October 22

Abadiylik 3 #Sena

Ep 31

Yoongi mashina dvigatelini qayta o‘t oldirdi. Otasining tahdidi havoda bo‘g‘uvchi bulutdek muallaq turgan bo‘lsa-da, uning ko‘zlaridagi qat’iyat zarracha so‘nmadi. U gaz pedalini bosib, avtomobilni asosiy trassadan, kimsasiz o‘rmon yo‘liga burdi. Sena derazadan tashqaridagi qorong‘i daraxtlarga qarab, past ovozda so‘radi

— Endi qayerga boramiz? Otamiz va Minho butun shaharni oyoqqa turgizadi...

— Ular bizni odatiy uy va boshpanalardan izlaydi, — dedi Yoongi, nigohini yo‘ldan uzmay. — Lekin men bir necha yil oldin hech kim bilmaydigan, xaritalarga kiritilmagan maxfiy uy tayyorlab qo‘ygandim. U yerda sen xavfsizliqda bo‘lasan, jarohatlaringni davolaymiz.

Sena akasining qat’iy yuziga tikildi. Yillar davomida oilaning soyasida, sovuqqon va itoatkor o‘g‘il bo‘lib ko‘ringan Yoongi hozir butun saltanatga qarshi yolg‘iz bayroq ko‘targandi.

— Ular seni tinch qo‘ymaydi, Yoongi. Otam seni oiladan chetlashtiradi, Minho esa... u seni o‘ldirishdan ham toymaydi, — dedi Sena, ovozida xavotir qalqib.

Yoongi yengil jilmaydi, ammo bu tabassumda achchiq bir iztirob bor edi

— Men u koshonada yillab sovuq tomoshabin bo‘lib yashadim, Sena. Senga qilingan zulmlarga, Minhoning telbaligiga indamay qarab turganimning o‘zi men uchun eng katta jazo edi. Endi ortga yo‘l yo‘q. Sen uchun, o‘zim uchun bu urushni oxirigacha olib boraman.

*

Oradan yarim soat o‘tib, mashina o‘rmon ichidagi shinam, mo‘jazgina yog‘och uy oldida to‘xtadi. Yoongi tushib, Senaning eshigini ochdi va uni ohista bag‘riga olib, ichkariga ko‘tarib kirdi.

Uyni chiroqlar bilan yoritib, Senani yumshoq divanga yotqizdi va birinchi tibbiy yordam qutisini olib keldi. Yoongi singlisining bilaklaridagi va bo‘ynidagi qonagan izlarni ehtiyotkorlik bilan tozalar ekan, Sena og‘riqdan ingrab qo‘ydi.

— Chida, azizam... Hammasi o‘tib ketadi, — pichirladi Yoongi.

*

Shahar markazidagi ulkan koshonada Minho otasi ( Sena va Yoongini otasi) bilan yuzma-yuz turardi. Otasining yuzidagi sovuqqonlik va Minhoning ko‘zlaridagi vahshiy g‘azab xonani portlash darajasiga keltirgandi.

— Ular qayerda? — deb baqirdi Minho. — Yoongi uni qayerga olib ketdi?!

Ota vazminlik bilan sigaret tutatdi va tutunni havoga chiqarar ekan, past ovozda dedi

— Yoongi oila qoidasini buzdi. Endi u mening o‘g‘lim emas. Odamlaringni yubor, Minho. Ikkalasini ham top... va bu safar hech kimga shafqat qilma.

Otasining so‘nggi so‘zlari xonada muzdek qotib qoldi. Minho uchun endi hech qanday chegara yoki to‘siq qolmagandi. U stol ustida turgan og‘ir xanjarni olib, uni yog‘och stolga shunday shiddat bilan sapchidi-ki, pichoq dasta-dastagicha kirib ketdi. Uning ko‘zlaridagi qora g‘azab va yo‘qotish alami butunlay jallodona tusga kirgandi.

— Barcha bo‘linmalarni oyoqqa turgizinglar! — deb baqirdi Minho xonaga bostirib kirgan soqchilar sardoriga. — Shahardan chiqish yo‘llarini, barcha xususiy mulklarni va Yoongining har bir aloqa nuqtasini tekshiringlar! Uni tiriklayin topasizlar, Senani esa... Senani menga o‘zimning qo‘limga topshirasizlar!

*

O‘rmon ichidagi mitti yog‘och uyda osoyishtalik va xavfsizlik hissi hukm surardi. Yoongi Senaning jarohatlariga dori surib, ularni ehtiyotkorlik bilan bog‘lab qo‘ydi. Sena charchoq va oylardan beri davom etayotgan ruhiy tazyiqdan keyin ilk bor o‘zini chinakamiga xotirjam his qilayotgandi. U akasining qo‘lini mahkam ushlab, divanga suyangancha ko‘zlarini yumdi.

— Yoongi... — pichirladi Sena, ovozi titrab. — Ular bizni baribir izlab topishadi. Minho meni shunchaki qo‘yib yubormaydi. Uning miyasi butunlay buzilgan...

Yoongi uning yoniga o‘tirib, peshonasidan ohista o‘pib qo‘ydi. Uning yuzida sovuqqon, ammo mustahkam bir tabassum paydo bo‘ldi.

— Minho shunchaki g‘azablangan hayvon, Sena. U his-tuyg‘ulariga asir bo‘lgani uchun ko‘r bo‘lib qolgan, — dedi Yoongi, ovozida mutlaq qat’iyat bilan. — Men esa yillar davomida bu harakatni rejalashtirganman. Koshonadan olib chiqqan arxiv xotiramsiz Minho ham, otamiz ham hech kim emas. U yerdagi ma’lumotlar ertaga ertalab xalqaro sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar qo‘liga borib tushadi.

Sena ko‘zlarini ochib, akasiga hayrat bilan tikildi. Yoongi faqatgina uni qutqarish uchun emas, balki bu sovuq va zaharli imperiyani ildizi bilan yo‘q qilish uchun harakat qilayotganini tushundi.

— Demak... hammasi tugaydimi? — so‘radi Sena.

— Ha, — dedi Yoongi deraza tomonga qarab. — Ertaga tong otganda, ularning saltanati qulaydi. Lekin ungacha biz bu tunda omon qolishimiz kerak.

*

O‘rmon yo‘li bo‘ylab bir nechta qora mashinalarning chiroqlari qorong‘ilikni yorib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yog‘och uy tomonga tezlik bilan yaqinlashib kelardi...

*

Yog‘och uy ichida chiroq nurida sokinlik hukm surayotgan bir paytda, Yoongining stolda turgan telefonining birdaniga vizillashi va chirog‘ining yonishi tunning tinchligini parchalab tashladi. Ekranda yana Minhoning ismi ko‘rindilar.

Yoongi Senaga xavotirlanmaslikni bildiruvchi ishora qilib, go‘shakni ko‘tardi va uni qulog‘iga tutdi. Telefon ortidan Minhoning mutlaqo aqlini yo‘qotgan, telbanamo va g‘azabdan bo‘g‘ilgan ovozi baralla eshitildi. U shunchalik baland baqirardiki, hatto yonida turgan Sena ham har bir so‘zini ayni o‘zidek eshitib, titrab ketdi.

— Yoongi! — deb baqirdi Minho, telefonga aqldan ozgandek baqirib. — Agar o‘sha hujjatlarni biror joyga topshiradigan bo‘lsang, shuni bilib qo‘y ham o‘zing, ham o‘sha qarib quyilmagan otang yo‘q bo‘lasizlar! Butun saltanatingizni kulga aylantiraman!

Minho bir soniya to‘xtab, vahshiyona va sovuq kulib yubordi. Uning ovozida shunday bir zahar va nafrat bor ediki, xonadagi havo birdaniga muzlab qolgandek bo‘ldi

— Lekin Senachi?.. U nima bo‘ladi deb o‘ylaysan?! Agar u hujjatlar oshkor bo‘lsa, u bir ozi ko‘chalarda, qorong‘i tunlarda dori ichgancha xor bo‘lib yotadi! Boshqa erkaklarning qo‘yniga kirib, ularning ostida chirib ketadi! Men uning tanasiga, uning ostiga nimalarni kirgizdirib, uni qanday xor qilishni juda yaxshi bilaman! U mening qo‘limdan qutulolmaydi!

Minho bir oz nafasini rostlab, xuddi Senani o‘z ro‘parasida ko‘rib turgandek, telefonga qarab ashaddiy va ehtirosli ovozda baqirishda davom etdi

— Eshityapsanmi, Sena?! Sevgilim! Qayerga qochmang, mening bag‘rimga qaytasan! Sevgilim!

Yoongi bu jirkanch va pastkash so‘zlarni eshitib, tishlarini shunday qattiq g‘ijirlatdiki, jag‘ mushaklari bo‘rtib chiqdi. U Senaning qorinchasiga qo‘llarini bosib, darmonsizlikdan va eshitgan dahshatli gaplaridan ko‘zidan yosh oqizib titrayotganini ko‘rdi.

Yoongi telefonga past, ammo har bir so‘zi o‘qdek qadaladigan sovuq tonda javob berdi

— Minho... Sen allaqachon insonlik chegarasidan chiqibsan. Bu so‘zlaring uchun seni o‘z qo‘llarim bilan joyingga o‘tqazaman.

Yoongi aloqani uzib, telefonni chetga otdi va tezda Senaning yoniga cho‘kallab, uning titrayotgan yelkalaridan quchdi.

Sena akasining bag‘rida yuzini yashirgancha yig‘lab yubordi. Minhoning har bir so‘zi, uning "sevgilim" deb baqirishi va aytgan daxshatli tahdidlari qizning yuragiga pichoqdek qadalgan edi. U tanasining har bir nuqtasida o‘sha qafasning, Minhoning vahshiy va zaharli izlarini haligacha his qilayotgandi.

— Yoongi... U meni baribir topadi... U meni o‘ldirmaydi, u meni rostdan ham o‘sha aytgan atroflariga tashlaydi... — pichirladi Sena, ko‘z yoshlari akasining ko‘ylagini ho‘l qilarkan.

Yoongi singlisining sochlarini ohista silab, uning yuzini yuqoriga ko‘tardi. Uning ko‘zlarida hayotida hech qachon bo‘lmagan sovuq va qat’iy bir qasos olovi yonardi.

— Sena, menga qara, — dedi Yoongi, uning har bir so‘zi qattiq va vazmin chiqdi. — Minho endi hech narsa qila olmaydi. U shunchaki sarosimaga tushgan, burchakka qamalgan yirtqichdek irillayapti, xolos. Uning bu gaplari faqat va faqat ojizligidan. U seni boy berganini va o‘z saltanatining so‘nggi kunlari kelganini his qilyapti.

Yoongi o‘rnidan turib, yonidagi maxsus portfelidan planshet va xavfsiz aloqa qurilmasini chiqardi. U ekranga bir nechta murakkab kodlarni kiritdi.

— Men hujjatlarni e’lon qilishni tonggacha kutmoqchi edim, — dedi Yoongi, ekrandan ko‘z uzmay. — Lekin Minho o‘z xatti-harakatlari bilan bu jarayonni tezlashtirdi.

Yoongi birgina tugmani bosdi. Soniyalar ichida Minhoning va otasining butun umr davomida yig‘gan noqonuniy biznesi, odam savdosi, moliyaviy jinoyatlari hamda koshonada sodir etilgan barcha shafqatsizliklar haqidagi arxiv ma’lumotlari bir vaqtning o‘zida xalqaro prokuratura va barcha yetakchi OAV tarmoqlariga jo‘natildi.

— Bo‘ldi, — dedi Yoongi, planshetni o‘chirib. — Endi na Minho va na otamiz bu botqoqdan chiqa oladi. Bir necha soatdan keyin ularning koshonasi maxsus kuchlar tomonidan qurshovga olinadi.

*

Uzoqdan — o‘rmon yo‘li tomondan mashina g‘ildiraklarining tormoz bergan achchiq ovozi va bir nechta eshiklarning qarsillab yopilishi eshitildi.

Minhoning Odamlari yog‘och uyni o‘rab olishni boshlagan edi. Yoongi stol ustida turgan to‘pponchani olib, o‘qdonini tekshirdi va Senaga qaradi

— Sena, xonaning eng burchagiga o‘t va pastga egil. Bu bizning so‘nggi jangimiz.

Yoongi to‘pponchani mahkam siqib, Senaning yoniga chopib keldi va uning yelkalaridan ushlab, to‘g‘ri ko‘zlariga tikildi. Tashqarida esa qadam tovushlari va qurollarning shaylanish ovozi tobora yaqinlashib kelardi.

— Sena, menga yaxshilab quloq sol, — dedi Yoongi, ovozi o‘ta bosiq va sovuqqon chiqib. — Divanning orqasidagi gilam ostida kichik lyuk bor. U yer yerto‘laga olib tushadi. U yer haqida na Minho, na otamiz va na ularning odamlari biladi. Agar menga biror narsa bo‘lsa yoki eshik teshilsa, darhol o‘sha yerga tushib, ichkaridan qulflab ol. Men aytmagunimcha yoki hammasi tinchimaguncha zarracha ovoz chiqarma!

Sena akasining qo‘llarini ushlab, ko‘zlaridagi yosh bilan bosh chayqadi

— Yoongi, yo‘q! Seni tashlab ketmayman! Birga qolamiz!

— Sena! — Yoongi uning yuzini ikki qo‘li bilan ushlab, qat’iyat bilan dedi. — Bu sening va mening najotimiz. Menga ishon. Ularga seni qayta berib qo‘ymayman. Hozir bekin!

Yoongi uni divan ortidagi yerto‘la og‘ziga yetaklab borib, tezda lyukni ochib berdi. Sena darmonsiz va titragan holda pastga tushib ketishi bilan, Yoongi lyukni yopib, ustiga gilam va og‘ir yog‘och stolni surib qo‘ydi.

Yog‘och uyning asosiy eshigi shiddatli zarba bilan buzib kirildi. Bir nechta qurollangan, qora kiyimdagi soqchilar xonaga bostirib kirdi.

— Otinglar! — degan qichqiriq eshitildi.

Yoongi chaqqonlik bilan yon tomondagi og‘ir yog‘och ustun va shkaf ortiga o‘zini otdi. Xona ichini o‘qlar va chil-chil bo‘layotgan oyna hamda yog‘och parchalarining ovozi tutib ketdi. Yoongi bir soniya ham ikkilanmay, shkaf ortidan chiqib, birinchi bo‘lib kirgan ikki soqchining ko‘kragiga aniq zarba berdi. Ular yerga quladi.

O‘q ovozlari butun o‘rmon bo‘ylab aks-sado berardi. Yoongi har bir o‘qni tejab, xona bo‘ylab chaqqon harakat qilar, birin-ketin Minhoning odamlarini safdan chiqarayotgan edi. Uning ko‘zlarida qo‘rquv emas, balki singlisini va o‘z hayotini hisobda tutgan shafqatsiz bir qasos olovi yonardi.

Yerto‘la ichida, zax va qorong‘ida o‘tirgan Sena esa tepadagi har bir o‘q ovozini va qulashlarni yuragi qafasdan otilib chiqayozgan holda eshitib turardi. U barmoqlarini og‘ziga bosib, yig‘isini va nafasini ichiga yutishga majbur edi.

Tashqarida esa qor yog‘a boshladi. Zarbalar va otishmalar sekin-asta tinchib, uy ichiga og‘ir va vahimali sukunat cho‘kdi...