Abadiylik 3 #Sena
Kichik va chang bosgan xona ichida Sena o‘sha sovuq fleshkani kaftida mahkam qisib turardi. U shu paytgacha ushbu kichik moslama Minhoni yer bilan bitta qiladigan, uning butun qorong‘i imperiyasini yo‘q qiladigan yagona qurolim deb o‘ylab kelgan edi. Uning yuzida bir zumga g‘alaba va umid uchqunlari yondi.
— Sunghoon, bu yerda barcha ma'lumotlar bor... Uning kontrabandalari, soxta hujjatlari, barchasi! Men buni politsiyaga beraman va bu dahshatga chek qo‘yaman, — dedi Sena, ovozida qat'iyat bilan.
Ular xona burchagidagi eski, zanglagan kompyuterni amallab yoqishdi. Sena titrayotgan barmoqlari bilan fleshkani kompyuterga suqdi. Ekran bir-ikki bor miltillab, fayllar papkasi ochildi.
Lekin papka ichida hech qanday noqonuniy hujjatlar, shartnomalar yoki dalillar yo‘q edi.
Papkada faqat bittagina video fayl va bitta dastur kodi bor edi. Sena karaxt ahvolda video faylni bosdi. Ekranda Minhoning o‘sha mashhur, sovuq tabassumi paydo bo‘ldi. Video yozuvdagi Minho xuddi Senaning ko‘zlariga tik qarayotgandek xotirjam va istehzoli gapira boshladi
— Salom, Sena... Agar sen bu videoni ko‘rayotgan bo‘lsang, demak, mening kurtkamdan bu fleshkani o‘g‘irlaganingga ancha bo‘lgan va sen hozir o‘zingni judayam aqlli his qilyapsan. Lekin naqadar ojizsan-a?
Senaning tomog‘iga nimadir tiqildi. U ko‘zlariga ishona olmasdi.
— Bu fleshkada hech qanday ma’lumot yo‘q, jonim, — deya kuldi Minho video ortidan. — U yerda faqat bitta narsa bor — bu maxsus GPS-mayak. Sen bu fleshkani o‘zing bilan qayerga olib borgan bo‘lsang, men seni har bir soniya, har bir metrda qayerdaligingni ko‘rib turganman. Sen telefoningni axlatga tashlab, mendan qutuldim deb o‘yladingmi? Lekin bu fleshka hali ham yoningda, shunday emasmi?
Sena dahshatdan qotib qoldi. U zudlik bilan fleshkaga qaradi. Fleshka ustidagi kichik qizil chiroq miltillab yonib-o‘chayotgan edi! U ozodlikka eltuvchi kalit deb o‘ylagan narsasi — aslida uni har daqiqa Minhoga tutib berib turgan eng katta tuzoq bo‘lib chiqdi.
Ayni shu daqiqada, kimsasiz hovlining tashqarisidan bir nechta mashina eshiklarining tarsillab yopilgani va og‘ir qadam tovushlari eshitildi.
Eski uyning yog‘och eshigi shiddat bilan tepib ochildi. Ostonada Minho, uning ortida esa sovuqqonlik bilan qarab turgan Yoongi paydo bo‘ldi. Minho xonaga kirib, Senaning qo‘lidagi miltillab turgan fleshkaga qarab, zaharxanda tabassum qildi
— Men senga aytgandim-ku, Sena... Sen qanchalik uzoqqa qochmang, baribir mening kaftimdasan. O‘yin tugadi.
Eski xonaga muzdek sukunat cho‘kdi. Minho qo‘llarini shimining chontagiga solgancha, sekin va ishonchli qadamlar bilan ichkariga kirdi. Uning ortida Yoongi, xuddi hech narsa bo‘lmagandek, sovuq va e’tiborsiz nigoh bilan turardi.
Barcha umidlari chil-parchin bo‘lgan va qo‘rquvdan aqlini yo‘qotgan Sunghoon stol ustida yotgan eski, zanglagan pichoqni shartta qo‘liga oldi. Uning qo‘llari daxshatdan titrar, ko‘zlariga qon quyilgandi. Sunghoon pichoqni Senaning tomog‘iga tirab, o‘zini Minhoga qaratdi.
— Bir qadam ham yaqinlashma! — deb baqirdi Sunghoon, ovozi titrab. — Agar yana bir qadam bossang, uni o‘ldiraman! Qasam ichaman, o‘ldiraman!
Senaning ko‘zlaridan yosh tirqirab chiqdi, lekin u pichoq sovuqligini his qilsa-da, qimirlamadi. Uning qarshisida turgan Minho esa to‘xtamadi. Aksincha, uning yuzida vahshiy va masxarali bir tabassum paydo bo‘ldi. Minho Senaga hatto qarab ham qo‘ymay, to‘ppa-to‘g‘ri Sunghoonning ko‘zlariga tikildi.
— Qani, o‘ldir, — dedi Minho, ovozida zarracha xavotirsiz, o‘ta xotirjam tonda. U bir-ikki qadam yanada yaqinlashdi. — O‘ldir, Sunghoon. Pichoqni ozgina chuqurroq botir. Sen baribir bu yerdan tirik chiqmaysan, loqal uni o‘zing bilan olib ket. Qani, bol!
Sunghoonning nafasi bo‘g‘ildi. U Minhoning bu qadar sovuqqon va telbalarcha munosabatini kutmagandi. Uning barmoqlari pichoq dastasini mahkamroq qisdi, lekin bilagi titrab, harakat qila olmasdi. U oddiy inson edi — uning yuragida birovning joniga qasd qilishga yetadigan shafqatsizlik yo‘q edi.
— Nima bo‘ldi? Qo‘ling titrayaptimi? — Minho uning ro‘parasiga kelib to‘xtadi va pichoq tig‘ini o‘z barmog‘i bilan ohista ushlab ko‘rdi. — Sen odam o‘ldira olmaysan. Chunki sen ojizsan. Sena esa... faqat menga tegishli.
Sunghoonning barmoqlaridagi bor quvvati yo‘qoldi. Pichoq uning qo‘lidan sirg‘alib, taqillaganicha polga tushdi. Sunghoon chorasizlikdan tiz cho‘kib, boshini egdi.
Minho Sunghoonni bir tepib chetga surdi-da, Senaning bilagidan tutib, uni o‘ziga mahkam tortdi. U Senaning qulog‘iga sekin pichirladi
— Ko‘rdingmi? Seni hech kim mendan qutqara olmaydi. Hatto o‘zing ham.
Sena Minhoning quchog‘ida qarshilik ko‘rsatishga urinmadi. Uning ko‘zlaridagi so‘nggi umid uchquni ham o‘chgan, vujudi muzlab qolgan edi. U o‘zini tamoman chorasiz va mag‘lub his qilardi. Minho uni bilagidan maxkam ushlab, eshik tomonga sudragandek olib chiqdi.
Yoongi polga yiqilib yotgan, hozirgina o‘lim bilan yuzlashgan Sunghoonga bir zum sovuqqonlik bilan tikildi. So‘ngra yonidagi soqchilarga qisqa ishora qildi
— Buni shahardan uzoqroqqa olib borib uloqtiringlar. Yana bir bor ko‘zimga ko‘rinsa, o‘zingiz bilasiz.
Sena tashqariga chiqqanida, uni o‘sha tanish, qora oynali dabdabali mashina kutib turardi. Minho uni mashina orqa o‘rindig‘iga itarib kirgizdi va o‘zi ham yoniga o‘tirdi. Yoongi esa haydovchi yoniga joylashdi. Mashina motori guvillab, qorong‘i ko‘chalar bo‘ylab yo‘lga tushdi.
Yo‘l davomida mashina ichida o‘limdagidek sukunat hukmron edi. Sena oynadan tashqariga, tun bag‘riga singib borayotgan shahar chiroqlariga tikilib borardi. Minho esa uning yonida mag‘rur va g‘olibona qiyofada o‘tirar, Senaning muzdek barmoqlarini o‘z kaftida mahkam tutib turardi. U Senaning taslim bo‘lganini, uning ruhiyatida hech qanday isyon qolmaganini his qilib, ich-ichidan sarmast bo‘layotgandi.
Oradan bir soat o‘tib, mashina yana o‘sha – Sena qochib ketgan, lekin baribir unga qaytishga majbur bo‘lgan hashamatli va qorong‘i koshona darvozasidan kirib bordi. Zanjir yana bir bor yopildi.
Minho Senaning qo‘lidan ushlab, uni to‘ppa-to‘g‘ri ikkinchi qavatdagi asosiy yotoqxona tomonga boshladi. Eshik ochilganda, xona burchagida turgan Miri ularni ko‘rib, noqulay ahvolda qoldi. U Minhoning Senani yana qaytarib kelganini ko‘rib, ko‘zlarida rashk va nafrat aralash hayrat paydo bo‘ldi.
— Miri, — dedi Minho, ovozida zarracha shafqatsizliksiz. — Narsalaringni yig‘-da, bu uydan yo‘qol. Sening vazifang tugadi.
Miri nimadir demoqchi bo‘lib og‘iz juftladi, lekin Minhoning sovuq va xavfli nigohini ko‘rib, tishini tishiga bosdi va indamay xonani tark etdi. U Minho uchun shunchaki Senaning g‘ururini sindirish uchun ishlatilgan vaqtinchalik qurol edi.
Minho Senani xona ortiga o‘tkazib, eshikni ichidan qulfladi. U Senaga yaqinlashib, uning yuzidagi bog‘lovni, sochlarini ohista siladi
— Ko‘rdingmi, Sena? Bu dunyoda hamma narsa soxta... Akangning mehri ham, do‘stingning jasorati ham. Faqat mening senga bo‘lgan tuyg‘uyim haqiqiy. Sen yana o‘z joyingdasan.
Sena unga qarab sekin jilmaydi. Lekin bu tabassumda na qo‘rquv, na taslimiyat bor edi. Bu juda sovuq va daxshatli bir jilmayish edi.
— Ha, Minho... Men qaytdim, — pichirladi Sena, uning ko‘zlariga tik qarab. — Lekin endi bu uyda sen o‘ylagan ojiza Sena yashamaydi.
Senaning bu kutilmagan, sovuq tabassumi Minhoni bir zumga taajjubga soldi. U Senaning ko‘zlaridagi so‘nggi qat’iyatni ko‘rib, nima bo‘layotganini anglab yetgunicha Sena fursatni boy bermadi.
Sena bor kuchini to‘plab, Minhoning ko‘ylagi ostida, kamarida turgan o‘sha sovuq pichoq dastasiga yopishdi va uni shiddat bilan sug‘urib oldi. Minho uni o‘ziga hamla qiladi deb o‘ylab, himoyalanish uchun qo‘llarini ko‘tardi. Lekin Sena pichoqni Minhoga emas, bor alam va nafrati bilan o‘z qorniga sanchishga urindi! U bu dunyodan va Minhoning daxshatli tuzog‘idan faqat o‘lim orqaligina ozod bo‘lishini anglagan edi.
— Sena, yo‘q! — Minho daxshatdan baqirib yubordi va so‘nggi daqiqada o‘zini oldinga otdi.
Minho pichoq tig‘ini ushlashga ulgurdi, lekin baribir o‘tkir pichoq Senaning qornini shilib, tilb o‘tdi. Senaning oq ko‘ylagida qip-qizil qon izi paydo bo‘ldi, pichoq esa jaranglab polga tushdi.
Minho titrayotgan qo‘llari bilan Senaning yelkasidan ushlab, uni o‘ziga tortdi. Uning barmoqlari o‘z qoniga va Senaning qoniga belangan edi.
Minhoning yuzida endi o‘sha kibrli tabassumdan asar ham qolmagandi — u birinchi marta Senani rostdan ham yo‘qotib qo‘yishiga bir bahoya qolganini his qilib, dahshatdan rangi oqarib ketgandi.
— Sen nima qilib qo‘yding?! — deb baqirdi Minho, ovozi titrab. U Senaning qornidagi yarani qo‘li bilan mahkam bosib, uni bag‘riga bosdi. — Sen mendan qochish uchun o‘zingni o‘ldirmoqchi bo‘ldingmi?! Men senga o‘lishga ham ruxsat bermayman!
Sena uning bag‘rida zaif nafas olarkan, yuzi oqarib borardi. Lekin u Minhoning ko‘zlaridagi o‘sha chuqur qo‘rquvni ko‘rib, so‘nggi marta istehzoli va zaif jilmaydi
— Men... baribir sening dabdabangda... va sening qafasingda yashamayman, Minho... — pichirladi Sena, ko‘zlari yumilib borarkan.
Minho eshik tomonga qarab, aqldan ozgancha baqirib yubordi
— Yoongi! Shifokorni chaqir! Hoziroq!
Eshik shiddat bilan ochilib Yoongi va shifokor xonaga otilib kirishdi. Sena allaqachon xushini yo‘qotgan, qorni yonidagi shilingan yaradan qon oqishda davom etar edi.
Shifokor zudlik bilan ishga kirishib, yarani tozalash va tikish uchun Senaning qon bo‘lgan kiyimlarini kesib tashlashga majbur bo‘ldi.
Minho bir chetda, qo‘llari qonga belangancha qotib turardi. Shifokor Senaning kiyimlarini butunlay olib tashlab, uni kiyimsiz, ojiz va hushsiz holatda karavotga yotqizganida, xonadagi havo birdaniga og‘irlashdi.
Minhoning nigohi Senaning oppoq, yaralangan va himoyasiz tanasiga tushdi. Uning tomirlarida qo‘rquv o‘rnini sekin-asta qop-qora, zaharli bir istak egallay boshladi. Senaning bu qadar ojiz, uning qo‘lida mutlaq tobe bo‘lib yotishi Minhoning ichidagi eng qorong‘i va vahshiy tuyg‘ularini, uning erkaklik ehtirosini uyg‘otib yubordi. Uning nafas olishi tezlashdi, ko‘zlarida xavfli va telbalarcha bir chaqnash paydo bo‘ldi.
U Senaga shunchaki egalik qilishni emas, uni jismonan va ruhan butunlay o‘ziga bo‘ysundirishni, uning tanasini ham o‘z mulkiga aylantirishni xohlardi.
Shifokor yarani tezkorlik bilan bog‘lab, zaruriy ukollarni qilgach, xavf ortda qolganini aytdi. Minho sovuq va buyruqomuz tonda gapirdi
— Hammaningiz chiqib keting. Yoongi, sen ham.
Yoongi bir zum Senaning kiyimsiz, hushsiz tanasiga, keyin esa Minhoning ko‘zlaridagi o‘sha vahshiy tuyg‘uga tikildi. U tishini tishiga bosdi, lekin hozircha e’tiroz bildirmay, shifokor bilan xonadan chiqdi va eshikni yopdi.
Xonada faqat Minho va karavotda bexush yotgan Sena qoldi. Minho sekin karavot yoniga keldi. Uning barmoqlari Senaning sovuq, yalang‘och yelkasiga tegib, pastga sirg‘aldi. Uning ichidagi ehtiros va egalik qilish tuyg‘usi nazoratdan chiqayotgan edi...
— Sen baribir meniki bo‘lasan, Sena... Hatto ruhimni iblisga sotgan bo‘lsam ham, — pichirladi Minho, uning tepasiga egilarkan.