniy ogʻriq ichida edi.

Kay sekin kelib karavot chetiga oʻtirdi. U Sunaning bu qiynalgan, shilingan va parchalangan vujudini koʻrib, koʻzlarida Kim oilasiga mutlaqo xos boʻlmagan chuqur bir dard va achinish paydo boʻldi. U oʻzi bilan birga olib kelgan maxsus shifobaxsh malham va dorilarni chiqardi.

— Qimirlama, goʻzalim... — dedi Kay ovozini nihoyatda yumshatib.

U sekin va oʻta ehtiyotkorlik bilan malhamni qoʻliga olib, Sunaning oʻsha shilingan, qonayotgan yaralariga surta boshladi. U Sunaga ogʻriq bermaslik uchun shunchalik muloyim harakat qilardiki, goʻyo qoʻlidagi narsa dunyodagi eng nozik shisha boʻlagidek edi. U malhamni qoʻyarkan, Sunaning ogʻriqdan labini tishlaganini koʻrib, ich-ichidan ezildi.

Kay dorilarni surtib boʻlgach, oʻzining sovuq va uzun barmoqlari bilan Sunaning sochlaring siladi, soʻngra uning koʻz yoshlariga toʻla oqargan yuziga yaqinlashdi. Uning koʻzlarida aqldan ozdiruvchi, taqiqlangan va haqiqiy bir olov yondi.

— Men seni mana shu ahvolda koʻrishga ortiq chidolmayapman, Suna... — dedi Kay ovozi titrab. — Amakim seni tiriklayin oʻldiryapti. Men Amerikadan kelganimdan beri senga qarab, oʻzimni yoʻqotib qoʻydim. Men seni qutqarmoqchiman... Chunki men sani sevaman, Suna. Haqiqatdan ham sevaman. Sening bu dunyoda qiynalishingni xohlamayman

Suna Kayning bu kutilmagan sevgi izhorini eshitib, uning koʻzlariga boʻm-boʻsh, ammo daxshatli darajada ogohlantiruvchi nigoh bilan tikildi. Sehundan yegan oʻsha qonli xiyonati unga butun umrlik dars boʻlgandi. U endi bu jahannamda hech kimga ishonmas edi.

Suna Kayning qoʻlini oʻz yuzidan sekin, ammo qatʼiyatli tarzda itarib tashladi. Uning ovozi xuddi qabrdan chiqayotgandek sovuq va soʻngan edi

— Menga sevgi haqida gapirma, Kay... — dedi Suna pichirlab, koʻzlaridan oqqan yoshini arpayotib. — Va bilib qoʻy... Men bu uydagi hech kimga ishonmayman. Hech kimga... Sen ham ulardan birisan. Shuning uchun mendan uzoqroq yur...

Kay qizning bu soʻzlaridan keyin toshdek qotib qoldi, ammo uning koʻzlaridagi oʻsha qatʼiyat soʻnmadi. Qasrdagi oʻyin endi nafaqat qudrat va rashk, balki bolalikdan boshlangan qonli sevgi va sadoqatsizlik urushiga aylanib borayotgan edi...